Fanni o’zlashtirgan talaba: - texnologik jarayonlarni optimallashtirish masalalarini qo’yilishinin va ularni yechish usullarini bilishi;
- texnologik jarayonlarni dinamik va statik modellarinin tuza olishi;
- texnologik parametrlarni nazorat qilish va boshqarishning texnik vositalari haqida bilimga ega bo’lishi;
- boshqarish tizimlarini modellashtirish orqali optimal boshqarish usullaridan foydalana olishi;
- masalalarni to’g’ri va aniq qo’yish va ularni yechish algoritmlarinin qo’llab, asoslangan natijalar olishi kerak.
Mazkur fanni o‘zlashtirish uchun zarur fanlar va ularning bo‘limlari. - Mazkur fanni o‘zlashtirish uchun zarur fanlar va ularning bo‘limlari.
- Mazkur fanni o‘qish davomida talabalar o‘zlarining algoritmlash, dasturlash va kompyuterda ishlash tajribalari va hisoblash usullaridan foydalana bilishlari kerak. Bu talabalardan «Fizika», «Oliy matematika», «Informatika», « O’lchashlar va avtomatik boshqarish», « Fizikaviy kimyo», «Umumiy kimyoviy texnologiya» va «Kimyo-texnologiya jarayonlari va qurilmalari» fanlar bo‘yicha chuqur bilim talab qiladi.
- Fanni o‘qitishda kompyuter, axborot va boshqa zamonaviy o‘qitish texnologiyalarining qo‘llanilishi.
- Fanni o‘qitishda talabalarning bilimini reyting nazorati tizimini qo‘llab aniqlashga asoslangan zamonaviy pedagogik texnologiyalar qo‘llaniladi. Bundan tashqari, fanni o‘zlashtirishni mustahkamlash, talabaning ijodiy fikrlashini ta’minlash maqsadida, unga o‘z sohasi bo‘yicha ma’lum bir texnologik jarayonni matematik modellashtirish uchun topshiriq beriladi. Talaba hisoblash dasturini kompyuterga kiritib, hisoblash eksperimentini o‘tkazadi va olingan natijalarni tahlil qilib, o‘qituvchi bilan muhokama qiladi.
KIRISH - Har qanday texnolgik tizim (TT) va uni boshqarish tizimi kibernetika fani uchun, tadqiqot mavzui hisoblanadi. Uning tadqiqot usuli bo‘lib, matematik modellashtirish, tadqiqot strategiyasi esa – tizimli taxlil qilish va tadqiqot vositasi bo‘lib, elektron hisoblash mashinalari - kompyuterlar hisoblanadi.
- Kibernetika matematik modellashtirish usullaridan foydalanib tizimlarni aniq natijalar bilan tahlil va sintez qilishda, optimal shart-sharoitlarni prognoz qilishda foydalanadi.
- Kibernetika usullari Kimyo va oziq-ovqat texnologik jarayonlarni ketishidagi yangi qonuniyatlarni aniqlashda va ularni optimallashtirish hamda boshqarish yo‘llarini aniqlashda yordam beradi. Kibernetika uslublari kibernetikaning texnik vositasi bo‘lgan hisoblash mashinalari yordamida tadbiq etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |