Qatag‘on qurbonlari xotirasi



Download 38,53 Kb.
Sana19.02.2020
Hajmi38,53 Kb.
#40246
Bog'liq
ABU RAYHON BERUNIY ASARLARIDA IJTIMOIY-AXLOQIY FAZILATLAR TAHLILI

Nurali Tursinkulov

Guliston davlat universiteti tuzilmasidagi

Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi bosh muxofizi

+998 91 190 89 60 E-mail: tursinkulov89@bk.ru
ABU RAYHON BERUNIY ASARLARIDA IJTIMOIY-AXLOQIY FAZILATLAR TAHLILI

Annatotsiya. Ushbu maqola Abu Rayhon Beruniy asarlarida bayon qilingan ijtimoiy-axloqiy qarashlarini yoritishga bag‘ishlangan bo‘lib, bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar: axloqiy, ijtimoiy, rostgo‘ylik, yolg‘onchilik, ilm, ma’naviy boylik, yaxshi xulq, yomon xulq.

Аннотация. На этой статье посвящена освещению социальных этических соображений в трудах Абу Райхана Беруни, и анализируется что они по-прежнему актуальны сегодня.

Ключевые слова: этический, социального, правдивость, лживость, наука, духовное богатство, хорошего поведения, плохое поведение.

Abstract. In this article is dedicated to covering the social ethical considerations in the works of the Abu Raykhan Beruniy, and it is analyzed thatthey are still relevant today.

Keysword: ethical, social, truthfulness, faithless, scence, spiritual wealth, good behavior, misconduct.

O‘zbekiston hududi ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan qimmatbaho ilmiy-madaniy meros bilan jahon sivilizatsiyasini boyitib kelgan. Ular, shak-shubhasiz, butun insoniyatning bebaho mulki sifatida qadrlanib kelmoqda. Ushbu falsafiy, axloqiy, diniy va dunyoviy ta’limotlar, g‘oyalarni, ular tarixini o‘rganish ham ilminazariy, ham bugungi kun amaliyoti uchun muhim ahamiyatga ega, zero mamlakat rahbari Sh. Mirziyoyev ta’kidlagani kabi, buyuk tarixda xech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.1

Bugungi tezkor globallashuv jarayonida yoshlarimiz axloqiy-ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda ma’naviy meros, madaniy boyliklar, tarixiy va madaniy yodgorliklar orasida O‘rta asr Sharq mutafakkirlari qarashlarida ijtimoiy-axloqiy qarashlar muhim o‘rin egallaydi.

Axloqiy nazariya Markaziy Osiyo allomalarining dunyoqarashida muhim ahamiyatga ega. Zero, axloq tushunchasi boshqa falsafiy kategoriyalar kabi keng qamrovli falasafiy kategoriya hisoblanib, jamiyat farovonligini oshirishda rivojlantirish, kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish uchun xizmat qiladi.

Bizning bobolarimiz axloqning haqiqatini to‘liq ma’noda Islomdan o‘rgandilar. Ular Alloh taoloning oxirgi va mukammal dini, go‘zal axloqlar dini bo‘lgan Islom orqali husni xulqni o‘zlariga kasb qilganlar. Ular o‘zlari bu ulug‘ ne’matlardan bahramand bo‘lishlari bilan bir qatorda, o‘zlariga ham yaxshiliklar yetishini istaganlar.2

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o‘rta asrning eng buyuk olimlaridan biridir. Beruniy o‘z zamonasining hamma fanlarini – fizika, matematika, tabiiy-tarixiy fanlarni egallagan buyuk enksiklopedisti edi.

Beruniy faqat olimgina bo‘lib qolmay, o‘z zamonasida Xorazmning ko‘zga ko‘ringan siyosiy arboblaridan biri ham edi.3 Shu bilan birga asarlarida axloqiy-falsafiy qarashlarni ham kuzatishimiz mumkin.

Beruniyning tabiiy-ilmiy qarashlari va axloqqa doir fikrlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Uning tabiiy-ilmiy qarashlari inson tafakkurining quvvati hofizasiga chuqur ishonch ruhi bilan sug‘orilgan.

Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarini yozib bitirganida insoniyat jamiyati hozirgi kalendar bo‘yicha bir ming yillik hayotini boshdan kechirgan edi. Vaholanki, boshqa kalendarlar ham bo‘lgan. Ular ham inson hayoti, insoniyat umrini belgilab berganlar. Umuman, o‘tmish g‘oyat ulug‘ va ibratli. O‘tmishni o‘rganmay, uning tajribasini o‘zlashtirmay turib bugungi turmush, ayniqsa kelajakni qurib bo‘lmaydi.

Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida qadimiy sharq xalqlari – arablar, suriyaliklar, yahudiylar, eronliklar, sug‘dlar, xorazmliklar va shu zamonda yashagan boshqa xalqlarning turmush tarzi, urf-odatlari, yil sanoqlari, bayram va marosimlar, xullas nimaiki xalq hayotiga oid bo‘lsa, shuning hammasini ilmiy asosda tadqiq etgan. Olim bu xalqlar turmushiga oid ma’lumotlarni haqiqat va sog‘lom fikr nuqtai nazaridan tahlil qildi. Umuman Beruniy faqat ilmiy haqiqatnigina tan olar edi. boshqa yondashuv nuqtasi unda bo‘lmagan. Beruniy soxtalik, sehr va uydirmani keskin, murosasiz ravishda yer bilan yakson qilar edi.

“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarini O‘rta Osiyo, Eron, Yaqin Sharq mamlakatlaridagi xalqlar etnografiyasi, tarixi, ijtimoiy tafakkuri bo‘yicha mukammal qomus deb atasak xato qilmaymiz.4

Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida odatlarni yaxshi va yamonga ajratib, yoqimli xislatlarga quyidagilarni kiritadi: to‘g‘rilik, odillik, o‘zini saqlash, insof, kamtarlik, lutf, sobitqadamlik, extiyotkorlik, saxiylik, muloyimlik, siyosiy va boshqarish ishida bilimdonlik, tadbirkorlik va shunga o‘xshashlar. Yomon odatlarga: bir-birini payiga tushish, raqobatlashish, o‘z kayfiga ergashish, boshliq bo‘lish uchun kurashish va shunga o‘xshashlar.5 Mutafakkir yaxshi odatlar insonni ezgulikka, uning kamol topishida asosiy o‘rin tutishini alohida ta’kidlaydi. Yamon odatlar esa insonni yovuzlikka chorlab, oxir oqibat xor bo‘lishiga sabab bo‘lishini bayon qiladi.

Beruniy ayrim tarixiy voqealar to‘g‘risida so‘zlar ekan, ibrataomuz xulosalar qiladi. Masalan arablarning eronliklardan oldin islomni qabul qilganliklari bilan faxrlanishi to‘g‘rida gapirganda, Beruniy chinakam faxru-iftixor nimadan bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida bunday deb yozadi: “Faxrlanish haqiqatda yaxshi xulqlar va oliy fe’llarda oldin ketish, ilmu hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud (nopokliklardan) tozalanishdir. Kimda shunday sifatlar topilsa, hukm uning foydasiga va kimda bular yetishmasa, hukm uning zarariga bo‘ladi”.6

Keltirilgan fikr Beruniyning inson va uning axloqi masalasidagi bosh tamoyilni oydinlashtirishga xizmat qiladi. Inson ma’naviyati ikki asosiy ustunga tayanadi. Bir tomondan, bu axloq me’yorlari bo‘lsa, ikkinchi tomondan insonning o‘zidagi yomon illat va niyatlardan cheklashidir. Inson ma’naviyati bir-birini to‘ldiruvchi ikki xil amal orqali shakllanadi: belgilangan maromlarga bo‘ysinish, ikkinchidan, o‘zini cheklash va asrash. Zero, insonning tug‘ilishida ota va onaning o‘rni qanchlaik muhim bo‘lsa, uning ma’naviy kamolatida axloq va o‘zini poklik orqali cheklash ham shunchalik ahamiyatlidir. Demak, istilo va taasub, zo‘ravonlik va buzg‘unchilik bilan emas, balki ezgulik, ilm, fan, insoniy kamolot uchun xizmat qilish bilan iftixor qilish lozim.

“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida katta ijtimoiy ahamiyatga molik voqelar to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘p uchraydi. Bular payg‘ambarlikni davo qilgan shaxslar, ularning tarafdorlari, bu harakatning oqibatlari, shunday harakat qatnashchilarining mafkuraviy qarashlar to‘g‘risadagi boblardadir.

Amalda bu ma’lumotlar O‘rta Osiyo, Eron xalqlarining ajnabiy istilochilarga qarshi ko‘targan qo‘zg‘olonlari, bu xalqlar ichida islom dogmatizmiga qarshi yuzaga kelgan ijtimoiy mafkuralarning bayonidan iborat.

Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida xalqlarning urf-odati, yashash tarzi, dunyoqarashiga oid qarashlar bilan bir qatorda ilm va ilmli bo‘lish, ilmu-ma’rifatning kuch-qudrati, xalqqa o‘z oqilligi bilan ziyo tarqatuvchi ilm ahlini hurmat qilish, ularni e’zozlashga oid bir qator noyob va ibratli fikrlar bitilgan. O‘z kuzatishlari va hayot tajribalariga tayanib yaratgan bu axloqiy-falsafiy qarashlari bugungi kun ilm-fani ta’lim-tarbiya tizimining milliy-ma’naviy negizlarini boyitishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari xususida to‘xtalib, shunday deydi: Asarni yozishga kirisha boshlab aytamanki, mendan so‘ralgan narsaga yetkazuvchi vositalarning eng muhimi – qadimgi millatlar haqidagi rivoyatlar, o‘tmish avlodlar to‘g‘risidagi xabarlarni bilishdir, chunki bularning ko‘pchiligi u millatlar avlodidan va ularning rasmu rusum va qoidalaridan iboratdir. Aqliy dalil keltirish, kuzatilgan narsalarga qiyos qilish yo‘li bilan u xabarlarni bilib bo‘lmaydi. Buni faqat “kitob ahllari” va turli din arboblariga, shu e’tiqodlarga amal qiluvchi har xil maslak va ishonch egalariga ergashish, ularning tushunchalarini hamisha asos tutish bilan bilinadi. So‘ngra buni ko‘pchilik kishilarning tabiatini pastkashlashtiradigan yomon axloqdan, haqiqatni ko‘rishga imkon bermaydigan omillardan o‘zni tozalagandan keyin, ularning isbot uchun keltirgan so‘z va e’tiqodlarini bir-biriga solishtirish bilan bilinadi. Ana shu aytib o‘tganim haqiyqiy maqsadga yetkazuvchi eng yaxshi yo‘l va bunga dog‘ tushuruvchi shak-shubhani yuvib tashlash uchun eng kuchli yordamchidir.7

Beruniy “Hindiston” asarining dastlabki o‘n ikki bobini hindlarning tangri, dunyo va oxirat to‘g‘risidagi tushunchalariga bag‘ishlanagan. O‘n uchinchi bobi she’r va grammatikaga bag‘ishlangan. O‘n to‘rtinchi bobda ilmiy kitoblar to‘g‘risida bayon qilinadi. Bu to‘g‘rida Beruniy bunday deb yozgan: “Ilmlar ko‘pdir. Ular zamoni iqbolli bo‘lib, turli fikr va xotiralar ularga qo‘shilib borsa, ko‘payadi. Odamlarning ilmlarga rag‘bat qilishi, ilmlarni va ilm ahllarini hurmatlashi o‘sha iqbolning belgisidir. Ayniqsa hukmron kishilarining ilm ahlini hurmat qilishi kishilarning, dunyoning zarur ishlari bilan ovora bo‘lib qolgan qalblarini turli ilmlar uchun bo‘shatib qo‘yadi. Hukmronning ilm ahlini ko‘proq maqtab ulardan xursand bo‘lishi ham ilmlarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Demak odamlarning qalbi buni sevish uchun, buning teskarisiga esa nafrat bildirish uchun yaratilgan”.8

Ana shunday ilm va ilm ahlini ulug‘lovchi fikrlarni izhor etib bo‘lgach, Beruniy o‘zi yashayotgan davr va muhit to‘g‘risida shikoyat bilan gapiradi. Bu zamona aytib o‘tilgan singari emas, balki aksinchadir. “Lekin zamonamiz, - deb yozadi Beruniy, - aytib o‘tilganday zamon emas, balki uning teskarisidir. Shunday zamon va sharoitda yashash majburiy bo‘lgandan keyin qachon ilm yuzaga chiqadi, yoki yuzaga chiqqani qachon rivoj topadi”.9

Olim qalbini to‘ldirgan bunday hasratli satrlardan keyingina bevosita hindlarning ilmlari to‘g‘risidagi so‘z boshlanadi. Shularni inobatga olgan holda hozirda yurtimizda ilm ahllariga bo‘lgan e’tibor kuchaymoqda. Chunki, qachonki va qayerda ilm-fanga e’tibor qaratilsa o‘sha joyda yuksalish, rivojlanish bo‘lishligini tarixning o‘zi yaqqol ko‘rsatmoqda.

Beruniy har bir olinayotgan xabarning rost yoki yolg‘onligiga alohida e’tibor qaratgan. U odatda bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsa haqida berilgan xabar bir xilda farqsiz rost va yolg‘on bo‘laveradi, xabar xabar beruvchilar sababli rostlik va yolg‘onlik tusini oladi. Chunki odamlarning maqsadlari xilma-xil, xalqlar o‘rtasida tortishish va talashish ko‘p deb bayon qiladi.

Shunday kishilar ham bo‘ladiki, ularning tabiatiga yolg‘on xabar tarqatish o‘rnashib qolib, go‘yo unga shu vazifa yuklagandek bo‘ladi va yolg‘on xabar tarqatmasdan tinchiyolmaydi. Bu, yomon xohishlardan va tabiatiga buzuq fikrlarning joylashganidan kelib chiqadi”.10 Beruniy yolg‘onning umri qisqa bo‘lishligini va u qanday oqibatlarga olib kelishini bayon qilgan.

Beruniy ba’zi kishilar yolg‘on xabar tarqatuvchiga taqlid qilib, bilmasdan yolg‘on xabar tarqatish va uning asossiz ekanligini ta’kidlaydi. Buni biz bugungi kundalik hayotimizdagi telefonimizga kelayotgan xabarlarda yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Bunday yolg‘on-yashiq xabarlarga ishonib uni tarqatayotganlar afsuski oramizda ko‘p uchraydi. Oqibatda xabarning rost yoki yolg‘onligini ajatish mushkul bo‘lib qoladi. Beruniy har bir xabar ishonchligiga alohida e’tibor qaratib, unga ilmiy jihatdan yondashar edi.

Rostgo‘ylik yoki to‘g‘ri so‘zlilik insonning haqiqatga intilishi bilan bog‘liq, haqiqat esa doimo sinfiylik-tabaqaviylik, partiyaviylik-mafkuraviylik va tarixiylik-davriylikdan yuqori turadi. Haqiqatning ifodaviy shakllaridan biri rostgo‘ylikdir. Beruniy yolg‘onchilikdan chetlanib, rostgo‘ylikka yopishgan kishini boshqa odam u yoqda tursin, yolg‘onchining o‘zi ham sevib maqtashini bayon qiladi. Demak, rostgo‘ylik — insonning keyinchalik kasb etgan — o‘z ongiga, ruhiga singdirgan, ijtimoiy-hayotiy, davriy-tajribaviy xususiyat emas, balki uning mohiyatida berilgan fazilat.

Hammaning tabiatida, adolat bevosita sevikli va hamma uning yaxshiligiga qiziqadigan bo‘lgani kabi, rostgo‘ylik ham shunday, lekin rosgo‘ylikning shirinligini totmagan yoki shirinligini bilsa ham totishni istamaydigan kishi uni sevmaydi. Masalan, yolg‘onchilik bilan mashxur kishilarning biridan, “hech rost gapirganmisan”, deb so‘raganida “rost gapirib qo‘yishdan qo‘rqmasam, yo‘q der edim”, deb javob bergan ekan.

Demak, yolg‘onchilik kishini adolatdan yuz o‘girtiradi; zulm, yolg‘on guvohlik, omonatga xiyonat qilish, boshqalar mulklarini xiyla bilan bosib olish, o‘g‘rilik, dunyo va xalqning buzilishiga sabab bo‘ladigan boshqa yomon xulqlarni kishiga yaxshi qilib ko‘rsatadi.

Ilm orqali xalosga yetishish faqatgina yomonlikdan tiyilish bilangina vujudga keladi,11 deydi Beruniy. Yomonlikning shohabchalari ko‘p bo‘lsa ham, ularning asosi tama, g‘azab va ilmsizlikdir. Shu asoslar qirqilsa, shohobchalar so‘ladi, u asoslar ishtaha va ga’zab quvvatlarining yo‘lboshchiligidan kelib chiqadi. Demak yomonlikni bartaraf qiluvchi asosiy omil bu ilmdir. Afsuski ilmini yomonlik yo‘lida ishlatayotgan insonlar ham uchraydi. Bunday insonlar o‘z nafsini qondirish yo‘lida har qanday razil ishni qilishga tayyor turadilar. Ularni Beriniy shunday deb ataydi: “ular yirtqich va to‘rt oyoqli hayvonlarga, hatto shayton va iblislarga o‘xshab qoladi”.12

Jamiyatimizni rivojlanishida yaxshi xulq eglarining o‘rni kattadir. Zero, Alloh taolo ham payga’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamni husni xulq egasi bo‘lgani uchun yaxshi ko‘rgan. Beruniy doimo yaxshi axloqli bo‘lib, nafsini shunga odatlantirgan, hatto nafsiga shunday xulq tabiiylashib, zotiy bir sifatga aylangan kishi bir badanda yoki bir necha badanda asta-sekin o‘shanday matlubga erishishini bayon qiladi.

Beruniy yaxshi xulq, din talab etadigan xulqlar bo‘lib, asl va asosi ko‘p ma’nolarni o‘z ichiga olgan hindlarning quyidagi fazilatlarni sanab o‘tadi:



  1. O‘ldirmaslik;

  2. Yolg‘on gapirmaslik;

  3. O‘g‘rilik qilmaslik;

  4. Zino qilmaslik;

  5. Molu-dunyo yig‘maslik;

  6. Doimo pok va toza bo‘lish;

  7. Nafsini tiyish, ro‘za tutish;

  8. Allohni ulug‘lab, ibodatda bo‘lish;

  9. Qalb pokligi.

O‘ldirmaslik deganda Beruniy hayvonlarni nazarda tutgan. Bugungi kunda ko‘pgina hayvonlar inson tufayli qirilib ketmoqda, hattoki yo‘q bo‘lib ketish arafasida turibdi. Hozirda olimlar manshu qirilib ketayotgan hayvonlarni saqlab qolish yo‘lini izlashmoqda. Aslida butun insoniyatni ruhiyatini, axloqini tarbiyalasa maqsadga muvofiq bo‘lishligini Beruniy alohida bayon qilgan. Shundagina hayvonlarni qirilib ketishini oldini olish mumkin.

Yuqorida qayt etib o‘tkanimizdek yolg‘on gapirishlik insonni tubanlikka, oxir oqibatda butun jamiyatga zarar yetkazadigan qilib qo‘yadi. Beruniy o‘z faoliyati davomida borliqdagi voqea-hodisalarni, axloqiy-falsafiy qarashlarini faqat ilmiy asoslangan ma’lumotlarga, Qur’on oyatlariga, hadislarga tayanib asoslagan.

Beruniy insonlarni faqat mol-dunyo yig‘ishlik oxir oqibatda o‘z nafsining quli bo‘lib qolishligini bayon qiladi. Yaxshi xulq egasi bo‘lish uchun esa mol-dunyo yig‘masliklikni va aksincha doimo pok va toza bo‘lib, Allohni ulug‘lab uning ibodatida qoim bo‘lishlikni targ‘ib qiladi. Mol-dunyo faqat inson o‘z ehtiyojlarini qondirish uchungina kerak. Aslida, bu dunyoda yashashdan maqsad boylik to‘plash emas, balki ilm o‘rganish asosiy maqsad bo‘lishligini Beruniy alohida qayd etadi.

O‘zining qimmatbaho toshlar, ularning xossalari to‘g‘risida yozilgan asarini Beruniy bunday deb ataydi: “Qimmatbaho toshlarni tanimoq uchun ma’lumotlar to‘plami” deb tarjima qilmoq mumkin. Fanda uni qisqartirib “Mineralogiya” deb yuritadilar.13

“Mineralogiya” garchi qimmatbaho toshlar va metallar to‘g‘risida ma’lumot berishga mo‘ljallangan bo‘lsada, u falsafiy, tarbiyaviy va adabiy materiallarga juda boy. Shuning uchun u o‘qilshiga qulay va g‘oyat qiziqarli shaklga ega.

Bu kitobda turli hayotiy tajribalarga asoslangan falsafiy-didaktik xulosalar bayon etilgan. Ularni olim tarviha deb ataydi. Tarvihalardan so‘ng turli qimmatbaho toshlar va metallar ta’rifiga bag‘ishlangan boblar keladi.

Beruniy ba’zi hukmronlarning qimmatbaho toshlarga o‘ch bo‘lganliklarini qoralaydi. Arab xalifalaridan Umaviylar chumoli kabi yiqqan boyliklarini Abbosiylar xalifalari tuyalari kabi xarob qilganlar. Xususan, xalifa Al-Muqtadir juda isrofgar edi. u yirtqich bosqinchilar singari pulga o‘zini tashlar, befoyda ishlarni yoqtirar, behuda mashg‘ulotlarga ishqiboz edi. Xalifa hamisha ayollar bilan kayfu-safo qilar, qimmatbaho toshlarni ayollarga sochar va ularning qo‘li bilan bu boyliklarni barbod qilar edi.14

Beruniy qimmatbaho toshlardan behuda bezaklar sifatida foydalanishga mutloqo qarshi bo‘lgan.

Xalifa Umar ibn Abdulaziz o‘g‘li Abdullohning bir ming dirhamga uzuk uchun qimmatbaho tosh sotib olganinieshitgach, unga xat yozib buyurganki, o‘g‘li darhol bu uzukni sotsin, tushgan pulga esa ming och odam uchun ozuqa bersin, o‘ziga misdan uzuk yasatib muhr qildirsin.15

Olim bunday boyliklarga insonlarni qanday munosabatda bo‘lishi lozimligini ham o‘rgatdi. Kishilarning ma’naviy boyligi qimmatbaho toshlarga befarqligidandir. Ulardan qimmatbaho toshlardan shuhratparastlik, isrofgarchilik maqsadida emas, balki elu yurt, mamlakat manfaatlari yo‘lida foydalanish kerak. Bunday toshlarga ochko‘zlik bilan yopishish kishilar uchun befoyda, hatto tahlikali ekanini ham olim alohida uqtirib o‘tadi.



Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Beruniy asarlari nafaqat o‘sha davr balki bugungi kun hayotimizda ham dasturul amal bo‘lib kelmoqda. Uning asarlari tabiiy-aniq fanlarni chuqur yoritish bilan birgalikda, axloqiy, falsafiy qarashlari insonlarni ezgulikka chorlaydi. Beruniyning o‘lmas asarlari asrlar davomida ilm ahlining qo‘lidan tushmagan, ular avloddan-avlodlarga o‘tib el ko‘nglidan yanada chuqurroq joy ola borgan. Chunki buyuk olim Beruniy o‘zining butun umrini barkamol ijodi va yorqin iste’dodini chin yurakdan elu yurt, odamlar, ilmu ma’rifat uchun bag‘ishlagan edi.


1 Sh. Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. 1-tom. Toshkent. 2017. –B. 29.

2 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Mukammal saodat yo’li, − T.: “Hilol-Nashr” nashryoti, 2019. B.272

3 Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. // Tanlangan asarlar. 1-jild. Arabchadan A. Rasulov tarjimasi. − T.: “Fan” nashriyoti, 1968. −B. 5.

4 Qayumov A. Abu Rayhon Beruniy. Abu Ali ibn Sino. − T.: “Yosh gvardiya” nashriyoti, 1987. −B. 16.

5 Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. // Tanlangan asarlar. 1-jild. Arabchadan A. Rasulov tarjimasi. − T.: “Fan” nashriyoti, 1968. −B. 28.

6 O’sha asar, −B. 28-29.

7 Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. // Tanlangan asarlar. 1-jild. Arabchadan A. Rasulov tarjimasi. − T.: “Fan” nashriyoti, 1968. −B. 40.

8 Abu Rayhon Beruniy. Hindiston. // Tanlangan asarlar. 2- jild. Arabchadan A. Rasulov, Y. Hakimjonov, G’. Jalilov tarjimasi. − T.: “Fan” nashriyoti, 1965. -B. 125.

9 O’sha asar, -B. 125.

10 O’sha asar, -B. 25-26.

11 Abu Rayhon Beruniy. Hindiston. // Tanlangan asarlar. 2- jild. Arabchadan A. Rasulov, Y. Hakimjonov, G’. Jalilov tarjimasi. − T.: “Fan” nashriyoti, 1965. −B. 70.

12 O’sha asar, −B. 70.

13 Qayumov A. Abu Rayhon Beruniy. Abu Ali ibn Sino. − T.: “Yosh gvardiya” nashriyoti, 1987. −B. 65-66.

14 O’sha asar, −B. 67-68.

15 O’sha asar, −B. 68.

Download 38,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish