Tadqiqotlari


Fokus – guruhlar, ularni rejalashtirish va faoliyatini yuritish



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/248
Sana13.07.2022
Hajmi4,82 Mb.
#792622
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   248
Bog'liq
Marketing tadqiqotlari Sh Dj Ergashxodjayeva, L T Abduxalilova Darslik

8.3. Fokus – guruhlar, ularni rejalashtirish va faoliyatini yuritish 
Marketing tadqiqotlarini o‘tkazishda, avvalom bor, axborot to‘plash usullariga 
murojat qilamiz. Ushbu tadqiqotlarning eng samarali usullaridan biri bu – so‘rov 
usulidir. Chunki so‘rov orqali iste’molchilarning individual tarzda ichki kechinmalari 
va dunyosini aniqlab olish mumkin va bu olingan axborotlar natijasida kishilarning 
ichki tuyg‘usi va dunyosidan ishonchili ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. So‘rov 
kishilarga ularning bilim darajasi, mahsulotga munosabati, did-istaklari va 
iste’molchi xulq-atvoriga doira savollar berish yo‘li bilan birlamchi axborot 
to‘plashda namoyon bo‘ladi.
Shuningdek, so‘rov o‘tkazishda ijtimoiy 
sohada axborotlarni guruhlar orqali to‘plashda 
oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun, eng 
keng tarqalgan samarali va sifatli uslublardan 
foydalanishadi. Bu uslubni guruhlar orqali 
tadqiqotni tashkil etish ko‘rinishini – fokus –
guruh deb atashadi. 
Fokus guruhi usulini qo‘llashning beshta asosiy maqsadini ajratib ko‘rsatish 
mumkin: 
1. G‘oyalar generatsiyasi – masalan, chiqarilayotgan mahsulotlar sifati, 
dizayni, o‘rovini takomillashtirish yoki yangi mahsulotlar ishlab chiqish bo‘yicha. 


196 
2. Iste’molchilarning so‘zlashuv lug‘atini o‘rganish reklama kampaniyasi 
o‘tkazish, savolnomalar tuzish va hokazolarda katta foyda keltirishi mumkin. 
3. Iste’molchilar so‘rovlari, motivlari, ularning o‘rganilayotgan mahsulot va 
uning markasi, harakatlantirish usuliga munosabati bilan tanishish, bu marketing 
tadqiqotlari maqsadlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
4. Miqdoriy tadqiqotlar o‘tkazishda to‘plangan ma’lumotlarni yaxshiroq 
tushunish. Ba’zida fokus-guruh a’zolari o‘tkazilgan so‘rov natijalarini to‘g‘ri anglab 
olishga ko‘maklashadi. 
5. Ma’lum bir reklama turlariga his-tuyg‘u va xulq-atvor reaksiyalarini 
o‘rganish. 
Odatda ishni guruhlar audio va videotexnika vositalari yordamida qayd 
etadilar, uning natijalari esa masalan, so‘rov yo‘li bilan miqdoriy tadqiqotlar 
o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 
Ko‘rinib turibdiki, mazkur usuldan foydalanish imkoniyatlari va 
samaradorligiga turli mamlakatlar va mintaqalarning madaniyati, muloqot an’analari 
va hokazolar kuchli ta’sir ko‘rsatadi. 
Fokus-guruhning optimal hajmi 
8 kishidan 12 kishigacha hisoblanadi. 
Ishtirokchilar soni bundan kam bo‘lsa, 
guruh ishi mahsuldorligi uchun zarur 
dinamika ta’minlanmaydi va guruhning ishini faollashtirish uchun guruh 
yetakchisining ko‘p ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi. Guruh a’zolari soni 12 kishidan ortiq 
bo‘lsa, mahsuldorligi yuqori munozaralar tashkil qilish qiyin bo‘ladi. Guruh bir 
nechta kichik guruhlarga taqsimlanib, keraksiz mavzularda suhbat yuritilishi
munozaraning o‘zi esa bir nechta kishigina ishtirok etishi mumkin. 
Afsuski, guruh tarkibini oldindan belgilash qiyin. Masalan, munozarada 12 
kishi ishtirok etish istagini bildiradi, amalda esa faqat 6 kishigina qatnashadi, xolos. 
Guruh tarkibiga keladigan bo‘lsak, uni qatnashchilar tarkibining gomogenligi 
(yoshi, faoliyat turi, oilaviy holati va hokazolar bo‘yicha) tamoyilidan kelib chiqqan 


197 
holda shakllantirish tavsiya etiladi. Bu holatda munozaralar uchun eng qulay sharoit 
yaratiladi deb hisoblanadi. 
Guruh 
qatnashchilarini tanlashni 
avvalo 
o‘tkazilayotgan 
tadqiqot 
maqsadlari 
belgilab beradi. Masalan, 
agar 
tadqiqot 
maqsadi 
mahsulot o‘rovi bo‘yicha yangi g‘oyalar ishlab chiqish bo‘lsa, fokus-guruh 
qatnashchilari sifatida ma’lum bir markali tovar xarid qilgan iste’molchilar taklif 
etiladi. Odatda munozaralarda ishtirok etish uchun potensial qatnashchilar telefon 
orqali taklif qilinadi, ba’zida esa hohlovchilar do‘konning o‘zida xaridorlar orasidan 
tanlab olinadi. Guruhni shakllantirish jarayonida guruh yetakchisining ishtirok etishi 
maqsadga muvofiq. 
Guruh qatnashchilarini «yollash»da ularning mehnatiga pul to‘lash shaklidan 
ham, ma’lum bir tovarlarni bepul taqdim etish orqali natural shaklidan ham 
foydalaniladi. Ko‘p hollarda fokus-guruhning ish kuni arafasida potensial 
qatnashchilarga bu haqda eslatib qo‘yiladi. Bu holda munozarada ishtirok etishdan 
bosh tortilsa, ularning o‘rniga boshqa kishilarni jalb qilish imkoniyati bo‘ladi. 
Fokus-guruh ishining muvaffaqiyatga erishuvi ko‘p jihatdan guruh 
yetakchisining faoliyati samaradorligiga bog‘liq bo‘ladi. U diskussiyaning maqsad va 
vazifalarini chuqur tushungan holda bevosita aralashmasdan uning borishini 
boshqarib turadi. Guruh yetakchisi qatnashchilar o‘rtasida tabiiy munozara va 
muhokama qilinayotgan mavzu doirasidan chetga chiqish o‘rtasida muvozanat 
bo‘lishi intilishi lozim. U guruh qatnashchilarining nuqtai nazari va sharhlariga katta 
e’tibor qaratishi hamda har bir kishi bilan muloqotga kirisha olishi lozim. Odatda 
fokus-guruhda munozara boshlanmasdan oldin guruh yetakchisi uning ishi bo‘yicha detalli 
rejani ishlab chiqib, muhokama mavzusi bo‘yicha o‘z bilimlarini oshirishga harakat qiladi. 
Fokus-guruhning asosiy afzalliklari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:


198 
1. O‘z fikrini ochiq va erkin bayon qilish, yangi g‘oyalarni ishlab chiqish 
imkoniyati, ayniqsa, munozara davomida «miya hujumi» usulidan foydalanilgan 
hollarda.
2. Buyurtmachi uchun munozaraning maqsad va vazifalarini shakllantirishda 
ishtirok etish, guruh ishini kuzatish imkoniyati uning ish natijalariga ishonch 
darajasining yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Bu natijalardan buyurtmachi ba’zida 
amaliy ishda rasmiy hisobot olmasdan turib ham foydalanishi mumkin. 
3. Mazkur usuldan foydalanish yo‘nalishlarining turli-tumanligi, bu haqda 
yuqorida aytib o‘tildi. 
4. Respondentlarni o‘rganish imkoniyati, ularni rasmiy va strukturalangan 
vaziyatlarda o‘rganish qiyin kechadi. 
Yuqorida bayon qilinganlardan xulosa qilib aytish mumkinki, mazkur usulning 
kamchiliklari qatoriga olingan natijalarni sub’ektiv interpretatsiya qilish, har bir 
guruh qatnashchisiga to‘g‘ri keluvchi xarajatlarning kattaligi kiradi. 
Zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish fokus-guruhdan 
foydalanish doirasini kengaytirish uchun imkon beradi.
Umuman olganda, fokus-guruhning asosiy maqsadi sifatli va samarali interv 
o‘tkazishdan iboratdir. 
Intervyu olishda so‘rov uslubining boshqa shakllariga ham e’tiborni qaratamiz. 
So‘rov strukturalangan va strukturalanmagan xarakterga ega bo‘lishi mumkin; 
birinchi holatda barcha so‘ralayotganlarga bir xil savollar beriladi, ikkinchi holatda 
esa intervyuyer olingan javoblarga qarab savol beradi. 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish