Foydalanish deganda iqtisodiyotning resurslaridan biri bo’lgan mehnat resurslarini ta’riflovchi ikki yo’nalish tushuniladi. Bu, birinchidan, mehnat resurslarining taqsimlanishi va ikkinchidan ularning mehnatidan xalq xo’jaligi va iqtisodiyotda foydalanish samaradorligidir. Mehnat resurslarini taqsimlash deganda resurslarning xalq xo’jaligida ishlaydigan va ishlaymaydigan qismlari tushuniladi. Ishlaydigan aholi, o’z navbatida, ayrim tarmoqlar, kasb guruhlari bo’yicha taqsimlanishi, shu jumladan, aqliy va jismoniy mehnat bo’yicha, mehnat rejimi bo’yicha, sotsial-iqtisodiy sohalar bo’yicha qarab chiqiladi.
Mehnat bilan bandlarni xalqaro jihatlardan biri ularni “iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha” quyidagicha taqsimlashdir:-yollanma xodimlar (korxona rahbari yoki ayrim shaxs bilan mehnat shartnomasituzgan fuqarolar);-ish beruvchilar (mustaqil ish olib boradigan va bitta yoki bir nechta shaxsni ishlash uchun doimiy yollab turadigan xodimlar kiradi);-o’z hisobidan ishlaydigan shaxslar (doimiy asosda yollanma xodimlarni yollamaydigan fuqarolar);-ishlab chiqarish kooperativlari a’zolari (kooperativlarning faol ishlovchi a’zolari hisoblanadigan shaxslar);-oilaning yordam beruvchi a’zolari (oilaviy biznesdagi oilalarining a’zolari kiradi, mazkur biznesga o’sha uy xo’jaligida ishlaydigan qarindoshlardan biri boshchilik qiladi).
Mehnat resurslarini taqsimlashning boshqa turlari ham bor. Bular jinsi, yoshi, ma’lumot darajasi, sog’lig’i bo’yicha taqsimlashdir.
Biz yana “mehnatni sarf qilish samaradorligi” degan ta’rifni aniqlab olishimiz kerak. Har qanday faoliyat turidagi samaradorlik pirovard natijada mahsulot yoki xizmatlar birligini ishlab chiqarishga sarflanadigan vaqt bilan o’lchanadi. Mehnat sarf qilish samaradorligi bo’yicha mintaqalar farqiga sabab shuki, turli hududlarda texnologiya darajasi, mehnatni tashkil etish darajasi turlicha bo’ladi. Turli sabablarga ko’ra, shu jumladan, etnik va tarixiy xususiyatlarga ega bo’lgan sabablarga ko’ra ham xodimlar malakasi bir-biridan farq qilishi mumkin.
Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanishini tahlil qilishning ahamiyati.
Korxonalarning kerakli mehnat resurslari bilan yetarli darajada ta’minlanishi, ulardan oqilona foydalanish, mehnat unumdorligining yuqori darajada bo’lishi, mahsulot hajmini ko’paytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun katta ahamiyatga egadir. Xususan, barcha ishlarning hajmi va o’z vaqtida bajarilishi, asbob-uskunalar, mashinalar, mexanizmlardan foydalanish samaradorligi va buning natijasi sifatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning tannarxi va boshqa bir qator iqtisodiy ko’rsatkichlar korxonalarning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligiga va ulardan samarali foydalanishga bog’liqdir.
Tahlil qilishning asosiy vazifalari quyidagilardir:-korxona va uning tarkibiy bo’linmalarining, shuningdek, toifalar va kasblar bo’yicha mehnat resurslari bilan ta’minlanganligini o’rganish va unga baho berish;-kadrlar ko’nimsizligi ko’rsatkichlarini aniqlash va o’rganish;-mehnat resurslari zahiralarini aniqlash, ulardan yanada to’laroq va samaraliroq foydalanish.
Mehnat resurslari sifat tarkibini malaka bo’yicha tahlil qilish zarur. Xodimlarning malaka darajasi ko’p jihatdan ularning yoshiga ish stajiga, ma’lumotiga va hokazolarga bog’liqdir. SHu sabali, tahlil jarayonida ishchilarning yoshi, ish staji, ma’lumoti bo’yicha o’zgarishlar o’rganiladi.
. Import, eksport va investitsiya
Investitsiya lotincha investure (kiyintirish, yasantirish) so‘ziga asoslangan nemischa investition so‘zidan kelib chiqqan boiib, biror ishga yoki korxonaga uzoq muddatga mablag‘ qo‘yishni bildiradi. Investitsiya - b u sarmoyaga (kapitalga) mablag‘ qo‘yish jarayoni hisoblanadi. Tadbirkorlikda investitsiyalar ham muhim rol o ‘ynaydi. Investitsiyalar - bu tadbirkorlik faoliyati obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqdir. Investitsiyalar quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin: - korxonalar tuzish; - korxonalaming ustav jamg‘armasiga ulushli ishtirok etish, shu jumladan, mol-mulkni, aksiyalarni olish; - qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilingan qarz majburiyatlarini olish; - mulk huquqini, yer va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish (shu jumladan, ijara asosida) huquqini olish va boshqalar. Investitsiya resurslariga quyidagilar kiradi: - pul va boshqa moliyaviy mablag‘lar, shu jumladan, kreditlar, paylar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar; 312 - ko‘char va ko‘chmas mol-mulk (binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari va boshqa moddiy boyliklar) hamda ularga doir huquqlar; - intellektual mulk obyektlari, shu jumladan, texnikaviy hujjatlar tarzida tuzilgan texnika, texnologiya, tijoratga oid va boshqa bilimlar majmuyi, u yoki bu turdagi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan bilimlar va ishlab chiqarish tajribasi; - yerga va boshqa tabiiy resurslarga, binolar, inshootlar, uskunalarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi, shuningdek, mulk huquqidan kelib chiquvchi ashyoviy huquqlar; - qonun hujjatlariga muvofiq boshqa boyliklar. Tadbirkorlikda mahalliy investitsiyalar bilan birgalikda xorijiy investitsiyalar ham jalb etish kengayib bormoqda. Lekin bunga bir qator salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar mavjud. Ular quyidagilardan iborat: - tadbirkorlarda investitsion strategiyaning yo‘qligi; - ular investitsion siyosatni olib bora olmasliklari; - axborotning yetishmasligi; -biznes, tadbirkorlikko‘nikmalarining jahon standartlari darajasida emasligi; - hamkor topishda tajribasizlik; - investitsion jozibadorlikni shakllantirishdagi sustkashlik va boshqalar. Tadbirkorlikda investitsiyalami yanada kengayishida 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005- yil 11- apreldagi “To‘g‘ridan-to4g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalami jalb qilishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni muhim ahamiyat kasb etadi. 2008 yilda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun 6,4 mlrd AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb qilingan. Uning 1,7 mlrd dollari xorijiy investitsiyalardir. Xorijiy investitsiyalarning 74 foizini to‘g‘ridanto‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tashkil etadi. Bu investitsiyalardan tadbirkorlik subyektlari ham foydalanganlar. Bugungi kunda muhim ustuvor loyihalasi amalga oshirish bo‘yicha qiymati 24 mlrd. AQSH dollaridan ziyod bo‘lgan qariyb 300 ta investitsiya loyihalasi ustida ish olib borilmoqda. Uning 77 foizini yangi qurilish, qolgan qismini modemizasiya va rekonstruktsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash loyihalari tashkil etadi. Ularning 54 foizini korxonalaming o‘z mablag‘lari, 10,4 313 foizi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kreditlari, 36 foiziga yaqinini xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan moliyalash ko‘zda tutilgan1. Tadbirkorlikda ijara munosabatlari ham keng o‘rin egallaydi. Binolar, inshootlar, uskunalar, transport va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda mulk, yemi ijaraga olib, ular yordamida tadbirkorlik faoliyatini yuritish keng qo‘llaniladi. Bunday masalalami tartibga solish maqsadida respublikada ‘Tjara to‘g‘risida” degan maxsus qonun qabul qilingan. Xususan, qishloq xo‘jaligida yer uchastkalarini uzoq muddatga ijaraga berish-olish, qishloq xo‘jalik texnikasini ijaraga olib foydalanish keng o‘rin egallaydi. Transport, qurilish va boshqa sohalarda ham ijara ancha keng qo‘llaniladi. Tadbirkorlikda ijara munosabatlari ijara shartnomalari orqali rasmiylashtiriladi va amalga oshiriladi. Demak, ijara sohasida xo‘jalik shartnomalarining bir ko‘rinishi bo‘lgan ijara shartnomalari katta rol o‘ynaydi. Keyingi yillarda moliyaviy ijara hisoblangan lizing ham rivojlanib bormoqda. Lizing inglizcha “to lease” so‘zidan olingan bo‘lib, ijaraga berish, foydalanishga topshirish degan ma’noni anglatadi. U 1877- yil “Bell” telefon kompaniyasi o‘zining apparatlarini sotmay ijaraga berishdan boshlangan. Birinchi lizing kompaniyasi “Yunayted steyds lizing korporeyshn” 1852- yili San-Fransiskoda tashkil etilgan. Lizing oddiy ijaraga berish emas, balki u moliyalash shaklidir. Hozirgi paytda lizing barcha mamlakatlarda kapital qo‘yilmalami (investitsiyalami) moliyalash bo‘lib hisoblanadi. Ishlab chiqaishda kapital qo‘yilmalami moliyalashning anchagina qismi lizingga to‘g‘ri keladi: Avstraliyada 30 - 33 foizi, AQShda 25 - 30, Buyuk Britaniyada 20, Germaniyada 15, Fransiyada 1 6 - 1 7 foizni tashkil etadi. 0 ‘zbekistonda ham lizing kompaniyalari ko‘payib, ularning soni hozirgi kunda 27 taga yetgan. Lizing - bu lizing oluvchi tadbirkorlik subyekti lizing beruvchi (lizing kompaniyasi, bank va boshqalar) ning mablag‘lari hisobidan xarid qilingan mol-mulkni egalik qilish va foydalanish uchun uzoq muddatga ijaraga oladi hamda shu mulkdan foydalanish orqali foyda ola borib, sekin-asta undan qarzini uzadi. Lizing muddati tugaganidan so‘ng u mulk lizing olganning o‘z mulkiga aylanishi mumkin. 0 ‘zbekistonda “Lizing to‘g‘risida” ham qonun qabul qilingan va lizing operatsiyalari uning yordamida tartibga solinadi. Mazkur qonunga ko‘ra lizing ijara munosabatlarining alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) 1 Karimov I. A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, 0 ‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etichning yo‘llari va choralari. 18, 19, 37- b. 314 ikkinchi taraf (lizing oluvchi)ning topshirig‘iga binoan uchinchi taraf (sotuvchi)dan haq to‘lash evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasida belgilangan shartlarda berib qo‘yish maqsadida mol-mulk (lizing obyekti) ni oladi. Lizing uch taraflama (sotuvchi - beruvchi - oluvchi) yoki ikki taraflama (beruvchi - oluvchi) lizing shartnomasi bo4yicha amalga oshiriladi. Uchinchi taraf lizing kompaniyasi bo‘ladi. Lizing shartnomasi bo‘yicha kelgusida lizing oluvchiga topshirish maqsadida lizing obyektini mulk qilib oluvchi shaxs lizing beruvchi hisoblanadi. Egalik qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasi bo‘yicha lizing obyektini olayotgan shaxs lizing oluvchidir. Lizing beruvchi lizing obyektini kimdan olayotgan bo‘lsa, shu shaxs sotuvchi hisoblanadi. Moliyaviy va operativ lizing turlari mavjud. Moliyaviy lizingda lizing shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak: 1) lizing shartnomasi muddati tugagach, lizing obyekti oluvchining mulkiga o‘tadi; 2) lizing shartnomasi muddati obyektning xizmat muddatidan 80 foizdan ortiq bo‘ladi, yoki lizing shartnomasi tugagach, lizing obyektining qoldiq qiymati uning boshlang‘ich qiymatining 20 foizidan kamni tashkil etadi; 3) lizing oluvchi lizing obyektini qat’iy belgilangan narxda yoki lizing shartnomasi muddati tugaganda aniqlanadigan narxda sotib olish huquqiga ega; 4) lizing shartnomasi davridagi to‘lovlaming umumiy summasi lizing obyekti qiymatining 90 foizidan ortiq bo‘ladi. Bu shartlardan birortasi lizing shartnomasida nazarda tutilmagan bo‘lsa, bunday lizing operativ lizing (ijara) hisoblanadi. Lizing shartnomasining muhim shartlari quyidagilar: - lizing obyektining tavsiflanishi (obyektning miqdori, sifati, ro‘yxati, kontrakt qiymati va boshqa ko‘rsatkichlari) va shartnoma summasi; - taraflaming lizing obyektini olish va berish bilan bog‘liq majburiyatlari; - lizing obyektini berish tartibi, shu jumladan, lizing obyektini yetkazib berish, montaj qilish va foydalanishga topshirish tartibi; - lizing to‘lovlarini toMash shartlari, miqdorlari, muddatlari va tartibi; 315 - lizing obyektidan foydalanish, unga qarash, uni saqlab turish va ta’mirlash bo‘yicha taraflarning majburiyatlari; - shartnomaning amal qilish muddati. Bulardan tashqari taraflarning kelishuviga binoan lizing shartnomasiga quyidagi shartlar ham kiritilishi mumkin: - lizing obyektini (moliyaviy lizingda) sotib olish tartibi va muddatlari; - lizing shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish; - lizing obyektini sug'urta qilish; - fors-major holatlar; - lizing beruvchining qo'shimcha xizmatlar ko‘rsatishi (bunday xizmatlarsiz obyektdan foydalanib bo‘lmasa); - lizing subyektlari tomonidan lizing shartlarini bajarilishini nazorat qilish tartibi. Lizingning afzalliklariga quyidagilar kiradi: 1) xo‘jalik yurituvchi subyektning mablag‘lari tanqisligi sharoitida moliyaviy masalasini qisman hal qiladi; 2) uskunalaming tez ma’naviy eskirishi va yangilanishi sharoitida lizing beruvchi uskunalarni modernizatsiya qilib borishni ham o‘z zimmasiga oladi; 3) lizing to‘lovlari uning obyektini ishlatish yordamida olingan foydadan amalga oshiriladi; 4) lizing bo‘yicha olingan uskunalar rentabelligi korxonalarda soliqqa tortish bazasini kamaytirishga yordam beradi; 5) lizing investitsion siyosatni jadallashtiradi. Tadbirkorlikda sug'urta kompaniyalarining roli ham ortib bormoqda. Sug‘urtaning asosiy maqsadi muayyan xavf paydo bo‘lib, tadbirkorlik subyektlariga tahdid yuzaga kelganda salbiy iqtisodiy holatlami yumshatish yoki ularning oldini olish hisoblanadi. Sug‘urta tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy jihatdan mavjud bo‘lib turishini ta’minlabgina qolmay, balki ko‘riladigan talofotlarini imkoni boricha kamaytirib, xalq xo‘jaligi muomalasini barqarorlashtiradi. Sug‘urta tufayli shaxsiy sug‘urta hollariga nisbatan xalq xo‘jaligining tavakkalchilikdan sug‘urta ehtiyojiga ajratilgan sarmoya ancha kamayadi. Mavhumlikning kamayishi sababli iqtisodiy o‘sish ham qo‘shimcha turtki oladi. Butun dunyoda sug‘urta investitsiya va investorlami jalb etishning keng sohasi bo‘lib qoldi. Shuning uchun 0 ‘zbekistonda 316 “0 ‘zbekinvest”, “0 ‘zagrosug4urta”, “Madad”, “Kafolat” kabi ko‘plab sug‘urta kompaniyalari tuzilib, tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatib kelmoqda va ulaming safi kengayib bormoqda. Sug‘urtalash asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi: 1) mulkning haqiqiy qiymati bo‘yicha sug‘urtalash. Bunday holatda sug‘urta tovoni ko‘rilgan zarar hajmiga teng bo‘ladi; 2) mulkning tiklanish qiymati bo‘yicha sug‘urtalash. Bunda sug‘urta tovoni tegishli ko‘rinishdagi yangi mulk qiymatiga teng bo‘ladi; 3) sug‘urtalashning franchayzing tizimi. Bunda sug‘urta tovoni sug‘urta polisida belgilab qo‘yilgan franchiza summasiga teng bo'ladi. Ko‘rilgan zarar franchiza summasidan katta bo‘lsa, zaraming ortiqcha qismi sug‘urta qildirgan tomonning zimmasiga tushadi. Masalan, “0 ‘zagrosug‘urta” Davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha agrotexnik tadbirlami o‘tkazish uchun avans tariqasida qaytarilishini sug'urta qilish orqali fermer xo'jaliklariga, birinchidan, transh orqali moliyalashga kafil bo‘lsa, ikkinchidan, tabiat injiqliklari va ishlab chiqarish texnologiyasiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra tayyorlov tashkilotlari oldidagi qarzlarini qoplash borasidagi tadbirlami amalga oshirib kelmoqda. Fermer xo‘jaliklariga taklif etiladigan sug‘urta turlari va ulaming tariflari 15. 1-jadvalda keltirilgan. 15. 1- jadval Sug'urta turlari va ularga belgilangan tariflar Majburiy sug‘urta turlari Tarif, % 1 . Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha ishlami o‘tkazish uchun avans tariqasida beriladigan va fyuchers kontraktlari bo'yicha mablag'lar qaytarilishini sug‘urta qilish. 1,0 2. Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklariga davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xomashyosi va g‘alla yetishtirishning mablag1 bilan ta’minlashga beriladigan imtiyozli kreditlar qaytarilishi bo‘yicha tadbirkorlik xavfini sug‘urtalash. 1,25 3. Transport egalarining fuqarolik javobgarligini sug‘urta 0,5 - 2,0 qilish. 0,25 4. Garovga qo‘yilgan mo-mulkni sug‘urta qilish 317 Ixtiyoriy sug‘urta turlari 1. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ekinlari hosilini sug‘urtalash. 2. 3. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini qayta ekish natijasida oldindan ko‘zda tutilmagan xarajatlami sug‘urta qilish. Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini tabiiy ofatlar, yuqumli 2,5 - 8,5 8 -1 0 kasalliklar natijasida nobud bo‘lishini sug‘urta qilish. А Я 4. Bog‘lar va uzumzorlar hosilini tabiiy ofatlardan sug‘urta 4 — о 5. qilish. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining tabiiy pichanzorlari, 8 -1 2 1 — 'X yaylovlari hosilini va tut daraxtlari barglarini sug‘urta qilish. 1 - 2 0,5 6. Pilla hosilini sug‘urta qilish. 7. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining lizingga olayotgan 8. texnikalarini sug‘urta qilish. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining mol-mulkini sug‘urta qilish. 0,5 - 4,0 0,4 -4,0 9. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan jo‘natiladigan yuklami sug‘urta qilish Manba: Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish asoslari. - Т., Savdo-sanoat palatasi, 2005. - 67- b.
. Startap va innovatsiya
Bexato, [04.07.2022 18:10]
Bugun dunyoda intellektual salohiyat mahsuli bo‘lgan g‘oya va innovasiyalar bejiz qadrlanmayapti. Zero, har qanday ilm-fan yangiligi bevosita mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qiladi. Jumladan, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon shaklida amalga oshiriladigan ijodiy mehnat — startaplarga e’tibor qayerdaki katta bo‘lsa, shu yerda taraqqiyot yanada yuqori darajaga ko‘tarilmoqda. Chunki o‘zini oqlagan startaplar o‘sha sohani an’anaviy biznesga qaraganda tezroq rivojlantiradi va yangi ish o‘rinlari yaratadi. Shuning uchun startaplar va ularni yarata oladigan yangicha fikrlovchi intellektlar bugungi kunda hamma jamiyat uchun zarur.
Startaplar nima o‘zi?
Uning o‘ziga xosligi nimada? Har qanday istiqbolli urinish bu atamaga mos keladimi? Uni shakllantirish va rivojlantirish mamlakat iqtisodiyotiga qay darajada ta’sir etadi?
Startap — endigina boshlanayotgan, ishga tushirilayotgan innovasion loyiha demakdir.
Startap muallifi faoliyati va mutaxassisligiga ko‘ra, nafaqat tadbirkor, hatto talaba, muhandis yoki iqtisodchi ham bo‘lishi mumkin. Innovasion loyihani to‘laqonli biznesga aylantiradiganlar orasida tadbirkor va ilmiy xodimlar uchraydi. Lekin ba’zida startap bir kishi tomonidan yaratilib, ishlab chiqarish bilan ham, o‘z mahsulotini ilgari surish bilan ham o‘zi shug‘ullanadi.
Muxtasar aytganda, startap — bu ilgari mavjud bo‘lmagan biznes loyihasi.
Har qanday startap g‘oyasi yangilik, yangi mahsulot, yangi texnologiyalar va ilgari amaliyotga tatbiq etilmagan faoliyatga asoslanadi.
Innovasion g‘oya, noan’anaviy biznes, yuqori texnologik yechimlarga asoslanganlik, bozordagi potensial talab, investision jozibadorlik, o‘suvchanlik, jamoaviy qadriyatlar — har bir ishtirokchi o‘z ixtisoslashuvi doirasidan chiqib, umumiy ish uchun hissa qo‘shishga tayyor bo‘lishi bunda asosiy mezon hisoblanadi.
Dunyoda
Index Ventures xalqaro venchur kapital firmasi tomonidan tuzilgan ro‘yxatda AQSH, Kanada, Avstraliya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Portugaliya, Polsha, Italiya va Shvesiya startaplar uchun sharoitlar muttasil yaxshilanayotgan davlatlar qatoriga kiritilgan.
Ayniqsa, Buyuk Britaniyada jahon miqyosida e’tirof etilgan ishbilarmonlik muhiti mavjud bo‘lib, doimiy ravishda startaplarning o‘sishi rag‘batlantirib borilmoqda. Buyuk Britaniyaning startap ekotizimi ulkan bozor imkoniyatlarini taklif etadi. Chunki mamlakat bozori o‘zgarishlarga tez moslashadigan texnologiyaga asoslangan tuzilishga ega, biznes qilish oson.
Ko‘pgina yirik xalqaro kompaniyalarning global yoki Yevropa bo‘yicha qarorgohi Buyuk Britaniyada joylashgan.
Bundan tashqari, ko‘plab texnologik va innovasion kompaniyalar Britaniyani afzal ko‘radi. Mamlakatning aksariyat shaharlarida umumiy va o‘ziga xos kichik tarmoqlarda ixtisoslashtirilgan, hukumat ko‘magida rejalashtirilgan texnologik markazlar mavjud.
Britaniyaning muvaffaqiyati siri nimada?
Buyuk Britaniyaning geografik joylashuvi, qulay sharoit kabi qator omillar uni iste’dodlar va imkoniyatlar uchun ideal uchrashuv joyiga aylantirgan. 2010 yildan buyon Britaniya hukumati tomonidan mamlakatda startap ekotizimini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha bir qancha choralar amalga oshirildi. Londonda Tech City tashkil qilindi, tadbirkorlar va investorlar uchun katta soliq imtiyozlari joriy etildi. Buyuk Britaniya Yevropaning texnologiya va innovasiya markazi sifatida shakllanish uchun 2012 yilda amaldagi daromad solig‘i stavkasini 50 foizgacha, 2014 yilda korporativ soliq stavkasini 22 foizgacha kamaytirdi. Buning natijasida u dunyo miqyosida ikkinchi va Yevropada startap ekotizimi shakllangan yetakchi mamlakatlardan biriga aylandi. London esa, texnologik investisiyalarni Silikon vodiysidan keyin eng ko‘p moliyalashtiradigan investision hudud va startap ekotizimi rivojlangan TOP-5 shaharlar sirasiga kiradi.
Bexato, [04.07.2022 18:10]
Ushbu davlatda 250 dan ortiq biznes inkubator va 200 ga yaqin akselerator faoliyat yuritadi. Mamlakatda umumiy startaplar soni 2015 yilda 608 110 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2021 yilga kelib, bu ko‘rsatkich qariyb 672 000 taga yetgan. Mavjud startaplarning 19 foizga yaqini muvaffaqiyatga erishgan, 217 tasi “yunikorn” (unicorn (yunikorn) — aktivlarining kapitallashuvi 1 milliard AQSH dollariga yetgan kompaniya) darajasiga yetgan. “Forbes” tahliliy ma’lumotlariga ko‘ra, yana 126 ta kompaniya ana shunday yuqori potensialga ega bo‘lishi kutilmoqda.
Buyuk Britaniyada texnologiya sektori mamlakat iqtisodiyotidan 2,6 barobar tez o‘smoqda. Kompaniyalar har yili milliardlab funtlik venchur kapital qo‘yilmalarini oladi. Birgina 2020 yilning o‘zida Britaniyaning investisiya fondlari tomonidan texnologik kompaniyalar 11,2 milliard funt kapital bilan moliyalashtirilgan. Shuningdek, 2019 yildan Sturgeon Capital investisiya fondi tomonidan O‘zbekistondagi IT Park 3 ta startapi uchun 4 million funtlik venchur kapital kiritilgan.
Hozirgacha Buyuk Britaniyada qiymati 92 milliard dollarlik startaplar moliyalashtirilgan bo‘lib, ular, asosan, moliyaviy texnologiyalar (Fintech) va ta’lim texnologiyalari (Edtech) sohalariga yo‘naltirilgan.
O‘zbekistonda
Mamlakatimizda yoshlarning iqtisodiyotimizga naf keltiradigan har qanday g‘oyasi va salohiyatli yangiligi e’tibordan chetda emas. Bu borada tizim mavjud — Innovasiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovasiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, Ilg‘or texnologiyalar markazi, Yoshlar texnoparklari, Yoshlar akademiyasi, “Yashnabod” innovasion texnoparki, shuningdek, “UzVC” milliy venchur fondi faoliyat yuritmoqda. Bularning bari startaplarni tijoratlashtirish uchun investisiyalarni jalb etish, moliyalash, ishlanmalarni tanlash, xalqaro ko‘rgazmalar tashkil etish singari va yana bir qancha vazifalarni amalga oshiruvchi tizimdir.
— Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan 2019-2021 yillarda jami 90 ta startap loyiha tanlov asosida moliyalashtirilgan, — deydi vazirlikning Startap ekotizimini shakllantirish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Aziz Ilhomov. — Ular qatorida sog‘liqni saqlash sohasida 18,7 milliard so‘mlik 20 ta, axborot texnologiyalari sohasida 14,5 milliard so‘mlik 18 ta, qishloq xo‘jaligi sohasida 14,1 milliard so‘mlik 22 ta, transport va energetika sohasida 9,6 milliard so‘mlik 11 ta, qurilish sohasida 4,5 milliard so‘mlik 7 ta, oziq-ovqat sohasida 3,3 milliard co‘mlik 5 ta, mashinasozlik, ta’lim va boshqa sohalarda 5,6 milliard so‘mlik 12 ta startap loyiha bor. Ularning umumiy qiymati 70,3 milliard so‘mni tashkil etadi. Ushbu loyihalar orqali hozirgacha 674 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Ta’kidlash joizki, ular orasida nafaqat mahalliy bozorga mo‘ljallangan, balki eksportga yo‘naltirilayotgan loyihalar ham ko‘p.
