Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/19
Sana18.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#150164
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
704 21.08.2019

Oldingi

 tahrirga qarang. 

soliqlar va yig‘imlar, moliyaviy jarimalar summasi, shu jumladan, tekshirishlar  yakunlari 

bo‘yicha hisoblangan summalar to‘langandan keyin; 



(31-bandning  uchinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2021-yil  7-

yanvardagi  1-sonli 

qarori 

tahririda  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  08.01.2021-y., 

09/21/1/0002-son) 

tijorat  tashkilotining  mol-mulki  mulkka  egalik  qilish  yuzasidan  buyumlar  bo‘yicha 

huquqlarga yoki ushbu tijorat tashkilotiga nisbatan majburiyatlar bo‘yicha huquqlarga ega bo‘lgan 

muassislar (qatnashchilar) o‘rtasida taqsimlangandan keyin tugatish balansi loyihasini tuzadi. 

32.  Tugatish  balansi  tijorat  tashkiloti  muassislari  (qatnashchilari)  tomonidan  tasdiqlanadi 

va  davlat  soliq  xizmati  organiga  topshiriladi.  Tugatuvchi  tugatilayotgan  tijorat  tashkiloti  qarzdor 

sifatida  ishtirok  etgan  va  ijro  etilmagan  ijro  hujjatlarining  ish  yurituvida  mavjudligi  yuzasidan 

Byuroga so‘rov yuboradi.  



Oldingi

 tahrirga qarang. 

Tugatish balansi qabul qilingandan keyin davlat soliq xizmati organi tijorat tashkilotining 

soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzi mavjud bo‘lmagan taqdirda, bir ish kuni mobaynida soliqlar va 

yig‘imlar bo‘yicha qarzi yo‘qligi to‘g‘risida xulosani tugatuvchiga hamda Tizim orqali ro‘yxatdan 

o‘tkazuvchi organga yuboradi. 

(32-bandning  ikkinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2021-yil  7-

yanvardagi  1-sonli 

qarori 

tahririda  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  08.01.2021-y., 

09/21/1/0002-son) 

Byuro  tijorat  tashkiloti  qarzdor  sifatida  ishtirok  etgan  va  ijro  etilmagan  ijro  hujjati  uning 

ish yurituvida mavjud bo‘lmagan taqdirda, ijro etilmagan tegishli ijro hujjati ish yurituvida mavjud 

emasligi  haqida  tugatuvchiga  hamda  Tizim  orqali  ro‘yxatdan  o‘tkazuvchi  organga  uch  ish  kuni 

mobaynida xabarnoma yuborishi shart.  

Oldingi

 tahrirga qarang. 

33. Davlat soliq xizmati organi tomonidan taqdim etilgan tijorat tashkilotining soliqlar va 

yig‘imlardan qarzi yo‘qligi to‘g‘risidagi xulosasi, shuningdek, ijro etilmagan tegishli ijro hujjati ish 

yurituvida  mavjud  emasligi  haqida  Byuroning  xabarnomasi  olingandan  keyin  tugatuvchi  tijorat 

tashkilotining asosiy hisobvarag‘i ochilgan bankka uni yopish to‘g‘risida murojaat qiladi. Bank bir 

ish kuni mobaynida tijorat tashkilotiga tegishli bo‘lgan hisobvaraqni yopadi va tugatuvchiga asosiy 

hisobvarag‘i yopilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi. 

(33-bandning  birinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2021-yil  7-

yanvardagi  1-sonli 

qarori 

tahririda  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  08.01.2021-y., 

09/21/1/0002-son) 

Tijorat  tashkilotining  hisobvaraqlari  xatlangan  bo‘lsa,  ularning  yopilishiga  yo‘l 

qo‘yilmaydi.  Bunda  tugatuvchi  2-son  kartoteka  bo‘yicha  qarzdorlikni  to‘lash  (qaytarish)  va 

xatlashni bekor qilish choralarini ko‘radi. 

34.  Tugatuvchi  asosiy  hisobvaraqi  yopilgandan  keyin  uch  ish  kuni  mobaynida  davlat 

arxiviga  tijorat  tashkilotining  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  barcha  buxgalteriya  va  boshqa 

hujjatlarini topshiradi.  

35.  Tugatuvchi  tijorat  tashkilotini  davlat  reyestridan  chiqarish  uchun  ro‘yxatdan 

o‘tkazuvchi organga quyidagilarni taqdim etadi: 

tijorat  tashkilotining  barcha  hisobvaraqlari  yopilganligi  to‘g‘risida  xizmat  ko‘rsatuvchi 

banklarning ma’lumotnomalari; 

tijorat tashkilotining muhr va shtamplari (agar mavjud bo‘lsa); 

vakolatli  organ  tomonidan  chiqarilgan  qimmatli  qog‘ozlarni  bekor  qilish  to‘g‘risidagi 

ma’lumotnoma (agar mavjud bo‘lsa); 

tijorat 

tashkiloti 

hujjatlarining 

davlat 


arxiviga 

topshirilganligini 

tasdiqlovchi 

ma’lumotnoma (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga 

oshirmagan tijorat tashkilotlari bundan mustasno).  

36.  Ro‘yxatdan  o‘tkazuvchi  organ  ushbu  Nizomning 

35-bandida 

ko‘rsatilgan  barcha 

hujjatlar  olingandan  keyin  ikki  ish  kuni  mobaynida  ushbu  Nizomning 

32  —  34-bandlari 

ijrosi 

ta’minlanganligini  Tizim  orqali  tekshiradi  hamda  davlat  reyestriga  tijorat  tashkiloti  tugatilganligi 

to‘g‘risidagi yozuvlarni kiritadi. 



Nizomning

  32  —  34-bandlarida 

nazarda  tutilgan  ma’lumotlar  Tizimda  mavjud  bo‘lmasa 

yoki 


35-banddagi 

hujjatlar  to‘liq  taqdim  etilmagan  taqdirda,  ro‘yxatdan  o‘tkazuvchi  organ  davlat 

reyestriga yozuvlar kiritishni rad etadi. 

Ro‘yxatdan  o‘tkazuvchi  organning  qarori  u  qabul  qilingan  kundan  keyin  bir  ish  kuni 

mobaynida tugatuvchiga beriladi yoki unga pochta orqali jo‘natiladi. Davlat reyestriga kiritish rad 

etilgan  taqdirda,  tugatuvchiga  ayni  bir  vaqtda  olingan  barcha  hujjatlar,  muhr  va  shtamplar  (agar 

mavjud bo‘lsa) qaytariladi. 

37.  Ro‘yxatdan  o‘tkazuvchi  organ  davlat  reyestriga  tijorat  tashkiloti  tugatilganligi 

to‘g‘risidagi yozuvlar kiritilgandan keyin uch ish kuni ichida: 

tijorat  tashkiloti  tugatilganligi  to‘g‘risida  davlat  soliq  xizmati  va  statistika  organlarini 

Tizim orqali xabardor qiladi;  

tugatilgan  tijorat  tashkilotining  muhr  va  shtamplarini  (agar  mavjud  bo‘lsa)  belgilangan 

tartibda yo‘q qilish choralarini ko‘radi; 

tijorat  tashkilotiga  berilgan  litsenziya  va  ruxsatnomalarni  (agar  mavjud  bo‘lsa)  ularni 

bergan organlarga topshiradi; 

O‘zbekiston  Respublikasi  Xalq  bankining  tijorat  tashkiloti  joylashgan  joydagi  filialini 

tijorat tashkiloti tugatilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.  

38.  Tijorat  tashkilotini  ixtiyoriy  tugatishning  umumiy  muddati  ro‘yxatdan  o‘tkazuvchi 

organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida xabardor qilingan kundan boshlab olti oydan oshmasligi kerak. 

Ko‘rsatilgan  muddat  o‘tgunga  qadar  ushbu  Nizomning 

35-bandida 

ko‘rsatilgan  hujjatlar 

ro‘yxatdan  o‘tkazuvchi  organga  to‘liq  taqdim  etilmasa,  ixtiyoriy  tugatish  to‘xtatiladi.  Ro‘yxatdan 

o‘tkazuvchi  organ  bir  ish  kuni  mobaynida  davlat  soliq  xizmati  va  statistika  organlariga  ixtiyoriy 

tugatish to‘xtatilganligi  to‘g‘risida Tizim orqali xabar beradi  hamda  yopilgan bank hisobvaraqlari 

qayta tiklanadi. 

39. 

Ixtiyoriy 



tugatish 

ushbu 


Nizomning 

38-bandida 

ko‘rsatilgan  muddatda 

tugallanmaganda,  shuningdek,  ixtiyoriy  tugatish  va  tijorat  tashkiloti  faoliyatini  tiklash  tartiboti 

to‘xtatilganda  ushbu  Nizomning  18-bandi  “a”  kichik  bandi 

uchinchi  xatboshida 

belgilangan 

imtiyozlar qo‘llanmaydi hamda barcha tegishli to‘lovlar ularni hisoblab yozish to‘xtatib qo‘yilgan 

davr uchun to‘liq hajmda undiriladi. 


Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish