2.1. Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari
Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqansh jarayonida, avvalombor,
xususiylashtirish yo‘li bilan yaxshi iqtisodiy natijalarga erishgan mamlakatlar
tajribasidan to‘laroq foydalanish va ular yo‘l qo‘ygan xatolar takrorlanmasligi
kerakki, bu bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta‘minlashi mumkin.
Huquqiy jihatdan xususiylashtirilgan barcha korxonalarga erkin iqtisodiy
xo‘jalik yuritish huquqi berilishi va davlat sektori bilan teng imkoniyatlarga ega
bo‘lishi kerak. Davlat sektoriga nisbatan bu korxonalarga soliqlarni birmuncha
kamaytirish va ayrimlarini ma‘lum muddatga soliqdan ozod qilish zarur.
Xususiylashtirish orqali korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, ma‘lum
jamoa va shaxslarga sotilgandan keyin faoliyatlarini bozorning shafqatsiz raqobat
qonunlari asosida tashkil etadi. Bozor korxonalarining yashovchanligini va ularni
doimo raqobat kurashida o‘z manfaatlarini himoya qilishga majbur etadi. Mabodo
korxona raqobat kurashiga dosh berolmay sinsa, oldingi davrdagidek davlat
byudjetidan mablag‘ hisobiga uni saqlab qolish hollariga xususiylashtirish orqali
barham beriladi. Xususiylashtirish mulkning bir shaklidan ikkinchi shakliga o‘tishni aks ettirmasligi kerak, balki xususiylashtirish oldiga qo‘yilgan vazifa katta bo‘lib, ya‘ni xususiylashtirish orqali avvalo barcha sohani o‘z qaramog‘ida turli uslublar orqali birlashtirib turgan davlat hukmronligini iqtisoddan ajralish uchun bir qanchatadbirlarni ishlab chiqish kerak bo‘ladi.
Davlat korxonalarini xususiylashtirish bu mulkchilikning rivojlanishiga,
uning yangi bosqichiga o‘tishiga bo‘lgan talabidan kelib chiqadigan bir jarayondir.
Xususiylashtirishning rivojlanishini ta‘minlaydigan muhim omillardan biri – bu
ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlarning tashabbusi, ularning ishlab
chiqarishdagi faolligi hamda ishbilarmonligldir. Davlat mulkini xususiylaslitirish
natijasida hokimiyat va ishlab chiqarish sohalariga yangi ishbilamionlar, aholining
faol qismi jalb etiladi va mulkiy munosabatlarni rivojlantirishdan hamda mulk
shakllarini takomillashtirishdan aholining shu qismi manfaatdorgina bo‘lib
qolmay, balki o‘rta va quyi ijtimoiy qatlamni ham mulkiy munosabatlarni
takomillashtirishdan manfaatdor qiladi. Davlat mulkini xususiylaslitirish siyosati
mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini, mahalliy va milliy sharoitlarni, urfodatlarni hisobga olgan holda olib borilishini ko‘zda tutadi.
Davlatlashtirishdan qaytishning muhim yo‘nalishlari bu ijara munosabatlarini
rivojlantirish va aksionerlik mulkini shakllantirish hisoblanadi. Bu jarayon ma‘lum
tadbirlarga rioya qilingan holda olib borilishi lozim, bu avvalo, ixtiyoriylik asosida, oshkoralik hamda jamoatchilikning umum ishtirokida amalga oshirilib, u mehnat jamoalarining iqtisodiy manfaatiga, davlat manfaatlariga putur yetkazmasligi, shu bilan birga iste‘molchilar manfaatlariga ham zid bo‘lmasligi zarur. Bu holda mahsulot hajmi, sifati va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishni boshqarishni yaxshi tashkil etish, mavjud moddiy texnika, moliyaviy va mehnatmresurslaridan, fan va texnika yutuqlari, yangi texnologiyadan samarali foydalanish,tovar ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobiga bozorda narxlarning pasayishiga erishish yo‘li bilan aholining moddiy farovonligning oshishiga erishish talab etiladi. Mamlakatimizda amalga oshirilgan xususiyiashtirish jarayonining o‘ziga xos jihati – bu uning bosqichma-bosqich olib borilganligidir.
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq mulkchilikning
hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutsion tarzda e‘tirof etildi va davlat
mulki monopolizmini tugatish hamda bu mulkni xususiyiashtirish hisobiga ko‘p
ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo‘yildi. Avvalo, mulkchilikning
turli xil shakllari qaror topishi uchun teng huquqiy normalar va amal qilish
mexanizmlari yaratildi. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati – uni dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat. 1992-1993 yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichini o‘z ichiga olib, bu bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi. Yengil, mahalliy sanoatga, transport va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o‘rta va yirik korxonalar keyinchalik sotib olinish huquqi bilan ko‘proq ijra korxonalariga, jamoa korxonalariga, yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirildi. Aksiyalarning nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |