Tadqiqotlariga tayyorlash



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana27.06.2022
Hajmi0,57 Mb.
#710850
  1   2   3
Bog'liq
boshlang-ich-sinf-o-quvchilarini-pirls-xalqaro-baholash-tadqiqotlariga-tayyorlash



BOSHLANG`ICH SINF O’QUVCHILARINI PIRLS XALQARO BAHOLASH
TADQIQOTLARIGA TAYYORLASH
Hakimova Nasiba Imomovna
10-umumiy o`rta ta`lim maktab
Buxoro viloyat, Kogon shahar
Annotatsiya:
Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablari boshlang’ich
sinf o’quvchilarini PIRLS xalqaro baholash tizimiga tayyorlash masalalari haqida
ma’lumotlar berilgan. Shuningdek bu borada amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar
ham ko’rsatib o’tilgan. 
Kalit so’zlar:
 PIRLS, hikoya, o’qituvchi, o’quvchi, test, ota-ona, shaxmat. 
PREPARING PRIMARY SCHOOL PUPILS FOR PIRLS
INTERNARLTIONALASSESSING RESEARCHES 
Hakimova Nasiba Imomovna
School №10, Bukhara region, Kogon city
Abstract:
In this article, it is informed data about preparing primary school
pupils for PIRLSPIRLSinternational assessing system. In addition, it is indicated
about importance of upcoming actions.
Keywords: 
PIRLS, story , teacher, student, exam, parents, chess.
PIRLS(Progress in International Reading Literasy Study
- xalqaro o’qish
savodxonligini o’rganishdagi yuksalish)-bu turli mamlakatlarda boshlang’ich sinfda
tahsil oluvchi o’quvchi yoshlarning matnni o’qish va tushunush darajalari sifatini
baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. Ushbu sinov turi har 5yilda bir marta
o’tkazishga mo’ljallangan bo’lib, 2021-yil uchun mo’ljallangan tadqiqotlarda
O’zbekiston o’quvchilari ham ishtirok etishi boshlang’ich ta’lim o’qituvchilariga
katta mas’uliyat yuklaydi. 
Bu muhim vazifani amalga oshirish o’qituvchidan ta’limga yangicha
yondashuvni, faollikni talab etadi. Shu o’rinda o’quvchini xalqaro baholash darajasini
belgilovchi
PIRLSga
qanday tayyorlash mumkun degan savol ko’pchilikni
o’ylantiradi. 
PIRLSga
tizimli tayyorlashda sinfdan tashqari o’qish, mustahkamlash,
takrorlash darslari hamda to’garaklarning o’rni juda muhim. Bunda o’quvchining
dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlashi, obrazli tafakkurini rivojlantirish o’ta
muhim hisoblanadi. Albatta bu ishda ota- onaning o’z o’rni bor. Oilada kattalar kitob
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
218
http://oac.dsmi-qf.uz


o’qisa, bola ham bora-bora ularga ergashadi. Yoshiga munosib kitoblarni olib
berishda o’qituvchi tavsiyasiga amal qilish foydali hisoblanadi. Bo’sh vaqtida bola
oldi-qochdi seriallar, multfilmlar emas, bolalar uchun ishlangan mantiqqa boy
filmlar, hayvonot va nabotot dunyosi haqidagi ko’rsatuvlarni kuzatib borishi ham
yaxshi samara beradi. 
Sportning deyarli barcha turlari, ayniqsa shaxmat o’quvchining diqqatini
oshirishiga, maqsad sari olg’a intilishga, mustaqil qaror qabul qilish layoqati
shakllanishiga yordam beradi. 
Dars jarayonida yoki bola bilan muloqot qiladigan tanaffuslar chog’ida uning
to’g’ri yoki noto’g’ri fikrini tinglab, to’g’ri xulosani hayotiy faktlar orqali chiqarish
o’ta muhim. O’qituvchining o’quvchidan adabiy tilda gapirishini talab etishi
o’quvchining o’z ustida yanada izlanishini taqozo etadi va bu kitobxonlik sari yo’l
ochib beradi. 
Sinfdan tashqari o’qish darslarini tashkil etishda, o’quvchiga o’qiladigan
materiallarni 1 hafta oldin tavsiya etsa, o’quvchi dam oladigan shanba, yakshanba
kunlarida bekor qolmaydi. Albatta, bunda ota-ona nazorati o’ta muhim. . 
I.
 
Asar mazmuni bilan tanishgan o’quvchi tayyorgarlikning keyingi
bosqichlarida qiynalmaydi. 
II.
Asar mazmuni asosida savol-javob o’tkaziladi. Asar qismlariga ajratilib, har
bir qismga o’quvchilar tomonidan sarlavha toptiriladi. 
III.
Tuzilgan reja asosida asar mazmuni so’zlatiladi. So’zlash jarayonini qiziqarli
o’tkazish uchun “Ikki xil tanlov” metodidan foydalanish o’rinli. Masalan, Franz
Hohlerning “G’aroyib tun” hikoyasini o’rganish jarayonida yo’lakni, timsohni, eshik
ortida turgan qizchani, jurnaldan chiqayotgan flamingolarni tasvirlab turib hikoyalash
mumkin. 
IV.
O’rganilayotgan asardagi voqealar ketma-ketligini yanada mustahkamlash
maqsadida“ Charxpalak” metodidan ham foydalanish o’rinli. Bunda asar matni
jadvalda aralash holda beriladi. 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
219
http://oac.dsmi-qf.uz


Har bir qism raqamlanadi. Masalan:1, 2, 3, 4, 5. Raqam joylashgan xona,
asardagi gap ro’barosiga “+”belgisi qo’yiladi. 
Adabiyotni tushunish va baholash uchun har bir o’quvchi tilni tushunishi va
badiiy shakllarni bilishi kerak. Axborot va badiiy matnlar ustida ishlash
o’quvchilardan tabiiy , ijtimoiy , matematik bilimlarni puxta o’zlashtirishni talab
etadi. Quyida berilgan topshiriqlar ustida ish olib boriladi. 
Badiiy matn. Permyak Yevginiy
Andreevich “Tanish izlar’’
Nikitaning bobosi bog’bon. Bo’sh
vaqtlarida ov qilishni sevadi. U yaxshi ovchi
ham edi. O’rmon sirlarini yaxshi biladi.
Nevarasini ham birga olib yurganda,
o’rmondagiizlarni ko’rsatardi ko’rsatib turib,
shunday deb takidlardi:-Asr yasha , asr o’rgan
va bil. Bilim hech qachon ortiqchalik qilmaydi.
Nikita bobosini tinglab, o’zicha o’ylardi:
“Barcha keksalar bolalarga aql berishga
usta. Hayvon izlarini bilish menga nima keragi
bor, qachonki men mashinist bo’lmoqchiman.
Elektr poyezdlarini haydayman”. Nikita faqat
poyezdlar haqida o’ylardi. Elektrovozlardagi
har bir bolt, har bir qismni ko’zdan kechirardi. Bolalar ham u bilan poyezdlarni
tomosha qilgani borishardi. Bir marta bekatdan qishloqqa to’g’ri yo’ldan o’rmon
orqali qaytishga to’g’ri keldi. Ham yaqin, ham kayfiyat a’lo. 
Birinchi 
qor ustidan quvnoq yugurib ketdilar. Qor ustida esa turli xil izlar. Izlar
nimaniki ekanligini bolalar bilishmay ustida yugurishadi. Balki tulkini yoki yovvoyi
ehkini ko’rib qolisharmidi?!Quyonni ko’rib qolishsa ham ajab emas. Izlar ustida
yugura-yugura oxiri adashib qolishdi. Bolalar qo’rqib ketishdi . Kimdir hatto yig’ladi
ham. 
-Bu sening gaping bilan bo’ldi, Nikitka…Endi o’rmondan qanday chiqib
olamiz?
Axir odam yuradigan yo’lkalar qor bilan qoplandi. Nikita jim, o’zini oqlamadi.
Balki biror kishi bu kimsasiz o’rmonda uni “eshitarmi” deb o’ylardi. Birdan Nikita
qor ustida izlarni ko’rib qoldi. Bobosi ko’rsatgan ko’p izlardan faqat shu izlarni esda
saqlab qolgan edi. 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
220
http://oac.dsmi-qf.uz


-Ure, bolalar!-qichqirdi Nikita. -Mening izimdan yuringlar. Sizlarni yashash
joyiga olib boraman. Bolalar Nikita ko’rsatgan izlar ortidan uzoq yurdilar va yashash
manziliga keldilar. O’rmon qo’riqchisining uyiga. Qo’riqchining uyidan qishloqqacha
esa qatnov yo’li. Tunda ham adashmaysan. 
-Sen bizni qanday izlar orqali olib chiqding ?-
so’rashdi bolalar Nikitadan . 
-It izlari orqali, -javob berdi u. 
-It izlari doim yashash joyiga olib keladi.
Chunki it o’rmonda qancha yugurmasin, albatta uyga
qaytadi. Buni menga buvam o’rgatganlar. Nikita uyga
charchab qaytgan bo’lsada, juda baxtli edi. Bir lahza
u bobosini qattiq quchoqlab oldi va qulog’iga
nimalardir deb pichirladi. Balki mehribon bobosiga
“rahmat” aytgandir. 
“Tanish izlar” matniga savollar. 
1. Nikitaning bobosi bo’sh vaqtida nimani yoqtirardi?
a. baliq tutishni 
b. gazeta o’qishni 
d. ov qilishni 
e. televizor ko’rishni
2. O’rmonda bobosi Nikitaga nimalarni ko’rsatardi?
a. hayvonlarni
b. izlarni
d. daraxtlarni
e. tabiatni
3. Izlarni ko’rsatib turib, bobosi Nikitaga nimani ta’kidlardi?
4. Nega Nikita bobosining hayvon izlari haqidagi gaplarini tinglamasdi?
5. Bolalar bekatda uyga o’rmon orqali kelayotganlarida nima sodir bo’ldi?
a. ular uxlab qolishdi
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
221
http://oac.dsmi-qf.uz


b. ular ovqatlangani o’tirishdi
d. ular adashib qolishdi
e. ular ota-onalariga qo’ng’iroq qilishdi
6. Bolalarning o’rmondagi qo’rquvi, hayajoni aks ettirilgan gaplarni topib
yozing
7. Bolalar o’rmonda qaysi hayvonlarni uchratishni xohlashdi?
8. Bolalarni o’rmonga qanday kayfiyat olib kirdi?
a. qo’rqinchli
b. xush
d. ezgin
e. hechqanaqa
9.
 
Nikita bolalarini o’rmondan nimaning izlariga qarab olib chiqdi?
a. bobosining izlariga qarab 
b. itning izlariga qarab 
d. quyon izlariga qarab 
e. o’zining izlariga qarab
10. Itning izlariga qarab, yasash manziliga yetib olish mumkin ekanligiga isbot,
dalil keltir
11.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish