Tafakkur
Reja:
1.Tafakkur turlari
2.Tafakkur sifatlari
3.Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar
Tafakkur turlari
Psixologiya fanida tafakkur turiari topshiriq xususiyatiga, fikr yoyiqligiga, fikming originallik davajasiga qarab, quyidagicha shartli klassifikasiya qilinadi.
Professor E.G’.G’ozievning "Umumiy psixologiya” darsligida tafakkur turiari quyidagicha klassifikasiya qilinadi: Tafakkur turiari Shakliga ko’ra Ko’rgazmali-harakat, ko'rgazmali-obrazli, Topshiriq xarakteriga ko’ra Nazariy, amaliy, ixtiyorsiz, ixtiyoriy Fikr yoyiqligiga ko’ra Konkret abstrakt, realistik, autistik intuitiv, diskursiv Fikming originallik darajasiga ko'ra Reproduktiv, produktiv, ijodiy, vizual, fazoviy
A.V.Petrovskiy muharrirligida chop etilgan, ’'Umumiy psixologiya" darsligida tafakkumi quyidagi turiari ajratib ko’rsatiladi: ko'rgazmali-harakat, ко'rgazmali obrazli, mavhum nazariy tafakur turiari va boshqalar.
Ko’rgazmali-harakat tafakkur turi. Tarixiy taraqqiyot davomida odamlar o’z oldilarida turgan maqsadlarni dastlab amaliy faoliyat nuqtai nazaridan vechganlar, keyinchlik unda nazariy faoliyat ajraiib chiqqan. amaliy va nazariy faoliyat chambarchas bir-biri bog’langandir.
Ko’rgazmali-harakat tafakkur turiga psixologik adabiyotlarda quyidagicha ta’riflar uchraydi. Jumladan. V.Karimova tomonidan ko’rgazmali-harakat tafakkuri odamning real predmetlar bilan ish qilayotgan paytda fikrlash jarayonini nazarda tutadi. "Psixologik lug’atda" ko’rgazmali harakatli tafakkur amaliy tafakkurning bevosita idrok qilayotgan narsa va hodisalar haqida harakatlar yordami bilan amalga oshiriladigan fikrlash turi, deb tavsiflanadi.
Sof psixologik faoliyat birlamchi emas. balki amaliy faoliyatning o’zi birlamchidir. Yana faoliyatning taraqqiyoti davomida unga nisbatan mustaqil nazariy fikr yuritish faoliyati ajraiib chiqqan. Faqat butun insoniyatning tarixiy taraqqiyoti emas, balki shu bilan birga har bir bolaning psixik taraqqiyoti jarayoni ham dastawal sof nazariy faoliyat emas, balki amaliy faoliyatdir.
Agarda insoniyatning tarixiy taraqqiyoti muammosidan chetlanib, ushbu masalani olib qarasak, u holda amaliy faoliyat birlamchi ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Buning uchun insonning ontogenetik taraqqiyotini dastlabki fazasiga murojaat qilamiz. Bola tug’ilishdan tortib..to uning bog’cha yoshigacha davrini amaliy faoliyatda ko’rgazmali-harakat tafakkuri o’sishining asosiy pallasi deb atash mumkin. Mazkur yoshdagi inson zoti ana shu amaliy faoliyat negizida aqliy harakatlami amalga oshiradi, amaliy bilimlami o’zlashtiradi, natijada ko’rgazmali kutubxonasi harakat tafakkuri o’sa boradi. Ushbu yoshdagi kichkintoylar o’zlari o’ynayotgan o’yinchoqlami qo’llari bilan bevosita ushiab ko’rish orqali ular bilan tanishadilar, shuning bilan birga ulami idrok qilishga intiladilar. Idrok qilingan predmetlar va o’yinchoqlami o’zaro solishtiradilar, qismlarga ajratadilar, analiz va sintez qiladilar, bo’laklarga ajratilganlami yaxlit holga keltirib birlashtiradilar. Kattalar tushuntirishiga ishonch hosil qilmasdan, ayni chog’da ulami ob'ektni sindirib yoki buzib bo’lsa ham, ulaming ichki tuzilishi bilan tanishish ishtiyoqi, mayli kuchli bo’ladi. Shu boisdan amaliy xarakterdagi muammolami hal qilishda ko’pincha buzib, tuzatish yo’li bilan harakat qiladilar. Ko’rgazmali-harakat tafakkuri bog’cha yoshiga yetgandan so’ng bolalarda o’z qiymatini yo’qota boshlaydi.
Ko’rgazmali-obrazii tafakkur turi ham psixologik adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. "Psixologik lug’atMda ta'riflanishicha u konkret tafakkurning bevosita idrok qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashdan iborat bo’lgan turi. Professor E.G’oziev fikricha, bevosita idrok qilinayotgan predmetlar emas, balki faqat tasawur qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashdan iborat tafakkur turi ko’rgazmaliobrazii tafakkur deb ataladi. V.Karimova tomonidan ko’rgazmali-obrazii tafakkur esa ko’rgan kechirgan narsalar va hodisalaming aniq obrazlari ko’z oldimizda gavdalangan chog’da ulaming mohiyatini umumlashtirilib bilvosita aks ettirishimizdir, deb talqin qilinadi. Tafakkurning mazkur ko’rinishi 4-7 yoshgacha bo’lgan bolalarda namoyon bo’ladi. Bog’cha yoshidagi bolalarda ko’rgazmali-obrazii tafakkur bosqichiga o’tgandan so’ng ham saqlanib qoladi, lekin u o’zining yetakchi rolini yo’qota boshlaydi.
Ko’rgazmali-obrazii tafakkur sodda shaklda ko’pincha boqcha yoshidagi bolalarda, ya’ni 4-7 yoshgacha bo’igan bolalarda paydo bo’ladi. Bu yoshdagi bolalarda tafakkurning amaliy harakatlar bilan alohasi awalgidek to’g’ri va bevosita bo’lmaydi. Bog’cha yoshidagi bolalar faqat ko’rgazmali obrazlar bilan fikr yuritadilar va uncha tushunchaga ega bo’lmaydilar.Bog’cha yoshidagi bolalarda tushunchalaming yo’qligi shveysariyalik psixolog J.Piajening quyidagi tajribasida juda yaqqol namoyon bo’ladi. 7 yoshga yaqin bolalarga xamirdan qilingan mutlaqo bir xil, hajmi jihatidan teng 2 ta soqqa ko’rsatiladi. Bolalar uni teng deb hisoblaydi. Bolalaming ko’z oldida bitta soqqa ezib non shakliga keltiriladi. Endi bolalar non shaklidagi soqqada xamir ko’p deb hisoblaydilar. Bolalaming ko’rgazmali-obrazii tafakkurlari hali ulaming idroklariga bevosita to’la bo’ysimadigan bo’ladi. Ulaming ko’rgazmali-obrazii shaklda o’tadigan tafakkurlari bolalami soqqaga qaraganda non shaklidagi xamir ko’proq degan xulosaga olib keladi.
Shuning uchun ular narsa va hodisalaming, jism va predmetlaming ko’zga yaqqol tashlanib turuvchi alomatiga, xususiyatiga, tashqi belgisiga e’tibor qiladilar. Lekin ulaming ichki bog’lanishlari o’zaro munosabatlarini bildirib keladigan muhim asosiy sifatlariga ahamiyat bermaydilar. Ob’ektlami fazoda joylashgan o’mi tashqi, nomuhim belgisi ulaming ko’rgazmali-obrazii tafakkurini vujudga keltiradi. Masalan, ulaming nazarida odamlami bo’yining baland va pastligi ulaming yoshini belgiiaydi.
Tafakkur faolligiga qarab ixtiyorsiz (intuitiv) va ixtiyoriy (analitik) tafakkur turlariga ajratiladi. Intuisiya deb mantiqiy tafakkur yordamida ko’p vaqtlar davomida hal qilinmagan aqliy vazifalaming to’satdan, kutilmaganda hal qilinib qolishi jarayoniga aytiladi.
Ko’pincha ixtiyoriy tafakkur jarayoni mulohaza, muhokama, isbotlash, gipoteza kabi shakllarda namoyon bo’ladi. Masalan, matematika, fizika, kimyo, psixologiya va boshqa fanlardagi misol va muammolami yechish jarayoni. Bundan tashqari ixtiyoriy tafakkurga mantiqiy yoki nazorat (kontrol) tafakkuri ham kiradi. Moddiy borliqni adekvat aks ettirish, fikr yuritish, tanqidiy va sinchkov bo’lishni taqazo etadi. Binobarin, narsa va hodisalami atroflicha bilish uchun ob'ektiv baho berish zarurati tug’iladi, bu esa o’z navbatida fikr yuritish ko’lami keng, analitiksintetik faoliyat doirasi mustahkam bo’iishini talab qiladi.
Tafakkur jarayoni ixtiyorsiz yuz berishi ham mumkin. Lekin bu holda ular ixtiyoriy tafakkurga suyangan tarzda vujudga keladi. Jumladan, odamning amaliy, maishiy va hokazo faoliyatlarida ixtiyorsiz ravishda qator savollar paydo bo’iishi va ularga beixtiyoriy javoblar axtarish hollari uchrab turadi. Bunday paytlarda inson fikr yurityaptimi yoki yo’qmi buni bilish qiyin, vaholanki, u o’zicha go’yo savollarga javob topadiganday, shirin his-tuyg’ulami boshdan kechirayotganday bo’ladi, shuning uchun ko’pincha "tilimning uchida turibdi" deyiladi. Odamlar qandaydir matn yoki muammo, masala ustida bosh qotirib, o’tirganlarida fikr yuritish mutlaqo beixtiyor ro’y berib qoladi va ular asosiy topshiriqni bajarishdan uzoqlashtiradi.
Insoniyat tarixiy taraqqiyoti tarixidan shu narsalar ma'lumki, yirik ilmiy kashfiyotlar ko’pincha xuddi shunday beixtiyor fikr qilib turgan mahalda to’satdan ochilgan. Jumladan, yunon olimi Arximed solishtirma og’irlik qonunini zo’r berib, aqliy mehnat qilish paytida emas, balki hech kutilmagan jarayonda, vannada cho’milib turgan paytida kashf etgan. Ulug’ rus olimi D.I.Mendeleevning hikoya qilishicha, u elementlar davri tizimi jadvalini tuzish vaqtida uch kecha-yu, uch kunduz betinim mehnat qilgan, ammo bu vazifani nihoyasiga yetkaza olmagan. Undan so’ng charchagan olim ish stoli ustida uyquga ketgan va tushida bu elementlar tartibli joylashtirilgan jadvalni ko’rgan. Shunda D.I.Mendeleev uyqudan, uyg’onib, bir parcha qog’ozga tushida ayon bo’lgan jadvalni ko’chirib qo’ygan.
Ko’pincha psixolog va fiziologlaming ta'kialashlaricha, muammoning bunday oson ravishda echimini hech kutiimaganda yuqoridagi kabi beixtiyor hal qilinishi shu kashfiyotlar olam yuzini ko’rganicha bo’lgan davr ichida oylab, yillab qilingan mehnatning yakuni, ya'ni tugallanmay qolgan tafakkur jarayonlarining nihoyasiga yetishidir deb baholamoqda.
Yirik fiziolog hamda psixolog V.M.Bexterevning izohlashicha, bunday kutilmagan jarayonlaming ro’y berishiga asosiy sabab bu o’rganilayotgan masala to’g’risida uxlashdan oldin zo’r berib bosh qotirish, o’ylash (fikr yuritish) va butun zehni shuning bilan birga diqqat-e’tiborining tortilishi, kashf qilinishi zarur masalaga to’Ia-to’kis yo’nalishidan iborat maqsadga muvofiqlashtirilgan murakkab barqaror psixik holati hukm surishidir.
Fikr yuritilishi lozim bo’lgan narsa-hodisalami idrok yoki tasawur qilish mumkin bo’lsa, bunday tafakkur konkret tafakkur deb ataladi. U o’z navbatida yaqqol-predmetli va yaqqol-obrazli tafakkur turlariga ajratiladi. Agar fikr yuritish ob'ekti bevosita idrok qilinsa, bunday tafakkur yaqqol-predmetli tafakkur deyiladi. Fikr yuritilayotgan narsa va hodisalar faqat tasawur qilinsa, bunday tafakkur yaqqol obrazli titfakkaf deb ataladi.
Abstrakt tafakkur narsalarning mohiyatini aks ettiruvchi va so’zlarda ifodalovchi tushunchalarga tayanib fikr yuritishdir. Algebra, trigonometriya, fizika, chizma geometriya, oily matematika masalalarini yechish maha!ida fikr yuritish, mulohaza bildirish, abstrakt tafakkurga xos misollardir.
Abstrakt tafakkur konkret tafakkurdan g’oyat keng ma'no anglanishi bilan qator narsa va hodisalar to’g’risida, absuakt tafakkur yordamida mulohaza borliq to’g’risida cheksizlik, sifat, miqdor, tenglik to’g’risida, go’zallik yuzasidan mavhum abstrakt mulohaza yuritish mumkinligi bilan farq qiladi.
Hodisalarni izohlashga, faraz qilishga qaratilgan tafakkur nazariy tafakkur deb ataladi. Tushunchalar o’rtasidagi bog’lanishlami yoritib borish va shu bog’lanishlami nazariy jihatdan fikr yuritish yo’li bilan izohlash kabi jarayonlami nazariy tafakkur yordamida amalga oshirish mumkin. Izohlash paytida izohlanayotgan narsa va hodisalar, xossa va xususiyatlar, jism va predmetlar, umuman butun voqelik ma'lum turkumdagi tushunchalar qatoriga kiritiladi va ulaming farq qiladigan belgi va alomatlari fikran ajratib ko’rsatiladi. Bundan tashqari muayyan ob'ektlaming mohiyati, mazmuni mavjud bo’iishlik sabablari, kelib chiqishi, taraqqiyoti, o’zgarishi, shuningdek ulaming ahamiyati va funksiya hamda vazifalari izohlab beriladi.
Nazariy tafakkumi ayni bir paytda abstrakt tafakkur deb nomlash an'ana tusiga kirib qolgan. Bunday nom bilan atashga asosiy sabab nazariy tafakkurning umumiy hukmlarda ifodalanishidir. Masalan, diqqat barcha psixik jarayon va holatlami muvaffaqiyatli amalga oshirish garovidir.
. Nazariy tafakkur tufayli voqelikdagi umumiy va muhim bog’lanishlami, xossalarni, qonuniyatiami anglab olamiz. Shuning uchun quyosh va oy tutilishini, yulduzlar tizimini harakatini, ob-havo ma'lumotlarini, yer qimirlash o’choqlarini, voqea sodir bo’lishini ancha ilgari aytib berishimiz mumkin. Shu sababdan nazariy tafakkumi oldindan ko’rish imkoniyatini yaratadigan umumlashgan tafakkur deb ataydilar.
Shunday qilib, abstrakt tafakkur orqali narsa va hodisalami bevosita idrok qilish mumkin bo’lmagan xususiyatlari, o’zaro munosabatlari aniqlanadi, u yoki bu sohaga oid qonuniyatlar ochiladi, sabab-oqibat bog’lanishlari aks ettiriladi.
Voqelikni o’zlashtirish vositasi bilan real narsa va hodisalami yaratilishiga yo’naltirilgan fikr yuritiladi. U qo’yilgan amaliy va nazariy vazifalami yangi usullar bilan hal qilish, ongimizda yangi tasawur, tushuncha va hukmlar hosil qilish, muayyan yangi narsalar yaratish bilan bog’liq murakkab tafakkur jarayonidir. Amaliy tafakkur jarayonining davomi ish-harakatlarini, aqliy xarakatlami tasawur qilishda, fikrlashda namoyon bo’iadi. Masalan, talabalar faoliyatidagi konspekt yozish, referat tayyorlash, kurs va diplom ishi ustida ishlash kabilar amaliy tafakkurga yaqqol misoldir.
Muayyan fikrni chin yoki yolg’onligini ob’ektiv dalillar bilan isbotlash o’miga, inson shaxsining ijobiy yoki salbiy sifatlari bilangina cheklanib qolishdan iborat tafakkur turi avtoritar tafakkur turi deb ataladi. U ko’pincha odamlaming muayyan soha bo’yicha bilim saviyasining, darajasining cheklanganligidan va mustaqil fikr yuritish qobiliyatining yetarli darajada o’smaganligidan dalolat beradi. Shuningdek, psixologiyada bir-birlari bilan uzviy ravishda bog’langan mulohaza yuritishdan iborat tafakkur jarayonini diskursiv tafakkur deb ataladi.
Ijodiy tafakkur - murakkab bilish faoliyatidan biri bo’lib, tadrijiy ravishda izchil o’zaro bog’langan jarayonlardan tashkil topadi, dastawal savollar tug’iladi, vazifa aniqlanadi, masalani echish va savollarga javob qidirish jarayoni vujudga keladi. Inson oldida turgan aniq vazifa yoki masala bu bajarilishi yoki hal qilinishi zarur bo’lgan vazifa ko’pincha ifodalanishi shart bo’lgan maqsadni ham aks ettirib keladi. Maqsad esa insonning izlanayotgan noma’lum voqelikni topishga gumon va hayajon, shubha qislaridan xalos etishga qaratilgan mayJidir.
Ijodiv tafakkurning navbatdagi tarkibiv qismlari quyidagicha aks ettiriladi: qo ’yiladigan savollarga javob berish, masalani yechishga yordam beradigan yo liar, usullar, vositalar, qoidalar vaко ’nikmalarni qidirish, ulami tanlash hamda mazkur faoliyatda ulami tadbiq qilish va boshqalar.
Ijodiy fikrlashni ta'minlovchi omillar:
Fikr yuritish faoliyatida eng avval hal qilinishi zarur bo’lgan masala inson tomonidan aniqlab olinishi kerak.
Muammo yoki masalani hal qilish zarur bo’lgan barcha bilimlami tadbiq qilish uchun intilish.
Masalaga, muammoga taalluqli gipoteza olg’a suriladi, bosqichlar taxmin qilinadi, yechim to’g’risida farazlar ishlab chiqiladi, turli variantlar hamda variasiyalar haqidagi mulohaza yuritiladi, o’zaro xayolan solishtirib, eng samarali alomatlar ajratiladi va hokazo.
Psixolog V.A.Kruteskiy ijodiy tafakkumi taraqqiy ettirish maqsadida masalalar tipologiyasini ishlab chiqib, turli yoshdagi o’quvchilar o’quv faoliyatida sinab ko’rgan. Tipologiyaga kiritilgan masalalarni V.A.Kruteskiy turlicha nom bilan ataydi:
1. Savol aniq qilib qo’yilmagan masalalar.
2. Berilganlari yetishmaydigan masalalar.
3. Ortiqcha ma’lumotlari bo’lgan masalalar.
4. Bir necha yo’l bilan yechiladigan masalalar.
5. Mazmuni o’zgarib turadigan masalalar.
6. Isbotlashga doir masalalar.
7. Fikrlash, mantiqiy mulohaza yuritishga doir masalalar.
Ijodiy tafakkur turi o’zining samaradorligi va dolzarbligi, universalligi bilan boshqa fikr yuritish jarayon I aridan farq qiladi, yangi-yangi muammolarni o’ylab chiqish jarayoni bo’lib, insonning bilish faoliyatida yetakchi rol o’ynaydi.
Psixologiya fanida tafakkumi realistik va autistik turlarga ajratiladi. Realistik tafakkur qurshab olgan atrof-muhimi o’rganishga, aks ettirishga qaratilgan fikr yuritish bo’lib, u mantiqiy qonun va qoidalar yordami bilan voqelikni in'ikos qiladi. Autistik tafakkur insonning hohish va istaklarini amalga oshirish bilan bog’liq ravishda sodir bo’ladi. Amalga oshirilishi lozim boigan tafakkur harakatlari o’sha shaxsning o’z tilaklarini ro’yobga chiqarishga yo’naltirilgan fikr yuritilishdan iborat individualiik yoki individualistik tafakkurdir.
Masala yechimini qabul qilishga va informasion tayyorgarlik ko’rishga qaratilgan fikr yuritish vizual tafakkur deyiladi. Vizual tafakkur maqsadga muvofiq xarakatlar yoki anglanilmagan operasiyalar, chunonchi obrazlar manipulyasiyasi va transformasiyasi yordami bilan amalga oshiriladi va "aqliy anglanish"dan namoyon bo’ladi.
Yirik sobiq sovet psixologlaridan biri Z.I.Kalmikova o’z tadqiqotlarida tafakkumi produktiv va reproduktiv turlarga ajratib o’rgangan edi. qisqa vaqt birligi ichida yangi orginal fikrlar yaratish yoki muhim ilmiy, amaliy masalalarni hal qilish bilan belgilanadigan tafakkur produktiv tafakkur deb ataladi. Reproduktiv tafakkur esa passiv, tayyor mulohazalami o’zlashtirib olishga va "tayyor holda" undan foydalanishga qaratilgan insonning bilish faoliyati ko’rinishidir.
Fazoviy tafakkur muammosi atoqli rus psixologi B.G.Ananev va uning shogirdlari tomonidan tadqiq qilingan boiib, keyingi yillarda bu muammo yuzasidan taniqli psixolog I.S.Yakimanskaya tomonidan kasb-hunar kolleji o’quvchilarida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Fazoviy tafakkur deganda narsa va hodisalaming fazoda rasional joylashishi, zamon va makon munosabatlarini, murakkab bog’lanishlarini adekvat ravishda aks ettirishdan iborat fikr yuritish jarayoni tushuniladi, tasawurlar, xotira va xayol tasawurlari bilan uzviy bog’liq holda namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |