Тактиканинг фан сифатида вазифалари


Mudofaada tankchi batalonining texnik ta’minotini tashkillashtirish sxemasi.(variant)



Download 15,2 Mb.
bet158/224
Sana17.01.2022
Hajmi15,2 Mb.
#381732
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   224
Bog'liq
Тактик ва тактик-махсус тайёргарлик лотин

Mudofaada tankchi batalonining texnik ta’minotini tashkillashtirish sxemasi.(variant)
Mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish o‘t ochish pozitsiyalarida bajariladi. Harakatlanuvchi xizmat ko‘rsatish vositalari xizmat ko‘rsatilayotgan ob’ektlarga yaqinlasha olmaydigan hollarda qurol-aslaha va harbiy texnikani yaqindagi pana joylarga xizmat ko‘rsatish uchun navbatma-navbat chiqarishga ruxsat etiladi (batalon komandirining ruxsati bilan).

Batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari vaziyatdan, komandirning va xizmat bo‘yicha katta boshliqning ko‘rsatmalaridan hamda bo‘linmadagi har bir mashinaning aniq texnik holatidan kelib chiqib qurol-aslaha va harbiy texnikaga xizmat ko‘rsatishning hajmi, tartibi va navbatini belgilaydi. qurol-aslaha va texnikaga raqamli texnik xizmat ko‘rsatish zarur hollarda, navbatdagi raqamli texnik xizmat ko‘rsatishni ikki-uch sutka mobaynida yakunlash uchun, bajariladigan ishlarni vaqtiga ko‘ra taqsimlash va kundalik xizmat ko‘rsatish ishlari bilan birgalikda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Raqamli texnik xizmat ko‘rsatish shunday o‘tkaziladiki, unda bo‘lajak jangovar harakatlarda qurol-aslaha va harbiy texnikani ishonchli ishlashini ko‘proq ta’minlovchi operatsiyalar birinchi navbatda bajariladi.

Texnik razvedka batalonlar TKPning kuch va vositalari bilan olib boriladi (qanot bo‘linmalarining jangovar mashinalarni kuzatish sharoitlari yomonlashganda, ko‘rish cheklangan hollarda batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarining farmoyishiga ko‘ra vzvodlarda TKPlar tuziladi). O‘t ochib ta’sir ko‘rsatish va dushman batalon mudofaa rayonining oldingi chizig‘iga hamla qilishni boshlashi bilan batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari batalon TKPda bo‘lishi kerak. O‘z bo‘linmasining jangovar mashinalarini uzluksiz kuzata turib, u batalon komandirining radiotarmog‘i orqali bo‘linma (tank) komandirlarining bildiruvlarini eshitib boradi yoki texnik ta’minot radiotarmog‘i orqali bildiruvlarni qabul qiladi. SHikastlangan mashina bilan aloqa bo‘lmaganda unga bo‘linma texnigi (ta’mirlovchi-mutaxassis) borib ekipajning ahvolini, shikastlanish xarakterini, tiklash ishlarining hajmini, ehtiyot qismlarga bo‘lgan ehtiyojni, mashinaga kelish va uni evakuatsiya qilish imkoni bor yo‘llarni aniqlaydi. Texnik holatini aniqlashda birinchi navbatda mashinalarni o‘t ochish qobiliyati baholanadi, shunga qarab ularni tiklash ishlari tashkillashtiriladi.

Mudofaa jangi davomida qurol-aslaha va harbiy texnikani tiklashni tashkil etayotib ular tayanch punktida dushmanning uzluksiz o‘ti ta’sirida, ichkariga yorib kirgan dushman tomonidan bosib olish va yo‘q qilish xavfi ostida bo‘lishini yodda tutish kerak. Barcha ta’mirlash fondini o‘z vaqtida evakuatsiya qilish qurol-aslaha va harbiy texnikaning umumiy yo‘qotishlari sonini sezilarli darajada kamaytirish va ta’mirlash vositalaridan samarali foydalanish, ta’mirlovchi-mutaxassislar va harakatlanuvchi ta’mirlash vositalari yo‘qotishlarini kamaytirish imkonini beradi.

Safdan chiqqan mashinalarni evakuatsiya qilish batalonning TEGi tarkibiga kiruvchi tank shataklari va katta boshliqning evakuatsiya vositalari bilan amalga oshiriladi. Birinchi navbatda dushman o‘ti ta’sirida turgan, hamda kam hajmdagi tiklash ishlari talab etiladigan mashinalar evakuatsiya qilinadi. YAqindagi pana joylarga mashinalar TEG vositalari bilan evakuatsiya qilinadi, keyinchalik esa harbiy qismning vositalari bilan evakuatsiya amalga oshiriladi.

O‘t ochishga qodir, shikastlangan mashinalar, o‘t ochish pozitsiyalaridan ta’mirlash uchun faqat batalon komandirining ruxsati bilan evakuatsiya qilinadi. Tank shataklarini shikastlanishi va evakuatsiya qilinayotgan mashinalarni qaytadan shikastlanishi ehtimolini kamaytirish uchun batalon komandirining ko‘rsatmasi bo‘yicha ularni tutun pardasi yoki o‘z artilleriyasi o‘ti bilan pana qilish tashkil etiladi.

SHikastlangan to‘p, minomyot va pulemyot qurol-aslahalari, otilgan gilzalar, idish va ukuporka bo‘linmalardan ularga o‘q-dorilar, yonilg‘i va boshqa moddiy vositalar keltirgan yo‘lovchi transport bilan evakuatsiya qilinadi.

Dushman mudofaa ichiga suqilib kirganda komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari dushman egallab olishi va yo‘q qilishi mumkin bo‘lgan barcha ta’mirlash fondini zudlik bilan evakuatsiya qilish choralarini ko‘rishi kerak. Iloji yo‘q (mustasno) hollarda batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari batalon komandirining ruxsati bilan shikastlangan tanklarni (BMP, BTRlarni) evakuatsiya qilish uchun jangovar mashinalar va qurol-aslahai nosoz mashinalardan foydalanishi mumkin.

Ekipajlarning kuchi bilan ta’mirlanishi mumkin bo‘lgan barcha shikastlangan jangovar mashinalar o‘t ochish pozitsiyalarida tiklanadi. Ekipajlarga zarur yordam ko‘rsatiladi va bajarilayotgan ishlarning borishi va sifati nazorat qilinadi. Zarur hollarda ekipajlarga yordam uchun ta’mirlovchi-mutaxassislar zarur asboblar, moslamalar va ehtiyot qismlar ajratilishi mumkin.

Ekipajlar tiklay olmaydigan va o‘t ochish pozitsiyalarida ta’mirlab bo‘lmaydigan shikastlangan ob’ektlar yaqin pana joylarga evakuatsiya qilinadi. Jangovar mashinalarni pana joylarda ta’mirlash shaxsiy tarkib va harakatlanuvchi xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash vositalaridan samaraliroq foydalanish imkonini beradi. Bitta pana joyga evakuatsiya qilingan ikki va undan ko‘p shikastlangan mashinalarda ishni tashkil etish hisobiga TEG tarkibida ishlayotgan ta’mirlovchi-mutaxassislarning ishlab chiqarish sur’ati oshiriladi.

Tiklangan qurol-aslaha va harbiy texnika darhol o‘z bo‘linmalariga qaytariladi va ko‘rsatilgan o‘t ochish pozitsiyalarini egallaydi.

Uzoq davom etadigan joriy ta’mirlovga muhtoj va batalonda ta’mirlanmayotgan shikastlangan mashinalar, hamda o‘rta va kapital ta’mirlovga muhtoj mashinalar katta boshliqning vositalariga topshiriladi, bu haqida batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari harbiy qism komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosariga bildiruv beradi va shikastlanish xarakteri va shikastlangan mashinalarni joylashgan erlarini ko‘rsatib o‘tadi. Bu mashinalarning ekipajlariga batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari qo‘riqlash, niqoblash, katta boshliqning vositalariga topshirish tartibi va vaqti haqida vazifa qo‘yadi.

Mudofaa jangi davomida zirhlitank va boshqa mulk bilan ta’minlash, bo‘linmalarda va ta’mirlash-tiklash organlarida jang boshlangunigacha mavjud (yaratilgan) zahiralar hisobidan amalga oshiriladi. Etishmovchi butlash qismlarini bo‘linmalar batalon komandirlarining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarlarining talabnomalari asosida harbiy qismning omborlaridan oladilar. Birinchi eshelon batalonlariga harbiy qismning transporti bilan, ikkinchi eshelondagi bo‘linmalarga esa ushbu bo‘linmalarning transporti bilan keltiriladi.

Mashinalarni ta’mirlash chog‘ida echilgan, ta’mirlashning iloji bor, shikastlangan detallar, uzellar va agregatlar keyinchalik ta’mirlashga jo‘natish uchun harbiy qismning omborlariga topshiriladi.

Texnik ta’minot bo‘linmalarini himoyalash, qo‘riqlash va mudofaa etishni tashkillashtirish o‘zining va qo‘shib berilgan texnik ta’minot kuch va vositalarining yashovchanligini oshirishni ko‘zda tutishi kerak va ta’mirlanayotgan mashinalarning soz qurol-aslahasidan foydalangan holda o‘z kuch va vositalari bilan amalga oshiriladi.


Download 15,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish