Тактиканинг фан сифатида вазифалари


Birinchi navbatdagi ishlarga quyidagilar kiradi



Download 15,2 Mb.
bet165/224
Sana17.01.2022
Hajmi15,2 Mb.
#381732
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   224
Bog'liq
Тактик ва тактик-махсус тайёргарлик лотин

Birinchi navbatdagi ishlarga quyidagilar kiradi:

  • mashinalarni o‘q-dorilar va yonilg‘i bilan to‘ldirish;

  • boshqarish uzatmalarini rostlanganligini, qurol-aslaha, aloqa vositalarini, yoritish asboblarini va tungi ko‘rish asboblarining sozligini tekshirish;

  • mashinalarni shatakka olish moslamalari, o‘z-o‘zini chiqarish va o‘tuvchanligini oshirish vositalari bilan ta’minlanganligini, mashinalarda tashib yuriladigan mulkni to‘g‘ri yuklanganligi va qotirilganligini tekshirish.

YUrish qismining ahvoli alohida tekshiriladi. Eyilib ketgan detal va uzellar almashtirilishi kerak.

Qurol-aslaha va texnikani marshga tayyorlash vaqtini qisqartirish uchun komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari TXS shaxsiy tarkibining va katta boshliq ajratgan kuch va vositalarning ishini to‘g‘ri tashkil qilishi kerak.

Qurol-aslaha va texnikani marshga tayyorlashda texnik xizmat ko‘rsatish mashinasini (MTO) vzvodlarda navbati bilan ishlatish maqsadga muvofiqdir. Vzvod texnigining ko‘rsatmasiga ko‘ra mexanik-haydovchilar mashinalardan dvigatel tizimlarining filtrlarini echib MTOga topshiradilar, u erda ularni ikkita mutaxassis yuvadi, qolgan mutaxassislar esa tanklarda qurol-aslaha, maxsuselektrjihozlari, radiostansiyalar va boshqalarni tekshiradilar, ularga xizmat ko‘rsatadilar va topilgan kamchiliklarni bartaraf etadilar. So‘ngra moylash agregati yordamida mashinalarning yurish qismi navbatma-navbat moylanadi. YUrish qismidagi moylash joylarining tiqinlari (po‘kaklari) oldindan echilgan bo‘lishi kerak. Ishlar tugagach MTO batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari belgilagan navbat bo‘yicha boshqa vzvodga yo‘l oladi.

Marshga shaylik muddatigacha o‘z kuch va vositalari bilan ta’mirlash ishlarini tugallashning iloji yo‘q qurol-aslaha va harbiy texnika harbiy qism komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarining ko‘rsatmasiga binoan harbiy qismning ta’mirlash guruhiga yoki katta boshliqning ta’mirlash-tiklash organlariga topshiriladi.

Marsh va bo‘lajak jangovar harakatlar davomida mashinalarni ta’mirlashni ta’minlash uchun marshga tayyorgarlik davrida bo‘linmalarda ZTMM zahiralari yaratiladi. Ushbu zahiralar tarkibida marsh davomida ko‘proq safdan chiqadigan detallar, uzellar va agregatlar (zanjir traklari, barmoqlarlar, ushlab turuvchi roliklar, etaklovchi g‘ildiraklarning tishli venetslari va h.k.) bo‘lishi lozim.

Zahiralarni to‘ldirish batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarining talabnomalari asosida amalga oshiriladi va harbiy qismning omborlaridan olinadi. Mol-mulkni keltirish batalonning va harbiy qismning avtotransportlarida amalga oshirilishi mumkin.

Marshga tayyorgarlik vaqtida texnik ta’minot bo‘linmalarining shaxsiy tarkibini yashovchanligini oshirish choralari ko‘rilishi lozim. Individual himoya vositalari, individual bog‘lash va kimyoviy paketlar, suvni zararsizlantirish vositalari, radiatsion-kimyoviy razvedka (RKR) asboblari hamda shaxsiy tarkibning individual dozimetrlarining mavjudligi va ta’minlanganligi tekshiriladi.

Qurol-aslaha va harbiy texnikani bo‘lajak marshga tayyorgarligini tashkillashtirib bo‘lgach, komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari batalonga qo‘yilgan vazifa, komandirning qarori va katta boshliqning texnik ta’minot bo‘yicha farmoyishi asosida marshda, agar jangga kirishi ko‘zda tutilgan holda marsh bajariladigan bo‘lsa to‘qnashuv jangida texnik ta’minotni tashkil etish bo‘yicha o‘z qarorini ishlab chiqadi.

Komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari qarorda quyidagilarni ko‘rsatadi:

- qurol-aslaha va harbiy texnikaga texnik xizmat ko‘rsatish hajmi va joylari, unga jalb etiladigan kuch va vositalar;

- YUKO ning tarkibi va vazifalari, yurish kolonnasidagi uning o‘rni;

- tamomlovchi bo‘linma tiklay olmaydigan mashinalarni katta boshliqning vositalariga topshirish tartibi;

- texnik mulk bilan ta’minlash tartibi;

- marsh davomida texnik ta’minotni boshqarish tartibi.

Agar marsh jangga kirish ko‘zda tutilgan sharoitda bajariladigan bo‘lsa, quyidagilar belgilanadi:

- batalonning TKP va TEG (Ta’mirG)ning tarkibi va vazifalari;

- jang boshlangunigacha ularning joylashishi va jang davomidagi harakat yo‘nalishi;

Batalon YUKO ning tarkibi va vazifalarini aniqlashda komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari uni o‘z kolonnasidan uzoq vaqtga ajralmasligidan kelib chiqadi, chunki YUKO tarkibiga ajratilgan vositalar ekipajlarga to‘xtash joylarida va kunduzgi (tungi) hordiq rayonlarida (jamlanish rayonlarida) ishlarni bajarishda yordam berishlari kerak, shuning uchun ham YUKO ning ishlash vaqti ortidan kelayotgan kolonnani etib kelish vaqtidan oshmasligi kerak. Ish vaqti ko‘proq cho‘zilib ketsa YUKO o‘z kolonnasidan ancha qolib ketishi va o‘z vaqtida unga etib ololmasligi mumkin.




Download 15,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish