193
Pochta orqali anketalar, telefon so‘rovlari, shaxsiy intervyu va internet
yordamidagi tadqiqotlar juda keng qo‘llanadi. Quyidagi jadvalda muloqot usullaridan
har birining afzallik va kamchiliklari keltirilgan (tavsifnomalar
besh ball tizimida
baholanadi).
8.3-jadval
To‘rtta muloqot usulining afzallik va kamchiliklari
Pochta Telefon
Shaxsiy
muloqot
Internet
Moslashuvchanlik
2
4
5
3
Olish mumkin bo‘lgan axborot hajmi
4
3
5
4
Intervyuyerning ta’siri nazorati
5
3
2
5
Ma’lumot to‘plash tezligi
2
5
4
5
Reaksiya darajasi
2
4
4
2
Bahosi
4
3
2
5
Tanlov strukturasi
4
5
3
2
Har qanday anketa sinchiklab ishlab chiqish, sinab ko‘rish
va qayta ishlashni
talab qiladi. Savollar shakli beriladigan javobga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu
sababli ikki xil turdagi savollardan foydalaniladi:
➢
ochiq - javob mustaqil beriladi (
8.4-jadval);
➢
yopiq - savolda beriladigan barcha javob variantlari bo‘ladi (8.5-jadval).
8.4-jadval
Ochiq savollarga namunaviy misollar
Nomi
Ta’riflanishi
Misol
Oddiy savol
Javobning erkin shaklini nazarda
tutuvchi savol beriladi
“Samolyotda ketayotganingizda odatda
nima bilan mashg‘ul bo‘lasiz?”
So‘zlar
yoig‘indisini
tanlash
Bir so‘z aytiladi va uning fikriga
kelgan birinchi so‘zni aytish so‘raladi
“Avialiniya so‘zini eshitganda
xayolingizga birinchi bo‘lib keladigan
so‘z nima?”
Gapni tugatish Tugallanmagan gap aytiladi va uni
yakunlash takliya etiladi
“Aviakompaniyani tanlashda men
uchun asosiysi ...”
Hikoyani
yakunlash
Tugallanmagan hikoya taklif etiladi va
uni yakunlab berish so‘raladi
Internet yordamida axborot to‘plash birlamchi axborot to‘plashning nisbatan
yangi va rivojlanayotgan usulidir. Garchi hozirgi kunda dunyo aholisining asosiy
194
qismi internet xizmatlaridan foydalanmayotgan bo‘lsada, ayrim baholarga ko‘ra
ularning soni 30-35 mln kishini tashkil qilar ekan. Internetga yangi ulanuvchilar soni
esa kun sayin o‘sib bormoqda. Agar ilgari yosh va texnik
jihatdan savodli erkaklar
internetdan foydalanuvchilar orasida ko‘pchilikni tashkil qilgan bo‘lsa, statistika
ma’lumotlariga ko‘ra hozirgi kunda ayollar va 25 yoshgacha bo‘lganlar soni tobora
ortib bormoqda.
Internet yordamida amalga oshiriluvchi tadqiqotlar axborot to‘plashning
nisbatan arzon usuli hisoblanadi. Amalda onlayn rejimidagi
tadqiqotning oddiy
tadqiqotlar oldida ikkita jiddiy ustunligi bor: tezlik va rentabellik. Onlay rejimida
tadqiqotlarni tashkil qilish oldindan batafsil rejalashtirishni talab qiladi,
biroq
natijalar amalda bir zumdayoq olinadi. shuningdek, mamlakat ichkarisida yoki
xalqaro miqyosda tadqiqot o‘tkazishda ham tezlik
va bahoda hech qanday farq
bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: