9. 4. QO‘SHMA TADBIRKORLIK VAQO‘SHMA KORXONA
Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri qo‘shma tad
birkorlik bo‘lib, qo‘shma korxona ko‘rinishida tashkil etiladi. Qo‘shma
tadbirkorlik - bu umumiy strategik maqsadlarga erishish uchun bir ne
cha tashkilotlar mulki va ishchanligini birlashtirishdir. Uni ro ‘yobga
chiqarish uchun ishtirokchilar o ‘z kuch-g‘ayratlari
va mulklarini bir-
lashtirib, qo‘shma korxona tuzadilar, olinadigan daromad va ehtimol
qilinadigan tavakkalni o‘zaro taqsimlab oladilar. 0 ‘zbekistonda boshqa
mamlakatlardagi firma, kompaniyalar investitsiyalari ishtirokida tuzil
gan qo‘shma korxonalar rivojlanib bormoqda. Qo‘shma korxonalar va
qo‘shma ishlab chiqarishlar tashkil etish xalqaro integratsiyada muhim
ahamiyat kasb etib bormoqda. Ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga o‘tish
davrida bo‘lgan mamlakatlaming o‘z mahsulotlari bilan jahon bozori-
ga chiqishlari uchun kuch-g‘ayratni birlashtirish yangi imkoniyatlar
yaratadi. 0 ‘zbekiston ham xalqaro mehnat taqsimoti afzalliklaridan foy-
dalanishga intilib, mamlakatda chet el tadbirkorlari uchun qulay inves
titsion muhit yaratgan. Qo‘shma tadbirkorlik
iqtisodiyotni tuzilmaviy
qayta qurish, texnika va texnologiyani yangilash jarayonini tezlashti
rish, sanoatni, xususan, qayta ishlash sanoatini rivojlantirishga katta
yordam beradi. Qo‘shma tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan
mamlakatlar uchun hamkorlikning yangi shakli bo‘lib, ikki yoki bir
necha mamlakatlaming mahsulot
ishlab chiqarish va sotish, ilmiy-
texnika, investitsiya va boshqa sohalarda bilimlari, kuch-g‘ayratlari,
mablag‘larini birlashtirib, yangi pog‘onalarga ko‘tarishga olib keladi.
Qo‘shma tadbirkorlikni ro‘yobga chiqarish shakli qo'shm a korxona
hisoblanadi. Qo‘shma korxona - bu bir necha davlat vakillari hisob-
langan ishtirokchilarning
mulklarini birlashtirish, xo‘jalik faoliyatini
birgalikda boshqarish va olingan foydani taqsimlash kelishuvlariga
asoslangan qo‘shma xo‘jalik tashkilotidir. Qo‘shma korxonalar tuzish-
dan maqsad mamlakatga ilg‘or texnika, texnologiya,
mahsulot sotish
va ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish progressiv usullari,
xorijiy sarmoyani jalb qilishdir. Imtiyozli xorijiy kreditlami olish, ichki
bozorni to‘ldirish va eksportni kengaytirish, import o‘mini bosadigan
mahsulot ishlab chiqarishni oshirish va buning evaziga valuta zaxirala-
rini ko‘paytirish hisoblanadi. Qo‘shma
korxona turli mulkdorlarning
161
qo‘shma mulk shakliga asoslangan bo‘ladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligiga muvofiq qo‘shma korxona ta'sischilari O ‘zbekiston va
boshqa davlat fuqarolari va yuridik shaxslari bo‘lishi mumkin.
Qo‘shma tadbirkorlik shaklidagi xalqaro hamkorlikning asosiy xu
susiyatlari quyidagilar:
- tomonlaming xomashyo xarid qilish va uni qayta ishlash, tayyor
mahsulot ishlab chiqarish, texnologik xizmat ko‘rsatish, ilmiy tadqiqot-
lar va ishlanmalar, mahsulot ishlab chiqarish va sotishni moliyalash va
boshqa sohalardagi uzoq muddatli hamkorligiga m o‘ljallanganligi;
- umumiy maqsadga erishish uchun hamkorlaming binolar, inshoot-
lar, mashinalar, uskunalar, pul mablag‘lari va boshqa shakldagi mulkla-
rining birlashtirilishi;
- hamkorlar tomonidan kiritiladigan sarmoya asosida korxona ustav
jam g‘armasi va boshqaruv organlarini birgalikda moliyalash;
- korxona foydasini uning ta’sischilari o‘rtasida,
qoida tariqasida,
ularning ustav jam g‘armasiga qo‘shgan hissasiga muvofiq taqsimlash;
- ehtimol qilingan zarami hamkorlar o ‘rtasida ularning xo‘jalik
faoliyatini amalga oshirishdagi ishtirokiga muvofiq taqsimlashda ifo-
dalangan birgalikdagi tavakkal va birgalikdagi cheklangan m as’uliyat.
Demak, qo‘shma tadbirkorlikning asosiy belgilari qo‘shma mulk,
birgalikdagi boshqaruv, foyda va tavakkalni taqsimlash hisoblanadi.
Qo‘shma tadbirkorlik tashqi bozorga chiqishga yondashuv sifatida bir
qator afzalliklar yaratadi va yuqori talablar qo‘yadi:
- ishlab chiqarishni modemizatsiya qilish
va rivojlantrishga ham-
korlarning yuqori manfaatdorligini shakllantirish;
- mahsulot ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy samaradorligi
uchun hamkorlar mas’uliyatini oshirish;
-tovarlar ishlab chiqarish, ularni sotishga tayyorlash, sotish va un
dan so‘nggi xizmatlarni ko‘rsatishda kuch-g‘ayratlarni
birlashtirishga
hamkorlaming intilishlari.
Qo‘shma korxonada turli mulk shakllarini birlashtirish natijasida
o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan mulkning yartgi shakli-qo‘shma
(aralash) rtiiilk va yarigicha ishlab chiqarish munosabatlari shakllanadi.
Bu jarayonda qo‘shma korxona tashkil etgan “ona” korxonalardagi
mulkchilik shakli va xarakteri, qo‘shma korxona joy lashgan mamlakat-
dagi ijtimoiy - siyosiy tuzum va u uerda hukmron bo‘lgan ishlab chiqa
rish munosabatlari asosiy rol o ‘ynaydi.
162
Q o‘shma korxona mustaqil xo‘jalik yurituvchi yuridik shaxs bo‘lib,
boshqaruv, direktorlik va taftish komissiyasi kabi boshqarish organ
lariga ega bo‘ladi. U turli tashkiliy-huquqiy shaklda bo‘lishi mumkin
(mas’uliyati
cheklangan jamiyat, qo‘shimcha m as’uliyatli jamiyat, ak-
siyadorlar jamiyati va boshqalar). Shunday qilib, qo‘shma korxonalar
turli-tuman bo'lib, quyidagicha tasniflanadi. (9. 2- chizma).
X
Do'stlaringiz bilan baham: