Tadqiqotlari


-rasm. Xarakter bo‘yicha panel turlari



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/248
Sana13.07.2022
Hajmi4,82 Mb.
#792622
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   248
Bog'liq
Marketing tadqiqotlari Sh Dj Ergashxodjayeva, L T Abduxalilova Darslik

 
8.1-rasm. Xarakter bo‘yicha panel turlari 
So‘rovlarni o‘tkazishda olinuvchi axborot ko‘p jihatdan panel tarkibiga ham 
bog‘liq bo‘ladi. Oila va yakka holdagi iste’molchilar panelini tuzish eng qiyin 
jarayon hisoblanadi. Savdo, sanoat korxonalari va ekspertlar panellarining ustunligi 
ularning a’zolari soni iste’molchilar paneliga nisbatan kamligida bo‘lib, bu ularni 
shaklantirish va kuzatish xarajatlarini qisqartirishga imkon beradi. 
O‘rganilayotgan muammolar bo‘yicha panellar umumiy va ixtisoslashgan 
turlarga taqsimlanadi. Ixtisoslashgan panellar ayrim tovar yoki tovarlar guruhini 
o‘rganish uchun tuzilishi mumkin. Masalan, ular yordamida tovarlar va yangi tovar 
konsepsiyalari sinab ko‘riladi; bozor tendensiyalari kuzatib boriladi; iste’molchilar 
yangi tovar haqida ma’lumot oluvchi manbalar aniqlanadi. 
Axborot olish usuli bo‘yicha to‘rt xil panelni ajratib ko‘rsatish mumkin: 
1) panel a’zolari talab qilinuvchi axborotni (to‘ldirilgan kundaliklar, so‘rov 
varaqalari) pochta orqali jo‘natadi; 
2) panel a’zolaridan intervyu olinadi; 
3) panel a’zolari kundalik yoki so‘rov varaqalarini to‘ldiradi, lekin axborotni 
maxsus xodimlar to‘playdi; 
4) panel a’zolaridan ma’lum vaqt oralig‘idan so‘ng intervyu olinadi, bu vaqt 
ichida axborot pochta orqali jo‘natiladi. 
So‘rov o‘tkazishda axborot respondentlardan uch usulda olinadi: 
Panel turlari
istemol
sanoat korxonalari
savdo
ekspertlar


201 
1) respondentlarga intervyuyer tomonidan savol berish yo‘li bilan, javoblarni 
intervyuyer qayd etib boradi;
2) kompyuter yordamida savollar berish yo‘li bilan; 
3) respondentlarning anketalarni mustaqil to‘ldirish yo‘li bilan. 
Birinchi usul quyidagi afzalliklarga ega:
1. Respondentlar bilan qaytuvchan aloqaning mavjudligi so‘rov jarayonini 
boshqarishga imkon beradi. 
2. Respondentlar va intervyuyer o‘rtasida so‘rovning boshidayoq ishonchli 
munosabat o‘rnatish imkoniyati. 
3. So‘ralayotganlar ma’lumot darajasi yoki xususiyatlarini hisobga olish 
imkoniyati – masalan, respondentga qo‘llanuvchi shkalalar gradatsiyasida yordam 
berish. 
Mazkur usulning kamchiliklari xuddi ikkinchi usulniki kabi bo‘lib, keyinroq 
ko‘rib chiqiladi. 
Ikkinchi usulning afzalliklari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1. Mazkur yondashuvni shaxsiy intervyuga nisbatan tezroq amalga oshirish. 
Kompyuter oldingi savollarga moslashtirilgan savollarni juda tez berishi, tasodifan 
tanlangan telefon raqamlarini tez terishi, har bir so‘raluvchining xususiyatlarini 
hisobga olishi mumkin. 
2. Intervyuyerning xatoga yo‘l qo‘ymasligi, kompyuter charchamaydi, uni 
«sotib olib» bo‘lmaydi. 
3. Rasmlar, grafiklar, videomateriallardan foydalanish. 
4. Ma’lumotlar bilan real vaqt rejimida ishlash. Olingan axborot bevosita 
ma’lumotlar to‘plamiga jo‘natiladi hamda istalgan payt tahlil qilish uchun ochiq 
bo‘ladi. 
5. 
Intervyuyerning 
sub’ektiv xislatlari olinadigan javoblarga ta’sir
ko‘rsatmaydi. Respondentlar intervyuyerga yoqmaydigan javoblarni bermaslikka 
harakat qilmaydi. 


202 
Kompyuter usulining kamchiliklari kompyuter va dasturiy vositalarni xarid 
qilish va undan foydalanish, har bir tekshiruvdan so‘ng kompyuterni viruslardan 
tozalash xarajatlarining nisbatan kattaligidan iborat. 
Uchinchi usulning o‘ziga xos bo‘lgan asosiy jihati shundaki, respondent unga 
berilgan savollarga mustaqil, intervyuyer yoki kompyuter ishtirokisiz javob beradi. 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish