Marshda YUKO quyidagi vazifalarni bajaradi:
- ekipajlarga mashinani to‘xtash sabablarini topishda yordam ko‘rsatish;
- ajratilgan vaqt doirasida kichik nosozliklarni bartaraf etish;
- zarur ehtiyot qismlar, asbob-uskuna, moslama va materiallarni berish;
- ekipajga ta’mirlash ishlarini bajarish tartibi haqida yo‘riqnoma berish;
- marshrutda to‘xtab qolgan mashinalarni chetga evakuatsiya qilish;
- engil tiqilgan mashinalarni chiqarish.
Marsh davomida bajariladigan vazifalardan kelib chiqib batalon YUKO quyidagi tarkibda tashkil etiladi:
TXKS MTO mashinasi bilan; ES tank shatagi bilan (agar shtatli shatak bo‘lmasa u harbiy qismning ta’mirlash vzvodidan ajratilishi mumkin); YOMM va ehtiyot qismlar uchun avtomobil, batalonning moddiy ta’minot guruhidan bitta-ikkita avto yonilg‘i-moy zaprakachisi (ATMZ).
Marsh davomida BYUKO ga yuklatilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari marshga tayyorgarlik davrida TXS va ES shaxsiy tarkibi, avtomobillar haydovchilari bilan marsh davomida ularning YUKO tarkibidagi harakatlarini tashkillashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma, vaqt etarli bo‘lganda esa amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishi kerak.
SHaxsiy tarkib, qurol-aslaha va harbiy texnikani, texnik ta’minot kuch va vositalarini tayyorlash ularning marshga tayyorligini tekshirish bilan yakunlanadi.
Mashinalarni marshga tayyorligini tekshirishda komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari va texniklar texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bajarilgan ishlarning hajmi va sifatini shaxsan tekshiradilar, shundan so‘ng harbiy qism komandiri va uning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosariga marshga tayyorgarlik bo‘yicha barcha zarur texnik ta’minot tadbirlari bajarilganligi to‘g‘risda bildiruv beradilar.
Marshdan oldin bo‘linma komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari ishchi haritasini tayyorlaydi, unda uchastkalarga bo‘lingan holda harakat marshruti, to‘xtash joylari (privallar), kunduzgi (tungi) hordiq joylari va harakat marshrutining xususiyatlarini ko‘rsatuvchi boshqa ma’lumotlar (ko‘priklar va kechuvlarning ahvoli, o‘tish qiyin uchastkalar va boshqa ma’lumotlar) hamda, marshni texnik ta’minlash bo‘yicha qaror va batalon manfaatlari uchun xizmat bo‘yicha katta boshliq bajaradigan texnik ta’minot tadbirlari belgilanadi.
11.1.Marsh davomida texnik ta’minot
Marsh bajarish vaqtida batalonni texnik ta’minoti qurol-aslaha va harbiy texnikani ekspluatatsiya sabablariga ko‘ra, jangovar shikastlanishlar yoki tiqilib qolish natijasida safdan chiqqanda tezlik bilan safga qaytarishni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Qurol-aslaha va harbiy texnikani marsh davomida benuqson ishlashi ulardan to‘g‘ri foydalanish, yo‘llar va kolonna yo‘llarida mohirona haydash, mexanik –haydovchilarning tizimlar, agregatlar va uzellar ishini doimiy nazorat qilishi, o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish va nosozliklarni bartaraf etish bilan ta’minlanadi.
Qurol-aslaha va texnikaga texnik xizmat ko‘rsatish to‘xtash joylarida va kunduzgi (tungi) hordiq rayonlarida amalga oshiriladi.
To‘xtash joylarida odatda aniqlangan nosozliklarni bataraf etish bilan birgalikda nazorat ko‘rigi (NK) o‘tkaziladi, zarur hollarda qurol-aslaha va harbiy texnika YOMM bilan to‘ldiriladi. Birinichi to‘xtash joyida nazorat ko‘rigini (NK) o‘tkazish muhim ahamiyatga ega, chunki tayyorgarlik davrida mashinalarni tayyorlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘pincha marshning boshlanishida ko‘zga tashlanadi (aniqlanadi). Mashinaning harakatchanligini ta’minlovchi tizim, agregat va uzellarga alohida e’tibor berilishi kerak, avvalo yurish qismining holatiga, yonilg‘i, moy va sovutish suyuqligining oqmayotganiga, detal, uzel va mexanizmlarning qotirilishiga va h.k. NK ishlarini bajarishda tank va BMPlar ekipajlarining barcha a’zolari qatnashadilar, BTR va avtomobillarda esa bo‘linma komandirlari va texniklar boshchiligida – haydovchilar ishtirok etadilar.
Sutkalik o‘tishdan so‘ng kunduzgi (tungi) hordiq rayonida qurol-aslaha va harbiy texnikaga kundalik texnik xizmat (KTX) ko‘rsatish o‘tkaziladi hamda agar oldin raqamli texnik xizmat ko‘rsatish ishlari o‘tkazilgan bo‘lsa, ular nihoyasiga etkaziladi.
Texnik xizmat ko‘rsatishga sarflanadigan vaqtni kamaytirish, ish sifatini oshirish maqsadida ekipajlarga yordam berish uchun batalonlarning TXS shaxsiy tarkibi, harbiy qismning ta’mirlash guruhi kuch va vositalarining bir qismi jalb etiladi, ulardan birinchi navbatda mashinalardagi nosozliklar va buzilishlarni bartaraf etish uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |