Taekvando va sport faoliyati fakulteti


Yuklama dinamikasining xususiyatlari



Download 215 Kb.
bet4/8
Sana07.04.2022
Hajmi215 Kb.
#534684
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Asadbek kurs ishi 2022

1.3 Yuklama dinamikasining xususiyatlari.

Ikki bosqichda yuklamalarning umumiy tendensiyasi kamayishidan va intensivlikning tobora yuksalishidan iborat. Bosqich davomida yuklamlar hajmi bir qator ko‘rsatkichlar bo’yicha ancha sezilarli darajada (ayrim hollarda yarmidan ko‘proq) kamayishi mumkin. Bu, birinchidan, mashg’ulotning bundan keyingi taraqqiyoti uchun yetakchi faktor bo’lgan intensivlikni ancha oshirishga sharoit yaratish zaruriyati bilan izohlanadi. Ikkinchidan, birinchi etapda bajarilgan katta hajmdagi tayyorlov ishlari natijasida “kechikuvchi transformatsiya” mexanizmi bo’yicha organizmda sodir bo’ladigan uzoq muddatli o’zgarishlarning o’tishini.


Nisbatan uzoq davom etmaydigan musobaqa davrida mashg‘ulot yuklamalarining dinamikasi yuqorida ko‘rib o‘tilgan tendensiyaning yakunidek bo‘lib ko‘rinadi; mashg‘ulot vaqtida yuklamalarning umumiy hajmi dastlab biroz pasayishda davom etadi va keyin stabillashib qoladi; spetsifik yuklamalarning jadalligi esa (ba’zi ko‘rsatkichlar bo‘yicha) to maksimum darajagacha o‘sib boradi va ana shu darajada u ham stabillashib qoladi. Bunda albatta, nisbatan stabillashish nazarda tutiladi. Ana shu umumiy tendensiya fonida hajm va jadallikning o‘rta «to‘lqinlar» va mikrotsikllar doirasida to‘lqinsimon tebranishlari ro‘y beradi.

Agar musobaqa davri uzoq muddat davom etadigan bo‘lsa u holda bir qator yangi lahzalar paydo bo‘ladi. Mashg‘ulot talablarining nisbatan stabillashishidan keyin, yana yuklamalar umumiy hajmining o‘sishi va ular jadalligining biroz kamayishi sodir bo‘ladi, keyin yana hajmning qisqarishi va in tensivlikning ortishi tendensiyasi boshlanadi. Shunday qilib, uzoq muddatli musobaqa davrining oraliq bosqichida tayyorlov davridagi yuklamalar umumiy dinamikasining ba’zi bir belgilari takrorlanayotgandek bo‘ladi. Biroq bu qisqargan masshtablarda va umumiy hamda maхsus tayyorgarlikning boshqacha nisbatida sodir bo‘ladi.


Yuklamalarning bunday takroriy katta «to‘lqin»ining vazifasi tayyor lov davridayoq asos solingan sport formasining poydevori kengayishidan iborat. Mashg‘ulot yuklamalarining yangidan or tib borishi so‘nib borayotgan adaptatsion jarayonlarning yana faollashtirishga va maхsus mashq ko‘rganlikni takomillashtirishga imkon beradi. Shu bilan birga oraliq bosqichda bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish, faol dam olish effektlaridan anchagina keng miqyosda foydalaniladi. Mashg‘ulotning mana shunday tashkil etilishi tufayli sport formasida turishning jamlangan muddatlari ancha ortishiga erishiladi. Bunda sport natijalari dinamikasida, yuklamalar umumiy dinamikasidagi asosiy «to‘lqin»larning miqdoriga qarab, bir necha «cho‘qqi»lar paydo bo‘ladi.

Musobaqa davrida bunday «to‘lqin»larning konkret parametrlari va miqdori sport turining хususiyatlari va sportchilar ning malakasiga bog‘liq. Har haftada musobaqa o‘tkazish mumkin bo‘lgan sport turlarida malakali sportchilarda bu «to‘lqin»larning soni odatda ikkitadan oshmaydi. Bunda maхsus yuklamalar ning bir oylik hajmi eng ko‘p deganda tayyorlov dav ridagi shunga muvofiq keladigan hajmlarning 75–90 foizidan ortmasligi lozim bo‘lsa kerak (albatta, tayyorlov davridagi hajmlar yetarli darajada katta bo‘lgani ko‘zda tutiladi). Oraliq bosqichda hajmlar ortiq bo‘lishi ham, pasaytirilgan bo‘lishi ham birdek befoydadir. To‘g‘ri keltirilgan raqamlarni mutlaqo umumiy me’yor deb bo‘lmaydi. Biroq ko‘p hol larda ma’qul keladigan chegaralar mazkur raqamlardan unchalik uzoq emas, deb hisoblash mumkin.


Bu tamoyildan uchta asosiy qoida kelib chiqadiki, ularga muvofiq jismoniy tarbiya bosqichlari doirasida umumiy yuklama dinamikasining tipik shakllari aniqlangan. Jismoniy tarbiya jarayonida foydalaniladigan umumiy yuklama miqdori shunday bo’lishi kerakki, uning qo’llanilishi sog’liqda salbiy o’zgarishlarni keltirib chiqarmasligi lozim. Ushbu qoida yuklamalarning kumulyativ samarasini muntazam nazorat qilishni ko’zda tutadi.
Qo’llaniladigan yuklamaga moslashib borgan sari, ya'ni moslashishli o’zgarishlar barqaror holat bosqichiga o’tgan sayin umumiy yuklama o’lchamlarining navbatdagi oshirilishi ro’y berishi kerak. Erishilgan tayyorgarlik darajasi qancha yuqori bo’lsa, yuklama parametrlari shuncha katta oshiriladi.
Jismoniy tarbiyada umumiy yuklamalar miqdoridan foydalanish mashg’ulotlar tizimining ayrim bosqichlarida uning vaqtinchalik kamayishi, yoki barqarorlashishi yoxud vaqtinchalik oshishini nazarda tutadi.

Jismoniy yuklamalar dinamikasi 4-chizmada keltirilgan.





Jismoniy tarbiyada umumiy yuklamalar miqdori dinamikasining shakllari.
I- to’g’ri chiziq bo’lib ko’tariluvchi;
II- zinasimon ko’tariluvchi;
III- to’lqinsimon ko’tariluvchi.

Yuqorida bildirilgan fikrlar jismoniy tarbiyada umumiy yuklamalar miqdori dinamikasining ikkita shaklidan: zinasimon ko’tariluvchi va to’lqinsimon ko’tariluvchi shakllaridan foydalanish uchun asos bo’ladi. Umuman olganda, to’g’ri chiziq bo’ylab ko’tariluvchi yuklama dinamikasidan ham foydalansa bo’ladi. Biroq vaqti juda qisqa bo’lgan bosqichlardagina undan foydalanish mumkin.


Jismoniy tarbiya jarayonida bu – sikllarni hosil qiluvchi mashg’ulotlar va bosqichlarning berk aylanishidir. Shunga muvofiq uchta turi ajaratiladi: mikrotsikllar (haftalik), ular mashqlarning takroriy qo’llanilishi va bir vaqtning o’zida ularning har xil yo’nalganligi, yuklama va dam olishning uyg’unlashuvi bilan tavsiflanadi.



Download 215 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish