9.3. Marketing tadqiqotlarida kuzatuv usulining jarayoni
Strukturalanmagan kuzatuv amalga oshirilganda kuzatuvchi o‘rganilayotgan
holatdagi barcha xulq-atvor turlarini qayd etadi. Bunday xulq-atvor turi ko‘pincha
razvedka tadqiqotlari o‘tkazishda foydalaniladi. Masalan, qurilish anjomlari ishlab
chiqaruvchi kompaniya o‘z xodimlarini ushbu vositadan uylar qurilishida foydalanish
yo‘nalishlari va tezligini o‘rganishga imkon beradi. Kuzatuv natijalari ushbu vositani
takomillashtirishda foydalaniladi.
9.1-jadval
Kuzatuvlarni qayd etish shakli
Kuzatuvchi __________
Kuzatuv joyi_______________
Sana _______________
Kun vaqti __________________
Kuzatilayotganlar guruhi strukturasi
Guruh soni: _________kattalar
_______ bolalar
Jins: kattalar:______erkaklar _______ayollar
bolalar: ______erkaklar _______ayollar
foydalanish: _________ mahsulot uchun aravachalar
___________ mahsulot savatchasi
___________ hech narsa
magazindagi xulq-atvorni qayd etish
Xulq-atvor
Yangi
apelsin
Shisha
idish-
dagi sharbat
Bankali sharbat
Muzlatilgan
sharbat
Tovar yonidan o‘tib ketish
Har
xil
tovar
turlarini
taqqoslash
Belgilangan markani tanlash
Tanlangan
markani
diqqat
bilan ko‘rib chiqish
210
Guruhdagi
boshqa
qatnashchilar bilan muhokama
qilish
Xaridni tanlashning boshqa
xususiyatlari
Foydalanish: _________ xaridlar ro‘yxati
___________kalkulyator
___________kuponlar
Xarid amalga oshirilgan vaqt____________
Xarid qilingan miqdor_________________
Ba’zida kuzatuvchi odamni maxsus mexanik vosita bilan almashtirish mumkin.
Bunday almashtirish yoki aniqlikning yuqoriligi, yoki arzonlik, yoki funksional
sabablar bilan asoslanadi. Masalan, ko‘cha harakatini o‘rganishda avtomatik qurilma
g‘ildiraklari maxsus plastinani bosib o‘tgan har bir mashinani qayd etadi.
Shuningdek, maxsus qurilma vositasida oilaning ma’lum bir teleko‘rsatuvlarni
ko‘rish odatlarini osonroq va ishonchliroq o‘rganish mumkin.
Kuzatuvni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim:
1. Kuzatuvlar nisbatan qisqa vaqt oralig‘ida amalga oshirishi lozim. Masalan,
vaqt va mablag‘ sarflash nuqtai nazaridan butun uyni sotib olish jarayonini kuzatish
maqsadga muvofiq emas. Vaholanki, buni qismlar bo‘yicha, ushbu jarayonning
alohida bosqichlarida amalga oshirish mumkin.
2. Kuzatilayotgan jarayon va hodisalar kuzatish uchun ochiq bo‘lishi, jamoat
orasida ro‘y berishi lozim. Masalan, xususiy suhbat bu talabga javob bermaydi.
3. Respondent yaxshi eslab qolishga qodir bo‘lmagan, tez-tez takrorlanadigan
sistematik faoliyat uning aossida yotmaydigan xulq-atvorgina kuzatuv ostiga
qo‘yilishi lozim. Masalan, kishi odatda oxirgi dushanba kuni ishga ketayotgan mahal
avtomobilla qaysi radioeshittirishni tanglaganligini eslay olmaydi.
Eng ideal holatda kuzatuv ob’ektlari ularnig xulq-atvori kuzatuv istida
ekanligini bilmasligi lozim. Qator hollarda kuzatuv aniq axborot olishning yagona
usuli hisoblanadi. Masalan, kichkina bolalar o‘yinchoqqa o‘zning munosabatini so‘z
orqali ifodalay olmaydi, biroq bunday axborotni bolalarning o‘yinchoqni qanday
o‘ynashiga qarab olish mumkin.
Odatda kuzatuv usuli boshqa usullar bilan birgalikda foydalaniladi. Bu holatda
211
olingan natijalar bir-birini to‘ldiradi va nazorat qiladi. Xususan, agar kuzatuv boshqa
usullar yordamida olingan ma’lumotlarni nazorat qilish uchun foydalaniladigan
bo‘lsa, u maksimal darajada qat’iy strukturalangan bo‘lishi, nazorat qilinayotgan
axborot to‘plangan sharoitlar bilan bir xil sharoitlarda ro‘y berishi lozim.
Kuzatuv usulining kamchiliklari barcha sifat tadqiqotlariga xos. Bevosita
kuzatuvda odata kichk guruhdagi odamlarning xulq-atvori ma’lum bir sharoitlarda
o‘rganiladi, demak, olngan ma’lumotlarning reprezentativlik masalasi yuzaga keladi.
Bunda sub’ektiv talqin qilish o‘ringa ega bo‘ladi. odamning qabul qilish hissiyoti
cheklangan, shu sababli o‘rganilayotgan vaziyatning bironta muhim jihatini o‘tkazib
yuborishi mumkin. Odatda tadqiqotchi kuzatuv usuli asosida olingan ma’lumotlarni
chuqurlashtirish va ma’lum bir xulq-atvor asosida yotgan manfaatlar, motivlar,
munosabatlarni ochib berishga qodir bo‘lmaydi.
Kuzatuv juda ko‘p mehant talab qiladigan usul sanaladi. Kuzatuv natijalarini
rasmiylashtirish ba’zida kuzatuvning o‘zi uchun sarflangan vaqtdan ikki baravar ko‘p
vaqt talab qiladi.
Atrofdagi vaziyat xarakteriga qarab kuzatuv tabiiy sharoitlarda (magazinda,
peshtaxta oldida) ro‘y beradigan dala kuzatuvi yoki sun’iy tashkil qilingan
sharoitlarda bo‘lib o‘tadigan laboratoriya kuzatuvi bo‘lishi mumkin.
Kuzatuv natijalari audio- yoki videotexnika yordamida, yon daftarlarda qayd
etiladi.
Kuzatuv o‘tkazishdagi qiyinchiliklar sub’ektiv (kuzatuvchi shaxsi bilan
bog‘liq) va ob’ektiv (kuzatuvchiga bog‘liq bo‘lmagan) turlarga bo‘linadi.
Sub’ektiv qiyinchiliklar qatoriga tadqiqotchining boshqalar harakatlari va xulq-
atvorini o‘zining qadriyatlar tizimi, o‘z «Men»i orqali tushunish va talqin qilishi
mumkinligi tushuniladi. Bundan tashqari, kuzatuv har doim tadqiqot maqsadlariga
bo‘ysunadi, bu esa kuzatilayotgan narsa sohasini ta’kidlaydi va unga selektiv xarakter
baxsh etadi. Oqibatda kuzatuv uchun dalillar tanlash kuzatuvchining o‘ziga kuchli
bog‘liq bo‘ladi.
Ob’ektiv qiyinchiliklar qatoriga birinchi navbatda kuzatuv vaqtining hodisa
ro‘y berish vaqti bilan cheklanganligini kiritish mumkin. Bundan tashqari, barcha
212
qiziqarli omillarni ham bevosita kuzatish imkoni bo‘lavermaydi.
Kuzatuvchining shaxsiy xislatlar, uning ro‘y berayotgan holisalarga o‘z
munosabatini bildirishi ham kuzatilayotgan щaxslar xulq-atvoriga jiddiy ta’sir etishi
mumkin.
Kuzatuv marketing tadqiqotlarining boshqa usullarini to‘ldirishi va tadqiqotchi
uchun zarur bo‘lgan axborotni boshqa usullar bilan olish imkoni bo‘lmagan hollarda
qo‘llanishi lozim. Odamlar o‘z harakatlari ketma-ketligini aniq va batafsil tavsiflay
olmagan hollarda shunday bo‘ladi. Odatiy vaziyatlarda odamlarning harakatlari
ko‘pchilik hollarda «avtomatik» xarakterga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, tez-tez
takrorlanadigan vaziyatning o‘zi uning ongidagi biron ma’lumotga aylanadi va unga
xos bo‘lgan jihatlar o‘chib ketadi.
Tadqiqot
maqsadlari
uchun
zarur
bo‘lgan axborotni olish, ya’ni
o‘rganilayotgan ob’ektning muhim tavsiflari xaqida ma’lumot olish, uning faoliyati
bilan bog‘liq bironta muhim narsani o‘tkazib yubormaslik uchun kuzatuv dasturi va
rejasini oldindan ishlab chiqish zarur. Rejalashtirishda kuzatuv o‘tkazish muddatlari
aniq belgilanishi va axborot to‘plash usuli ko‘rsatilishi lozim. bundan tashqari,
tadqiqotchi o‘zida mavjud imkoniyatlar (vaqt, mablag‘, yordamchilar soni va
ularning malakasi) doirasida kuzatuv sohasini chegaralash, shuningdek, uchrashi
mumkin bo‘lgan to‘siqlarni (ma’muriy yoki psixologik qiyinchiliklar, axborot olish
va qayd etish bilan bog‘liq qiyinchiliklar) hisobga olishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |