Tadbirkorlik



Download 9,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/236
Sana09.07.2022
Hajmi9,01 Mb.
#759596
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   236
Bog'liq
Hamroyev H. Tadbirkorlik asoslari

4. 
E k sp leren tla r 
- ishlab chiqarish sohasida yangiliklar va ularni 
amaliyotga joriy etish yoki boshqalarga sotishga m oijallangan ixtiro- 
chi, kashshof korxonalardir. Ular ishlab chiqarishning yangi sohalari, 
turlari, texnologiyalari bilan bog‘liq muammolami hal qilish uchun bu­
tun kuch-g‘ayratlarini mujassamlashtiradilar va ularni hal etish bilan 
shug‘ullanadilar.
Bozor iqtisodiyoti mexanizmlari muvozanatlashgan va amal qilayot- 
gan, raqobat muhiti rivojlangan, tadbirkorlik uchun barcha imkoniyat- 
lar mavjud bo‘lgan sharoitda korxonalarning har bir turi (tipi) o ‘ziga 
xos vazifalarni bajarib, o 'z o ‘rnini topadi, raqobat esa shaxsiy, jamoa, 
ijtimoiy ehtiyojlami samarali qondirishga xizmat qiladi.
Barcha rivojlangan mamlakatlarda raqobatga ustuvorlik berili- 
shi bilan bir qatorda, monopoliyalaming saqlanib qolishi kuzatiladi. 
Nafaqat tabiiy monopoliyalar, balki ijtimoiy muhim, lekin ziyon ko‘rib 
ishlaydigan tarmoqlar, korxonalar davlat monopoliyasi hisoblanadi va 
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Shuning uchun bozor iqtisodi­
yoti sharoitida ham monopoliyani inkor etish emas, balki iste’molchilar 
manfaatlari nuqtayi nazaridan tadbirkorlik va davlat boshqamvini bo­
zor qonunlariga muvofiq ravishda birgalikda tashkil etish, raqobatni 
rivojlantirish, monopoliyaga qarshi kurashning noan’anaviy usullari- 
dan foydalanish 
o 'z
dolzarbligini saqlab qoladi. Buning uchun davlat 
tomonidan monopoliyaga qarshi siyosat, qonunlar, dasturlar ishlab 
chiqiladi va amalga oshiriladi.
M a’lumki, katta moddiy-moliyaviy resurslarga ega b o ig an kor­
xonalar o 'z raqiblariga, o ‘zlari bilan shartnoma tuzadigan hamkorlarga 
o‘z iqtisodiy qudrati hisobiga osongina ta ’sir etish imkoniyatiga ega. 
Shu boisdan ham bunday korxonalar faoliyati davlat nazorati ostida 
b o iad i. Lekin monopolist b o iis h uchun katta b o iis h shart emas. Jahon 
tajribasidan m a’lumki monopolistik faoliyatini tartibga solishda asosiy
227


mezon korxonaning katta-kichikligi emas, balki uning bozordagi hissasi 
bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, har bir mamlakatda o‘zining tabi­
iy monopolyalari mavjud. Bozor mexanizmini qo'llash qiyin bo‘lgan 
tabiiy monopoliyalarda davlat yo‘li bilan tartibga solish davlat boshqa­
ruv organlari tomonidan narxlar va tariflar darajasini, taklif etiladigan 
mahsulot hajmi va turlari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarni belgilash va 
ularni nazorat qilish orqali amalga oshiriladi. Bir qator mamlakatlarda 
monopol mavqeyini suiiste’mol qilgan monopoliyalami bir necha kor­
xona shaklida bo‘lib tashlash amaliyoti ham qo‘llaniladi.
Korxonalarning monopollashish darajasi turli mamlakatlarda turli- 
cha baholanadi. Yevropa mamlakatlarining ko‘pchiligida korxona 
muayyan bozoming uchdan bir (1/3) qismini egallasa, u monopoliya 
hisoblanadi. AQShda korxonaning bozor ulushi 15 foizdan oshganda 
ayrim cheklovlar qo‘llaniladi: ikki korxonadan birortasining bozor 
ulushi 10 foiz va undan yuqori bo‘lsa, ularning qo‘shilishi taqiqlanadi.
0 ‘zbekistonda monopoliyaga qarshi qonunchilikka muvofiq kor­
xonalar monopol korxona sifatida maxsus davlat reyestriga kiritiladi
qachonki korxona ishlab chiqarayotgan mahsulot respublika yoki ma­
halliy bozorda aniq bir tovar guruhida o‘rindosh yoki bir texnologik 
maqsadga m o‘ljallangan mahsulotning:
- oziq-ovqat tovarlari bo‘yicha 20 foizi va undan ko‘pini;
- boshqa tovarlar bo‘yicha 35 foizi va undan ko‘pini tashkil etsa.
Raqobatni rivojlantirish uchun monopoliyaga qarshi qonunlar qu-
yidagilarni taqiqlaydi:
- bozordagi ustunlik mavqeyini suiiste’mol qilish;
- xo‘jalik yurituvchi subyektlar o ‘rtasida qonunga xilof bitimlar tu­
zish (kelishilgan harakatlar qilish);
- raqobatni cheklaydigan tashkiliy qayta qurishlar;
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning man- 
sabdor shaxslarining raqobatni cheklashga olib keladigan qarorlari va 
xatti-harakatlari;
- g ‘irrom raqobat.
O ‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan quyidagi harakat­
lar g ‘irrom raqobat hisoblanadi va ular taqiqlanadi:
- xo‘jalik yurituvchi boshqa subyektlarning mol-mulki va tadbir­
korlik nufuziga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan yolg‘on, noaniq yoki 
buzib ko‘rsatilgan m a’lumotlar tarqatish;
228


- xo‘jalik yurituvchi subyektning tovar belgisi, tovarining firma 
nomi yoki markasidan o‘zboshimchalik bilan foydalanish;
- boshqa ishlab chiqaruvchilar tovarlarining shakli, idishi, tashqi 
bezagini aynan ko‘chirib olish;
- ilmiy-texnikaviy, ishlab chiarish, iqtisodiy, savdo va boshqa soha- 
ga oid maxfiy axborotni egasining roziligisiz olish, undan foydalanish 
va uni oshkor qilish;
- tovarlaming xususiyatlari, iste'mol xossalari, sifati va ularning 
tayyorlash usuli xususida iste’molchilarni chalg‘itish;
- x o‘jalik yurituvchi boshqa subyektlarning bozorga kirishiga xa- 
laqit beradigan harakatlar qilish va boshqalar.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining raqobatni cheklash- 
ga qaratilgan quyidagi harakatlari ham taqiqlanadi:
- x o ‘jalik yurituvchi subyektlarning muayyan faoliyat turlarini amal­
ga oshirish, ayrim tovar turlarini ishlab chiqarishni taqiqlab qo‘yish;
- xo'jalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini cheklash yoki 
ularni bozordan chetlashtirish;
- xo‘jalik yurituvchi ayrim subyektlarga ularga raqiblarga nisbatan 
ustunlik beradigan soliqlar bo‘yicha yoki boshqa imtiyozlar berish;
- shartnomalar tuzishda tomonlardan biriga ustunlik berish yoki 
muayyan xaridorlar (buyurtmachilar)ga tovarlarni birinchi navbatda 
yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) to ‘g ‘risida 
ko‘rsatma berish;
- tadbirkorlik faoliyatining muayyan sohasida xo‘jalik yurituvchi 
yangi subyektlar tashkil etishga asossiz to‘sqinlik qilish;
- xo‘jalik yurituvchi subyektlar mustaqilligini cheklovchi qonunga 
xilof boshqa harakatlar qilish.
Shuningdek, qonunchilikda quyidagi raqobatni cheklashga qaratil­
gan bitimlar yoki kelishib olingan harakatlar ham taqiqlanadi va ular 
haqiqiy emas deb hisoblanadi:
- kimoshdi savdosi, birjalar, yarmarkalar va boshqa savdolarda 
narxlami oshirish, ushlab turish yoki pasaytirish;
- bozorlami tovar turlari, sotish hajmi, sotuvchilar, xaridorlar, 
buyurtmachilar, hududiy va boshqa belgilar bo‘yicha o ‘zaro kelishib, 
taqsimlab olish;
- muayyan sotuvchilar, xaridorlar, buyurtmachilar bilan shartnoma­
lar tuzishdan bosh tortish maqsadida til biriktirish;
229


- o ‘zaro raqobat qilmaydigan korxonalar ishlab chiqaruvchi, mahsu­
lotni yetkazib beruvchi, iste’molchi, buyurtmachilar o‘rtasida tuzilgan, 
lekin pirovard natijada raqobatni cheklaydigan yoki cheklashi mumkin 
bo‘lgan bitimlar;
- raqobatni jiddiy ravishda cheklaydigan yoki cheklashi mumkin 
bo‘lgan boshqa harakatlarni amalga oshirish.
Shunday qilib, raqobat tadbirkorlikni bozor iqtisodiyoti obyektiv 
qonunlariga muvofiq tashkil etish, amalga oshirish, rivojlantirishda 
muhim o‘rin egallaydi va, aksincha, tadbirkorlik raqobatning rivojlani- 
shi hamda yuksak madaniy darajada amal qilishi da katta rol o‘ynaydi.

Download 9,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish