Formalizatsiyalash - tadqiqot olib borilayotgan (o'rganiJayotgan) obyektni, jarayonni, voqelikni matematik ifodalar bilan tasvirlash yoki matematik abstraksiyalashdir. Mazkur holda obyektning e'tiborli tomonlari (xossasi, belgisi, bog'liqligi) matematik termin va tenglamalarda ifodalanadi, bular bilan keyinchalik ma'lum qoida bo'yicha amallar bajariladi. Modellashtirish - tadqiqot obyektining ayrim xususiyatlari va belgilarini o'rganish uchun unga o'xshash analogik qulay obyektda (modelda) o'rganish usuli bo'lib texnika, energetika sohasida fizik va analitik usullar ko'proq qo'llaniladi. Modellashtirish fIzik va matematik bo'ladi. Model ko'rsatkichlarini tahlil qilib obyekt haqida xulosaga kelinadi. Buning mohiyati tadqiqot obyekti (asli)ni uning asosiy xossalarini ifodalovchi sun'iy sistema (model) bilan almashtirishdan iboratdir. Ilmiy tadqiqotdagi modellashtirish haqida kitobning 3-bobida to'Jiq to'xtalib o'tiladi Nazariy tadqiqot kO'pincha mavhumdan konkretga borish usuliga asoslanadi. Mazkur holda bilish jarayoni ikki nisbatan mustaqil bosqichgaajraladi. Birinchi bosqichda konkretdan uning abstrakt ifodalangan haqiqiysiga o'tiladi. Tadqiqot obyekti qismlarga ajratiladi va kO'plab tushuncha va mulohazalar yordamida tavsillanadi, ya'ni u fikriy qayd etilgan mavhumlar majmuyiga aylanadi. Bu - abstraksiya darajasida tadqiqot obyektining tahlilidir. Keyinchalik, bilishning ikkinchi bosqichida abstraktdan konkretga boorish amalga oshiriladi. Bunda tadqiqot obyektining yaxlitligi tiklanadi (sintez) ,
lekin tafakkurda.Shuni ta'kidlash o'rinliki, yuqorida ko'rib o'tilgan ilmiy bilish usullari
qoidaga ko'ra birgalikda, bir-birlarini to'ldirgan holda qo'llaniladi.Bilish mantiqi ahamiyatli bo'lgan, barqaror takrorlanuvchi va ayrimlikni aniqlashjarayoni sifatida tasir etiladi, bu o'rganilayotgan obyektni boshqalardan farqlaydi.Bilish jarayonida tirik mushohadadan abstrakt fikr\ashga va undan amaliyotga o'tish umumiy texno\ogiyasiga rioya etish muhimdir. Shunday qilib, fan sohasi to'xtovsiz rivojlanayotgan bilimlar insonlar va muassasalaming ana shu ijodiyotni ta'minlovchi ilmiy ijodlarini o'z ichiga oladi. I1miy bilimlarni umumlashtirish va sistemalashtirishning
oliy shakli bo' lib nazariya hisoblanadi. U i1miy tamoyiHar va qonunlar, tadqiqot usullarini ifoda etadi. Tadqiqot metodlariga quyid3gilar kiradi: - empirik tadqiqotlar (kuzatish, qiyosla.,h, o'lchash, ek"periment uillllari); - nazariy tadqiqot (mavhumdan aniqlikka tomon borish va b.) usullari ;
- empirik va nazariy tadqiqotlar (tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, modellashtirish, mavhumlashtirish va b.) usullari. Olimlar iImiy natijaga (ijobiy yoki salbiy)ga erishish vcsitasi sifatida yetarlicha daliliy materiallarga ega bo'lmagan hollarda faraz (gipoteza)dan foydalanadilar, bu o'z navbatida tajribada sinab ko'rish va nazariy a<;oslashni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |