I z o h: Bronetransttortyordan PJMga o‘t ochilganda jangovar
samaradorlik koeffitsienti 1,5 - 2 marta ortadi.
Guruhning imkoniyatlari dushman hujumini qaytarib, o‘zining jangovarligi va tankka qarshi vositalarini 50% dan ortiq jangovarligini saqpab qolgan tank va PJMsi soni bilan ifodalanadi. Guruhning tanklarni yakson qilish imkoniyatini anikdash uchun mavjud tankka qarshi vositalarning (RPG, PJM) miqdori, ularning shartli jangovar samaradorlik koeffitsienti ko‘rsatkichlardan hisoblab chiqariladi. Bunda jangovar koeffitsient, dushmanni u yoki bu zirhli vositasini yakson qilish imkoniyati o‘zi yakson etilmasdan oldin, deb hisoblanadi,
BTRdagi motoo‘qchi guruhsa 2 ta RPG-7 bor, jangovar samaradorlik koeffitsienti miqdori 0,3 ga teng bo‘ladi. Imkoniyatni hisoblab topish uchun tankka qarshi vositalar sonini, jangovar samaradorlik koeffitsientiga ko‘paytiramiz. Bizning holda (2 x 0,3 = 0,6), ya’ni ko‘rsatilgan vositalar bilan dushmanni bittagacha tankini yakson qilish mumkin. PJMda guruh tankini yakson qilish imkoniyati (RPG - 7 = 2 x 0,3 = 0,6; PJM -1 = 2x2 = 4) 5 tagachani tashkil etadi.
YUqoridagi hisoblar tayyorlangan mudofaadagi rubejlardan deb olingan. SHunday qilib, yuqoridagilardan ma’lum bo‘ldiki, 100% tankka qarshi vositalari bo‘lgan bronetransgtortyordagi guruh bitta tankni, piyodalar jangovar mashinasidagi guruh esa beshtagacha tankni yakson qilish imkoniyatiga ega ekan.
Urushlar tajribasi va zamonaviy harbiy mojarolar tahlilidan ma’lum bo‘ladiki, dushmanning hujumini qaytarish uchun mudofaadagilar 50-60% tankni yakson qilishi kerak bo‘ladi.
Guruh front bo‘ylab 200 m gacha bo‘lgan tayanch punktni mudofaa qiladi, qo‘shni bo‘linmalar bilan o‘t orqali ta’minlash (oraliq) masofasini qo‘shsak (2 x 100 = 200) 400 m bo‘ladi, bu masofada dushmanni 1,5 ta tank vzvodi (3-5 tank) hujumga o‘tishi mumkin. Dushman 50% tankidan ayrilsa, odatda, hujumni davom ettirishdan qaytadi. SHuning uchun ham guruh eng kamida dushmanni ikkita tankini yakson qilishi kerak.
Piyodalar jangovar mashinasi bilan qurollangan guruh bu vazifani uddalaydi va jangovarligini saqlab qoladi. Bunday holatda, bronetransportyordagi guruh tankka qarshi vositalar bilan kuchaytirishni talab qiladi. O‘quv mashqlari tajribasidan ma’lumki, bronetransportyordagi guruh tank bilan kuchaytiriladi, tank guruhning tayanch punktiga, guruhning pozitsiyasida yoki uning yaqinida tankka qarshi mudofaani kuchaytirib joylashadi.
Bundan tashqari motoo‘qchi gurux, shaxsiy tarkibi tankka qarshi yaqindan kurash olib borish uchun tankka qarshi qo‘l granatasi RPG-18 «Muxa» va RKG-3 kabi qudratli vositalarga ega. Jangovar imkoniyatlarini hisoblashda bu vositalar hisobga olinmaydi. SHunday qilib, motoo‘qchi guruh o‘zidagi biriktirilgan tankka qarshi vositatari orqali qo‘shnilar va katga komandirning tankka qarshi vositalarn bilan front oddida 200 m masofadagi dushman tanklari va bronetransportyorlari bilan muvaffaqiyatli jang olib boradi.
Dushmaniing hujumga o‘tgan piyodalari gurux piyodalar jangovar mashinasiga (BTR) o‘rnatilgan pulemyotlardan (RPK) va avtomatlardan (AK - 74) foydalanib yo‘q qilinadi. Dushman tirik kuchlarini yo‘q qilish imkoniyatlarini hisoblashda asosiy ko‘rsatkich o‘t ochish zichligi, deb hisoblanadi.
O‘t ochish zichligi (o‘t zichligi) deb frontning aniq bir rubeji bir metr maydonidan bo‘linmaning barcha o‘t ochish vositalaridan vaqg birligi ichida (daqiqaga) otilgan uqlar soniga aytiladi.
Ut zichligi qurollar soniga, ularning turiga va otish tezligiga hamda o‘t ochilayotgan maydonning kengligiga bog‘liq bo‘ladi.
Zamonaviy avtomatik o‘qotar qurollar va jangovar texnika bmlan qurollangan piyodalar jangovar mashinasidagi (bronetransportyordagi) guruh yuqori o‘t ochish zichligi tashkil qilish imkoniyatiga ega.
Jangovar o‘q otish tezliklari: AK - 74 avtomati - 100; RPK-74 pulemyotiniki - 150: PJMning PKT gtulemyoti - 250 o‘q daqiqaga. Guruh bir daqiqa davomida 1500 ta o‘q (7x100+(2x150)+(2x250)=1500) otishi mumkin. Guruhning mudofaa fronti (200 m gacha) va tayanch punktlar oraliqparini (100 m dan) hisobga olinsa, o‘t ochishning umumiy fronti 400 m. Ushbu frontda dushmanni piyoda rotasi (otryadi) (100-110 kishi) hujumga o‘tishi mumkin, ularning o‘t ochish zichligi 1 m frontga 10-15 ta o‘qni tashkil etishi mumkin.
Guruhni o‘t otish zichligi 1 m frontta (1500:400=3,75) 3-4 ta o‘qni tashkil qiladi. Ammo shuni unutmaslik kerakki, mudofaadagilarning o‘ti, hujumdagilarnikidan ancha samarali bo‘ladi, buni quyidagicha isbotlash mumkin.
Harakatdagi to‘liq qomat nishonga 300 m masofada talofat berish uchun 4 ta patron, okopdagi piyodani yo‘q qilish uchun qarakatlanib ketayotganda 25 patron otish kerak bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, mudofaada turib o‘t ochishning samaradorligi hujumdagidan 4-5 marta ortiq.
Urushlar va harbiy mojarolar tajribasidan ma’lumki, hujum qilayottan dushman piyodalarini qaytarish uchun mudofaadagilar front oldi va qanotlarda bir metrga bir daqiqada 3-5 o‘qni otishi kerak, ya’ni o‘t zichligini 3-4 taga etkazishi kerak. Ko‘rsatilgan o‘t zichligi hujumdagi dushman piyodalariga 50% talofat etkazishni ta’minlaydi. Hal qiluvchi yo‘nalishlarda guruh o‘t zichligini 6-8 ta o‘qqa chiqarilsa, hujumga o‘tgan dushmanni 80-90% talofat ko‘rishi ta’minlanadi. SHunday qilib, mudofaadagi gurux o‘zining birikgirilgan qurollari va GTJM (BTR) qurollaridan foydalanib, dushmanning motoo‘qchi rotasi (otryadi, 100-110 kishi) hujumini muvaffaqiyatli qaytara oladi.
Guruhning mudofaadagi manyovr qilish imkoniyati cheklangan bo‘ladi, chunki asosiy vazifa egallab turgan pozitsiyani qo‘ldan chiqarmaslikdan iborat bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |