Тактиканинг фан сифатида вазифалари


Xarakatlanishda (marshda) texnik ta’minotni boshqarish



Download 15,2 Mb.
bet169/224
Sana17.01.2022
Hajmi15,2 Mb.
#381732
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   224
Bog'liq
Тактик ва тактик-махсус тайёргарлик лотин

Xarakatlanishda (marshda) texnik ta’minotni boshqarish

Marshda texnik ta’minotni boshqarishni batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari amalga oshiradi.

Marsh davomida boshqarishning asosiy usuli bu to‘xtash rayonlarida, kunduzgi (tungi) hordiq joylaridagi shaxsiy muloqot (bo‘ysunuvchilarning axborotlari) hamda komendantlik xizmatining harakatlanuvchi va simli vositalaridan foydalanishdir. Texnik ta’minot radiovositalari faqat qabulga ishlaydi, jang boshlanishi bilan uzatishga, ishlashga shay turadi.

To‘xtashlar, kunduzgi (tungi) hordiq joylariga etib kelgach komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari komandirga bildiruv beradi, shtab boshlig‘iga qurol-aslaha va harbiy texnikaning mavjudligi va ahvoli, safdan chiqqan mashinalarning soni va joyi, o‘q-dori va yonilg‘ining sarfi, ularni tiklash bo‘yicha ko‘rilgan choralar va ta’mirlash-tiklash, evakuatsiya ishlarining borishi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari va vzvodlarning texniklari ekipajlarga aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar beradilar, shaxsiy tarkibni, qurol-aslaha va harbiy texnikani navbatdagi sutkalik o‘tishga tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkillashtiradilar. O‘z navbatida shtab komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosariga vaziyat o‘zgarishlari va komandir qabul qilgan qaror to‘g‘risida ma’lumot beradi.

Kunduzgi (tungi) hordiq rayonlarida turganda bo‘linma komandirlari (texniklari) mexanik-haydovchilar bilan mashinalarni safdan chiqish sabablarini o‘rganish va navbatdagi o‘tish davomida ularning oldini olish choralarini ko‘rsatgan holda marsh yakunlarini yasashi maqsadga muvofiqdir.
11.2.Tashishlar vaqtidagi texnik ta’minot
Tankchi (motoo‘qchi) bo‘linmalarini temir yo‘l (daryo, havo, avtomobil) transportida tashish mumkin.

Qo‘shinlarning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishida temir yo‘l transporti bilan tashish katta ahamiyatga ega, unda ob-havo sharoitlari, kecha yo kunduzligiga qaramay qo‘shinlarni katta tezlik bilan ko‘chishi, resurslarni saqlash, YOMM tejash ta’minlanadi.

Zamonaviy sharoitda temir yo‘llar faoliyati ancha qiyinlashadi. qo‘shinlarni katta masofalarga tashish aralash (kombinirovanniy) usulda amalga oshiriladi.

Tankchi (motoo‘qchi) bo‘linmalarini tashish bo‘yicha vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishi ko‘p jihatdan temir yo‘l va boshqa transport turlarida tashilayotgan qo‘shinlarni har tomonlama, jumladan texnik ta’minotini tashkillashtirish va amalga oshirishga bog‘liq.

Bo‘linmalarni texnik ta’minlash tadbirlari tashish davomida va unga tayyorgarlik vaqtida bajariladi. SHaxsiy tarkib, qurol-aslaha va harbiy texnikani tashishga va keyingi harakatlarga tayyorlashga hamda nosoz mashinalarni yuklashni boshlaguncha safga qo‘yishga alohida e’tibor beriladi.

Tashish vaqtida bo‘linmalarga yuklashdan oldin dastlabki rayon va tushirilgandan so‘ng jamlanish rayoni hamda yuklash va tushirish uchun asosiy va zahira rayonlari tayinlanadi. YUklashdan oldin dastlabki rayon (tushirgandan keyin jamlanish rayoni) yuklash (tushirish) stansiyasidan kamida 10-15 kilometr uzoqlikda tayinlanadi. Agar bo‘linmalar tashishdan ilgari yuklash rayonlaridan (stansiyasidan) 20-30 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lsalar dastlabki rayon tayinlanmasligi ham mumkin.

Bo‘linmalar dastlabki rayonda ularni eshelonlarga taqsimlanishi hamda yuklash joylariga harakatlanish navbatini hisobga olgan holda joylashadilar.

Bevosita yuklashdan oldin bo‘linmalar kutish rayoniga, tushirilganidan so‘ng esa yig‘ilish rayoniga chiqadilar, ular yuklash (tushirish) joyidan 3-5 kilometr uzoqda tayinlanadi.

Tankchi (motoo‘qchi) bo‘linmalari va qismlarini tashish harbiy eshelonlarda amalga oshiriladi (Harbiy eshelonlar deb bitta poezdda tashish uchun tashkillashtirilgan harbiy qism, bo‘linma, komanda yoki qurol-aslaha va harbiy texnika partiyasiga aytiladi). Har bir eshelonga butun tashish vaqtiga tartib raqami beriladi, u tushirish joyiga etib kelmaguncha o‘zgarmaydi, jumladan bir transport turidan boshqa transport turiga qayta yuklanganida ham.

Harbiy eshelonlarni tuzish uchun temir yo‘l quyidagilarni taqdim etadi: yo‘lovchi va yopiq vagonlar (shaxsiy tarkibni tashish uchun); vagon-izolyatorlar (kasallar va yaradolarni tashish uchun); izotermik vagonlar (oziq ovqat va tashish vaqtida belgilangan harorat rejimini saqlashni talab etuvchi boshqa moddiy vositalarni tashish uchun); platforma va yarimvagonlar (qurol-aslaha va harbiy texnikani tashish uchun).

YUklash (tushirish) stansiyasi (punkti) yuklash-tushirish qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. qurol-aslaha va texnikani transportga yuklash (tushirish) uchun tank ko‘prik quruvchilari (mostoukladchiklari) va avtomobildagi yo‘lakchali mexanizatsiyalashgan ko‘priklar ishlatilishi hamda yuklash-tushirish qurilmalari qo‘l ostidagi materiallardan tayyorlanishi mumkin.

Qo‘shinlarni belgilangan muddatlarda tashishni bajarish, harbiy eshelonlarni tushirish rayoniga jangovar harakatlarni olib borishga shay holda etib kelishini ta’minlash komandirlar va ularning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarlaridan quyidagilarni talab etadi:



  • bo‘linmalarni turli transport turlari bilan tashishga doimiy tayyor holda saqlash;

  • shaxsiy tarkibni qurol-aslaha va harbiy texnika, mol-mulk va boshqa moddiy vositalarni harakatchan sostavga yuklash (tushirish) va qotirish qoidalariga o‘rgatish;

  • qo‘shinlarni dastlabki rayon, kutish rayoni, yuklash joylariga tezlik bilan chiqishini ta’minlash;

  • yuklashni (tushirishni) belgilangan muddatlarda bajarish;

  • bexosdan tushirish, o‘z yo‘lida marsh bajarish va qaytadan yuklashga tayyorlikni ta’minlash;

  • bo‘linmalarning jangovar, texnik va ichkari ta’minotini tashkillashtirish hamda yuklash rayonida ularni boshqarish;

  • mashinalarni mahkamlashni o‘rnatilgan moslamalar va materiallar bilan ta’minlash va ularni niqoblash;

  • harbiy aloqalar va transport organlari bilan yaqin hamkorlik.

Bo‘linma komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari shaxsiy tarkib, qurol-aslaha va harbiy texnikani tashishga tayyorlash, yuklashni (tushirishni) ta’minlash, harakatlanish vaqtida shikastlangan mashinalarni evakuatsiya qilish va ta’mirlash tadbirlarini bajarishni ko‘zda tutishihamda, komandir va shtab bilan birgalikda texnik ta’minot bo‘linmalarini, ZTMM zahiralarini tashish navbati va muddatlarini, texnik ta’minotni tashish davomida boshqarish tartibini aniqlashi kerak.

SHaxsiy tarkibni tayyorlashda bo‘lajak tashishning, yuklash (tushirish) stansiyasiga borish marshrutlarining, qurol-aslaha va harbiy texnikani harakatchan sostavda mahkamlash va niqoblash uchun zarur moslamalar, materiallar va asboblarni tayyorlashning alohida xususiyatlarini o‘rganishga katta e’tibor beriladi. SHaxsiy tarkib bilan yuklash usullari va qoidalari, qurol-aslaha va harbiy texnikani temir yo‘l platformalariga mahkamlash, ularni tushirishda (yuklashda) va yo‘l davomida rioya qilish kerak bo‘lgan xavfsizlik choralari bo‘yicha yo‘riqnomalar va mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. SHaxsiy tarkibga havo dushmani to‘g‘risida, uni ommaviy qirig‘in qurollari qo‘llagani to‘g‘risida, radioaktiv, kimyoviy va bakteriologik zaharlanish to‘g‘risida ogohlantirish va xabar berish signallari, signallarni berish usullari va ular bo‘yicha harakatlanish tartibi etkaziladi.

Qurol-aslaha va texnikani tayyorlash navbatdagi texnik xizmat ko‘rsatishni o‘tkazishni ko‘zda tutadi. Boshqarish uzatmalarini rostlashga, barcha turdagi tormozlar va mahkamlash moslamalrini (stoporlarni) ishonchli ishlashini ta’minlashga, zanjirlarning ahvoli va tortilganligini tekshirishga, g‘ildirakli mashinalarning shinalaridagi havo bosimini me’yorga etkazilishiga, yonilg‘i baklarini to‘la sig‘imigacha to‘ldirilishiga (avtomobil texnikasini qiyalatish usuli bilan tashishda yonilg‘i baklari ko‘pi bilan 1/3, havo transporti bilan tashishda esa ular sig‘imining 1/4 dan to 3/4 gacha to‘ldiriladi) alohida e’tibor qaratiladi. Zarur hollarda tashqi o‘lchamlarini gabaritlarga moslashtirish uchun mashinalarning uzel va detallari echiladi (demontaj qilinadi), yonilg‘i solingan qo‘shimcha bochkalarni, o‘z-o‘zini chiqarish xodalarini, quvurlar va OPVT, ZAA va boshqa tashqi jihozlarning mahkamlanishini tekshirishga, moslamalarni, qurol-aslaha va harbiy texnikani transport vositalarida mahkamlash va niqoblash materiallari va asbolarining mavjudligi va tayyorligini va ularning bo‘linmalar va mashinalararo taqsimlanishini tekshirishga, qo‘l fonarlari, ko‘chma fonuslar (lampalar) va sutkaning qorong‘i vaqtida yuklashda ish joylarini yorituvchi boshqa vositalarning tayyorlanganligiga alohida e’tibor beriladi.

Tanklar va boshqa jangovar mashinalarning bashnyalarini pushkasi bilan orqaga burib stoporga qo‘yadilar. Bashnya va pushkaning stopor moslamalari plombalanadi.

Antennalarning shtirlari tashqarida bitta bo‘lagini qoldirib echiladi. Tanklarning zenit pulemetlari eng kichik pastlash burchagi ostida qotiriladi.

Havo haroratini 00 S dan pasayishi xavfi bor hollarda sovutish tizimidagi suv pastharoratda muzlaydigan sovutish suyuqligi bilan almashtiriladi.

Qurol-aslaha va texnikani harakatchan sostavda mahkamlash uchun moslama va materiallar ishlatiladi. Moslamalarga quyidagilar kiradi: g‘ildirakli mashinalarni mahkamlash uchun tirgak va yon yog‘och brusoklar, zanjirli mashinalarni mahkamlash uchun yog‘och vkladishlar tabelli (rastyajka) tortmalar, metal shporalar va tirgak bashmaklar, strubnitsalar, strubnitsa-rastyajkalar, universal ko‘p aylanuvchi qotirigichlar. Barcha moslamalar ko‘p marta ishlatiladi. Texnikani mahkamlash uchun zarur materiallar sifatida po‘lat simlar, yog‘och tirgak va yon brusoklar, podkladka, prokladka, raspor brusoklari, stoykalar, mixlar va qurilish skobalaridan foydalaniladi.

Harbiy eshelonlarni tashishda temir yo‘l quyidagilarni taqdim etadi: yog‘och tirgak va yon brusoklar, podkladkalar, prokladkalar, mixlar va qurilish skobalari.

Harbiy bo‘linmada tabelli mahkamlash vositalari yoki simlar, raspor brusoklari, stoykalar va yog‘och vkladishlar hamda brezentlar, tentlar va niqoblash vositalarini mahkamlash uchun arqonlar (iplar) bo‘lishi kerak.

Tortmalarni tayyorlash uchun diametri 4 mm dan kam bo‘lmagan yumaloq qizdirib cho‘zilgan, yumshoq, yorilmagan va boshqa defektlari bo‘lmagan simdan foydalaniladi.

Mahkamlash uchun ishlatiladigan yog‘och detallar xvoya va bargli daraxtlarning sog‘lom yog‘ochlaridan tayyorlanishi kerak. Tirgak va yon brusoklar, va boshqa yog‘och detallar har bir mashina turi uchun belgilangan shakl va o‘lchamlarda bo‘lishi kerak.

SHporalar (uporniy bashmaklar) mexanik shikastlanmagan bo‘lishi kerak. Ularning tirgaklari shplintlar bilan yaxshilab qotirilgan bo‘lishi, cheklovchilari (ogranichiteli), fiksatorlari, paletslari va shplintlari soz bo‘lishi kerak.

Qurol-aslaha va texnikani tashishga tayyorlash bo‘yicha ishlarni to‘liq va sifatli bajarilganini bo‘linma komandirlarining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarlari tekshiradilar.

Qishki vaqtda tashilayotganda bo‘linmalar qo‘shimcha issiq suv, moylar, isitish vositalari, zahira akkumulyator batareyalari va o‘tuvchanlikni oshiruvchi vositalar bilan ta’minlanadilar.

Bo‘linmalar dastlabki rayondan yuklash stansiyasiga (joyiga) chiqayotganida texnik tamomlovchi (zamikanie) guruh tashkillashtiriladi.

Tank shataklari, zarur miqdordagi tank ta’mirlash ustaxonalari va texnik xizmat ko‘rsatish vositalari, harbiy eshelon qurol-aslaha va harbiy texnikasini yuklashni (tushirishni) ta’minlashga mo‘ljallangan texnik mol-mulk zahirasining bir qismi yuklash joyiga etib kelgach zudlik bilan texnik ta’minot tadbirlarini bajarishga kirishishini hisobga olgan holda kolonnaning boshida keladi.

Yuklashdan oldin harbiy eshelon boshlig‘i bo‘linma komandirlari va ularning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan yuklash-tushirish qurilmalari va berilgan harakatlanuvchi sostavning sozligini sinchiklab tekshiradilar.

Yondan yuklash-tushirish qurilmalariga harakatlanuvchi sostavni qo‘yishdan oldin platformalarning bortlari (yon devorlari) ochilgan (tushirilgan) bo‘lishi kerak, buning uchun bo‘linmalar tarkibidan yuklash-tushirish komandalari tayinlanadi.

Platformalarning poli loy, qor va muzdan tozalangan bo‘lishi, qishda esa zarur bo‘lsa qum sepib qo‘yilishi kerak.

Yuklash-tushirish qurilmalari va temir yo‘l platformalari orasidagi oraliqlar o‘tish ko‘prikchalari bilan yopiladi. Og‘irligi 15 tonnagacha hamda erga solishtirma bosimi 0,8 kgs / sm2 bo‘lgan zanjirli mashinalarni yon tomondagi metall bortlardan, ularga o‘tish ko‘prikchalarini o‘rnatmasdan, kirishi va harakatlanishiga ruxsat etiladi.

Qurol-aslaha va texnikani yuklash harbiy eshelon boshlig‘ining komandasiga ko‘ra boshlanadi va barcha yuklash-tushirish qurilmalari, moslamalari va mexanizmlaridan foydalanib yashirin, tez va uyushgan holda bajariladi.

Qurol-aslaha va texnika, harbiy eshelonning moddiy vosita zahiralari ularni tushirish navbatini va mashinalarni kuzov va tirkamalaridan maksimal foydalanishni hisobga olgan holda yuklanadi. O‘q-dorilar va YOMM zahiralari boshqa-boshqa vagonlarga yuklanadi. ZT va boshqa texnik mol-mulk zahiralari avtomobillarning kuzovlari va tirkamalariga hamda ta’mirlash ustaxonalarining kuzovlariga va tank shataklarining yuk platformalariga yuklanadi.

Harbiy eshelon tarkibiga berilgan ta’mirlash-evakuatsiya vositalarini yuklash oxirgi navbatda, texnik ta’minot vazifalarini bajarib bo‘lgach, amalga oshiriladi.

Zanjirli mashinalarni yog‘och brusoklar va simli tortmalar bilan mahkamlashda 4 ta 6 mmli simdan bo‘lgan tortma va 4 ta tayanch brusoklardan foydalaniladi, ularni zanjirga jipslab qo‘yiladi va platformaning poliga qurilish skobalari yoki 6 mmli mixlar bilan qoqib qo‘yiladi.





Download 15,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish