Dastlabki farmoyishda batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari quyidagilarni ko‘rsatadi:
- qurol-aslaha va harbiy texnikaga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarning hajmi, muddatlari va tartibi, mashinalarni texnik holatidan va bo‘lajak ekspluatatsiya qilish sharoitlaridan kelib chiqadigan, ularni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha tadbirlar;
- bo‘linmalar shaxsiy tarkibining texnik tayyorgaligi va texnik ta’minot organlarining maxsus tayyorgarligi bo‘yicha tadbirlar;
- o‘tgan jangovar harakatlar davomida safdan chiqqan qurol-aslaha va harbiy texnikani ta’mirlash va evakuatsiya qilishni yakunlash bo‘yicha tadbirlar, mashinalarni katta boshliqning vositalariga topshirish tartibi.
Do'stlaringiz bilan baham: |