Komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari quyidagilarni tashkillashtirishi va doimo nazorat qilishi kerak:
- yadroviy va kimyoviy xavf to‘g‘risida ogohlantirish radiotarmog‘ida navbatchilikni;
- uzluksiz radiatsion va kimyoviy razvedka olib borish va havodagi vaziyatni kuzatishni;
- bo‘ysunuvchilari shaxsiy himoya vositalaridan va joyning himoyalash xususiyatlaridan foydalanishini;
- ta’mirlash vositalari va tiklanayotgan mashinalarni puxta niqoblash, ularni erdagi dushmandan bevosita himoyalashni;
- yong‘inga qarshi tadbirlarga rioya qilinishini (bajarilishini).
Texnik ta’minotni boshqarish batalon TKP dan turib texnik ta’minot radiotarmog‘i, simli aloqa vositalari, shaxsiy muloqot hamda shartli signallar orqali amalga oshiriladi.
Xizmat bo‘yicha katta boshliq bilan aloqa – radio va harakatlanuvchi vositalardagi choparlar orqali.
Do'stlaringiz bilan baham: |