Tarif tizimining mohiyati hamda ish haqini to`lash tartibi
Korxonalarda mehnatga haq to’lashni tashkil etishning asosiy elementlari – mehnatni normalash, tarif tizimi, ish haqining shakllari va tizimlaridir.
Mehnatni normalash ;ilmiy asoslangan mehnat xarajatlarini va uning natijalarini vaqt normalari, soni, xizmat ko’rsatishning boshqarilishi, mahsulot ishlab chiqarishning normalangan topshiriqlari normalarini aniqlashdir.
Tarif tizimi -turli normativ materiallar majmuidan iborat bo’lib, ular yordamida korxonadagi xodimlarning ish haqi darajasi ularning malakasiga, mehnat sharoitlariga, korxonalar o’rnashgan jo’g’rofiy joy va boshqa tarmoq xususiyatlariga qarab belgilanadi. Tarif tizimining asosiy elementlariga tarif setkalari, tarif stavkalari, tarif-malaka maъlumotnomalari, lavozim maoshlari, xizmatchilar lavozimlarining tarif maъlumotnomalari, tarif stavkalariga
ustama va qo’shimcha haqlar, ish haqiga doir mintaqaviy malaka koeffitsientlari kiradi.
Tarif setkasi – razryadlar shkalasidan iborat bo’lib, ularning har biriga o’z tarif koeffitsienti berilgan va har qanday razryadning tariff setkasida ishning murakkabligiga qarab birinchi razryadga nisbatan ishning necha marta murakkabligini ko`rsatib turadi.Birinchi razryadning tariff koeffitsiyenti birga tengdir. Razryadlar miqdori va ularga tegishli tariff koeffitsiyentlarining miqdori korxonada tuziladigan jamoa shartnomasida belgilanadi jamoa shartnomasi tarif bitimi asosida ishlab chiqiladi va xodimlar ahvolining shartnoma shartlariga nisbatan yomonlashuvini nazarda tutmasligi lozim.
Tarif stavkasi – ish vaqti birligi hisobiga mehnatga haq to’lashning pul bilan ifodalangan mutlaq miqdoridir. Birinchi razryad tarif setkasi va tarif stavkasi asosida shundan keying har bir razryadnig tariff stavkasi hisoblab chiqiladi.Birinchi razyadning tariff stavkasi korxonaning jamoa shartnomasi bilan belgilanadi va bir tomondan uning moliyaviy imkoniyatlariga ,ikkinchi tomondan, tarmoq tizimida aks ettirilgan mehnatga haq to`lash shartlariga bog`liq bo`ladi. Bunda u belgilangan eng kam ish haqi darajasidan kam bo`lmasligi lozim. Tarif stavkasi ishchilar mehnatiga haq to`lash darajasini belgilash uchun boshlang`ich miqdor hisoblanadi bunda korxonada mehnatga haq to`lashning qanday shakllari va tizimlari qo`llanilishi e`tiborga olinmaydi.
Tanlangan vaqt birligiga qarab tariff stavkalari soatbay , kunbay va oylik maoshlardaniborat bo`lai bunda eng ko`p tarqalgan soatbay tariff stavkalar bo`lib ular asosida turli qoshimcha haqlar hisoblab chiqiladi. Kunlik va oylik stavkalar soatbay stavkalarni ish smenadagi soatlar soniga va oy mobaynidagi ishlangan o`rtacha oylik soatlar soniga ko`paytirish yo`li bilan hisoblab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |