Qurol-aslaha va texnikani tayyorlash qator qo‘shimcha ishlarni bajarishni ko‘zda tutadi:
yozgi turdagi ekspluatatsiya materiallarini qishkisiga almashtirish;
dvigatellarni qizdirish qurilmalarini va jangovar bo‘lim va boshqarish bo‘limlarining isitish moslamalarini ishga yaroqliligini tekshirish;
AKBni zaryadlanganlik darajasini o‘lchash va o‘rab qo‘yish (issiq qilib);
kuzatish va nishonga olish asboblarining gidropnevma tozalash tizimlarining bochkachalaridan suvni to‘kish;
ventilyatorning uzatmasida pastki uzatkichni ulash;
havo kirish tuynugi ustidagi shitni qishki sharoitda havo olish holatiga qo‘yish;
brezent, isitish gilamchalari, kapotlar va qoplamalarning holatini tekshirish;
kuzatish va nishonga olish asboblarining himoya oynalari elektrisitkichining ishlashini tekshirish;
qo‘shimcha erga ilashish moslamalari va zanjirlarni kengaytirgichlar, g‘ildirakli texnikaga sirpanishga qarshi zanjirlar o‘rnatish (zarur bo‘lsa).
SHtatli va qo‘shib berilgan texnik ta’minot bo‘linmalarini TEG (Ta’mirG, YUKO) tarkibida harakatlanish uchun tayyorlashda shaxsiy tarkibni issiq kiyim –kechak va poyafzal, himoya mazlari, isinish va asboblarni isitish uchun pechlar va shamoldan saqlash uchun palatkalar (brezentlar) bilan ta’minlash, yonilg‘i zahiralarini yaratish, muzlab qolish va shamollashning oldini olish choralarini ko‘rish kerak.
TEGda (Ta’mirG, YUKO) past haroratda muzlovchi sovutish suyuqligining zahirasi bo‘lishi maqsadga muvofiq. TXMni (MTO) sirpanishga qarshi zanjirlar bilan tank shatagini - qo‘shimcha erga ilashish moslamalari va zanjirlarni kengaytirgichlar bilan jihozlash kerak.
Ta’mirlash ishlarini bajarishda shaxsiy tarkibning ish samaradorligini oshirish maqsadida bo‘linma komandirlarining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarlari zarur choralarni ko‘rishi kerak:
- tanklarning brezentlari va boshqa qo‘l ostidagi materiallardan foydalanib ta’mirlash fondini pana joylarga joylashtirish;
- ish asboblarini isitishni ta’minlash;
- isinish va kiyim-kechak va poyafzalni quritish uchun joylarni tayyorlash;
- ta’mirlovchilarni issiq ovqat va qaynagan suv bilan ta’minlash;
- shaxsiy tarkibni muzlab qolishi va shamollashining oldini olish tadbirlarini ko‘zda tutish.
Qishda zanjirlar muzlab erga epishib qolishini oldini olish maqsadida ta’mirlash postlaridagi xamda ta’mirlovni kutayotgan mashinalar maydonchasidagi mashinalarning zanjirlari ostiga to‘shamalar tashlash lozim.
YUqori balandliklarda mashinalarni ta’mirlashda havoning birdan sovib ketishi mumkinligi sababli yilning har qanday vaqtida ham shaxsiy tarkibni isinishi uchun joylar ko‘zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |