TAKROR VA UNING SINTAKTIK STILISTIK XUSUSIYATLARI
REJA:
I.KIRISH
1-BOB.
Takrorlarning maktab darsliklarida o’rgatilishi.
O’quvchilarga takror so’zlarni o’rgatish yo’llari.
2-BOB Takror so’zlarning badiiy asardagi o’rni.
2.1 Takrorlarning anafora san’atini hosil qilishi
2.2 Takrorlarning epifora san’atini hosil qilishi
2.3 Takrorlarning alliteratsiya san’atini hosil qilishi
KIRISH
Badiiy asar xalq tili o‘zining barcha imkoniyatlarini boyicha namoyon qila oladigan, yozuvchining mahorat darajasiga ko‘ra bu imkoniyatlarni to‘laligicha ishga solish mumkin bo‘lgan o‘ziga xos maydondir. Bu imkoniyatlar cheksiz-chegarasiz bo‘lib, muayyan asarda uning ro‘yobi masalalarini o‘rganish, avvalo, yozuvchining badiiy til borasidagi mahoratini, qolaversa, xalq tilidagi ifoda vositalarining boyligini namoyish qilishga asos bo‘ladi Badiiy asarning bosh unsuri so‘z, umuman, til ekan, uning chinakam san‘at darajasiga ko‘tarila olishida muallifning til vositalarini qay darajada qo‘llay olishi asasiy omil sanaladi. So’nggi davr yozuvchilari nasriy asarlari xususidagi ilmiy tadqi qotlar xarakteri , asosan, adabiy tahlil doirasida ekanligi va badiiy asar tilini lingvistik jihatdan o’rganishga ehtiyoj ortganligi bois, keyingi paytda lingvopoetik tahlilga e‘tibor ancha kuchaydi . Bu borada qator ishlar ham amalga oshirildi . Xususan, R.U.Normurodovning «Shukur Xolmirzaev asarlarining til xususiyatlari » (2000), M.Yo’ldoshevning «Cho’lpon so’zining sirlari » (2002), G.Muhammadjonovaning«80-yillar oxiri 90-yillar boshlari o’zbek she‘riyatining lingvopoetik tadqiqi » (2003), M.Muhiddinov va S.Karimovlarning «G’afur G’ulomning poetik mahorati » (2003), D.Ne‘matovaning «Cho’lpon publitsistikasining lingvistik xususiyatlari » (2004), S.Boymirzaevaning «Oybek prozasining lingvostilistik tadqiqi » (2004) kabi tadqi qotlarida Cho’lpon , Oybek, G’afur G’ulom kabi so’z ustalari ijodini o’rganishga bagishlangan an‘anaviy mavzular yoki she‘riyat borasida tadqi qotlar olib borilganMa‘lumki, ko‘ngilga so‘z bilan kiriladi. Inson qalbiga yo‘l topishning qudratli vositasi adabiyotdir. Muhtaram Prezidentimiz I. A. Karimovning ―Yuksak ma‘naviyat-engilmas kuch” asarida ta‘kidlanganidek:”…har qaysi iste‘dod egasi o‘ziga xos bir olam, shu sababli ijod ahliga qandaydir aql o‘rgatish, eng asosiysi, ularni boshqarishga urini sh mumkin emas. Lekin bu hayotda ularni birlashtiradigan, yangi ijodiy marralar sari ilhomlantiradigan muqaddas tushunchalar borki, ular Vatan va xalq manfaati, ezgulik va insoniylik tamoyillari bilan uzviy bog‘liqdir. Agarki har qaysi ijodkor o‘z asarlaridaana shu o‘lmas g‘oyalarni bosh maqsad qilib qo‘ysa, ularni badiiy mahorat bilan ifoda eta olsa, hech shubhasiz, adabiyot ham, madaniyat va san‘at ham tom ma‘noda ma‘naviy yuksalishga xizmat qilib, o‘zining itimoiy vazifasini to‘liq ado etishga erishgan bo‘ladi” 1. Ijodkorning til sohasidagi san‘atkorligi birinchi galda shunda namoyon bo‘ladiki, u keng iste‘moldagi so‘z va iboralarni mohirona qo‘llash bilan bir qatorda xalqning ilg‘or, peshqadam vakili sifatida umumxalq tili boylik va imkoniyatlarini muntazam ravishda kengaytira boradi. O‘z tili materiallari asosida yangi so‘z va iboralar yaratadi, har xil diallektlarda va, umuman, og‘zaki nutqda mavjud bo‘lib, adabiy – yozma nutq boyligi hisoblanmaydigan ayrim leksik va frazeologik birliklarni umumxalq tiliga olib kiradi, til birliklarini o‘zga sharoitlarda qo‘llash yo‘li bilan ularga yangi ma‘no vazifalar yuklaydi. Takror hodisasi no til stilistik resurslarini boyish, boyitish manbalaridan biridir.Mamajonov tomonidan takrorning:1)anaforik takror; 2)epiforik takror; 3) inforik takror; 4)aralash (doiraviy) takror(anafora,epifora;infora- epifora)tiplari tasnif qilingan bo’lib olimning quyidagi xulosalari diqqatga sazovor:Biz, asosan,vertikal takror va uning ko’rinishlari haqida qisman to’xtalib, shunday umumiy xulosaga keldik:takror eng mahsuldor sintaktik-stilistik figura hisoblanib,uning har bir ko’rinishi alohida chuqurroq tekshirishini talab etadi.Bu esa sintaktik takror haqida konkret xulosalarga kelish imkoniyatini tug’diradi.
ASOSIY QISM.
I.BOB.TAKRORLARNING MAKTAB DARSLIKLARIDA O’RGATILISHI.
6-sinf Ona tili darsligida “Juft fe’llar’ (61-dars takroriy fe’llar shu mavzu ichiga kiritilgan).Mavzuga 1ta topshiriq,4ta mashq va 3ta savol ilova qilingan.”Juft va takroriy otlar imlosi”(88-dars)mavzusini o’rganish uchun 2ta topshiriq,4ta mashq,3ta savol berilgan.”Takroriy sifatlar va ularning imlosi”(122-dars)mavzulari mavjud.Uni o’rganish uchun esa 1ta topshirq,4ta mashq,3ta savol tavsiya qilingan.7-ona tili darsligida “Juft va takroriy olmoshlar”.Ularning imlosi (24-dars)mavzulari aks etgan.Mavzuga 3ta topshiriq,4ta mashq,3ta savol ilova qilingan.Kitobdagi 93-mashq o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatadi.Uning shartida “Mustaqil O’zbekiston ramzlari haqida o’ylar”mavzusida matn tuzish topshirilgan.
Takror so’zlarni (jumladan bosh kelishikdagi otlarni ham) A.N.Kononov,E. , V.Sevortyan,N.A.Baskakov,N.P.Direnkova, A.Kaydarovva ba’zi bir qozoq tilshunoslari so’z yasash usuli deb qaraydi. S.Fuzailov, U.Tursunov, J.Muxtorov, Sh.Rahmatullayev, N.R.Abdurahmonov kabi bir qator o’zbek tilshunoslari bu fikrga qo’shiladi1.A.G’.G’ulomov bir o’rinda “bir ot takrorlanib yangi ot tug’diradi” desa,boshqa bir o’rinda “ot yoki undov takrorlanib,ravish yasaydi”deydi,yana bir o’rinda “sintaktik usul bilan so’z yasashning eng eski ko’rinishi reduplikatsiyadir”2 deb yozadi.Boshqa so’z turkumlarini otlashish hodisasini bosh kelishik shaklidagi otlashgan so’zlarning takrorlanishi bilan aralshtirish, ularni aynan bir hodisa deb qarash to’g’ri emas.Bunda, avvalo otlashish jarayoni ro’y bergan,so’ngra esa otlashgan so’z takroriy shaklni hosil qilgan ,deb hisoblash mumkin.Masalan,to’qqiz soni avval otga ko’chgan,so’ngra bosh kelishik shaklidagi ot sifatida takroriy shaklda qo’llangan.Uning yakka holdagi otlashgan shakli ham mavjud.Chog’ishtiring:To’qqiz-to’qqizing bilan qalin molingni hozir kiritaman.(N.Foxilov)To’yiga bordim:na to’qqiz bor, na o’ttiz-qoq-quruq(Og’zaki nutq).
V.I.Alatiryov “Udmurt tilida takror so’z yasashdagina emas,ko’plik,jamlik, davriylik, kuchaytiruv, ekspressivlik, ajratish-yakkalash kabi grammatik kategoriyalarni ifodalashda ham mahsuldordir”,-deydi.M.I.Odilovning yozishicha,”ozarbayjon tilida takrorlar ham so’z yasash, ham shakl yasahs funktsiyasiga ega”.”Takrorlash yo’li bilan so’z yasash va turli gramatik ma’nolarni ifodalash turkiy tillarda,shu jumladan,o’zbek tilida ko’p uchraydi”3-,deydi O.Azizov,N.K.Dmitriyev esa “Qumiq tilida stilistik vosita bo’lgan takrorlash gramatik maqsadlarda qo’llanadi”4,-deb yozadi. A.Hojiyev “O’zbek tilida… takroriy so’zning yasalishi so’z yasash hodisasi bo’la olmasligini” aytadi5.N.Abdurahmonov takroriy so’zlar aslida tilda yo’q.Ular tilning lug’at tarkibiga kirmaydi, shuning uchun ham lug’atlarda ko’rsatilmaydi.Takror so’zlar faqat suhbat jarayonida suhbatdoshlarning irodasi asosida , improvizatsiya asosida hosil qilinadi va suhbatdan keyin yana yo’q bo’lib ketadi”6,- deydi.Shuning uchun ham I.Ubryatovaning “Ko’p hollarda negizning takrorlanishi yangi so’z yasalishiga olib kelmaydi, balki so’zlarning maxsus so’z shakllarini (otlardagi ko’plik , jamlik va o’ziga xos kuchaytiruv kabi) yasaydi.Shuning uchun ham uni shakl yashash hodisasiga kiritish lozim”7, deyishida ma’lum asos bor. A.Hojiyev ularni haqli ravishda shakl yasalishi8 deb qaraydi.Bu ma’lumotlardan ma’lumki, ba’zi tilshunoslar so’zlarning takrorlanishini yangi leksik-gramatik kategoriyaning yasalishiga olib keladi degan fikrga bo’lsa, ayrimlari ularni ham so’z yasash , ham shakl yasash xususiyatiga ega deydilar; ba’zilari esa ularni til fakti deb emas, nutq fakti deb hisoblaydi.Takror yo’li bilan so’z yasash tosh yo’l tipidagi qo’shma otlarga o’xshash , morfologik , sintaktik so’z yasashning qadimgi ko’rinishidir.Buning yasalish texnikasining soddaligi ham qadimgilikdan darak beradi. Takrorning ko’rininshlari ko’p.Bunda dastlab ikki narsa farqlanadi: takror (odatdagi takror) va ikkilanish (udvoenie). Oddiy takror ma’noni kuchaytirish, intensivlikni , emotsional bo’yoqni bildirish uchun xizmat qiladi. Bunda ba’zan ikki marta takrorlash ham uchraydi. Masalan, tezroq, tezroq yur: tezlik ma’nosi kuchaytiriladi (qiyoslang:tezroq yur, tezroq .Ayting ,ayting bugun yomg’ir yog’masinda). U tez-tez gapirdi(u tez gapirdi): bu takror “ikkilanish” bo’lib , u harakatning takrorlanishi , uzoq davom etish kabi ma’nolarni ifodalaydi.Quyidagi misollarga e’tibor beramiz: otasiga ayting,ayting,jiddiyroq ayting, tushuntiring.-U o’ylab-o’ylab , bu fikrga keldi (o’ylab-o’ylab :uzoq o’ylab), nimani olding? (bir predmet) – nima-nima olding?( ko’p predmet, nima-nima olding-nimalar olding? Takror orqali ko’plik ma’nosi ifodalangan.). So’z takrorining bu ko’rinishi so’z yasash (paqpaq kabi) hodisasidan farqli. Yana ayrim misollarni chog’ishtiramiz: to’y marosimlarga tog’ora, tugun, ko’tarib borishdan qutulmadik , qutulmadik-da (“Mushtum”). Tur-tur ketamiz , -dedi akasi (“Ertak”).Bir ozdan keyin , erta tongda , tur-tur boshlandi ( tur-tur:pod’yom ,turish). Aya , nega bibip kelyapti? (“Mushtum”):bibip, bipbip; avtobus( bolalar nutqida). Reduplikatsiya, so’z takrori , o’zbek tilida ikki xil xarakterga ega: so’z yasash vositasi va gramatik vosita. U ko’pincha grammatik funksiyani bajaradi: predmetning ko’pligi, belgining oshirilishi , ma’noning kuchayishi, harakatning takrorlanishi va uzoq davom etishi va boshqalar.Odatdagi takror va ikkilanish ( taq-tuq ) kabi farqli bo’lib , so’z yasash hodisasi bilan keyingisigina bog’lanadi.Ikkilanish , umuman, so’z qo’shishning bir ko’rinishi , bo’lib kelishi elementlardan iborat bo’lishi va bu elementlar asl bog’lanish yo’li jihatidan farqlanib turadi. Takror ikki xil: to’la takror (katta-katta kabi) va qisqa takror (kap-katta kabi). Qisqa takror so’z yasamaydi, balki so’z shakli hosil qilinadi. (qip- qizil kabi) . Takror orqali qo’shma so’z hosil qilish to’la takrorda uchraydi. Takrorning tarkibidagi qismlarning amorf holda kelishi (taq-taq, taqur-tuqur kabi )yoki orada kuchaytiruvchi elementning bo’lishi ( taqa-taq, taqira- tuqur) bir qancha xususiyatlarga ega: oradagi elementlarning ravish yasovchi affiks bilan bog’lanishi taqqa to’xtadi: taqq+a , taqa-taq to’xtadi kabi) , kuchaytiruvchi bo’lib kelishi va qisman biriktirishga yordam berishi, bog’lanishni kuchaytirishi ( taraq-turuq; taraqa-turuq , taqir-tuqur, taqira-tuqur, shaqir- shuqur kabi; keyingi holda birinchi qismning oxirgi bo’g’inida ikkinchi darajali urg’uning o’rni aniqroq seziladi ) va b. Lekin oradagi element (-a) bu yo’l bilan so’z yasash hodisasini o’zgartirmaydi. Takror so’z yasash vositasi bo’lganda, so’z qo’shish hodisasi bilan o’xshashlik tug’diradi.(qiyoslang: ququ (qush) –Ko’ksuv (joy oti) ; grammatik vosita bo’lganda esa, affikatsiya hodisasi bilan yaqinlashadi.Bunday o’xshashlik , yaqinlik struktura , ma’no , funktatsiya jihatidandir. Qiyoslang: kim-kim keldi?- Kimlar keldi?Ko’plik birinchi holda so’z takrori orqali , ikkinchi holda esa affiks orqali ifodalangan.Bu holat (takror yoki affiks qo’llash ) turli tomonlari bilan ajraladi.:ba’zan bir ikkinchisining o’rnida qo’llana oladi(lekin stilistik jihatdan farqlanadi: birinchisi jonlo- so’zlashuv holatiga mos keladi) ,ba’zan har ikkalasi bir momentda , bir konstruksiyada qo’llanadi (kuchaytiruv:umuman, bir ma’noning ikki vosita bilan , qaytadan ikki marta ifodalanishi , ekspressiya, kuchaytirish, oshirish, funktsiyasini bajaradi), ba’zan ularni almashtirib bo’lmaydi. Bu qadimgi yo’l bilan hosil qilingan so’zlar (-cha:-chuv-shovqin ma’nosida , ba: -bu bu ham shovqin-suron ma’nosida) jonli so’zlashuv stilinibildirib turadi va taqlid so’zlardan yasashda , ko’pincha, emotsional tusga ega bo’ladi. Bunday yasalishning bobov kabi ko’rinishlarida qismlar juda birikib ketgan , o’rniga qarab odatdagicha , affikslar ham qabul qiladi. Takror – badiiy asar mualliflari tasvirlanayotgan voqea-hodisaga oʻquvchilarning diqqatini tortish, uni boʻrttirib koʻrsatish uchun badiiy asarlarda foydalanadilar. Ohangdor, ta’sirchan va jozibali qilish uchun ishlatiladi. Asosan, tinglovchining tushunishiga osonlik yaratadi. Takrorning barcha turlari koʻrinishlari singari leksik takrorlar ham oʻz ifoda shakliga va tasvir usuliga ega. Badiiy matnda leksik birliklar turli shakllarda namoyon boʻladi va fikr talabiga koʻra hilma-xil vazifalarni ado etadi. Lugʻaviy birliklar badiiy tasvirning muhum vositasidir. Ammo ularning badiiy matnda qoʻllanish darajasi, badiiylikni ifodalash imkonyatlari turli tuman. Matnda har bir morfemasi makon bildiruvchi joy so’zi bilan birikib,qo’shma so’z sifatida takrorlanadi.Natijada stilistik takror vositasida so’z o’yinini yuzaga chiqariladi.Takrorning bu ko’rinishi,bizningcha,hozirgi o’zbek adabiy tiliga oid darsliklarda uchramaydi.Bu usulni so’z o’yining morfologik usuli sifatida baholash mumkin.So’z ustasi konstektda mazkur takrordan laqab ifodalovchi nutqiy xosila sifatida foydalanib,Po’latjon qiziq Normatovning laqabi-“cho’tir”ga qochirim qilgan.Qori aka:Iya,Mamayunus,devoringizning avvalgi loyi sho’r tuproqdan qilinganmidi,shuvoqlari guvalakda turmay to’kilib ketibdi!
Do'stlaringiz bilan baham: |