26. Adabiyot darslarini modulli ta’lim texnologiyasi asosida tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlami yaratish deganda nima nazarda tutiladi?
A) o‘quvchilarni ham aqlan, ham ruhan mazkur darsga tayyorlash
B) darsni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit va о‘quv materialini vaziyat taqozosiga moslashtirish
S) A va B
27. Modulning mazmuni va maqsadi ko’rsatilgan javobni aniqlang.
A) ma’naviy barkamol avlodni shakllantirish va bu yo‘lda xizmat qiladigan o‘quv materiallari (mazmun)ni tayyorlash
B) bilim, ko‘nikma, malaka va shaxslik sifatlarini shakllantirish
S) bilimlami amaliyotga tatbiq etishida, mustaqil fikrlashga odatlanishida, badiiy tahlil malakalarini egallashida, o‘z bilim va qobiliyatlarini baholay bilishida, o‘zining xato-kamchiliklarini anglash va ularni bartaraf qila bilishni shakllantirish
D) Hamma javob to‘g‘ri
28. Alla, ertak, afsona, rivoyat, topishmoq, masal, matal kabi xalq og‘zaki ijodi yoki bolalar yozma adabiyoti namunalarining ota-onalar tomonidan aytilishi, mutolaa qilinishini adabiy ta’limning qaysi ko‘rinishi deyish mumkin?
A) oiladagi adabiy ta’lim
B) oiladagi maktabgacha ta’lim
S) maktabgacha ta’lim
D) barcha javob to‘g‘ri
29. “Adabiyot ta’limi” va “adabiy ta’lim” tushunchalarining bir-biridan nimasi bilan farqlnadi?
A)“Adabiyot ta’limi” tushunchasi bevosita adabiyot predmeti va uning davriy, nazariy, amaliy bo‘limlari bilan bog‘liq tushunchadir.
B) “Adabiy ta’lim” esa adabiyot ta’limi va unga bog‘liq bo‘lgan adabiy mashg‘ulotlar: oilada va maktabgacha ta’lim muassasalarida badiiy adabiyot vositasida olib boriluvchi tarbiya hamda boshlang‘ich ta’limdagi o‘qish darsi mashg‘ulotlarini ham o‘z ichiga oladi.
D) A va B, S
S) Adabiyot ta’limi fan, adabiy ta’lim esa fan tushunchasi doirasidan chetga chiqadi.
30. Adabiyot о‘qitish metodikasida qaysi fanlar o‘zaro uyg‘unlashadi?
A) adabiyotshunoslik bilan pedagogika
B) adabiyotshunoslik bilan psixologiya
S) adabiyotshunoslik bilan tarix
D) adabiyotshunoslik bilan falsafa
31. «Adabiyot o‘qitish metodikasi» fanining obyekti to ‘g ‘ri ko ‘rsatilgan javobni ko ‘rsating.
A) uzluksiz ta’lim tizimidagi adabiyot darslari
B) bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetentliligini shakllantirish
S) adabiyot darslarining ta’lim muassasalarida o‘rganiladigan boshqa o‘quv fanlaridan farqini ko‘rsatish
D) adabiy ta’limdagi an’anaviy va novatorlik yondashuvga xos jihatlami o‘rganish
32. «Adabiyot o‘qitish metodikasi» fanining maqsadi to ‘g ‘ri ko ‘rsatilgan javobni ko ‘rsating.
A) uzluksiz ta’lim tizimidagi adabiyot darslari
B) bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetentliligini shakllantirish, ularga yoshlar ma’naviyatini qaror toptirishda badiiy asarning ta’sir kuchidan oqilona va samarali foydalanish yo‘llarini о‘rgatish
S) adabiyot darslarining ta’lim muassasalarida o‘rganiladigan boshqa o‘quv fanlaridan farqini ko‘rsatish
D) adabiy ta’limdagi an’anaviy va novatorlik yondashuvga xos jihatlami o‘rganish
33. 1.Milliy pedagogika asoschilari kimlar? Ularni aniqlang.
a. Sodiq Abdusattorov, Abduqodir Shakuriy, Ishoqxon Ibrat, Saidrasul Aziziy
b. A.Avloniy, S.Ayniy, A.Fitrat Mahmudxo`ja Behbudiy
c. Barcha javoblar to`g`ri
d. Munavvarqori Abdurashidxonov, Murodxo`ja Solihov
Do'stlaringiz bilan baham: |