Tafakkur Reja: Tafakkur haqida tushuncha Tafakkur operatsiyalari Tafakkur shakllari Tafakkur haqida tushuncha



Download 139,5 Kb.
bet11/12
Sana20.06.2022
Hajmi139,5 Kb.
#680773
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Tafakkur

Tafakkur sifatlari
Tafakkur boshqa bilish jarayonlari kabi o’zining individual xususiyatlariga ega bo’lib, fikr yuritish faoliyatining shakllari, vositalari va operasiyalarining munosabatlari kishilarda turlicha namoyon bo’lishida o’z ifodasini topadi. Odatda tafakkurning individual xususiyat-lari, sifatlariga bilish faoliyatining mazmundorligi, mustaqillik, epchillik, samaradorlik, fikming kengligi, teziigi, chuqurligi va boshqa sifatlar kiritiladi.
Tafakkur mazmundorligi deganda insoning tevarak-atrofdagi moddiy voqelik to’g’risida ongda qay miqdorda, kolamda mulohazalar, muhokamalar, fikrlar, muammolar, tushunchaiar joy oiganligi nazarda tutiladi. Insonda sanab o’tilgan xarakterdagi g’oyalar to’lib toshsa, shunchalik tafakkur mazmundor bo’ladi. Kishilar bir-birlaridan birinchi navbatda tafakkurning mazmundorligi bilan tafovutlanadi.
Tafakkurning chuqurligi deganimizda moddiy dunyodagi narsa-hodisalaming asosiy qonunlari, qonuniyatlari, xossalari, sifatlari ulaming o’zaro boglanishlari, munosabatlari? tafakkur imizda toliq nks etganligini tushunishimi? kerak. Tafakkur kutubxonasi arsenalida joylashgan narsalarning qay yo’sinda sistemalashganligiga qarab to’g’ri va rasional yo’l nazarda tutiladi, u yoki bu shaxsning tafakkur chuqurligi to’g’risida qat’iy bir qarorga kelish mumkin.
Tafakkurning kengligi o’zining mazmundorligi, chuqurligi kabi sifatlari bilan muntazam aioqada bo’ladi. Insonlardagi narsa va hodisalaming eng muhim belgi, xususiyatlarini o’zida mujassamiashtirgan o’tmish yuzasidan. hozirgi davr haqida, shuningdek, kelajak to’g’risida mulohazalar, muammolar va tushunchalami qamrab olgan tafakkur keng tafakkur deyiladi. Fikr doirasi keng bilim saviyasi yuqori serg’oya ijodiy izlanishdagi kishilami aql zakovatli, bilimdon yoki tafakkuri keng kishilar deb atash mumkin. Demak, insonning aql-zakovati, bilimdonligi mulohazadorligi uning tafakkurining kengligidan dalolat beradi.
Inson tafakkuri o’zining mustaqilligi jihatidan mustaqil va nomustaqil tafakkurga ajratiladi. Tafakkumi mustaqilligi deganda kishining shaxsiy tashabbusi bilan o’z oldiga aniq maqsad, yangi vazifalar qo’ya bilishi, ular yuzasidan amaliy va ilmiy xarakterdagi faraz, gipoteza qilish, natijani ko’z oldiga keltira olishi, qo’yilgan vazifani hech kimning ko’magisiz, ko’rsatmasisiz o’zining aqliy izlanishi tufayli turli yo’l, usul va vositalar topib, mustaqil ravishda hal qilishdan iborat aqliy qobiliyatni tushunish kerak.
Tafakkurning mustaqilligi aqlning sertashabbusligi, pishiqligi va tanqidiyligida namoyon bo’ladi. Aqlning sertashabbusligi deganda insonning o’z oldiga yangi muammo..aniq maqsad va konkret vazifalar qo’yishni, ana shulaming barchasini amalga oshirishda, nihoyasiga yetkazishda yechimni qidirishda usul va vositalami shaxsan o’zi izlashi, aqliy zo’r berib intilishi, ularga taaalluqli qo’shimcha belgi va alomatlami kiritishdan iborat bosqichlaming namoyon bo’lishini nazarda tutamiz. Aqlning pishiqligi vazifalami tez yechishda, yechish paytida yangi usul va vositalami o’z o’mida aniq qo’llashda, trafaretga aylangan eski yo’l hamda usullardan foriq bo’lishda va boshqa jarayonlarda ifodalanadi.
O’zining o’zgalaming mulohazalarini, bu mulohazalaming chin yoki chin emasligini tekshira bilishda va namoyon bo’lgan mulohazalarga, muhokamalarga, muammoli vaziyatga baho bera bilishda aqlning tanqidiyligi muhim rol o’ynaydi. Tafakkurning tanqidiyligi ob’ektiv va sub'ektiv ravishda ifodalanishi mumkin. Mazkur sifat insonni baholash, o’z-o’zini baholash kabi tafakkurning individual xususiyatlari bilan bog’liq ravishda namoyon boMadi. Agar tanqidiylik oqilona, muhim belgilarga, muammo mohiyatining to’g’ri ochilishiga, ba’zan etalonga asoslanib amalga oshsa, unday tanqidiylik ob'ektiv tanqidiylik deb ataladi. Mabodo tafakkurning tanqidiyligi sub’ektiv xatolarga, umuman sub'ektivizmga oqib ketsa, bunday holda sub'ektiv tanqidiylik deyiladi, Sub’ektiv tanqidiylik saibiy oqibatlarga olib keladi, shuningdek insonlar o’rtasida anglashilmovchilik g’ovini vujudga keltiradi, ikki shaxs o’rtasida kutilmaganda ziddiyat paydo bo’ladi. Insonda tafakkurning tanqidiyligi oqilona rasional tarzda vujudga kelsa, unda shaxs muhim sifat bilan boyiydi deb atash mumkin.
Maqsad, muammo va vazifalar o’zga shaxslar tomonidan qo’yilib, tayyor usul va vositalarga tayangan holda o’zga kishilaming bevosita yordami bilan amalga oshirilishi jarayonida bir oz ishtirok etgan tafakkur nomustaqil deb ataladi. Nomustaqil tafakkurli kishilar tayyor mahsulotlar quliga aylanadilar, o’sishdan orqada qolish xavfi tug’iladi. Natijada aqi-zakovatli inson bo’lish o’miga, kaltabin, aqldan erinchoq, behafsala odam bo’lib voyaga yetadi. Demak, tafakkurning nomustaqillik illati rivojlanishiga to’siq bo’lib, yakka shaxs uchun esa tragediya rolini bajarishi ehtimoldan xoli emas.
Fikming mustaqilligi uning mahsuldorligi bilan uzviy bog’langan. Agar inson tomonidan muayyan vaqt ichida ma’ium soha uchun qimmatli va yangi fikrlar, g’oyalar, tavsifhomalar yaratilgan hamda nazariy va amaliy vazifalar hal qilingan bo’lsa, bunday kishining tafakkuri sermahsul tafakkur deb ataladi. Demak, vaqt oralig’ida bajarilgan ish ko’lami va siiatiga oqilona baho berish tafakkur mahsuldorligini o’lchash mezoni sifatida xizmat qiladi.
Tafakkur ixchamligi deganda muammoni hal qilishning dastlab tuzilgan rejasi mazkur jarayonda masala yechish shartini qanoatlantirmay qolsa, nomutanosiblik hosil bo’lsa hech ikkilanmay elastik ravishda o’zgartirishlar kiritishdan iborat fikr yuritish faoliyatini tasawur qilmoqimiz shart. Fikming operativ jihatdan tezkorlik bilan o’zgartirishdan va to’g’ri yo’naiishga yo’Ilab yuborishdan iborat tafakkur sifati uning ixchamligi deyiladi. Masalan, talaba imtihonda awal g’oyani noto’g’ri yoritayotib, o’z-o’zicha birdaniga xatosini anglab to’g’ri javob bera boshlashi kabilar. Demak, tafakkurning mazkur sifati fikrlami, axborotlami tinglovchilarga xato va kamchiliklarsiz yetkazib berish garovidir.
Tafakkurning tezligi qo’yilgan savolga va muammoga to'iiq javob olingan vaqt bilan belgilanadi. Uning teziigi qator omillarga, jumladan fikrlar uchun zarur materialni tez yodga tushira olishga, muvaqqat bog’lanishlaming teziigi, turli hislaming mavjudligiga, insonning diqqatiga, qiziqishiga bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari tafakkurning teziigi boshqa shartlarga - insonning bilim saviyasiga, fikrlash qobiliyatiga, mavjud ko’nikma va malakalariga ham bog’liq ekanligi isbotlangan. Xulosa qilib aytganda, tafakkur jarayonlarining teziigi va jarayonlaming malum fursat ichida qanchalik samara berganligi bilan baholanadi.
Fikrlaming teziigi talabalar va o’quvchilarga zarur psixologik qurol bo’lib xizmat qiladi. Imtihon paytida, seminar mashg’ulotlarida faol ishtirok qilgan talaba hayajonlanib, egallagan bilimlarini vaqtincha unutib o’zini yo’qotib qo’yadi. O’rinsiz salbiy emosiyalar uning tafakkurmi tonnozlab, muvaffaqqiyatsizlikka olib keladi, ya'ni fikmi bay on qilishda inertlik paydo bo’lib, keyinchalik butunlay tormozlanishga aylanadi. Ba'zi talabalar aksincha, imnhonda hayajonlanib fikrlari ravshanlashadi. qattiq hayajonlanish, qattiq tashqi ta'sir natijasida uyqudagi ayrim neyroniar uyg’onib, ftmksiyasi jadallashib ketadi va fikr birdaniga ravshanlashishi mumkin. Shuning uchun о’qilish jarayonida talaba va o’quvchiiaming aqliy faoliyatini to’g’ri baholashda ulaming individual tipologik xususiyatlarini hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
Jahon psixologlarining ko’rsatishiga qaraganda, yuqorida tahlil qilib chiqilgan tafakkur sifatlari ulaming asosiy xususiyati bilan uzviy bogliqdir. Tafakkurning asosiy va eng muhim belgisi, xususiyati bu moddiy voqelikdagi muhim jihatlami ajratib mustaqil ravishda yangi mazmundagi umumlashmalami keltirib chiqarishdir. Inson oddiy narsalar to’g’risida fikr yuritganda ham ulaming tashqi belgilari bilan chegaralanib qolmaydi, balki hodisa mohiyatini ochishga intiiadi, oddiy turmush haqidagi umumiy qonuniyatni yaratishga harakat qiladi. Shubhasiz, inson tafakkuri hali izlanmagan, to'la foydaianilmagan zahira va imkoniyatlarga ega. Tafakkur psixologiyasining asosiy vazifasi ana shu zahirani to’la ochish fan-texnika rivoj ini intensivlashdan iborat. Chunki har qanday kashfiyot, yangilik, rivojlanish inson aqlzakovatining mahsulidir. Shu boisdan ham fan va texnikaning rivojlanishi insonshunoslik fanining rivojiga ko’p jihatdan bog’liqdir.



Download 139,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish