1.Bob. Yuklama va dam olishni to’g’ri navbatlash.
Yurtimizdа istiqlоl yillаridа jismоniy tаrbiya vа spоrtni rivоjlаntirishgа qаrаtilаyotgаn yuksаk dаrаjаdаgi e’tibоr tufаyli iqtidоrli yigit-qizlаrimiz хаlqаrо miqyosdаgi nufuzli turnirlаrdа yurt shа’nini munоsib himоya qilishmоqdа. Muhimi yurtdоshlаrimiz, аsоsаn, Оlimpiаdа o‘yinlаri dаsturidаgi spоrt turlаri bo‘yichа mеdаllаrgа egаlik qilib kelishmoqda. Yurtbоshimiz rаhnаmоligidа jismоniy vа mа’nаviy jihаtdаn sоg’lоm аvlоdni vоyagа еtkаzishdа spоrt sоhаsigа dаvlаt siyosаti dаrаjаsidа e’tibоr qаrаtilаyotgаni аmаldа o‘z sаmаrаlаrini bеrаyotgаnini tа’kidlаsh lozim. Ushbu ezgu mаqsаd yo‘lidа, аyniqsа, Birinchi Prеzidеntimiz I.A.Karimov tаshаbbusi bilаn tаshkil qilingаn O‘zbеkistоn “Bоlаlаr spоrtini rivоjlаntirish” jаmg’аrmаsi, uch bоsqichli spоrt o‘yinlаri – “Umid nihоllаri”, “Bаrkаmоl аvlоd” vа Univеrsiаdа musоbаqаlаri muhim o‘rin tutаyotgаnligini qаyd etishdi. O‘tgаn yillаr mоbаynidа yurtimizning shаhаr vа tumаnlаridа, оlis qishlоq jоylаridа bir-biridаn ko‘rkаm spоrt mаjmuаlаri qаd rоstlаdi. Endilikdа ulаrdа ko‘plаb istе’dоdli o‘g’il-qizlаr kаshf etilmоqdа. Аnа shu iqtidоrlаr mаhоrаtini оshirish vа хаlqаrо miqyosdаgi spоrt musоbаqаlаridа munоsib ishtirоk etishini tа’minlаshdа uch bоsqichli spоrt o‘yinlаri o‘zigа хоs mаktаb vа ko‘prik vаzifаsini o‘tаdi. Ma'lumki, ishlash, mehnat qilish, energiya sarflash natijasida insonning ish qobiliyati vaqtinchalik kamayishi - charchoq deb ataladi.
Agar bir necha kishiga bir xil vazifani bajarish tavsiya etilsa, ular turli vaqtdan so‘ng charchaydilar. Bunga sabab shu kishilardagi chidamlilik darajasining xilma-xil bo‘lishidir. Biror bir faoliyatda charchoqqa qarshilik ko‘rsatish qobiliyati chidamlilik deyiladi. Oqibatda harakatni boshqaradigan mexanizmi takomillashadi, bu hol asosan harakat markazidagi funksional o‘zgarishlar bilan bog‘lik. Harakat markazi uzoq muddat davomida bir xildagi impulslarni yuborish va qabul qilishga moslashadi. Uzoq muddatli ishlar bilan muntazam shug‘ullanish natijasida, mushaklarda yuzaga keladigan o‘zgarishlar, morfologik va biokimyoviy xususiyatlar bilan belgilanadi. Ulardagi moddalar almashinuvi jarayoni bajarilayotgan ish darajasiga moslashadi. Bunday ishlarni bajarishda vegetativ organlarda yuzaga keladigan o‘zgarishlar, ayniqsa yurak-qon tomirlari va nafas organlari termoregulyasiyasi takomillashishi kuzatiladi. Bu holat asosan nerv-gumoral regulyasiyasi orqali boshqariladi. Chidamlilikni oshirish uchun bir qator mutaxassislar o‘z uslubiyatlarini tavsiya etishgan. Lekin hozirgi kunda o‘quvchilarni tayyorlashda umumiy chidamlilikka kam e'tibor berilmoqda. Eng avvalo bolalik davridan boshlab sport yuklamalarini yaxshi taqsimlash kerak, umumiy chidamlilikni rivojlantirishga katta e'tibor qaratish lozim.
Inson chidamli bo‘lishi uchun organizmdagi turli tizimlarning yaxshi rivojlanishiga erishish lozim. Chidamlilik darajasining oshishi:
Birinchidan: yurak-qon tomiri faoliyatini kuchaytirishni;
Ikkinchidan, funksional tizimlarning faoliyati jarayonida paydo bo‘ladigan energiyani tejab-tergab sarflashni;
Uchinchidan, funksional imkoniyatlardan iloji boricha to‘la foydalanishni ko‘zda tutadi.
Yuqorida qayd etilgan muammoning hal qilinishi chidamlilik talab etiladigan yengil atletika turlarida natijalarni yaxshilaydi. Shunga asoslanib aytish mumkinki, o‘rganish uchun tanlangan ushbu mavzu dolzarb masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Chidamlilikni tarbiyalashda mashqlarni har xil shiddatda bajarilishi, charchashni ham har xil vaqtda sodir bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun aniq chidamlilikni tarbiyalash uchun metodik usullar ham har xil bo‘lishi zarur. Masalan, maksimal va submaksimal quvvatli ish bajarishdagi charchashning bosh sababi - organizmda anaerob imkoniyatlarining kamayishi bilan bog‘liq. Katta va uzoq vaqt davom etadigan shiddatli mashg’ulotlarda asosiy o‘rinni organizmning aerob imkoniyatlari egallaydi.
Umumiy chidamlilikni tarbiyalashda, mashg‘ulotni bir tekisda yugurish uslubi va har xil o‘zgaruvchan mashqlar uslubi variantlaridan foydalanishni taklif qiladilar. Maxsus chidamlilik sport turlarining talabiga qarab bajariladi. Bir tekislik uslubning ijobiy tomoni shundaki, u faoliyat tizimini bir-biriga bog‘liqligini ta'minlaydi, bu ish bajarishda kislorod talabini ta'minlovchi yuklamani oshib borishi bilan bog‘liq. Mutaxassislarning ko‘rsatishicha, yosh sportchilarning chidamliligini oshirish uchun shug‘ullanuvchilar organizmning funksional «potologi» kam shiddatli, lekin uzok davom ettiruvchi ishlarda boshqalarga qaraganda yuqoriroq rivojlanishi aniqlangan.Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda chidamlilikni tarbiyalashda mashqlarni bajarish o‘rtachadan past va o‘zgaruvchan shiddatda organizmni aerob-glikolitik imkoniyatiga katta talab qo‘yadigan bo‘lishi zarur. Maktab yoshidagi o‘quvchilar mashg‘ulotida turli shiddatlarda chidamlilikni rivojlantirish quyidagicha:
- maksimaldan 90-95 %, 1-2 marta takrorlanadi, 12-20 soniya davom etadi, takrorlash oralig‘ida 90-120 soniya dam olinadi;
- maksimaldan 90 %, 2-3 marta takrorlanadi, 50-70 soniya davom etadi. Takrorlash oralig‘ida 120-150 soniya dam olinadi;
- maksimaldan 75 %, 3-4 marta takrorlanadi, 90-130 soniya davom etadi, 120-150 soniya dam olinadi.
400-800-1500-3000 m masofalar maktab o‘quvchilari uchun musobaqalar dasturiga kiritilgan. O‘smirlar va bolalar bu musobaqada ishtirok etishlari uchun umumiy tayyorgarlikni amalga oshirish zarur. Bu esa bola organizmining ushbu musobaqaga tayyorlangan bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi. Lekin, o‘quvchi yoshlarning ko‘pchiligi berilgan mezonlarni bajara olishmaydi. Shu sababli, yuqoridagi ma’lumotlarni inobatga olgan holda, bolalarda chidamlilikni rivojlantirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Maktab yoshidagi bolalar va o‘smirlarning umumiy hamda maxsus chidamliligini tarbiyalash. O‘quvchilarda chidamlilikni tarbiyalash muammosi mamlakatimizda ilmiy tadqiqotlar predmeti sifatida mutaxassislar tomonidan ilgari surilgan edi. Ular mazkur harakat sifatining «Organizmni charchash vaqtini orqaga suruvchi yoki charchash jarayonini keltirib chiqaradigan omillarning paydo bo‘lishiga zid ravishda ish faoliyatini davom ettirish» xususiyatiga ta'rif berishgan. Keyinroq chidamlilik tushunchasi birmuncha kengaydi. Bunga sabab unga tashqi va ichki salbiy omillar harakatidagi barqarorlik ham kelib qo‘shildi. Chidamlilik organizmning mehnat qobiliyatini saqlash muddatining davomiyligi va uning charchash yoki tashqi muhitning salbiy omillari (yuqori yoki past harorat, atmosfera bosimining pastligi va h.k.) ta'siriga bardosh berish, qarshilik ko‘rsatish darajasi sifatida tavsiflanadi. So‘nggi yillarda chidamlilik va uning turlari yig‘indisidan iborat bo‘lgan yaxlit tushuncha sifatida ifodalanmoqda. Masalan: kuch chidamliligi, umumiy va maxsus chidamlilik, tezlik chidamliligi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |