Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning


-bob. Tugatuvchining vakolatlari va ularni to‘xtatish



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana18.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#150164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
704 21.08.2019

2-bob. Tugatuvchining vakolatlari va ularni to‘xtatish 

10.  Tugatuvchi  tayinlangandan  keyin  uch  ish  kuni  mobaynida  tijorat  tashkilotining 

boshqaruv  organlari  yoki  jismoniy  shaxs  unga  tijorat  tashkiloti  faoliyati  bilan  bog‘liq  barcha 

hujjatlarni, shuningdek,tijorat tashkilotining muhri, shtamplari (agar mavjud bo‘lsa)va boshqa mol-

mulkini ro‘yxat bo‘yicha topshirishi shart. 

11. Tugatuvchi: 

a)  ixtiyoriy  tugatishni  amalga  oshiradi  va  tijorat  tashkilotining  kreditorlari,  muassislari 

(qatnashchilari) hamda boshqa tegishli shaxslar manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi; 

b)  tijorat  tashkiloti  qarzdor  sifatida  ishtirok  etgan  ijro  hujjatlarining  ijrosini  belgilangan 

tartibda ta’minlaydi; 




v)  ishonchnomasiz  tijorat  tashkiloti  nomidan  vakillik  qiladi,  tijorat  tashkilotining 

moliyaviy, hisob-kitoblar va boshqa hujjatlarini imzolaydi

g)  tijorat  tashkilotining  barcha  mansabdor  shaxslari  va  xodimlari  tomonidan  bajarilishi 

majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar chiqaradi;  

d) ushbu Nizomda o‘z vakolatiga kiritilgan masalalarni hal qiladi, shuningdek, muassislar 

(qatnashchilar) qaroriga ko‘ra berilgan taqdirda boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi

12.  Tugatuvchi  vazifalarini  bajarish  tugatish  komissiyasiga  yuklangan  taqdirda,  tijorat 

tashkiloti  faoliyatini  boshqarishga  oid  barcha  masalalar  ovoz  berish  yo‘li  bilan  hal  etiladi  va 

tugatish komissiyasi  a’zolarining ko‘pchilik  ovozi  bilan qabul  qilinadi. Ovozlar soni teng bo‘lgan 

taqdirda, tugatish komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 

13.  Tugatish  komissiyasi  majlislarini  o‘tkazishni  uning  raisi  tashkil  qiladi,  rais  ushbu 

Nizomda  belgilangan  funksiyalarning  tugatish  komissiyasi  qarorlariga  muvofiq  bajarilishini 

ta’minlaydi. 

14. Tugatuvchining vakolatlari: 

a)  ixtiyoriy  tugatish  nihoyasiga  yetganda  ―  tijorat  tashkiloti  tugatilganligi  to‘g‘risidagi 

yozuvlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan tegishli davlat reyestriga kiritilgan kunda

b)  tijorat  tashkiloti  faoliyati  tiklanganda  ―  tugatish  ishlari  to‘xtatilganligi  va  tijorat 

tashkiloti faoliyati tiklanganligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan kunda

v) tadbirkorlik subyekti bankrot deb e’tirof etilganda ― tadbirkorlik subyekti bankrot deb 

e’tirof etilganligi va tugatish ishlari boshlanganligi to‘g‘risida sud qarori qabul qilingan kunda

g)  yangi tugatuvchi tayinlanganda ― muassislar (qatnashchilar) tomonidan tegishli qaror 

qabul  qilingan  kunda  to‘xtatiladi.  Ushbu  holatda  tijorat  tashkilotining  barcha  hujjatlari,  muhrlari, 

shtamplari (agar mavjud bo‘lsa) va boshqa mol-mulki yangidan tayinlangan tugatuvchiga ikki kun 

muddatda ro‘yxat bo‘yicha topshiriladi. 




Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish