11. 3. TADBIRKORNING MARKETING STRATEGIYASI
VA TAKTIKASI
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda tadbirkorlik strategiya-
sining xususiy bir ko‘rinishi bo‘lgan marketing strategiyasi muhim rol
o ‘ynaydi. Marketing strategiyasi - bu m o‘ljallangan iste’molchilarni
jalb qilish va ulaming ehtiyojini qondirish hamda tadbirkorning o‘z
maqsadiga erishishi uchun marketing vositalari, usullari, tadbirla-
rini o‘zaro samarali uyg‘unlashtirib bog‘lash va qo‘llash tartibidir.
Boshqacha aytganda, tadbirkorning marketing vositalari, usullari, tad-
birlarining muayyan vaziyat va muhitda maqsadga erishishni maksimal
darajada ta’minlaydigan variantlarini aniqlash, tanlash va ulami o‘zaro
mukammal uyg‘unlashtirib qo‘llash tartibi marketing strategiyasi hi
soblanadi. Marketing strategiyasining mazmuni quyidagi masalalarni
yoritishdan iborat bo‘ladi:
212
- qanday tovar (xizmat) iste’molchilar talab-istaklarini yaxshiroq
qondira oladi?
- uni qanday assortimentda, variantlarda taklif etish kerak?
- mazkur tovar raqiblarning shunga o‘xshash tovarlaridan nima bi
lan farq qiladi?
- iste’molchilar kimlar va ularni tovarning (xizmatning) aynan qaysi
jihatlari ko‘proq qiziqtiradi?
- iste’molchilarni tovarga (xizmatga) qanday jalb qilish mumkin?
- tovar (xizmat) bozorga qachon va qanday narxda chiqariladi?
- tovar (xizmat) iste’molchilarga qay tarzda yetkazib beriladi va so-
tiladi?
- tovarni belgilangan miqdorda sotish uchun qanday shart-sharoitlar
yaratish zarur?
- reklama va savdo-sotiqni rag‘batlantirishning qaysi usullari
m oijallangan natijani ta’minlaydi?
- tovarning bozorga kirishiga raqiblar qanday munosabat bildirish-
lari mumkin?
- bozorda talab, narx, raqobat o‘zgarganda nima qilish kerak va ho-
kazo?
Tadbirkorning umumiy marketing strategiyasi xususiy va alohida
strategiyalaming yaxlit mantiqiy tizimi sifatida tuziladi. U har bir alo
hida strategiyalarning aniq variantlaridan tashkil topgan xususiy strate-
giyalami o‘zida mujassamlashtiradi (11.4- chizmaga qarang):
- tadbirkorning bozor strategyasi: bozorga kirish, bozorni egallash,
bozorni modifikatsiya qilish, bozor ulushini ko ‘tarish, bozordagi mav-
qeyini saqlash, bozorning qaymog‘ini terish, tashqi bozorga chiqish
strategiyalari;
- tadbirkorning tovar strategiyasi: tovaming sifati, assortimenti,
variantlari, markasi, bezatilishi, o‘rami, raqobatbardoshligi va hayotiy
davri, uni quvvatlash va modifikatsiya qilish, tovar diversifikatsiyasi
bo‘yicha strategiyalar;
- tadbirkorning narx strategiyasi: xarajatlarga, talabga, raqobatga,
maqsadga asoslangan narx strategiyalari;
- tadbirkorning tovarni iste’molchilarga yetkazib berish va sotish
strategiyasi: bevosita, bir yoki ikki bo‘g ‘inli kanal orqali, ko‘p kanalli
yetkazib berish, buyurtmalar bilan ishlash, tovar zaxiralarini joylashti-
rish va boshqarish, umumiy tartibda chakana sotish, intensiv, selektiv,
ekskluziv sotish strategiyalari;
213
- tadbirkorning iste’molchilar talabini shakllantirish strategiyasi:
reklama, targ‘ibot, savdo-sotiqni rag‘batlantirish, shaxsiy sotish strate
giyalari;
-
tadbirkorning
marketing
budjeti
strategiyasi:
qoldiqqa,
m o‘ljallangan foydaga, foydani optimallashtirishga, vazifalarga asos-
langan budjet strategiyalari.
Shuni ta’kidlash lozimki, marketing strategiyasini ishlab chiqish bir
qator marketing qarorlari qabul qilishni taqozo etadi. Ular quyidagilar-
dan iborat:
- maqsadga muvofiq bozomi aniqlash, tanlash, baholash;
- bozorga kirish usullarini aniqlash, tanlash, mukammallashtirish;
- marketing vositalari, usullari, tadbirlarining eng maqbul variantla
rini aniqlash va tanlash;
- bozorga kirish vaqtini aniqlash, tanlash,belgilash;
- boshqaruvni qo'yilgan maqsadga muvofiqlashtirish.
Tayyorlangan va qabul qilingan marketing strategiyasini ro‘yobga
chiqarish uchun uni aniq harakatlar, operatsiyalar, ishlar dasturiga
aylantirish, ya’ni marketing taktikasini ishlab chiqish zarur bo‘ladi.
M arketing taktikasi - bu m arketing strategiyasini amalga oshirish
uchun bajariladigan aniq harakatlar, ishlar dasturidir. Mazkur dastur
quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- marketing strategiyasining har bir qismi, elementi, bosqichini
amalga oshirish uchun zarur bo'lgan aniq harakatlar, ishlar majmuyi;
- har bir ish, harakatning bajarish muddati;
- har bir ish, harakatni ijro etuvchi m as’ul xodim;
- belgilangan ishlar, harakatlami bajarish uchun kerak bo‘ladigan
sarf-xarajatlar.
Xulosa qilib aytganda, tadbirkorlik - biror ijtimoiy-iqtisodiy
maqsadga erishish uchun tegishli faoliyatni yo‘lga qo‘yish va olib bo
rish bo‘lsa, marketing shu faoliyatni bozor iqtisodiyoti obyektiv qonun-
lariga muvofiq tashkil etish va amalga oshirish samarali uslubiyotidir.
Tadbirkorlik faoliyatini marketing konsepsiyasi asosida uyushtirish va
amalga oshirish uning muvaffaqiyati va istiqbolini ta’minlovchi yon
dashuv hisoblanadi.
214
Do'stlaringiz bilan baham: |