O‘simlik qoplami
Joyning o‘simlik qoplami deb, unda o‘suvchi barcha o‘simliklarning yig‘indisiga aytiladi. O‘rmonlar, butazorlar va o‘tloqlar ularning asosiy ko‘rinishlaridir. Respublikamizda o‘rmonlar, butazorlar, o‘tloqlar va o‘ziga xos to‘qaylar mavjud.
O‘rmon deb, daraxt bo‘lib o‘suvchi o‘simliklarning joyni yoppasiga qoplab o‘sishiga aytiladi. O‘rmonlar ularda o‘suvchi daraxtlarning turiga ko‘ra ignabargli, bargli yoki aralash bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston tabiiy jihatdan o‘rmon zonasida joylashgan bo‘lmasa-da, yurtimizda o‘rmonlarning ikki xususiy turini uchratish mumkin – tog‘ o‘rmonlari va cho‘l o‘rmonlari.
Tog‘ o‘rmonlari asosan ignabargli daraxtlardan iborat bo‘lib, tog‘larning mutlaq balandligi 1200 m.dan baland bo‘lgan qismlarida uchraydi.
CHo‘l o‘rmonlari asosan ikki xil daraxtlardan tarkib topgan – saksovul va yulg‘un. Bunday o‘rmon turi respublikamizning cho‘l zonasida joylashgan barcha viloyatlarida uchraydi.
To‘qay – bu faqatgina respublikamizning daryo bo‘ylariga xos bo‘lgan joy turi bo‘lib, unda daraxtlar, butalar va o‘tsimon o‘simliklar aralashib o‘sadi. Ba’zida to‘qaylar o‘tib bo‘lmas changalzorlarni hosil qiladi.
Butazorlar – respublikamizning barcha tabiat zonalarida uchraydi. Butalar – balandligi uncha katta bo‘lmagan, tanasining tuzilishi qiyshiq bo‘lgan yoki erdan tikkasiga o‘smagan ko‘p yillik o‘simliklardir.
O‘tloqlar – bu bir yillik o‘tsimon o‘simliklar o‘sadigan joylardir. Ba’zan o‘tloqlar ham (misol uchun, qamishzorlar) o‘tish qiyin bo‘lgan joylarni hosil qiladi.
Grunt qatlami
Grunt (nemischa grunt – tayanch, er, tuproq) – tog‘ jinslarining umumlashgan nomi bo‘lib, erning yuza qismida joylashgan er qoplamiga va insonning qurilish faoliyatiga asos bo‘ladigan ob’ektga aytiladi. Grunt yumshoq va qattiq er qoplamiga bo‘linadi. Qattiq er qoplami o‘z navbatida ikki turga: yaxlit joy va seryoriq jinslarga, yumshoq er qoplami esa – qumli, loyli va siniq jinslarga bo‘linadi. Ko‘rinishi bo‘yicha sho‘rxok, botqoq, taqir, qumli va h.k. erlar bo‘lishi mumkin.
Botqoqlar – bu namlik keragidan ziyod bo‘lgan va tuproqning yuza qismi balchiq, shuningdek, zaxni xush ko‘ruvchi o‘simliklar bilan qoplangan joylardir. Joy botqoqlarga faqat tuproq yuzasini qoplagan balchiqning chuqurligi 30 sm.dan oshgandagina kiritiladi. Botqoqlar (ularni kesib o‘tish imkoniyatiga qarab) ikki turga – o‘tsa bo‘ladigan va o‘tib bo‘lmaydigan botqoqlarga ajratiladi. O‘zbekistonda botqoqlar juda kam uchraydi, ular asosan o‘tib bo‘ladigan botqoqlardir.
SHo‘rxoklar – bu asosan qumli cho‘l va chalacho‘l rayonlarida uchraydigan hamda er osti suvlari er ustiga chiqib, bug‘lanib ketadigan pastqam joylardir. YOg‘ingarchilik davrida sho‘rxoklar o‘tish qiyin bo‘lgan yoki umuman o‘tib bo‘lmaydigan yopishqoq balchiqqa aylanadi. Ba’zi sho‘rxoklarning yil davomida mana shunday xususiyatga ega bo‘lishi alohida e’tiborga molik taktik xususiyatdir.
Taqirlar – bu gilli tuproqlar bilan qoplangan cho‘l va chalacho‘l rayonlarida uchraydigan hamda er osti suvlari er ustiga chiqib, bug‘lanib ketadigan pastqam joylardir (5-rasm). Taqirlar deyarli tep-tekis va o‘simliklar deyarli uchramaydigan joylardir. YOg‘ingarchilik davrida taqirli joylardan o‘tish qiyinlashadi va hattoki, umuman o‘tib bo‘lmaydi.
Toshloq erlar – har xil kattalikdagi va shakldagi tosh uyumlari bilan qoplangan joylardir. Odatda, o‘simlik qoplami juda siyrak bo‘ladi. Toshloq erlar O‘zbekistonning tog‘li rayonlarida keng tarqalgan. Ba’zan cho‘l rayonlarida va daryo vodiylarida ham uchraydi.
Qumliklar – bu asosan ko‘chma (sochma) qumlar bilan qoplangan va o‘simlik qoplami juda siyrak bo‘lgan joylardir. Qumliklar O‘zbekistonning cho‘l rayonlarida tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |