O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZILIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
TAEKVONDO VA SPORT FAOLIYATI FAKULTETI
KURS ISHI
Raxbar: R.Ro’zmetov
Bajardi: A.Tursunmatov
Toshkent – 2022
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB.YOSH VOLEBOLCHILARNI TEXNIK TAYORGARLIKLATINI RIVOJLANTIRISH
1.1 Volebolchilarni texnik tayorgarligini rivojlantirish
1.2 Volebolda texnik va taktik tayorgarlik
II BOB.VOLEBOLDA MILLIY O’YINLARNI SAMARADORLIGI
2.1 Volebolchilarga milliy o’yinlarni o’rgatish
2.2 Voleybol o’yini texnikasini o’rgatishda harakatli o’yinlardan foydalanish
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Yosh avlodni har tomonlama etuk, bilimli, yuksak ma`naviyatli, barkamol, vatanparvar shaxslar bo`lib etishishini ta`minlash yo`lida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarining eng asosiy bo`g’ini umumta`lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish bugungi kunning dolzarb muammosidir.
Prezidentimiz tashabbuslari bilan 2010 yil “Barkamol avlod yili” deb e`lon qilindi. Prezidentimizning O`zbekiston Respublika Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisidagi ma`ruzasida; “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy o`sishi, balki ularning eng zamonaviy intelletual bilimlarga ega bo`lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo`lib, XXI asr talablariga to`liq javob beradigan barkamol avlod bo`lib voyaga etishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`yganmiz. Ana shunday buyuk vazifalar haqida gapirar ekanmiz, ertangi kunimiz uchun, bolalarimiz, farzandlarimizning baxti uchun mehnat qilish, fidoiylik ko`rsatish – bu barchamizning muqaddas burchimizdir”,-degan fikrlariga asosan yosh avlodni jismoniy sog’lom, chuqur va mustaqil bilim berish, milliy g’ururini tarbiyalashga katta e`tibor qaratilgan.
Bugungi kunda turli xil milliy sport an`analari-milliy bayramlar, sport musobaqalari va tadbirlar o`tkazib kelinmoqda. Shunga ko`ra Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bilan birga mutaxassis kadrlarni tayyorlashda jismoniy ta`lim jarayonini rivojlantirishga ham katta e`tibor berilmoqda. Bu borada “Jismoniy tarbiya va sport to`g’risida” gi qonun (1992 yil) 14 yanvar 2000 yil yangi taxriri O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 dekabrdagi “Yosh avlodni sog’lomlashtirish muammolarini har tomonlama rivojlantirish to`g’risida”gi “O`zbekiston jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g’risida” (1999 yil 27 may) “O`zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining faoliyatini tashkil etish to`g’risida”gi (2002 yil, 30 oktyabr) hamda “Ommaviy sport tadbirlarini yanada kuchaytirish chora – tadbirlari to`g’risida”gi (2003 yil 4 noyabr) qarorlari xalq ta`limi tizimida jismoniy ta`lim samaradorligini oshirish muammosini hal etishda alohida o`ringa ega bo`ldi. Bular o`z navbatida oliy ta`lim tizimida ham jismoniy ta`limga oid barcha ishlarni rivojlantirish xozirgi zamon talablari asosida yoshlarda sog’lom va barkamol tarbiyalashni taqozo etadi.
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan bugungi kunda olib borilayotgan chuqur islohatlar yosh avlodni har tomonlama aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan rivojlanishida jismoniy tarbiya va sport asosiy o`rinni egallaydi. Mamlakatimizda yosh avlodni sog’lom ruhda tarbiyalash borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Xurmatli yurtboshimiz I.A.Karimov ta`kidlaganidek “Kelajak avlod xaqida qayg’urish sog’lom, barkamol naslni tarbiyalab etishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir”.
Xukumatimiz tomonidan qabul qilingan «Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish to`g’risida»gi qarori, «Sog’lom avlod uchun» nodavlat dasturi, «O`zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to`g’risida»gi farmoni va boshqa bir qator qarorlari sport harakatini rivojlantirishga keng yo`l ochmoqda.
Darhaqiqat, Respublikamiz miqiyosida sportni rivojlantirish dasturi asosida uch bosqichli: oliy o`quv yurtlari talabalari o`rtasida “Universiada”, kasb-hunar kollejlari talabalari o`rtasida “Barkamol avlod” va maktab o`quvchilari o`rtasida “Umid nihollari” sport musobaqalari o`tkazilmoqda.
Yurtimizda sog’lom va barkamol avlodni voyaga etkazish, davlat siyosatining ustivor yo`nalishlaridan biri bo`lib, millat genafondini asrash, oilada, jamiyatda sog’lom turmush tarzini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.Ta`lim muassasalarida jismoniy tarbiya va madaniyat darslarining sifatini yaxshilash, maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish va ularni samaradorligini oshirish, sport turlarini rivojlantirish va ommaviyligini oshirish, iqtidorli sportchilarni tanlash hamda yuqori malakali murabbiylarni tayyorlash dolzarb masalalardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |