1.2 Yuklama va uning mazmun-mohiyati.
Yuklama maxsus chidamlilik ikki asosiy jismoniy sifat - tezlik va chidamlilikning sintezi hisoblanadi. Bu ikki sifat sport mahorati o‘sgan sari olib boriladigan maxsus kuch bilan mustahkam aloqadadir. 800, 1000 va 1500 metr masofaga yugurishga ixtisoslashgan sportchilar uncha tezkor bo‘lmasliklari hamda zarur musobaqaviy tezlikni uzoq muddat davomida saqlashni bilishlari va ayni vaqtda juda chidamli bo‘lishlari lozim. Maxsus chidamlilikka hamda tezlikni musobaqaning eng mas'uliyatli davrida, sportchi eng charchagan paytida, chidamlilikni esa butun masofa davomida namoyish qilish kerak. Anaerob jarayonlarda energiyaning 2 manbai bo‘lib, ular atmosferadagi kislorodning ishtirokisiz sodir bo‘ladi. Anaerob jarayonlarga quyidagilar kiradi: A-mushaklardagi fosfoorganik birikma bo‘lishi kreatinfos-fatning parchalanishi; B-glyukoliz, ya'ni uglevodlarning fermentativ parchalanishi (u sut kislotasi hosil bo‘lishi bilan tugaydi).
Hozirgi paytda chidamlilikning sifat jihatdan har xil turlari va darajalarini aks ettiruvchi yetakchi funksiyalar organizmning energetik imkoniyatlari demakdir, degan fikr ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan. Chidamlilik sifati, shu bilan birga, mashg‘ulot yuklamalari sifatining fiziologik belgilariga qarab baholash, o‘rta masofalarga yuguruvchilarni tayyorlash uslubiyotini aniqlash va detallashtirish (batafsil o‘rganish) imkonini beradi. Fiziologik tamoyillar asosida jismoniy mashqlarni hisobga olish, qo‘llanadigan mashg‘ulot vositalarini ularning organizmga ta'sir kilish xususiyati va darajasiga ko‘ra aniq hamda tabaqalab ro‘yxatga olish uchun yul ochadi. So‘nggi yillarda chidamlilik haqida gap ketganda, pedagogik va fiziologik tushunchalarning birikib ketganligini kuzatish mumkin. Kundalik nutqimizga aerob va anaerob chidamlilik degan tushunchalar kirib keldi. Chidamlilik turlarini talab qiladigan sport mashg‘ulotlari taassurot yo‘nalishini aniq ochib bera olmayapti, shuning uchun endi chidamlilik kichik turlarga ham tasniflanadigan bo‘ldi. Shu tariqa aerob chidamlilik qisqa muddatli, aerob, o‘rta va uzoq aerob chidamlilikka bo‘linadi. Bularning birinchisi 3-10 daqiqali jismoniy zo‘riqishni, ikkinchisi 10 daqiqadan 30 daqiqagacha, uchinchisi 30 daqiqadan ortik davom etuvchi jismoniy zo‘riqishni o‘z ichiga oladi. Bunday tasniflashga ko‘ra, 1500 m. ga yugurish qisqa muddatli aerob chidamlilik turiga kiradi.
Anaerob chidamlilik ham xuddi shunday: qisqa muddatli, o‘rta va uzoq davom etuvchi turlarga bo‘linadi. Bulardan birinchisiga eng yuqori tezlik bilan 20 soniyagacha vaqt orasida yugurish (200 m. gacha bo‘lgan masofalar), ikkinchisiga - 60 soniyagacha, uchinchisiga - 3 daqiqagacha vaqt sarflanadigan yugurish kiradi. Yuklamalar yo‘nalishi va shiddatini yurak-qon tomir urishi tezligi nuqtai nazaridan asoslash to‘g‘risidagi taklif ham mavjud. Bunda yurak faoliyatining asosiy mezoni sifatida yurak qisqarishi tezligi (YuQT) qabul qilingan. Mutaxassislar fikriga ko‘ra yugurishda shiddatning I darajada shug‘ullanish umumiy yugurish chidamliligini oshirmaydi, fakatgina “sarflangan” kuchlarni tiklaydi (YuQT 114-132 ur/min), II darajada shug‘ullanish umumiy chidamlilikni oshiradi (YuQT 174 ur/min). III darajada umumiy yugurish chidamliligini shiddatli mashg‘ulotga moslashtiradi (YuQT 150-174 ur/min). Yuqorida ko‘rsatilgan shiddat darajalari asosida chidamlilik sifati kichik sinflarga bo‘linadi. Mutaxassislar bu borada umumiy, sur'at va kuch chidamliligini ko‘rsatadi. Buning ustiga, sur'at chidamliligi, masofa uzunligiga qarab yana 3 turga bo‘linadi: a) qisqa chidamlilik, b) o‘rtacha, v) uzoq muddatli chidamlilik. Aniq mashg‘ulotlar chidamlilikning barcha turlari orasida o‘zaro aloqada bo‘ladi. Masalan, razryadlar guruhida umumiy va maxsus chidamlilik orasidagi o‘zaro bog‘liqlik korrelyasiya koeffitsienti 0,48-0,70 ga teng bo‘ladi. Umumiy va tezlik, chidamlilik orasidagi aloqadorlik eng kam (R=0,31-0,62) deb topildi. Mashg‘ulotlar jarayonida muayyan yo‘nalish asosida, bajarilgan ish umumiy, muhim ahamiyatga ega.
Yangi shug‘ullanuvchilar ustida tajriba o‘tkazilganda, aerob ish umumiy chidamlilikni ko‘proq rivojlantirish va o‘rta yugurishda ixtisoslashganlar uchun eng maqbul ekanligi namoyon bo‘ldi. 800, 1500 m. ga ixtisoslashgan yuguruvchilarning masofaga tayyor- garligini aniqlab beradigan testlarga quyidagilar kiradi: 3 km. ga yugurish, 800 m ga yugurishda (yoki 1500 m. ga) 400 m. ga yugurish etalon masofa bo‘lgandagi tezlik zahirasidan foydalanish. Bir-biriga yaqin masofalardagi natijaga qo‘yiladigan me'yoriy talablar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular asosida 800 va 1500 m. ga yugurish natijalarini bashorat qilish mumkin. Fiziologik nuqtai nazardan, anaerob imkoniyatlar rivojlanishining eng ko‘p ma'lumot beruvchi miqdoriy ko‘rsatkichi maksimal kislorod iste'moli (MKI), u inson qila oladigan eng ko‘p kislorod miqdori hisoblanadi. MKI ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlash hamda «masofa-vaqt» aloqadorligining tahliliga asoslanib, kritik tezlik to‘g‘risidagi tushuncha kiritilgan. O‘quvchilarning maxsus chidamliligini rivojlantirish ustidan pedagogik nazoratni amalga oshirish uchun 2 ta yetarlicha ma'lumot beradi. 400 m. ga yugurish natijasi (anaerob glikolitik) va YuQT (170ur/min) bo‘ladigan yugurish tezligi (anaerob imkoniyatlar ko‘rsatkichi) dir. Tadqiqotda 400 va 200 m., 800 va 400 m., 1500 va 800 m. ga yugurish natijalari orasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liklik ko‘rsatilgan. Axborot mezonlarini izlashga yo‘naltirilgan maxsus tadqiqotlarda shu narsa ma'lum bo‘lganki, 400 m. va 800 m. ga yugurish natijalari 300 m. va 3 x 300 m. ga yugurish testlari bilan 1500 m. ga yugurish natijalari esa 2 x 300 m. 200 m. ga yugurish testlarini tekshirish orqali ko‘zlangan natijaga erishish mumkin. ( R= 0,57-0,88).
O‘quvchilarning maxsus chidamliligini nafasni tutib turishga ko‘ra baholash to‘g‘risidagi taklif ham bor, chunki chidamlilik bilan nafasni tutib turish kattaligi orasida yetarlicha yaqin bog‘liklik mavjudligi aniqlangan. Yuqori malakali sportchilarda bu bog‘liklik ancha kuchsizlanib qoladi.
Yangi shug‘ullanuvchilar ustida tajriba o‘tkazilganda, aerob ish umumiy chidamlilikni ko‘proq rivojlantirish va o‘rta yugurishda ixtisoslashganlar uchun eng maqbul ekanligi namoyon bo‘ldi. 800, 1500 m. ga ixtisoslashgan yuguruvchilarning masofaga tayyor- garligini aniqlab beradigan testlarga quyidagilar kiradi: 3 km. ga yugurish, 800 m ga yugurishda (yoki 1500 m. ga) 400 m. ga yugurish etalon masofa bo‘lgandagi tezlik zahirasidan foydalanish. Bir-biriga yaqin masofalardagi natijaga qo‘yiladigan me'yoriy talablar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular asosida 800 va 1500 m. ga yugurish natijalarini bashorat qilish mumkin .
Fiziologik nuqtai nazardan, aerob imkoniyatlar rivojlanishining eng ko‘p ma'lumot beruvchi miqdoriy ko‘rsatkichi maksimal kislorod iste'moli (MKI), u inson qila oladigan eng ko‘p kislorod miqdori hisoblanadi. MKI ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlash hamda «masofa-vaqt» aloqadorligining tahliliga asoslanib, kritik tezlik to‘g‘risidagi tushuncha kiritilgan. O‘quvchilarning maxsus chidamliligini rivojlantirish ustidan pedagogik nazoratni amalga oshirish uchun 2 ta yetarlicha ma'lumot beradi. 400 m. ga yugurish natijasi (anaerob glikolitik) va YuQT (170ur/min) bo‘ladigan yugurish tezligi (anaerob imkoniyatlar ko‘rsatkichi) dir. Tadqiqotda 400 va 200 m., 800 va 400 m., 1500 va 800 m. ga yugurish natijalari orasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liklik ko‘rsatilgan. Axborot mezonlarini izlashga yo‘naltirilgan maxsus tadqiqotlarda shu narsa ma'lum bo‘lganki, 400 m. va 800 m. ga yugurish natijalari 300 m. va 3 x 300 m. ga yugurish testlari bilan 1500 m. ga yugurish natijalari esa 2 x 300 m. 200 m. ga yugurish testlarini tekshirish orqali ko‘zlangan natijaga erishish mumkin. ( R= 0,57-0,88). O‘quvchilarning maxsus chidamliligini nafasni tutib turishga ko‘ra baholash to‘g‘risidagi taklif ham bor, chunki chidamlilik bilan nafasni tutib turish kattaligi orasida yetarlicha yaqin bog‘liklik mavjudligi aniqlangan. Yuqori malakali sportchilarda bu bog‘liklik ancha kuchsizlanib qoladi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, bu nazorat mashqi anaerob jarayonlar shiddatini maksimal darajaga yetkazadi. Ushbu test natijalarining o‘sib borishiga qarab, anaerob chidamlilik darajasining oshishi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin. Chidamlilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar sport bilan shug‘ullanuvchilar organizmining funksional holatida fiziologik, biokimyoviy va boshqa o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi; o‘pkada almashinuv hamda kislorod iste'moli ko‘payadi, qonning tomir urishi vaqtidagi va daqiqadagi hajmi, undagi sut kislotasi miqdori oshadi. Hozirgi zamon tasavvuriga ko‘ra, sportchilarda tinch holatda laktat darajasi 20 mg% gacha ko‘payadi. Aralash zonada mashg‘ulot o‘tkazilganda, ya'ni, shiddat bilan nisbatan bir tekis ta'minlanuvchi zonada aerob va anaerob manbalardan sut kislotasi konsentratsiyasi yuzaga keladi. Yugurish tezligi eng yuqori bo‘lgan hollarda laktat darajasi ham shu sportchi uchun eng eng yuqori ko‘rsatkichlarga yetadi. Qonda sut kislotasi konsentratsiyasi 20 mg% dan oshganda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar anaerob zonadagi faoliyat hisoblanadi. Bajarilayotgan ishni energiya quvvati bilan ta'min- lanishining umumiy kuchida anaerob oksidlanish ulushi ko‘payib ketadi. O‘rta masofalarga yuqori malakali yuguruvchilarda mashg‘ulot jarayonida sut kislotasi miqdori ko‘pincha 120 dan 250 gacha mg% ni tashkil etadi. Boshqa ma'lumotlarga ko‘ra, 800 m. ga yugurish vaktida maksimal kislorod qarzi kattaligi 55-68 % gacha yetsa, sut kislotasi darajasi 140-200 mg% ga teng bo‘ladi, qonning sut kislotasi reaksiyasi (rN) 7,1-7,5 gacha pasayadi, maksimal kislorod iste'mol qilish darajasi tananing 1 kg og‘irligiga nisbatan 68-75 ml. dan to‘g‘ri kelsa, yurakning hajmi 10-13 ml/kg ni tashkil etadi.
1500 m. ga yugurishda maksimal kislorod qarzi kamroq 35-45 % ga teng, ammo so‘nggi 300-400 m ni juda tez yugurib o‘tishda sut kislotasi 1600-1700 mg% gacha ko‘tariladi, MKI 80 ml/kg og‘irlikkacha, yurak hajmi 11-13,3 ml/kg gacha yetadi (Platonov, 1987). Razryadli sportchilarda barcha o‘zgarishlar kamroq ko‘zga tashlanadi. Ma'lumotlarga ko‘ra, razryadlaridan sut kislotasi mikdori taxminan 13 mg% ni, yuklamadan so‘ng 19 mg% ni, yuklama berilganidan 2 soat o‘tgach 16,5 mg% ni, 4 soat o‘tgach 10 mg% ni, yuklama berilganidan so‘ng oradan 24 soat o‘tgach esa 11 mg% ni tashkil etadi. Mushak faoliyatidan keyin qondagi sut kislotasi miqdori taxminan 45 mg% ga yetganda, kislorod qarzi laktat funksiyasi hosil bo‘lishi boshlanadi. Demak, qonda yig‘iladigan sut kislotasining maksimal mikdori bilan kislorod qarzning laktat fraksiyasi kattaligi orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa bor. Yuqori malakali o‘rta masofaga yuguruvchilarda kislorod qarzi kattaligi bilan qonda paydo bo‘lgan sut kislotasi miqdori, 4x400 m. testni qisqarib boruvchi interval oraliqlar, tanaffuslar (3,2,1 daqiqa) bilan bajarganlarida esa ko‘p bo‘lishi aniqlangan (Devyatko, 2002). Bu test 800 m. ga yugurishga qaraganda kislorod qarzi bilan bog‘liqdir. Mazkur nazorat mashqini bajarishda sut kislotasining to‘planishi 176-178 mg% ni tashkil qiladi. Organizmda u yoki bu aerob faoliyat bajarilgandan so‘ng sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar aerob gemoglobin (Nv) konsentratsiyasi bilan aniqlaydilar. Ishda fazali (bosqichli) diagram- malarni yaratish asosida aerob faoliyat bilan gemoglobin konsentratsiyasi orasida teskari aloqa borligi aniqlangan bo‘lib, u mazkur ko‘rsatkichning yetarli darajada yaqinligini va uni foydalanayotgan yuklamalarning muvofiqligini nazorat qilish maqsadida qo‘llash mumkinligini tasdiqlaydi.
Yuguruvchilarni o‘rtacha masofalarga tayyorlashda shuni nazarda tutish kerakki, 800 va 1500 m. li masofalar nisbiy shiddatining anaerob zonalarga tegishli bo‘lib, sportchilarning aerob va anaerob qobiliyatlari rivojlanishiga har xil talablar qo‘yadilar. 800 m. ga yugurishda anaerob- glikolitik jarayonining ancha ko‘payishi eng muhim hisoblanadi, 1500 m. ga yugurishda esa shiddat hosil bo‘lishida aerob jarayon katta ahamiyat kasb etadi. Yana bir qator boshqa mutaxassislar tomonidan 800 m ga yugurishda maxsus chidamlilik hamda kuch sifatlari xususiyatlari orasida 1500 m. ga yugurishdagiga nisbatan ko‘proq jihatlari ko‘rsatib berilgan.
Mazkur mualliflar 800 m ga va 1500 m ga yugurishda mashg‘ulot jarayonini ko‘rish masalasiga umumiy yondashuvdan alohida-alohida yondashuvga o‘tishni taklif qiladilar. 800 m va 1500 m ga yuguruvchilarning sport mahorati o‘sib borgan sayin tezlik sifatlaridan foydalanish darajasini tahlil qilib, xuddi shunday xulosaga kelish mumkin. 800 m ga yugurishda tezlik sifatlaridan foydalanish darajasi 81-83 % ga, 1500 m ga yugurishda esa 73-78 % ga teng bo‘ladi. Yuguruvchilarning o‘rtacha tayyorlashning usuli yo‘naltirilganligini belgilashda quyidagilarni hisobga olish lozim: maxsus jismoniy tayyorgarlikning omillari asosidagi «sur'ati» o‘z tarkibiga tezlik imkoniyatlari yig‘indisini, umumiy chidamlilikni, maxsus chidamlilikni oladi. Bu sifatlarning 800 m ga yugurishga qo‘shgan ulushi 70 % ni, 1500 m ga yugurishda esa 77% ga teng. Eng muhimi, maxsus chidamlilik omili sanaladi (800 m ga yugurishda - 31%, 1500 m ga esa - 26,3%). Organizmning aerob va anaerob imqoniyatlari mashqni bajarish shiddati va davom etish vaqti, takrorlash soni va dam olish oraliqlariga bog’liq. Shu bilan bir qatorda tekshiruvchilarning diqqati sportchilar uchun eng kerakli jismoniy sifat, chidamlilik va uni tarbiyalash uslublari to‘g’risida hamda uni takomillashtirishga kam e'tibor berilgan. Ayniqsa, bolalar va o‘smirlarda chidamlilik muammosi kam o‘rganilgan. Ko‘pchilik ishlar yosh xususiyatlari bo‘yicha yosh sportchilarda emas, balki sport bilan doimiy ravishda shug’ullanmagan maktab bolalarida olib borilgan.
Yosh sportchilarda chidamlilikni tarbiyalash bo‘yicha olib borilgan tekshirish ishlari ilmiy va metodik tomondan yoshlarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo‘lsa-da, umuman chidamlilik muammosini yechish uchun to‘liq javob bera olmaydi. O‘tkazilgan tekshiruv ishlarini ko‘rsatishicha, aylanma mashg’ulot uslubini yengil atletikaga, yugurish, o‘yin va musobaqa shaklida qo‘shib o‘tkazganda 15-16 yoshli o‘smirlarni chidamliligini oshirish, shuningdek, boshqa jismoniy sifatlarni ham rivojlanganligini ko‘rsatgan. Yosh o‘smirlarni o‘rta masofaga yugurish bo‘yicha mutaxassisligiga kirish uchun, chidamlilik, kuch, tezkorlik va boshqa jismoniy sifatlarga yo‘naltirilgan mashg’ulot vositalaridan har tomonlama foydalangan holda ularni jismoniy tayyorgarligini oshirganligi aniqlangan. Bunda boshlang’ich sport tayyorgarligi davrida mashg’ulotning umumiy vaqtidan 50 foizini chidamlilikni tarbiyalashga, 25 foizini tezkorlik va 25 foizini kuchni tarbiyalashga qaratish kerakligi uqtirilgan.
Ko‘pchilik olimlarning ta'kidlashicha, yuguruvchining ko‘p yillik mashg’ulot jarayoni birinchi yillarida umumiy chidamlilikni tarbiyalash, keyinchalik bu yuguruvchining maxsus chidamliligini negizi bo‘lib xizmat qilishi aniqlangan. Shu bilan birga boshqa bir guruh olimlar boshlovchi yuguruvchilarda umumiy chidamlilikni tarbiyalashda, trenirovkani bir tekisda yugurish uslubi va har xil o‘zgaruvchan mashqlar uslubi variantlaridan foydalanishni taklif qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |