Har qanday ishlab chiqarish korxonasini, har qanday texnologik tizimni ma’lum bir miqdordagi tipik texnologik zvenolar orqali ifodalash mumkin. Odatda ularda adsorbsiya, rektifikatsiya, ekstraksiya, kimyoviy reaksiya va boshqa tipik texnologik jarayonlar ketadi.
Ma’lum bir kurilmada ketayotgan tipik jarayon, o‘z vaqtida tipik boshqarish ob’ekti hamdir.
Ichki moddiy va energetik bog‘liqliklar xarakteriga qarab, ishlab chiqarish texnologiyasining hamma jarayonlarini quyidagi sinflarga bo‘lish mumkin:
gidrodinamik;
issig‘lik;
diffuzion;
kimyoviy;
mexanik.
Bundan tashqari texnologik jarayonlar determinlashgan va staxostik jarayonlarga bo‘linadi.
Determinlashgan deb shunday jarayonlarga aytiladiki, ularda asosiy kattaliklar uzluksiz va aniq qonuniyatlar bo‘yicha o‘zgaradi. Bunda, ushbu jarayonni ifodalovchi chiqish parametrining qiymati, kirish parametrining qiymatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.
Staxostik deb shunday jarayonlarga aytiladiki, ularda asosiy parametrlar o‘zgarishi tartibsiz va diskret ro‘y beradi.
1. Kompyuterlar - zamonaviy shaxsiy elektron xisoblash mashinasi.
2.Kimyoviy kibernetika - texnologiya tizimlarini EXM yordamida boshkarish va tadkikot kilish.
3. Texnologiya tizimi - texnologik jarayon, shu jarayon ketayotgan kurilma va shu jarayonni boshqarish tizimi hammasi birgalikda texnologik tizim deyiladi.
4. Matematik modellashtirish - texnologik jarayonni uning matematik modeli yordamida o‘rganish.
5. Tizimli taxlil kilish - jarayonni o‘rganishda uni elementar jarayonlarga bo‘lib o‘rganish.
6. Tizimni dekompozitsiyalash - tizimni aloxida elementar jarayonlarga bo‘lib o‘rganish.
7. Ishlab chiqarish korxonasining ierarxik tuzilishi - kimyoviy korxona ierarxik tuzilishining birinchi kuyi boskichi, ikkinchi o‘rta boskichi va uchinchi yukori boskichi va ular orasidagi bog‘lig‘liqlar.
8. Lokal avtomatik rostlash tizimi - texnologik jarayondagi biror parametrni avtomatik rostlash tizimsi.
9. Texnologik jaraenlarni avtomatik boshkarish tizimlari - masalan biror sexda ketayotgan texnologik jarayonni optimal boshqarish tizimi.
10. Korxonani avtomatik boshkarish tizimlari - butun korxonani ishini avtomatik boshqarish tizimi.
Nazorat savollari.
1.Kimyoviy kibernetikaning tadqiqot usuli nima?
2.Tizimli taxlil qilish nima?
3.Texnologik tizim nimalarni o‘z ichiga oladi?
4.Texnologik tizimlarni aloxida elementlarga dekompozitsiyalash deganda nimani tushunasiz?
5.Ishlab chiqarish korxonasining ierarxik tuzilishining quyi bosqichida boshqarish tizimini qanday tasavvur qilasiz?
6.Ishlab chiqarish korxonasining ierarxik tuzilishining o‘rta va yuqori bosqichida boshqarrish tizimini qanday tasavvur qilasiz?