Tadbirkorlik


 3. JAMOA TADBIRKORLIGINING KO‘RINISHLARI VA



Download 9,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/236
Sana09.07.2022
Hajmi9,01 Mb.
#759596
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   236
Bog'liq
Hamroyev H. Tadbirkorlik asoslari

9. 3. JAMOA TADBIRKORLIGINING KO‘RINISHLARI VA
ULARNING XUSUSIYATLARI
Jamoa tadbirkorligi jam oa a’zolarining mehnati hamda jam oa 
a ’zolari va boshqa ishtirokchilar mulkiga asoslangan bo‘lib, yuridik 
shaxs shaklida tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Jamoa tadbirkorligi 
bir qator ko‘rinishlarga, xususiy shakllarga ega: ishlab chiqarish koo­
perativi, xo‘jalik shirkati, xo‘jalik jamiyati, unitar korxona, notijorat 
tashkilotlari va boshqalar.
Ishlab chiqarish kooperativi - bu fuqarolaming shaxsiy ishtiroki 
va mulkiy pay badallarini birlashtirib, birgalikda ishlab chiqarish yoki 
boshqa xo‘jalik faoliyati yuritish uchun a’zolik asosida tuziladigan ix­
tiyoriy birlashmadir. Uning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
- kooperativ a’zolari soni 5 kishidan kam bo‘lmaydi;
- kooperativga yuridik shaxslar ham a’zo bo‘lishlari mumkin;
- a’zolaming huquqlari ular qo‘shgan pay miqdori bilan bog‘liq 
emas;
- pay miqdoridan qat’i nazar, kooperativning har bir a’zosi umumiy 
majlisda bir ovozga ega;
- foyda hamda kooperativ tugatilganda qolgan mol-mulk va mablag‘ 
a’zolarining mehnatdagi ishtirokiga muvofiq taqsimlanadi;
- kooperativdan chiqadigan a’zo mulkdagi ulushini emas, balki 
faqat pay badalini oladi;
- a’zolar kooperativ majburiyatlari bo‘yicha subsidiar (qo‘shimcha) 
javobgar hisoblanadilar;
- kooperativ yuridik shaxs bo‘lib, ta’sis hujjati ustavdir.
155


Kooperativning mulki dastlab a ’zolarining pay badallaridan tashkil 
topadi. Kooperativni boshqarish organlari: oliy organi - uning a ’zolari 
umumiy majlisi; kuzatuv kengashi (uni tuzish shart emas); ijro organ­
lari boshqaruv va (yoki) raisdan iborat. Kooperativning boshqaruv or- 
ganlarini tuzishda nomzodlar faqat uning a’zolaridan tanlanishi shart.
X o‘jalik shirkati - umumiy nom ostida birgalikda tadbirkorlik faoli­
yatini olib borish uchun bir necha shaxsning shartnoma asosida bir- 
lashuvidir. Xo‘jalik shirkati quyidagi bir qator xususiyatlarga ega:
- xo‘jalik shirkatida, asosan, shaxsiy harakatlar birlashtiriladi;
- to ‘liq sheriklar asosiy faoliyat yurituvchi shaxslar bo‘lib, shirkat 
majburiyatlari bo‘yicha o ‘z mulklari bilan cheklanmagan miqdorda ja- 
vobgar hisoblanadilar;
- har bir shaxs faqat birta shirkatga to'liq sherik bo‘lishi mumkin;
- shirkatga fuqarolar ham, yakka tadbirkorlar ham, yuridik shaxslar 
ham sheriklik asosida kirishlari mumkin.
X o‘jalik shirkatining ikki ko‘rinishi mavjud: to‘liq shirkat va kom­
mandit shirkati. Ishtirokchilari o ‘rtasida o ‘zaro tuzilgan shartnomaga 
muvofiq shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan 
hamda uning majburiyatlari bo'yicha o ‘zlariga tegishli barcha mol- 
mulk bilan javob beradigan shirkat to ‘liq shirkat hisoblanadi. Bunday 
shirkat ishtirokchilari to ‘liq sheriklar deb ataladi. To‘liq sheriklar bi­
lan bir qatorda shirkat majburiyatlari bo‘yicha faqat o ‘zlari qo‘shgan 
hissa doirasida javobgar bo‘ladigan hamda shirkat faoliyatida qatnash- 
maydigan bir yoki bir necha ishtirokchisi ham bo‘lgan shirkat kom­
mandit shirkati hisoblanadi. Shirkatning to ‘liq bo‘lmagan ishtirokchi- 
iari hissa qo‘shuvchilar, omonatchilar, kommanditchilar deb ataladi. 
Agar kommandit shirkatining firma nomiga hissa qo‘shuvchining nomi 
kiritilgan bo‘lsa, bunday hissa qo‘shuvchi to'liq sherikka aylanadi.
X o‘jalik jamiyati - bu tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun bir 
yoki bir necha shaxsning mulkini birlashtirish yo‘li bilan tashkil qilina­
digan tashkilotdir. U quyidagi xususiyatlarga ega:
- xo‘jalik jamiyatida shaxsiy harakatlar emas, balki mol-mulk bir­
lashtiriladi;
- ishtirokchilar jamiyat majburiyatlari bo'yicha javob bermaydilar 
(qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatdan tashqari);
- tadbirkorlik tavakkali ustav sarmoyasiga qo‘shgan badal bilan 
cheklanadi (qo‘shimcha m as’uliyatli jamiyatdan tashqari);
156


- ustav sarmoyasi hissa qo‘shgan va boshqa kreditorlar uchun kafo- 
lat hisoblanadi;
- ustav sarmoyasini kamaytirish uchun barcha kreditorlami xabar­
dor qilish kerak.
X o‘jalik jamiyatining uch ko‘rinishi mavjud: m as’uliyati cheklan­
gan jamiyat, qo‘shimcha m as’uliyatli jamiyat, aksiyadorlik jamiyati. 
Mas’uliyati cheklangan jam iyat - bu bir yoki bir necha shaxs tomoni­
dan ta’sis etilgan, ustav sarmoyasi ta’sis hujjatlarida belgilangan miq­
dordagi ulushlarga bo‘lingan va umumiy zarar uchun ishtirokchilar 
javobgarligi o ‘zlari qo‘shgan hissa doirasida cheklangan jamiyatdir. 
Qo‘shimcha m as’uliyatli jamiyat - bu bir yoki bir necha shaxs to­
monidan ta’sis etilgan, ustav sarmoyasi ta’sis hujjatlarida belgilangan 
miqdordagi ulushlarga bo‘lingan va umumiy zarar uchun ishtirokchi­
lari o ‘zlari qo‘shgan hissaga nisbatan karrali miqdorda solidar tarzda 
subsidiar javobgar bo4ladigan jamiyatdir. Ishtirokchilardan biri nochor 
(bankrot) bo‘lib qolganida uning jamiyat majburiyatlari bo‘yicha ja ­
vobgarligi boshqa ishtirokchilari o ‘rtasida ularning qo‘shgan hissala- 
riga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Xo^alik jamiyatining yana bir ko'rinishi aksiyadorlik jamiyati bo‘lib 
hisoblanadi. Ustav sarmoyasi muayyan aksiyalar soniga bo‘lingan jam i­
yat aksiyadorlik jamiyatidir. Aksiyadorlik jamiyatining ishtirokchilari 
(aksiyadorlari) uning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar va 
jamiyat faoliyati bilan bogHiq zarar uchun o ‘zlariga qarashli aksiyalar 
qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar. Aksiyadorlik jamiyatlarining ikki 
turi - ochiq va yopiq ko‘rinishlari mavjud. Ochiq turdagi aksiyadorlik 
jamiyatida uning ishtirokchilari o‘zlariga qarashli aksiyalami boshqa 
aksiyadorlarning roziligisiz o ‘zga shaxslarga berishlari yoki sotish- 
lari mumkin. Bunday aksiyadorlik jamiyati o ‘zi chiqargan aksiyalarga 
qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan shartlar asosida ochiq obuna 
o‘tkazadi va ularni ochiq, erkin sotadi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati har 
yili yillik hisobot, buxgalteriya balansi, foyda va zararlar hisobvarag‘ ini 
barcha qiziquvchilar tanishib chiqishlari uchun ommaviy axborot vosi­
talari da e ’lon qilishi shart.
Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati - aksiyalari faqat o'zining 
ta’sischilari orasida yoki oldindan belgilab qo‘yiladigan boshqa shaxs­
lar doirasida taqsimlanadigan jamiyatdir. Bunday jamiyat o‘zi chiqa- 
radigan aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazishi yoki ochiq, erkin sotishi
157


mumkin emas. Bu jamiyat uchun aksiyadorlar sonining eng quyi va 
eng yuqori chegarasi qonunlarda belgilab qo‘yilgan. Aksiyadorlar soni 
belgilangan miqdordan oshib ketganda, u ochiq turdagi aksiyadorlik 
jamiyatiga aylantirilishi, undan pasayganda esa sud tartibida tugatilishi 
lozim.
Jamoa tadbirkorligining tashkiliy ko‘rinishlaridan biri unitar kor- 
xonadir. 0 ‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor 
tomonidan mulk huquqi berilmagan korxona unitar korxona hisobla­
nadi. Unitar korxona o‘z mol-mulki egasining, mol-mulki egasi esa 
korxonaning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. Lekin korxona 
o 'z majburiyatlari bo‘yicha o ‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan ja ­
vob beradi. Unitar korxonani boshqarish organi uning rahbari bo‘lib, 
u mulkdor yoki mulkdor vakil qilgan organ tomonidan tayinlanadi va 
ularga hisob berib turadi. Unitar korxonaga mol-mulk ikki maqsad- 
da - xo‘jalik yurtish uchun yoki operativ boshqarish uchun biriktirilishi 
mumkin. Shunga muvofiq unitar korxona ikki xil bo‘ladi: xo jalik yuri­
tish huquqiga asoslangan va operativ boshqarish huquqiga f soslangan 
unitar korxona. X o‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona
mulkdor, yoki u vakil qilgan organning qarori bilan tuzi'.adi, uning 
ta’sis hujjati ustav hisoblanadi. U sho‘ba korxona tashkil etishi mum­
kin. Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan unitar korxona, asosan, 
davlat tomonidan tashkil etiladi va davlat korxonasi hisoblanadi. Uning 
ham ta’sis hujjati ustavdir. Davlat korxonasining mol-mulki yetarli 
bo‘lmaganida davlat uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgar 
bo‘ladi.
Notijorat tashkilotlarining ayrimlari ham u yoki bu darajada jam oa 
tadbirkorligini amalga oshiradilar. Ularga matlubot kooperativi, ja- 
moat birlashmalari, ijtimoiy fondlar (jamg‘armalar), muassasalar kiradi 
(9.1-chizmaga qarang).
Matlubot kooperativi - bu ishtirokchilaming moddiy (mulkiy) 
ehtiyojlarini qondirish maqsadida fuqarolaming a’zolikka asoslangan 
ixtiyoriy birlashmasidir. U o‘z a’zolarining mulkiy (pay) badallarini 
birlashtirish yo‘li bilan tuziladi. Matlubot kooperativining a’zolari 
ko‘rilgan zarami yillik balans tasdiqlanganidan keyin uch oy mobay- 
nida qo‘shimcha badallar to ‘lash yo‘li bilan qoplashlari kerak. A’zolari 
uning majburiyatlari bo‘yicha har bir a’zo to‘laydigan qo‘shimcha 
badalning to‘lanmagan qismi doirasida subisidiar javobgar bo‘ladilar.
158


Matlubot kooperativi tijorat faoliyati bilan shug‘ullanadi. Lekin undan 
olingan foyda a’zolari o‘rtasida taqsimlanmay, uning faoliyatini rivoj­
lantirish uchun ishlatiladi.
Jamoat birlashmalari - m a’naviy yoki o‘zga nomoddiy ehtyojla- 
rini qanoatlantirish uchun o ‘z manfaatlarining mushtarakligi asosida 
tuziladigan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalaridir. Ularning a’zolari 
o‘zlari bergan mol-mulkka bo‘lgan huquqlarini saqlab qolmaydi- 
lar. Jamoat birlashmalarining majburiyatlari bo‘yicha uning a’zolari, 
a‘zolarining majburiyatlari bo‘yicha birlashmalar javob bermaydilar. 
Jamoat birlashmalari o‘z ustavlarida nazarda tutilgan ishlab chiqarish 
yoki o'zga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari mumkin. Ularga 
diniy tashkilotlar (birlashmalar), xayriya tashkilotlari, siyosiy partiya- 
lar va boshqa jam oat harakatlari kiradi.

Download 9,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish