Tadbirkorlik va boshqaruv” fakulteti " raqamli iqtisodiyot" kafedrasi


O’zbekistonda mulkchilik tizimining faoliyat mexanizmini belgilovchi



Download 70,51 Kb.
bet4/10
Sana26.03.2022
Hajmi70,51 Kb.
#511033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mulkchilik shakllari oʻzgarishining yoʻllari va usullari

1.2. O’zbekistonda mulkchilik tizimining faoliyat mexanizmini belgilovchi
me’yoriy-huquqiy bazasi
Bizga ma‘lumki, jamiyatda istalgan tizimni faoliyat mexanizmini belgilovchi
meyoriy-huquqiy bazasi mavjuddir. Huddi shunday mulkchilik tizimining ham
faoliyat muxanizmini belgilovchi va tartibga solib turuvchi me‘yoriy-huquqiy
bazasi mavjud bo‘lib, ya‘ni 1990 yil 31 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasida
qabul qilingan ―Mulkchilik to‘g‘risida‖gi qonun asosiysi hisoblanadi. O‘zbekiston
Respublikasida mulkchilikka doir munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan
tartibga solib turiladi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Fuqorolik
Kodeksi, Baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonunlarning ham tegishli moddalari
orqali mulkchilik mexanizni barqaror amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida ko‘rsatilishicha:
―Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston
qtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat
iste‘molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik
va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va
huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk
boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat
qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi
mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasida ko‘rsatilishicha:
―Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf
etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi, fuqarolar, yuridik
shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlarini buzmasligi shart.
O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan ―Mulkchilik to‘g‘risidagi Qonunning 1-moddasida ta‘kidlanganidek:
1. O‘zbekiston Respublikasida mulkiy huquq tan olinadi va qonun bilan muhofaza etiladi.
2. Mulkdor o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ixtiyoriga ko‘ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday xatti harakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har
qanday xo‘jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin.
3. Mulkdor o‘ziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va
uni tasarruf qilish huquqini boshqa shaxslarga berishga faqat o‘zi haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollarda, mulkdorning
zimmasiga boshqa shaxslarning uning mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga
yo‘l qo‘yish vazifasi yuklanishi mumkin.
4. Mulkdor O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan
shartlar va doira chegarasida o‘ziga tegishli mulkiy huquqni amalga oshirish
paytida fuqarolarning mehnatidan foydalanish to‘g‘risida ular bilan shartnoma
tuzishga haqlidir. Fuqaroning mehnatidan foydalanishga asos bo‘lgan mulkning qay shaklda ekanligidan qatiy nazar, fuqaro O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar va kafolatlar bilan ta‘minlanadi.
5. Mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar etkazmasligi,
jismoniy, yuridik shaxslarning va davlatning huquqlarini buzmasligi hamda qonun
bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak.12
O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan ―Mulkchilik to‘g‘risida‖gi
qonunning 5-moddasida ko‘rsatilishicha, O‘zbekiston Respublikasida mulk
quyidagi shakllarga bo‘linadi: -fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki;
-jamoa mulki, shu jumladan oilaviy, mahalla, kooperativ mulk, ijaraga
olingan korxona mulki, aksiyadorlar jamiyati, davlat korxonasi jamoasining jamoat
tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki, turli xo‘jalik birlashmalari va
uyushmalari mulki, yuridik shaxs hisoblangan boshqa jamoalar mulki;-davlat mulki; -aralash mulk; -qo‘shma korxonalar, ajnabiy fuqarolar, tashkilotlar va davlat, shuningdek ajnabiy yuridik shaxslar mulki shaklida yuzaga chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasida mulkning hamma shakllari teng huquqlidir.
Shaxsiy mulk - individual o‘zlashtirishni bildiradi, ammo xususiy mulkdan
farqliroq daromad topishga xizmat qilmaydi, balki shaxsiy extiyojni qondirishga
qaratiladi. Xususiy va shaxsiy mulk birgalikda fuqarolar mulki deyiladi.
Jamoa mulki- boylikning muayyan maqsad yo‘lida ayrim jamoalarga
birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o‘zlashtirilishidir.
Jamoa mulkining avfzalligi shuki, bu mulk ishlab chiqaruvchining o‘zini
mulkdor qiladi. Bu yerda mulk egalari va ishlovchilar aynan bir kishilardir, shu
sababli ishlab chiqarish omillari tog‘ridan- to‘g‘ri birikadi.
Davlat mulkining paydo bo‘lishini rivojlanishi quyidagilar hisobidan bo‘ladi:
-mulkni davlat mulkiga aylantirilishi;
-davlat mablag‘i hisobidan korxonalar qurilishi;
-jamiyatda yaratilgan, ammo boshqa mulklarga taalluqli daromadlarning bir
qismining soliq undirishi orqali davlat byudjetiga olinishi.
Aralash mulk muayyan bir ob‘ektning turli mulkdorlar ishtirokida
o‘zlashtirishini bildiradi.
O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik tizimi va undagi munosabatlar, bozor
infratuzilmasi, baholash va rieltorlik faoliyatlari rivojiga ham katta ahamiyat
berilgan. Masalan ―O‘zbekiston Respublikasi 2009-2015-yillar davrida baholash
faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari‖ nomli dastur choralari hamda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24 apreldagi ―Baholovchi
tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar
sifatini va ularning mas‘uliyatini oshirish to‘g‘risida‖gi № 843-sonli Qarori
talablariga mos ravishda ishlab chiqilib amalga oshiriliyotgani fikrimizning yaqqol
isboti desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini
o‘zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o‘zaro bog‘liq va
bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham
huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida ko‘rsatilganidek, hal
qiluvchi ro‘lni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy
jihatdan ro‘yobga chiqarilmasa, ya‘ni ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk
egasiga daromad keltirmasa, bunda u ―huquqiy‖ kategoriya sifatida qoladi.
Mulkchilik xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali
iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqariladi.
Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga
nisbatan faqat bo‘ysunuvchi rol o‘ynamaydi. Bu shunda ko‘rinadiki, ishlab
chiqarish vositalariga ma‘lum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish
jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan
mahsulotdan foydalana olmaydi. Shu sababli mulkchilikning huquqiy normalari
egalik qilish, tasarruf etish, foydalanish huquqi iqtisodiy munosabatlarning
aniqlashtirilgan ko‘rinishi hisoblanadi.
Huquqiy normalar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini
muhofaza qilish zarurati bilan bog‘liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan u
tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g‘oyat
muhim rol o‘ynaydi. Bu rol shunda ko‘rinadiki, tovar xo‘jaligi sharoitida ayrim
ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash
munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish
imkoniyati paydo bo‘ladi.
Shunday qilib, mulkchilikning huquqiy normalari, birinchidan, ishlab
chiqarish vositalari va yaratilgan moddiy ne‘matlarning muayyan shaxslarga
(huquqiy yoki jismoniy) tegishli ekanligini, ikkinchidan, mulk egalarining qonun
bilan qo‘riqlanadigan vakolatlarini va nihoyat, uchinchidan mol-mulkni himoya
qilish usullarini belgilab beradi.
Mulkchilik shakllarining yana bir ahamiyatlisi bu-qo‘shma mulkdir. Qo‘shma
mulk tufayli jalb etiladigan chet el kapitali yangi texnologiyani olib kirmokda.
Chetki kapital asosidagi qo‘shma korxonalarning ahamiyati investitsiyani
kuchaytirish, milliy iqtisodiyotni bozor munosabatlari asosida shakllantirishda
ortib boradi. Katta mablaglar zaruriyati sharoitida qo‘shma mulk orqali chet el
kapitalini jalb etish zaruriyatidir.
Korxona mulkini uning mustaqil balansida aks etadigan asosiy fondlari va
oborot mablag‘lari qiymati va boshqa boyliklar tashkil etadi. Korxona to‘g‘risidagi
qonuniy hujjatlarga ko‘ra quyidagilar korxona mol-mulkini tashkil etuvchi
manba‘lardir:
- ta‘sis etuvchilarning pul va moddiy badallari;
- mahsulot, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilishdan, shuningdek xo‘jalik
-faoliyatining boshqa turlaridan olingan daromadlar;
- qimmatli qog‘ozlardan olinadigan daromadlar;
- bank va boshqa qarz beruvchilarning kreditlari;
- kapital mablag‘ va byudjetdan dotatsiyalar;
- tashkilotlar, korxonalar va fuqarolarning tekinga va xayriya maqsadlarida
bergan badallari shuningdek meros to‘g‘risida, ayirboshlash va sovg‘a qilish yo‘li
bilan oladigan daromadlari;
- O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan o‘zga
manba‘lar.
Mamlakatda mulkdorlik huquqini, xususiy tadbirkorlar manfaatlarini
kafolatlovchi qonunlar, huquqiy me‘yorlar, davlat va norasmiy tashkilotlar hamda
muassasalar tizimlari vujudga keltirilganligi va ularning samarali faoliyat
kursatayotganligi natijasida, 1997 yili nodavlat sektorining ulushi sanoatda 51
foizga, qishloq xo‘jaligida 98 foizga yetdi, ishlovchsilarning 70 foizi
xususiylashtirilgan iqtisodiyot hissasiga to‘g‘ri keldi. Ishlab chiqarish, savdotijorat, vositachilik, hunarmandchilik, moliya-bank, turizmda, erkin ijodiy
faoliyatda mashg‘ul xususiy soxibkorlar va tadbirkorlar mustakil O‘zbekistonda
shakllanayotgan mulkdorlar sinfining ildam o‘sayotgan ichki sinfiy qadamlaridir.
Mulkdorlar sinfi tushunchasi eng keng tushunchalardan biridir. Bozor
iqtisodiyoti va bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonida bu sinfning ichidan
tabaqalanib, farqlanib, tafovutlanib borishi muqarrardir. Hozirgi vazifa mulkdorlar
sinfining shakllanishiga keng yo‘l ochib berishdir. Bu vazifani zajarishO‘zbekistonni ilg‘or davlatlar qatoriga olib chiqishda hal kiluvchi omildir.
Mulkdor boshqalarning emas, balki o‘zining istagi, roziligi, moyilligi,
xohishiga ko‘ra o‘z mol-mulkiga egalik kiladi. Mulkiy huquqning asosiy yuridik
mazmuni unga egalik qilishdan, foydalanishdan, uni tasarruf qilish bilan bog‘liq
huquqiy vakolatlardan iborat. O‘z huquqiy vakolati doirasida mulkdor boshqa
mulkdor shaxslarning talabi yoki topshirig‘iga binoan emas, balki o‘zining
xohishiga ko‘ra o‘z mulkiga egalik qiladi, xohlasa o‘zining mazkur huquqiy
vakolatini boshqarishga o‘tkazishi mumkin. Mulkdor o‘z xohishi bilan mulkidan
foydalanadi, shuningdek, undan o‘ziga zarur bo‘lgan foydali daromadlarni undirish
uchun ishlatadi.Mulkdor o‘z mulkiga tegishli huquqiy vakolatlarini boshqalarga berishimumkin. Masalan, mulk egasi sifatida o‘ziga tegishli bo‘lgan barcha huquqiyvakolatlarni davlat korxonalariga, muassasalariga, jamoat tashkilotlariga yoki ayrim jismoniy shaxslarga o‘tkazishi mumkin. Fuqarolar mehnatidan foydalanish uchun qonunda barcha mulk egalariga, jumladan fuqarolarga ham, teng huquq berilgan. Bu qonunda barcha mulk egalariga, jumladan fuqarolarga ham, teng huquq berilgan. Bu qonunda ko‘zda tutilgan jiddiy va eng muxim yangiliklardan biridir.Bozor munosabatlariga o‘tish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida, fuqarolar o‘ziga tegishli mulkni ko‘paytirish uchun boshqa fuqarolarni yollanma mehnatga jalb qilishi mumkin. Fuqaro o‘z mulkiy huquqini amalga oshirish uchun tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, mulkni ijaraga berishi mumkin. Fuqarolarda o‘tmish tuzum so‘ndirgan mulkiy mustakillik hissini uyg‘otish, tiklash, kengaytirish va mustahkamlash davlatimizning eng dolzarb vazifalaridan biridir.Respublika bozor iqtisodiyotini birinchi bosqichida mulkni xususiylashtirish natijasida turli mulkchilikka asoslangan ko‘p ukladli iqtisodiyot yaratildiki, shu asosda iqtisodiyotni ichki tuzilishi o‘zgarib, raqobatchilik muhiti zaminida xo‘jalik yuritish usuli barpo etildi. Mamlakat iqtisodiyoti davlat mulki bilan bir qatorda jamoa, xususiy, aksionerlik, hamkorlikdagi va boshqa turdagi korxonalar tashkil topdi. Davlat o‘z navbatida turli mulkchilik korxonalari uchun teng iqtisodiy sharoit yaratish orqali ishlab chiqarishni jonlantirishga erishildi.
Turli mulkchilik iqtisodiyoti mulk egalarini uquvli, ishbilarmon, tadbirkor
bo‘lishlarini talab qilish bilan kifoyalanib qolmay, balki iste‘molchilar va bozor
talabini o‘rganib, yangi texnika va texnologiya asosida arzon, sifatli tovarlar ishlab
chiqarib, bozorni turli mahsulotlar bilan to‘ldirishni talab etadi. Prezidentimiz
I.Karimov ta‘kidlaganidek: ―Mulkchilik shakllari turiga bo‘lgan korxonalar
o‘rtasidagi rakobatchilik kurashi ularni ishlab chiqarishni boshqarishning ichki
tashkiliy tizimlarini takomillashtirishga, texnika bilan qayta qurollantirishga , fan
va texnika soxasidagi yangi yutuqlarni qo‘llashga moslashishga, kam sarf-xarajat
qilgan holda yanada yuqori sifatli va eng arzon narxda maxsulot ishlab chiqarishga
undaydi‖.Jahondagi sanoati rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy yuksalishini muhim omillaridan biri turli mulkchilik iqtisodiy xo‘jalik tizimini barpo etilgan bo‘lsa, uning rivojlanishiga ta‘sir etuvchi omili turli mulk shaklidagi korxonalar
o‘rtasidagi raqobat kurashi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 1-moddasiga ko‘ra:
Fuqarolik qonun hujjatlari ular tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar
ishtirokchilarining tengligini e‘tirof etishga, mulkning daxlsizligiga,
shartnomaning erkinligiga, xususiy ishlarga biron-bir kishining o‘zboshimchalik
bilan aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligiga, fuqarolik huquqlari to‘sqinliksiz amalga
oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini, ularning sud orqali himoya qilinishini
ta‘minlash zarurligiga asoslanadi.
Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar o‘z fuqarolik huquqlariga
o‘z erklariga muvofiq ega bo‘ladilar va bu huquqlarini o‘z manfaatlarini ko‘zlab
amalga oshiradilar. Ular shartnoma asosida o‘z huquq va burchlarini belgilashda va
qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan har qanday shartnoma shartlarini aniqlashda
erkindirlar. Tovarlar, xizmatlar va moliyaviy mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining butun hududida erkin harakatda bo‘ladi. Xavfsizlikni ta‘minlash, insonlarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilishtabiatni va madaniy boyliklarni muhofaza qilish uchun zarur bo‘lsa, tovarlar va xizmatlar harakatda bo‘lishini cheklash qonun hujjatlariga muvofiq joriy etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 2-moddasiga ko‘ra:
Fuqarolik qonun hujjatlari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy
holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat
natijalariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga
oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o‘zga majburiyatlarni,
shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy
munosabatlarni tartibga soladi.
Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga
solinadigan munosabatlarning ishtirokchilari bo‘ladilar.
Agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, fuqarolik qonun
hujjatlarida belgilab qo‘yilgan qoidalar chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslar hamda chet ellik yuridik shaxslar ishtirokidagi munosabatlarga
qo‘llaniladi.
Shaxsiy nomulkiy munosabatlar va mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq
bo‘lmagan shaxsiy munosabatlar, agar qonunlarda boshqacha tartib nazarda
tutilgan bo‘lmasa yoki bu munosabatlarning mohiyatidan o‘zgacha hol
anglashilmasa, fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan belgilarga javob beradigan
oilaviy munosabatlarga, mehnat munosabatlariga va tabiiy resurslardan
foydalanish hamda atrof muhitni muhofaza qilish munosabatlariga nisbatan
fuqarolik qonun hujjatlari bu munosabatlar maxsus qonunlar bilan tartibga
solinmaydigan hollarda qo‘llaniladi.
Bir tarafning ikkinchi tarafga ma‘muriy bo‘ysunishiga asoslangan mulkiy
munosabatlarga, shu jumladan soliq, moliyaviy va boshqa ma‘muriy
munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlari qo‘llanilmaydi, qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Download 70,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish