Raqobat turlari va usullari.
222
Sof (mukammal) raqobat bozorga bir xil yoki o‘xshash mahsulotlar
sotuvchilari ham, xaridorlari ham ko‘p bo‘lgan tovar bozorida shakl-
lanadi. Bunday sharoitda har qanday alohida sotuvchi bozor narxiga
ta’sir etishga ojizlik qiladi va natijada haqiqiy bozor narxlari amal
qiladi. Mazkur raqobat muhitida tadbirkorlaming raqobatda ustunligini
ta’minlovchi asosiy omillar mahsulot sifati va xizmat ko'rsatish sifati
hisoblanadi.
Monopolistik raqobat ustun keladigan sof raqobatning monopol
hukmronligi bilan aralashmasi bo‘lib, asosan, monopoliyalar o ‘rtasida
amal qiladi. Raqiblar sonining anchagina bo‘lishi ularning har biri to
monidan narxlarni nazorat qilish imkoniyatini m aiu m darajada chek-
lab qo‘yadi. Bunday raqobat muhitiga xos narsa sotuvchilar tomonidan
tovarlarni tabaqalashtirishga intilishdir. Sotuvchilar bir xil tovar taklif
etganda ham har biri tovarning sifati, ko‘rinishi, bezatilishi va boshqa
tomonlari bilan raqiblarining tovarlaridan farq qiladigan darajaga eri-
shib, o‘z iste’molchilariga ega b o iishg a harakat qiladi.
Oligopoliya raqobatida bir tarmoqda bir necha korxona hukmronlik
qilib, har biri bozorning katta qismini nazorat qiladi. Bunday sharoitda
korxonalar o‘zaro bogianib qoladi va birining harakati boshqalariga
bevosita ta’sir etadi. Oligopoliyada narx bo‘yicha yetakchi b oiishi
mumkin. Odatda, u tarmoqdagi eng yirik, eng samarali korxona bo‘ladi.
Yetakchi korxona narxni o ‘zgartirsa, boshqalari ham o‘z narxlarini
o‘zgartirishga majbur bo‘ladilar. Bunday bozorda sotuvchilar sof raqo-
batga nisbatan ancha oz boiganligi, bozor esa ular o ‘rtasida taqsimlab
olinganligi tufayli sotuvchilar o ‘rtasida narx, taklif va savdo-sotiqning
boshqa tomonlari bo‘yicha o‘z manfaatlarini ko‘zlab maxfiy til birikti-
rish yoki kelishish imkoniyatlari mavjud bo‘ladi.
Sof monopoliyada o ‘rinbosarlari bo‘lmagan mahsulot ishlab chiqa-
radigan korxona yagona sotuvchi hisoblanadi. Bunday bozorda bir
tovar sotuvchisi tanho yoki sotuvchilari shu qadar o‘z bo‘ladiki, ular
ning har biri raqiblari bilan kelishgan holda, narx va taklifga ta’sir
etishga qodir bo‘ladi. Shunday raqobat muhitiga ega bo‘lgan bozor
monopollashgan bozor hisoblanadi. Lekin har bir mamlakatda shunday
tarmoqlar borki, u yerda monopoliyaga barham berish qiyin bo‘lib, ular
tabiiy monopoliya tusiga egadir. Mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan
xarajatlarning ishlab chiqarish miqyosiga bogiiqligi yorqin ko‘rinib
turadigan va tabiiy sharoitlarga ko'ra raqobatning bo‘lishi qiyin yoki
223
uni qo'llab bo‘lmaydigan tarmoqlar tabiiy monopoliyalar deb atala-
di. 0 ‘zbekistonda tabiiy monpoliyalarga elektr energiyasi, gaz ishlab
chiqarish va yetkazib berish, havo va temir yo ‘l transporti va ayrim
boshqa tarmoqlar kiradi. Ulaming faoliyati davlat tomonidan nazorat
qilib boriladi.
Shuni ta’kidlash joizki, biror bozorda ham raqobatning turi sof
holda uchramay, bir necha turlarining u yoki bu darajada aralashmasi
namoyon bo‘ladi. Haqiqiy bozorda raqobat muhiti “mukammal raqobat -
mukammal monopoliya” o ‘qi bo‘ylab to ‘rt tipi (modeli)dan qaysi bi-
riga yaqinroq kelishiga qarab tovarlar (xizmatlar) sotuvchi-tadbirkorlar
raqobatning turli yo‘llaridan foydalanadilar. Raqobat usullarini ikki
asosiy guruhga bo‘lish mumkin:
1. narx bilan raqobat qilish (narxli raqobat) usullari;
2. narxsiz raqobat usullari.
Narx bilan raqobat qilish (narxli raqobat) usullariga quyidagilar ki
radi:
- muayyan toifadagi iste’molchilar uchun imtiyozli narxlar qo‘llash;
- vaqti va joyiga qarab narxlami tushirish yoki ko‘tarish;
- tovarlar va xizmatlar sifati yaxshilangandan so‘ng ham oldingi
narxlami saqlab qolish;
- xaridorlar uchun iste’mol kreditlarining muddatlarini uzaytirish;
- “narxlar jangi”;
- demping va boshqalar.
Tadbirkor (korxona) yangi iste’molchilar jalb qilish, mavjud
iste’molchilar doirasini kengaytirish, raqiblar iste’molchilarini o‘ziga
ag‘darib olish, o ‘zi uchun muhimroq bo‘lgan iste’molchilami uzoq
saqlab qolish maqsadlarida narxlarini pasaytirib yoki narxlariga che-
girmalar qo‘llab, raqobatda m a’lum ustunlikka erishishi mumkin. U
o‘z mintaqaviy bozoriga, boshqa hudud bozorlariga kirib olish paytida
narxlarini pasaytirib, bozorda mustahkam o‘mashib olgandan so‘ng esa
narxlarini ko‘tarib, raqobatni amalga oshirishi ham mumkin. Tadbirkor
(korxona) ishlab chiqarayotgan mahsuloti sifatini yaxshilab boradi,
lekin iste’molchilari (mijozlari)ning bir qismini vo'qotib qo‘ymaslik
uchun narxini oshirmay, oldingi darajada saqlab qolishga qaror qiladi.
Ishlab chiqaruvchi, sotuvchi tovarlarini kreditga berib, iste’molchilar
moyilligini qozonish va kuchaytirish maqsadida kreditni qaytarish
224
yoki foizini undirish muddatini uzaytirishi yoki kechiktirishi mumkin.
Bunday holda ham tadbirkor (korxona) o'zining bozordagi va raqobat-
dagi maqeini mustahkamlab olishga erishadi.
Raqobatning eng oson, lekin eng qo‘pol va raqiblarni tez holdan
tcydiradigan usuli - bu “narxlar jangi” hisoblanadi. Bunda yirik ish
lab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan hamda o'zlari uchun yangi
b o ig an mamlakatlarda boshqa xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchi-
lami bozordan siqib chiqarish maqsadida narxlarini vaqti-vaqti bilan
yoki uzoq muddatga pasaytirib turadilar. Ularning raqiblari ham narx
larini tushirib, qarshi kurashga o ‘tishlari mumkin. Yirik ishlab chiqa
ruvchi esa bunga narxlarini yanada pasaytirish bilan javob qaytaradi.
Bunday “narxlar jangi” dempingga ham o‘tib, raqiblar holdan toyib,
ulardan biri bardosh bera olmay, kurashdan chiqib ketganicha davom
etadi. Bu nosog‘lom raqobat bo‘lib, oxiri-oqibatda bozoming monopol-
lashuviga olib kelishi ham mumkin.
Nosog‘lom raqobat usullaridan yana biri demping hisoblanadi.
Bunda yirik ishlab chiqaruvchilar boshqa mamlakatlar bozorlariga o ‘z
ichki bozorlaridagi narxdan, ayrim hollarda esa hatto tannarxdan ham
past narxlarda tovar kiritadilar. Bundan asosiy maqsad o‘z ichki bo-
zorida narxlami saqlab turish, amaldagi narxlarda ichki bozorda sotib
boim aydigan ortiqcha mahsulotni yo‘qotish hamda yangi bozorlarga
kirib olishdir.
Keyingi paytda jahonda narx bilan raqobat qilishdan narxsiz raqo-
batga o‘tish tendensiyasi kuzatilmoqda. Narxsiz raqobat ijtimoiy,
ma’naviy, madaniy jihatdan jamiyat uchun maqbul b o ig an sogiom
raqobat uslubidir. Narxsiz raqobat quyidagi usullar yordamida amalga
oshiriladi:
- tovarlarni modifikatsiya qilib va takomillashtirib, sifatini yax-
shilab borib va yangilarini o'zlashtirib, raqiblardan o'zib yurish;
- mahsulot yetkazib berish miqdori, maromi, muddati, joyi, sifati va
boshqa shartlari bo‘yicha iste’molchilar qo‘ygan talablarini ular kutgan
darajada bajarib, iste’molchilaming moyilligiga erishish;
- mahsulot sotishni iste’molchilar uchun eng qulay, maqbul usul
lar va texnologiya asosida tashkil etib, ularning talabini yaxshiroq
qondirib, iste’molchilarni doimiy mijozlarga aylantirish;
- tovarlarni, ayniqsa uzoq muddat ishlatiladigan murakkab uy-
ro‘zg‘or texnikasi va ishlab chiqarish vositalarini sotish bilan birga
225
xaridorlarga sotishdan keyingi xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etib,
iste’molchilar bilan uzoq aloqani saqlab qolish;
- ishlab chiqarish vositalirini takomillashtirib, zamonaviy, sama-
raliroq tiplarini qo‘llab, xarajatlarni kamaytirish yo‘li bilan standart si-
fat va standart narx asosida raqiblarga nisbatan yuqoriroq foyda olishga
erishish;
- murakkab texnologik uskunalar sotib oladigan korxonalar xodim-
larining o‘qitish-o‘rgatish ishlarini tashkil etib, iste’molchilar ehtiyojla
rini kompleks qondirishni ta’minlash.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida turli-tuman korxonalarning mavjudligi
va ulaming o‘ziga xos xatti-harakat strategiyalari raqobatning rivojla-
nishiga olib keladi. Korxonalarning xususiyatlariga qarab ular quyidagi
to ‘rt toifaga boMinadi1.
Do'stlaringiz bilan baham: |