213
Kuzatuvga kirishishdan oldin tadqiqotchi uchun qiziqarli bo‘lgan vaziyat
xaqida mulohaza yuritish mumkin bo‘lgan kuzatuv birliklarini tanlab olish lozim.
Kuzatuv birligi sifatida turli xarakterdagi istalgan murakkab harakatlar yig‘indisi
tanlanishi mumkin.
Texnik hujjatlar va asbob-uskunalar tayyorlash (kartochkalar,
bayonnomalar,
kuzatuvchilar uchun yo‘riqnomalarni ko‘paytirish, texnik asbob-uskunalarni
tayyorlash va h.k.).
Reja ishlab chiqilgandan so‘ng kuzatuv o‘tkazish, ma’lumotlar to‘plash,
axborot jamlash amalga oshiriladi.
Bu yerda birinchi navbatda kuzatuvchilarni tanlab olish lozim. diqqat-e’tibor,
sabr-toqat, kuzatilayotgan vaziyatdagi o‘zgarishlarni qayd etish qobiliyati kabi
xislatlardan tashqari kuzatuvchiga qo‘yiladigan asosiy
talablardan biri halollik
hisoblanadi.
Kuzatuvchi o‘z harakatlarining kuzatilayotgan vaziyatga ta’siri, demak,
ularning o‘zgarishi minimal bo‘lishi uchun ularni uzluksiz kuzatib borishi lozim.
Har bir kuzatuvchi mos keluvchi tayyorgarlikdan o‘tishi zarur. Kuzatuvchini
o‘qitishi bir vaqtning o‘zida unda muhim harakatlarni ko‘ra olish, shuningdek, eslab
qolish va aniq qaydlar yuritish qobiliyatini rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
Kuzatuvga tayyorgarlikda yo‘riqoma ishlab chiqish muhim bosqich sanaladi.
Yaxshi tayyorlangan yo‘riqoma kuzatuvchilarning ishini yengillashtiradi va ular
tomondan to‘planadigan materiallarni bir xillashtiradi.
Yo‘riqnomada kuzatilayotgan hodisalarni
qayd etish usuliga talablar
ko‘rsatilishi lozim.
Kuzatuv natijalarini qayd etish quyidagi ko‘rinishda amalga oshiriladi: vaqt va
joy imkon beradigan darajada «qaynoq izlar» bo‘yicha o‘tkaziladigan qisqa muddatli
qayd; kuzatilayotgan shaxslar, hodisa va jarayonlarga taalluqli axborotni qayd etish
uchun
xizmat qiladigan kartochkalar; kuzatuvlar kundaligi; foto-, video-, ovoz
yozuvlari.
Kuzatuv natijalarini qayd etish ikki yoqlama nazorat – kuzatuvchi ustdian
nazorat va kuzatilayotgan vazit yoki jarayon doirasida chetga og‘ishni
nazorat qilish
214
vositasi hisoblanadi.
Strukturalanmagan kuzatuv ko‘pincha natijalarni qayd qilishning qat’i belgilab
qo‘yilgan shakllariga ega bo‘lmaydi. Bu yerda avvalo qaydlar nima kuzatuv
hisoblanishi, nima esa kuzatilayotgan hodisalar talqini ekanligini aniqlashga imkon
berilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Kuzatuv ustidan nazorat turli usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin: a)
vaziyat qatnashchilari bilan suhbat o‘tkazish; b) ushbu vaziyat bilan bog‘liq
hujjatlarga
murojaat qilish; v) o‘z kuzatuvi natijalarini boshqa, malakali kuzatuvchi
tomondan qilingan kuzatuv
natijalari bilan solishtirish; g) kuzatuv xaqida raportlarni
boshqa tadqiqotchilarga kuzatuvlarni takrorlash maqsadida yuborish.
Kuzatuv xaqida hisobot quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim: amalga oshirilgan
kuzatuv vaqti, joyi va vaziyatlari xaqida hujjatlar; tadqiqot o‘tkazishda
kuzatuvchining roli
kuzatuv usuli xaqida axborot; kuzatilayotgan shaxslar
tavsifnomasi; kuzatuvchining o‘z qaydlari va sharhlari;
olingan natijalar
ishonchliligining bahosi.
Odatda ishonchlilikni baholashning uchta turidan biri qo‘llanadi:
➢
kuzatuvchilarning rozilik koeffitsiyenti (bitta vaziyat bir vaqtning o‘zida
turli tadqiqotchilar tomondan kuzatiladi);
➢
barqarorlik koeffitsiyenti (bitta kuzatuvchining o‘zi kuzatuvni turli vaqtlarni
o‘tkazadi);
➢
ishonchlilik koeffitsiyenti (turli kuzatuvchilar turli vaqtda kuzatuv
o‘tkazadi).
Kuzatuvlar rejasini ishlab chiqishda kuzatuv ostiagilar faoliyati ro‘y beradigan
sharoit va vaziyatlarning eng muhim tavsiflarini aniqlash, ya’ni kuzatuvni qachon va
qayerda o‘tkazish masaalsini hal qilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: