2 BOB.TAKROR SO’ZLARNING BADIIY ASARDAGI O’RNI.
Takror uslubiy vosita sifatida badiiy asarda qahramonlarning ruhiy holatini, ichki kechinmalarini konkretroq ifoda etish uchun ishlatiladi. Buni Zulfiyaning quyidagi misralarida ham kuzatishimiz mumkin:
Qani o’sha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun ko’zingda yosh, turib qolding lol.
Nechun qora libos , sochlaringda oq,
Nechun bu ko’klamda sen parishonhol?»
Keltirilgan parchada uchta misraning boshida nechun sabab holi takrorlangan. Sabab holining uch o‘rinda, ayniqsa, gapning boshida takrorlanishi she‘rning ta‘sirchanigini oshirishga yordam bergan. Quyida keltirilgan gap takrorida dramatizm yanada kuchliroq ekanini ko‘ramiz:
Qancha bo’ldi ko’rmaganimga,
Ey qalbimning dilbari shoir!
Qancha bo’ldi birga o’ltirib,
So’zlashmadik dillarga doir
Ma‘lumki, shoira Zulfiya ijodida hijron motivlari asosiy o‘rinni egallaydi. Yuqorida keltirilgan parchada qancha bo’ldi kesimining takror holda kelishi shoira qalbidagi hislarni teranroq tushunishga yordam beradi. Undagi sog‘inch, o‘tgan aziz damlarni qo‘msash holati gap bo‘lagini takroran qo‘llash orqali ta‘sir kuchini oshirgan.
Jahonga sig’magan sevinchga nordek
Kelib bir bahamni qilganda orzu,
Takdir to’siq bo’lsa,
Uni izlayman.
Izlayman!
Bilaman, topmayman uni.
Zotan, o’zim uni qachon yo’qotdim?
Farzand,
Nabiralar tug’ilgan kuni,
Men uni har safar Abadga topdim...(Izlayman.)
Keltirilgan parchada ham kesimlar takrorlangan. Kesim gapning asosiy bo‘lagi bo‘lgani uchun, shuningdek, gap mundarijasining kesim vositasida yuzaga chiqishi sababli gap bo‘laklaridan kesimning takrori ko‘plab uchraydi. O‘z yoridan bevaqt judo bo‘lgan shoira butun hayoti davomida yor so‘g‘inchidan ozorlanib yashadi, har bir narsada o‘z yorini ko‘rdi, har daqiqa ni izladi. O‘z hissiyotlari bilan kurashib yashadi. Mana shu kechinmalar takror vositasida kitoxon qalbiga etib borgan. Ko‘rinadiki, takror kuchli uslubiy vosita bo‘lib, u ijodkorning mahoratiga bog‘liq holda asar mohiyatini yuzaga chiqarishga yordam beradi. Zulfiya mohir so‘z san‘atkori sifatida o‘z she‘rlarida takrorning turli ko‘rinishlaridan unumli foydalangan. Ularda ishlatilgan takrorlar holatni, qahramon ruhiyatini o‘quvchi ko‘z o‘ngida yaqqol namoyon etishga yordam bergan, ta‘sirchanlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan. Takror poetik va publitsistik asarlar tilida eng ko’p qo’llaniladigan sintaktik - stilistik figura bo’lib hisoblanadi. Tovush takrori termini dastlab O.Brik tomonidan kiritilgan va u faqat undosh tovushlarga nisbatan ishlatilgan. Keyinchalik bu termin poetik nutqdagi unli va undosh tovushlarga nisbatan ham qo’llaniladigan bo’ldi. Unli tovushlar takrori, undosh tovushlar takrori, bo’g’in takrori kabilar xalq og’zaki ijodi namunalariga, poetik nutqda ko’p uchraydi. Fonetik takror, asosan badiiy nutq uslubiga xosdir. Fonetik unsurlarni ataylab takrorlash orqali avtor o’z tasvir kuchini oshirishiga, his - tuyg’ularini bo’rttirib ifodalashga erishadi. Tovush takrori, ayniqsa, tinglovchi yoki o’quvchining diqqatini tasvir obyektiga ko’proq jalb qilish uchun ishlatiladi. Takrorning asosi y vazifasi nutqni ta’sirchan qilish, fikrni konkretlashtirish va unga tinglovchi diqqatini tortishdir. Takrorning sintaktik - stilistik xususiyatlari haqida tilshunoslardan I.M.Astafe va, M.N.Adilovlar maxsus monografik tadqiqotlar olib borganlar. Takror (repetition) nutqning og’zaki shakli xususiyatiga asoslangan sintaktik stilistik vosita bo’lib, bu hayajonli holatni ifodalash maqsadida qo’laniladi. Takror va uning stilistik funksiyasi haqida professor A.Mamajonov fikr yuritib, uning fonetik takror, leksik takror, morfologik takror, sintaktik takror ko’rinishlari borligini, bunday takror tiplari xalq og’zaki ijodi materiallari, badiiy va publisistik asarlar tilida juda keng qo’llanishini bayon qilgan.1 Bu holat sintaktik-stilistik figuralar analizi uchun boy material bo’lib hisoblanadi, hamda takror bo’yicha alohida va muhim tekshiruvlar olib boorish, tegishli xulosalar chiqarish imkoniyatini tug’diradi” deb takror hodisasining nihoyatda dolzarbligini ko’rsatadi. Ingliz tilida takror stilistik vositalar tuzilishiga ko’ra quyidagi ko’rinishda ajratiladi: 1. Misra yoki gap bo’lagining boshida kelgan takror anafora deyiladi2 yoki boshqacha aytganda, paralel tuzilgan nutq parchalari boshida aynan
bir elementning takrorlanishidan iborat stilistik figura. Bu stilistik figuradan his hayajon, ko’tarinki ruh bilan aytiladigan nutq shakllarini yaratish uchun foydalaniladi. Anaforadan adiblarimiz mohirona foydalanganlar .O’zbek she’riyatida Uyg’unning quyidagi she’ridan parcha keltirish mumkin:1
Qani qizlar, qani o’rtoqlar?
Qani ko’klam, qani go’zal yor?
Qani gullar, qani bulbullar?
Qani shodlik, qo’shiq, kulguzor?
Yoki Uyg’unning yana bir she’rida ushbu statistik figura ishlatilgan.
Men bahor qo’shig’in kuylayman dadil,
Chunki bu-talaba haqlikning sozi.
Chunki bu-abadiy baxtning yallasi,
Chunki bu-so’nmovchi hayot ovozi.
2. Gap oxirida kelgan takrorlar yoki boshqacha aytganda, she’riy asarlarda so’zlar va misralar oxirida ifodalikni kuchaytirish uchun ayr im unli va undosh tovush
takrorlanadi. Bunga tovush nihoyasi yoki epifora deyiladi.1 Masalan:_ O’zbek adabiyotida H.Olimjon she’riyatida quyidagi misrani keltiramiz.2
Uyda, oilada, dalada,
Oppoq paxta bo’lgan serunum yerda,
Ozod mehnat zo’r jadal bilan
Insonni qaytadan ko’kartirganda,
Har minut sen o’zing biz bilan birga,
3. Takrorlanuvchi birliklar o’ziga xos doira hosil qilib, parchaning boshida ham kelishi mumkin. Bunday takror halqasimon takror ( frame repetition yoki ring repetition ) deb ataladi. Bunday takror turiga quyidagi she’riy parchani keltiramiz
O’zbek she’riyatida esa quyidagi parcha takrorning bu turiga misol bo’la oladi:
Nafis chayqaladi bir tup namatak
Yuksakda shamolning belanchagida
Quyosh ko’tarib bir savat oq gul
Viqor-la o’shshaygan qoya labida
Nafis chayqaladi bir tup namatak
4. Takrorning yana bir ko’rinishi topilma takror birinchi misraning oxirida kelgan muayyan so’z ikkinchi maisraning boshida takrorlanib keladi.
O’zbek tilida: Beshik bolani, bola dunyoni tebratar.
5.Tizma takrorlar(chain repetition) ga takrorlanuvchi so’zlar ma’nosi kuchayib boradi. Masalan:
-Soatlar kunlarni, kunlar haftani, haftalar oylarni to’ldirganidak, a’lochi nomini aslo
bo’shatmay.... (G’.G’ulom )
6. Takrorning o’zakli takror (root repetition) deb nomlangan turi ham mavjud. Uning mohiyati shundaki, unda so’z aynan takrorlanadi, biroq ularning biridagi qo’shimcha qism takrorlanmaydi.
O’zbek tilida: Oliy fazilatdir mening havasim, havas orzusida yonar nafasim. Har ikkala tilda keltirilgan misollarda o’zakli takror turi bilan birga kelyapti. Aynan
takror o’zining stilistik vazifasiga ko’ra so’z o’yiniga yaqin turadi. Bu usulda o’sha so’z aynan o’zi takrorlanmay, faqatgina so’zning o’zagi takrorlanadi.
7. Takrorning navbatdagi turi sinonimik takror ( synonymical repetition) bo’lib, unda bitta tushunchani ifodalash uchun sinonimik, ya’ni ma’nosi bir biriga yaqin bo’lgan vositalar qo’llaniladi Ushbu holatda obyektiv sinonimlar qo’llanilishi shart emas. Voqea va hodisalarni obrazli qiyoslash ham tushunchalar bir-biriga yaqinlashtirilishi mumkin. Bunda so’zlar matniy ma’noga ega bo’ladi. Yuqoridagi misolda “ capital punishments” va “statutes” so’zlari keyingi misralarda “ penal”, “code” va “blood” kabi matniy sinonimlardan iborat. Sinonimik takror bitta, yagona, ma’noni ifodalashga, fikrning asosiy mazmunga qo’shimchalar kiritadi, kengaytiradi, detallashtiradi. Notiqlar nutqqa sinonimik takror nutqning kuchini oshirishi va ishontirishi, badiiy nutqqa detallashtirish vazifasini bajaradi.
Inson qalbi bilan o’ynashma,
Inson qalbi oftob aks atgan chashma
Goh bulutday yengil, goh tog’day zil.
Sinonimik takror haqida gapirganda, pleonazm haqida to’xtash lozim, deb o’ylaymiz. Pleonazmda faqatgina o’sha so’z yoki vosita takrorlanib, qolmasdan, balki, o’sha mazmun, ma’no ham takrorlanadi. Bu xuddi ortiqcha takrorday nutqqa ortiqcha qusur sifatida ko’rinadi. E’tirof etilgan fikrga hech qanday qo’shimcha ma’no bermaydi. Pleonazm nutqning kamchiligidir. Pleonazmlar badiiy - estetik nuqtai nazardan asoslanmagan sinonimik takrorlardir. Ammo pleonazm hodisasi tilda, ayniqsa, o’zbek tilida bu ma’no deyarli yo’q hodisadir.
Bu ikkala misolda pleonazm so’zlar o’rniga olmoshlar qo’llash bilan ifodalangan.
Pleonazmlar badiiy- estetik nuqtai nazardan asoslanmagan sinonimik takrorlardir. So’zlar takroriga asoslangan san’atlar orasida eng keng tarqalgan turidir. Bu san’atning mohiyati shundan iboratki, she’r baytini boshlagan so’z, uning oxirida ham takrorlanadi. Shunday qilib, emotsional- ekspressivlik barcha til birliklarida bo’lganidek, fonetik vositalarda kuchli ifodalanadi. Bunda nafaqat nutq tovushlarining turli talaffuzida, balki tovush o’zgarishlari, tovush takrori orqali ham emotsional ekpressivlik kuchli ifodalanadi. So’z san’atkorlari o’z asarlarining ta’sirchanligini oshirish maqsadida takror stilistik figurasidan keng foydalanadilar. Hamid Olimjon she’riyatida badiiy tasvir vositalari oʻziga xos jilolanadi. Ayniqsa, shoir she’rlaridagi badiiy takrorlar vositasida fikr teranroq ifodalangan, she’r gʻoyasi va shakli oʻrtasidagi mutanosiblik ta’minlangan. Ifodalanayotgan tushunchalar takror soʻzlar vositasida obrazli qiyofa aks etgan va she’rdagi ohangdorlik ta’minlanishiga hizmat qilgan hamda musiqiylik oʻzgacha namoyon
boʻlgan. Hamid Olimjon she’riyatida ham takrorlarning goʻzal namunalarni uchratamiz. Leksik takrorlar she’r tasirchanligini ta’minlaydi. Bunday tasirchanlik shoir she’rlarida anafora, mukarrar, takrir, epifora takrorlari vositasida namoyon boʻlgan.
Qani jangga, jangga chiqing arslonlar,
Jangga chiqing, ey aziz qahramonlar.
Yuqorida keltirilgan misralarda jangchilarning jang boshlanishidan oldingi kayfiyati jangovor ruhining yuqoriligi takrir vositasida tasvirlangan. Takrir arabcha “takror” soʻzidan olingan boʻlib, u she’riy asarda soʻzning turli shakldagi takroridan iborat. Ushbu musralarda jangga soʻzi uch oʻrinda qoʻllangan, bu esa she’rdagi asosiy gʻoya “jangga” soʻziga singdirilmoqchi boʻlganligini anglatadi.
Oʻn besh kunga toʻlganida oy,
Koʻkka chiqib tunni axtardi,
Orqasidan baland osmonda
Olam-olam yulduzlar berdi.
Hamid Olimjon bu she’rida mukarrar dan foydalangan. Mukarrar badiiy san’atlarning takror usullaridan biri boʻlib bunda takroriy soʻzning qaytarilishi kuzatiladi. Mukarrar soʻzi “qayta-qayta”, “ust-ustiga” ma’nolarni ifodalaydi. Mukarrar takroriy soʻzning misra bayt yoki bandda takrorlanishidir. Ma’lumki, juft va takroriy soʻzlar alohida-alohida tushunchalardir. Juft soʻz bir turkumga oid ikki soʻzning takror qoʻllanilishi natijasida yuzaga keladi. Bunda q oʻllangan takroriy soʻz shu misraning oʻzida, bayt yoki bandda takrorlanishi mumkin. Shuningdek misra, bayt, bandda ikki xil shakldagi takroriy soʻz qoʻllanilishi ham mukarrar takrorini yuzaga keltiradi. Bunda keltirilgan "olam-olam" takrori yordamida sheʼrning mazmun mohiyati boʻrttirib koʻrsatilmoqda.
2.1.Takrorlarning anafora san’atini hosil qilishi.
Anafora(takror)-she’r yoki banddagi misra, gaplarning boshidagi so’z yoki so’ birikmasining boshqa misralar boshida aynan takrorlanib kelishi. Anafora- grekcha so’zdan olingan bo’lib,( anaphora-yuqoriga chiqarish so’zidan )stilistik figuralardan biri hisoblanadi.Anafora gaplarning oldida bir xil jaranglagan tovush, ohangdosh so’z yoki iboralarning takrorlanib kelishi,(Misollar:1.Bir xil jaranglovchi tovushlarning takrorlanib kelishi:
Ko’m-ko’k
Ko’m-ko’k
Ko’m-ko’k…
Ko’klam quyoshidan
Ko’kargan qirlar
Po’lat yag’rinlarni
Ko’targan yerlar
Ko’m-ko’k.(Hasan Po’lat.)
2.Bir xil so’zlarning ohangdosh bo’lib takrorlanishi:Qaysi bir qozon ozorin aytay jonima ag’yorningQaysi bir og’ritganin ko’nglimni dey dildorning.(Bobur)3.Sintaktik jihatdan bir necha gapning bir xilda bog’lanib kelishi:Menikidir kelajak, chaman,
Menikidir maktab,ijod,fan.
Menikidir sog’, aql,badan,
Ko’nglim to’lin oy kabi ravshan.(Hasan Po’lat.)
Anafora-ular nutq segmentlarini mustahkamlash va barcha she’rni ifoda va ravshanlikni berish uchun kerak.Bu atama qadimgi yunoncha so’zdan kelib chiqqan, bu “kirish” degan ma’noni anglatadi.Masalan,Aleksandr Sergeevichning she’rida siz “Aafor” bilan birinchi ikkita Stenzning boshida takrorlanadigan “Oh” haqida tanishishingiz mumkin. Bu yaqinlashayotgan kuz belgilaridan sezgilarni kuchaytiradi.Anxafor bilan she’rni o’qib bo’lgach. “Oh”, qo’pol va sovuq g’ovak bilan yaqinlashish hissi bor.Boshqa harqanday takrorlanishlar singari, bular singari, she’rdan qat’i nazar, she’rga,go’yo bir yoki boshqa so’zga yoki tafakkurga yo’naltirilganligi kabi she’rga aniqlik kiritadi.Xuddi shu narsa boshqa stilistik va ritorik va ritorikal raqamlarga nisbatan,masalan,masalan,masalan,o’z nuqtai nazariga ega-dastlabki pozitsiyaga ega bo’lgan.Bunday usullar musiqada mavjud.Visotskiyda topilishi mumkin bo’lgan Ephorning yana bir misoli:
“Tuzoqqa tushmaslik uchun,
Qorong’uda yo’qolgan…
…Xaritaning rejasi bo’yicha tarix.”
Bunday holda,”uchun” so’zi,agar rejani jalb qilmasa, topilishi mumkin bo’lgan barcha qiyinchiliklarni keltirganga o’xshaydi.
Misol: Endi odam quldek sotilmas,
Endi unga qafas bo’lmas jon,
Endi dunyo bo’lmaydi zindon. (H.Olimjon. “Zaynab va Omon”dagi Sobir gapi).Anafora matnni tashkil etadigan binolarni ishlab chiqish paytida so’zlar yoki iboralarni takrorlashga asoslangan ritorikaning manbai.Lirik element sof kommunikativ maqsadga ega bo’lgan anaforalaridan foydalanadi,ular o’quvchi e’tiborini muayyan g’oyaga qaratishga xizmat qiladi.O’zining etimologik tadqiqotida ushbu so’z lotin tilidan kelganligi aniqlandi anafora, bu o’z navbatida yunon tilidan keladi avafora.Prefeks gha(ana) “yoqish, qarshi”degan ma’noni anglatadi,ildiz esa Thora (fora),fe’lning “olib yurish” degan ma’noni anglatadi.Ritorikada anaforadan foydalanishni tilshunoslikda keng tarqalgan foydalanish bilan aralashtirib yubormaslik kerak.Grammatik jihatdan anafora,so’zlarni yoki iboralarni takrorlash o’rniga,ularning takrorlanishidan qochishgaintiladi,shunda nutq yaxshi sonorlik va ravonlikka ega bo’ladi.Grammatik anaforada elisiya va almashtirishning ba’zi aniq misollari:”Mariya keldi.U yerfistig’I olib keldi”, deganidan keyin mavzu uning borligini taxmin qilgani uchun bostiriladi,va “Mariya keldi.U yerfistig’i olib keldi” bu ikkinchi holatda mavzu uning olmoshi bilan almashtiriladi. Ritorikada anafora bir necha qismlardan iborat bo’lishi mumkin;ha unga mos ravishda tanlangan birlik butun nutq davomida takrorlanishni talab qilinadi. Seni koʻrsa ochilsin gullar,
Seni koʻrsa yonsin bulbullar,
Seni koʻrgan bari topsin jon,
Sen yurgan yoʻl koʻrmasin xazon.
Hamid Olimjon yuqorida keltirib oʻtgan bandda leksik takrorning anafora usulidan mohirona foydalangan. Shoir soʻzlarni takrori yoradamida lirik qahramon timsolida bahor faslini madh etgan. Chunki bahor fasli kelishi bilan gullar ochiladi,qushlar uchub keladi. Yer yuzi jonlanadi. “Seni koʻrsa” takrori orqali shoir bahor faslini nazarda tutgan. Bahor kirib kelgan har bir qarich yerda xazonlarning oʻrnini gullar egallaydi. Takrorlarning bu turi , she’riy misralarning boshida oxangdosh soʻzning takrorlanib kelishidir.
2.2 Takrorlarning epifora san’atini hosil qilishi.
Epifora(yoki ritorika)-bu yozma yoki og’zaki nutqning bir shakli bo’lib, u jumlada bir necha bir xil so’zlarni takrorlashni o’z ichiga oladi.Asarga yorqin stilistik rang berish uchun epifora,ko’pincha san’at asarlarida,she’riyatda qo’llaniladi.Epifora-gapning oxirida so’zlarni yoki iboralarni takrorlashni o’z ichiga olgan ritorik figura.Ko’pincha epifora she’riyatda , hatto folklorda ham tez-tez ishlatiladi.Epiforaning teskari adabiy vositasi-anafora mavjud.Epifora-bu adabiy atama. Xuddi shu tovushlarni va tovush birikmalarini so’zlar bilan yoki bir-biridan uzoqda joylashgan yoki qo’shni ritmik qator kombinatsiyalari oxirida takrorlashni o’z ichiga olgan uslubiy qurilma:misralar,misralar va b.Oddiy so’z bilan aytganda, bu antisrof-qo’shni nutq segmentlarining yakuniy qismlarini (so’zlar, tovushlar, grammatik shakllar) takrorlash (masalan,iboralar yoki chiziqlar).Epiforaning namunasini Nikolay Vasilyevich Gogolda ko’rish mumkin:quot;…taroqsimonlar,barcha taroqlar:taroqli pelerin,yenglaridagi taroqlar,taroqsimon epoletlar…quot;A.Pushkinning “Menga Talismanni saqla” she’ridan olingan leksik epifordan misol.
Okean qachon ko’tariladi
Atrofimda ular portlashdi
Bulutlar momaqaldiroq kabi chaqnaganida,
Meni talisman tuting.
Xorijiy davlatlarning ajralib chiqishida,
Zerikarli tinchlik bag’rida,
Kuchli janglar avjiga chiqmoqda
Meni maskotni saqla.Epifora-har bir parallel qator oxirida bir xil yoki bir xil turdagi elementlarning takrorlanishi.Epiforaning o’zi stilistik prim bo’lib, u qo’shni segmentlarning oxirida bir xil so’zlarni takrorlashga asoslangan.Nutqning obrazliligini oshirish va adabiyotda o’quvchida katta taassurot qoldirish uchun rassomlar stilistik raqam so’zidan foydalangan-epiphora bu so’zma-so’z “takrorlash” degan ma’nolarni anglatadi;yunon tilida ;Ushbu badiiy qurilmaning mohiyati individual so’zlar, iboralar yoki nutq tuzilmalarini qasddan takrorlashdan iborat.Epiphora yunoncha epifora so’zidan tarjima qilingan:”qo’shing,takrorlang”. Anaforani epifora bilan aralashtirmaslik kerak.Uning ishlatilishi juda o’xshash bo’lsa ham, takrorlanadigan so’z yoki ibora takliflarning oxirida bo’lsa,u epifora deb nomlanadi.Anafora va epifora bir xil predmetda keltirilgan va ular o’z navbatida nutq davomida takrorlanadigan holatlar bo’lishi mumkin.
Soʻz boshlayin endi yaxshi yomondin,
Koʻzlarimning nuri boʻlgan doʻmbiram,
Sen qoʻlimda, kezib oʻtdim jahondin,
Yuragimni joʻri boʻlgan doʻmbiram.
Sendan hech bir mumkin emas sovushim,
Sen togʻlarda kezgan choriq kovushim,
Sening bilan baland boʻldi tovushim, Bilagimning zoʻri boʻlgan doʻmbiram. Hamid Olimjon yuqorida keltirib oʻtgan she’ri orqali takrorning epifora usulidan foydalangan. Epifora misralar oxiridagi tovush, soʻz yoki soʻz birikmasi takroridan iborat. Epifora qatʼiy tizimli takror boʻlib, misrada kelish oʻrni ga koʻra anaforaga ziddir. Chunki anafora misra boshidagi soʻz yoki soʻz birikmasi takrori boʻlsa, epifora misra oxiridagi til birligi takroridir. Epifora takrorning boshqa turlari singari hozirgi zamon oʻzbek sheʼriyatida keng qoʻllanilmoqda. Misralarda keltirilgan "doʻmbiram" soʻzi epifora takrorini yuzaga keltirgan, "doʻmbiram" soʻzi ham bir bandda takrorlangan Misralar oxirida yetti oʻrinda qoʻllangan. Bu esa sheʼriy misralarning oʻziga xos jozibasini ta’minlagan.
2.3 Takrorlarning alliteratsiya san’atini hosil qilishi
Alliteratsiya-(Tavze)-she’rda,jumladan , bandda va qisman nasriy asarlarda ham bir xil undosh tovushlarning takrorlanishi.Tovushlar ohangdorligi,asosan bir xil tovushlarning takrorlanishidan hosil bo’lgan ohangdorlik alliteratsiya deb yuritiladi.Alliteratsiya (lotincha ad.ga,da littera-harf).
Misol:
Qaro qoshing,qalam qoshing,
Qayiq qayrilma qoshing,qiz,
Qilur qatlimga qasd,qayrab
Qilich qotil qaroshing,qiz...
Alliteriatsiya so’zining tarkibiy qismlari lotin tilidan olingan.Bu prefeksdan iborat uchun,bu “tomon”degan ma’noni anglatadi;so’z bilan littera harakatdir.Alliteriatsiya undosh,bu “xat”deb tarjima qilingan.Boshqa tomondan ,lotin qo’shimchasi ta’sir va va unli tovushlarda ham bo’lishi mumkin, uni ishlatish bilan haqiqatdan ham qidirilayotgan narsa nutqqa ko’proq ekspresionlik,notanishlik va musiqiylikni berishdir.Ushbu ritorik figuraga misol:”Walker,yo’l yo’,yo’l yurish orqali amalga oshiriladi”.Alletiriatsiya–bu matnni tashkil etuvchi jumlalar ichida unli va undosh tovushlarni takrorlash.Shunday qilib,ushbu adabiy moslama she’riyatda, tilni aylantirishda yoki so’z o’yinlarida ishlatilishi mumkin.Uning vazifasigasiga kelsak,alliteriatsiya yozuvga ko’proq sezgir kuch berish va shu bilan birga unga qiziqarli,dinamizm, o’ziga xoslik va ijodkorlik bag’ishlaydi.Alliteriatsiya o’zining fazilatlari tufayli bolalarni o’qitishda keng qo’llaniladi.Odatda bu bolalar qo’shiqlari uchun matnlarni va yoki turli xil mavzularni amalga oshirilgan tillarni chalish uchun ishlab chiqishda yuzaga keladi.Tilni burish aniq misol quyidagilar: “Agar to’rtta plastinka bilan Pacha temir bo’lsa,Pancha nechta plitalar bilan dazmollaydi?”. Alliteriatsiyani ushbu til burushida ishlatish uning ongida bolalarning ongida saqlanishini ta’minlaydi.Gaplarning boshida yoki oxirida joylashgan anafora va epiforadan farqli o’laroq,alliteriatsiya uchun joylashadigan joy yo’q.U matnning istalgan joyiga joylashtirilishi va yozuvchining hukmiga binoan tarqatilishi mumkin.Alliteriatsiya unlilarda bo’lgani kabi, undoshlarda ham bo’lishi mumkin.Bundan tashqari,matn bo’ylab so’zlarni, hatto kichik iboralarni ham ritmik va pedagogik maqsadda takrorlash orqali taqdim etish mumkin.Ushbu o’ziga xos xususiyat tufayli uni anafora yoki epifora bilan aralashtirmaslik kerak.To’g’ri ishlatilsa,alleteratsiya o’rganishni osonlashtiradigan ritmik-tovushli naqshlarni hosil qiladi.Turli xil kombinatsiyalar kiritilgan aniq misol quyidagilar:
“Men qidiraman,keyin uzoq.
U sarg’aygan,bu yutib yuboradigan yulduzu osmonda ko’k.
Juda xoxlardim,juda xoxlardim,juda xoxlardim borligini,
Ammo endi dest yo’qu,
Bu yerda soya ham yo’q ediu,
U bu shunchaki fikr ediento,Dengiz lamento bu yerda va u yerda,
Va u qayerga ketdiedi.
Bu emas edi, u emas edi,u emas edi lekin uzr foydalanadi.,
Pelfoydalanadi har qanday yurak edi”
Alliteratsiyaning o’ziga xos namunasini shoir Elbekning “k” undoshi takroriga asoslangan she’rida ko’rish mumkin:
Ko’klamda ko’karsa ko’k ko’katlar.
Ko’klarga ko’milsa katta-kattalar,
Ko’m-ko’k ko’karib ko’rinsa ko’llar,
Ko’ngilni ko’tarsa ko’rkli gullar.Ammo alliteratsiyaga keragidan ortiq qiziqish ham maqsadga muvofiq emas, me’yoridan ortib ketgan alliteratsiya kutilgan natijani bermasligi mumkin.Bunday alliteratsiya o’quvchi yoki tinglovchi diqqatini jalb qiladi.Bolalar folklorida alliteratsiyaga asoslangan tez aytish va aytishmachoqlar o’yinlar mavjud.Bir tup tut,tutning tagida bir tup turp.Tut turpning tutib turibdimi,turp tutni tutib turibdimi?Alleteratsiya ahamiyat berilishi lozim bo’lgan so’zlarga kishi diqqatini tortadi, uni o’ziga xos shaklda talaffuz qilishga undaydi.Badiiy nutqning ohangdorligini va ta’sirchanligini ta’minlashda ana shunday tovushlar takrorining o’rni beqiyosdir.Ko’hna badiiyatshunoslik (“ilmi bade’ “)da alliteratsiya “tavzi’ san’ati”deb yuritilgan.
.Askiyachilikda takrorga sintaktik-stilistik figura sifatida qarash hamda uslubiy takror atamasi bilan nomlash maqsadga muvofiq,deb hisoblaymiz.Unda “raqib” ifoda usulini takrorlash holatlari yetakchilik qiladi.Bu o’z navbatida,lisoniy birliklarning quyidagi doirasida kuzatiladi:
1.So’z tarkibidagi fonostilistik takror ohangdorligi.M:Qodirjon aka :O”zlari qora taxtani qo’noqqa aylantirib oldiralar-u,yana bizga tullaklik qiladilar.
2.Juft yoki takroriy so’z shakllarining qofiyadoshligi.M:Jo’raxon:Ko’rmaysizmi, ekinlarni o’t bosib yotibdiy-yu u shaharda chopti-chopti qilib yuribdi.
3.Okkazional antonimlar qofiyadoshligi.M:Jo”raxon:Siz ham dalaga chiqib qozon boshidan kelmabsiz.
4.Okkazional birikma qolipidagi uslubiy takror ohangdorligi:M:Mamaroziq aka:Mendan ko’nglingizni to’q qiling.Bunaqa gaplarga siz-laqqa tushasiz.
5.Sodda gaplar doirasidagi uslubiy takror ohangdorligi:
6.Qo’shma gaplar doirasidagi uslubiy takror ohangdorligi: Ibrohimjon:Tagida oftob ko’rinmaydi desam,haliyam xomtoq qildirmagan ekansizda.
Yuqorida keltirilgan ohangdorlikni yuzaga chiqaruvchi qofiyadosh birliklar uslubiy takrorga asoslanganligi bilan xarakterlanadi.Bundan tashqari qofiya va ohangdorlik tagma’no asoslangan so’z o’yinlari yordamida amalga oshirilishi va ular payrov matnida turli fonogramatik ko’rinishlarda (alliteratsiya,geminasiya,tovush almashishi ,tushishi va ortishi, atamalar ohangdorligi,paronimlar,omonimlar va h.k) namoyon etishi mumkin.
Xulosa
Takrorlarning badiiy adabiyotdagi o’rni beqiyosdir.Takror – badiiy asar mualliflari tasvirlanayotgan voqea-hodisaga oʻquvchilarning diqqatini tortish, uni boʻrttirib koʻrsatish uchun badiiy asarlarda foydalanadilar. Ohangdor, ta’sirchan va jozibali qilish uchun ishlatiladi.Hamid Olimjon she’riyatida badiiy tasvir jilolarida takrorlar ishlatilgan. Hamid Olimjon ishlatgan soʻzlar 20-30 - yillar voqealarning umumlashgan badiiy tasviri ekanligi shubhasizdir. Ijodkor ifodalayotgan g’oya oʻz aksini topgan ijtimoiy - siyosiy, falsafiy - axloqiy, ma’rifiy tarbiyaviy, muommolar mohiyati va koʻlami, badiiy timsollar jilosi bilan bir vaqtda qoʻllangan leksik takrorning rang -barangligi, mantiqiy asoslanishi, asar mazmunini ochishdagi oʻrni va ahamiyati kabi masalalarga ham alohida diqqat qaratilgan. Hamid Olimjon oʻzbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biridir. Shoir sheʼriyati takrorlarga boyligi badiiy sanʼatlar va uslubiy vositalarning keng qoʻllanilganligi bilan ajralib turadi. Takror vositasi shoir sheʼriyatining gʻoyaviy pishiqligi, badiiy mukammalligi, oʻziga xos soʻz qoʻllay olish mahoratini namoyon qilgan. Shoir sheʼrlarida badiiy tasvir vositalarini mahorat bilan qoʻllagan, ayniqsa, badiiy takror mohirona qoʻllanilgan boʻlib, ularning semantik-stilistik xususiyatlari Hamid Olimjon ijodining oʻziga xosligini belgilaydi. Hamid Olimjon sheʼriyatidagi badiiy takrorlar ohangdoshlikni ta’minlagan. Taʼsirchanlikni oshirgan, moʻjizaviy maʼno yuklagan. Misra yoki bandlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni taminlagan, tasvirning ifodaliligini oshirgan, mazmun va shakl uygʻunligini hosil qilgan shoir sheʼrlarida takrorlar yordamida sheʼrning shakliy emas asliy maʼnosini yetkazgan Ko‘rinadiki, takror kuchli uslubiy vosita bo‘lib, u ijodkorning mahoratiga bog‘liq holda asar mohiyatini yuzaga chiqarishga yordam beradi. Xalqimizning suyukli farzandi shoira Zulfiya she‘rlari ham o‘zining serqirraligi, obrazlilikning kuchliligi, badiiy til vositalaridan keng foydlanilganligi bilan ajralib turadi. Zulfiya mohir so‘z san‘atkori sifatida o‘z she‘rlarida takrorning turli ko‘rinishlaridan unumli foydalangan. Ularda ishlatilgan takrorlar holatni, qahramon ruhiyatini o‘quvchi ko‘z o‘ngida yaqqol namoyon etishga yordam b ergan, ta‘sirchanlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan.. Shoira uslubiy vositalar-sintaktik takror, antiteza, sintaktik parallelism, sintaktik sinonimiya, ritorik so‘roqdan mahorat bilan foydalangan. Ular vositasida tasvir ta‘sirchanligini oshirishga erishgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” - Т.; “Ma’naviyat”, 2008
2. Mamajonov A. Tekst lingvistikasi.- T.: Fan, 1989
3. Hojiyev A. Lingvistik terminlarning izohli lug‘ati. T.: O‘qituvchi, 1985.
4. Hojiyev A. Hozirgi o‘zbek tilida forma yasalishi. T.: O‘qituvchi, 1979.
5. Hikmatullo Do’smatov Askiya matni lingvolistikasi Fan nashriyoti T- 2015
6.Abduazizov. A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. - Т.; “Shapq nashriyotmatbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati”, 2010. -B.175
7. Hamid Olimjon. Tanlangan asarlari. – Toshkent, 1954. – B. 390.
8.Lapasov J. Badiiy matn va lisoniy tahlil. – T.: “Oʻqituvchi”, 1995. – B. 61.
9. Shofqarov A.M. Oʻzbek tilida badiiy takror. – T.: “Fan va texnologiya”, 2019. – B. 118.
10. Hojiahmedov A. She’riy san’atlar va mumtoz qofiya. – T.: Sharq, 1998. – B. 160.
11.Hojiahmedov A. She’r san’atlarini bilasizmi? – T.: Sharq, 2001. – B. 96. 12.Hojiyev A. Oʻzbek tilida qoʻshma, juft va takroriy soʻzlar. – T.: – B. 146 Oʻzfanakadnashr, 1963.
13. Doniyorov X., Mirzayev S. So‘z san‘ati. T.: O‘zadabiynashr, 1962.
14.Yo‘ldashev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari. T.: Fan, 2007.
15.O’zME.Birinchi jild.Toshkent,2000
16.Mamajonov A.Takror va uning sintaktik-stilistik funksiyasi//O’zbek tili va adabiyoti.1978.№3 B.60
17.To’lanova N.Hozirgi o’zbek she’riyatida badiiy san’atlarning lisoniy-uslubiy tahlili.NDA,Toshkent,2008
18.Mamajonov A.Ko’rsatilgan maqola.61-bet
19.M.Mirzayev,Usmonov,I.Rasulov.O’zbek tili.-Toshkent:1970,120-bet
20.www.kutubxona.com
21.www.arxiv.uz
22.www.uz.info-4all.ru
23.www.uz.m.wikipedia.org
Do'stlaringiz bilan baham: |