— Topinamburdan shifobaxsh biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish va eksportga yo‘naltirish loyihasini ishlab chiqqanman, — deydi “PARADISE FLORA” mas’uliyati cheklangan jamiyat direktori Zilola Mo‘minjonova.
— Loyihaning asosiy maqsadi yurtimizda yetishtirilayotgan va tabiiy holda o‘suvchi 50 dan ortiq turdagi dorivor o‘simliklardan inson organizmi uchun zarur bo‘lgan vitaminlar, makro va mikroelementlar asosida 14 ta biologik faol qo‘shimcha ishlab chiqarishdir. Tayyor mahsulotning asosiy qismini eksportga yo‘naltirish va qolgan qismini oziq-ovqat korxonalari, maxsus davolovchi markazlar, sanatoriy, muruvvat uylari hamda fitobarlarga talabnoma asosida yetkazib berish mo‘ljallangan.
Mazkur loyihani amalga oshirish uchun 1 milliard 382 million 600 ming so‘m talab etildi. Buning 646 million 600 ming so‘mi Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirildi, qolgani “PARADISE FLORA” korxonasi hisobidan qoplandi. Korxonada 20 ta doimiy va 30 dan ortiq mavsumiy ish o‘rni yaratildi.
Hozir korxona mahsulotlari Latviya va Rossiyaga eksport qilinmoqda. Yaqin kunlarda ular qatoriga Germaniya ham qo‘shilishi kutilmoqda.
Ayni paytda korxonada sanoat zonalari ishchilari va ularga yaqin joylashgan aholi uch
Bexato, [04.07.2022 18:10]
un zararli ta’sirlarning salbiy oqibatlarini bartaraf etishga ko‘maklashuvchi dorivor o‘simliklar jamlanmalarini tayyorlash va sotuvga chiqarish ustida ish olib borilyapti.
Bexato, [04.07.2022 18:10]
Startap loyihalarning har biri yangi turdagi mahsulot, dastur yoki xizmat ko‘rsatish sohasini o‘z ichiga oladi. Turizm sohasida “O‘zbekiston turistik shaharlarining 3D va VR BOX modellarini yaratish”, “NazzaAR” startap loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Tibbiyot sohasida “LiPach” teri parvarishi uchun gigiyenik-kosmetik vositasi klinik oldi tekshiruvlardan muvaffaqiyatli o‘tdi, “Bioferron” biologik faol qo‘shimchasi, implantasiya qilinadigan yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalarni innovasion ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Qishloq ho‘jaligi sohasida agrolotok, ko‘chatlarni in-vitro usulida ko‘paytirish laboratoriyasi tashkil etilmoqda. Oziq-ovqat sohasida olma kukunidan qandolatchilikda keng foydalaniladigan pektin ishlab chiqaruvchi “Onsite” MCHJ tashkil etildi. Yana bir istiqbolli loyiha — biologik mahsulotlarni quritish mexanizmini takomillashtiruvchi elektromagnit parchalovchi qurilma ishlab chiqilmoqda. Mazkur tizim mahsulot tannarxiga katta ta’sir qiluvchi yakuniy bosqichda energiya sarfini qariyb 4-6 barobargacha qisqartirish imkonini beradi.
Qanday natijalarga erishilmoqda
“Medical manufacture center” MCHJ rahbari Abdurashid Nig‘matjonovning implantasiya qilinadigan yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalarni innovasion ishlab chiqarish loyihasi uchun 1,5 milliard so‘m ajratilgandi. Ayni paytda korxonaning yillik daromadi 1,7 milliard so‘mni tashkil etmoqda. Kelgusida bir yillik daromad 10 milliard so‘mga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston turistik shaharlarining 3D va VR BOX modellarini yaratish bo‘yicha ish olib borgan Hakimboy Yo‘ldoshevning o‘tmishga virtual sayohat qilish imkonini taqdim etuvchi loyihasiga Innovasion rivojlanish vazirligi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovasiya larni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan 947 million so‘m ajratilgandi. Ayni paytda mazkur loyihani amaliyotga joriy etgan “Wolfsoft” xususiy korxonasining yillik daromadi 5 milliard so‘mni tashkil etmoqda, 32 nafar mutaxassisning bandligi ta’minlangan.
Muhammad Valiyevning temir yo‘l liniyalarini nazorat qiluvchi va sayyohlar uchun ishlab chiqqan mashinasi ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. 1 milliard so‘m boshlang‘ich mablag‘ bilan ish boshlagan ixtirochining yillik daromadi ayni paytda shuncha, ya’ni 1 milliard so‘mni tashkil etayotgani startap loyihalarning istiqbolli ekaniga yaqqol dalildir.
Investisiya boshlangan loyihaning amalga oshishida asosiy komponentdir. Ammo...
Startap — bu bozorga kirib kelayotgan yangi loyihagina emas. Startap deb atash uchun uni ilgari surilayotgan innovasion g‘oyani bor kuch va resurslarni berishga tayyor bo‘lgan jamoa qo‘llab-quvvatlashi kerak. Ishga tushiriladigan loyihaning yana bir asosiy jihati investorlarning yordamidir. Hatto eng yaxshi g‘oyani ham investisiyasiz amalga oshirib bo‘lmaydi.
— Ishlab chiqarishga tatbiq etilayotgan loyihalar soni kundan-kunga oshayotgani quvonarli, ammo bu borada hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p, — deydi poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direktorining innovasiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Jahongir Rajabov.
— Startaplarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida muammolar bor. Yurtimizdagi biznes doiralar hamma vaqt ham yangi loyihalarga qiziqish bilan qarayvermaydi. Tadbirkorlar kelajagi mavhum loyihalarga pul tikishdan qo‘rqishadi. Venchur kapital qo‘yilmalar va biznes farishtalari konsepsiyasi rivojlanish bosqichida va yetarlicha mashhurlikka erishmagan.
Ayrim sohalarda startaplar yetishmaydi, boshqalarida esa, ortiqcha. Ayniqsa, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi startaplar mashhur bo‘lib bormoqda. Masalan, ijtimoiy sohadagi Open Data Challenge 2020 forumida NLS jamoasining brayl alifbosini tanib olish loyihasi g‘olib chiqdi va ko‘rish qobiliyati zaif odamlar uchun ilova yaratilishiga zamin yaratdi. Bu quvonarli, albatta. Ammo bunday startap loyihalar qurilish, bank va sanoat kabi sohalar vakillari e’tiboriga muhtojligini ham inkor eta olmaymiz.
O‘zbekiston yoshlarida buyuk g‘oyalar bor. Ularni amalga oshirish maqsadida IT park but
Bexato, [04.07.2022 18:10]
un mamlakat bo‘ylab IT markazlar ochmoqda, shuningdek, IT akademiya kurslari orqali ish beruvchilar ehtiyojini qondiradigan mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Bexato, [04.07.2022 18:10]
Bugungi kunda Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan startap ekotizimini rivojlantirish, loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qancha tanlovlar e’lon qilingan. Jumladan, o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash asosida moliyalashtirish uchun ustuvor innovasion, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va startap loyihalar tanlovlari shular jumlasidandir.
Yagona startaplar platformasi haqida
Ekotizim faoliyatini raqamlashtirish, mavjud intellektual resurslardan samarali foydalanish, sohaning tizimli tashkil etilishini ta’minlash yagona platforma tashkil etishni taqozo etmoqda. Platforma startap ekotizimi sub’yektlari ma’lumotlari bazasi (investorlar, startaplar, kovorking markazlar, inkubator va akseleratorlar), startap loyihalarni moliyalashtirish va monitoring qilishni raqamlashtirish asosida tashkil etiladi.
Mamlakatimizdagi innovasion faoliyatda tub ijobiy burilishlar xalqaro tashkilotlar tomonidan muntazam tarzda e’tirof etib kelinmoqda. Joriy yil O‘zbekiston global innovasiya tendensiyalarini baholab boruvchi Global innovasion indeks reytingida 7 pog‘ona yuqorilab, 132 davlat orasida 86-o‘rinni egalladi.
Ilm-fan sohasiga ajratilgan mablag‘ — bu innovasiya yutuqlari sari tashlangan qadam, kelajakka kiritilgan investisiyadir.
Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Xalqimiz dunyoqarashida innovasiya muhitini yaratish eng muhim vazifamizdir. Innovasiya bo‘lmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish bo‘lmaydi. Bu sohadagi o‘zgarishlarni xalqimizga keng targ‘ib qilmasak, odamlarda ko‘nikma paydo qilmasak, bugungi davr shiddati, fan-texnikaning mislsiz yutuqlari bilan hamqadam bo‘lolmaymiz”.
Biznes – reja. Biznes rejani ishlab chiqish bosqichlari
Mavjud ilmiy va uslubiy adabiyotlar biznes-rejani ishlab chiqish
uchun yagona to„g„ri yo„l yo„qligiga alohida e‟tibor qaratadi. Biznes-
rejaning tarkibi, tuzilmasi, ko„rsatkichlari va boshqa jihatlari odatda
korxonaning hajmi (quvvati), yo„nalishi, iqtisodiy va moliyaviy holati,
shuningdek, gap o„z ishini endi boshlayotgan tadbirkor yoki faoliyat
yuritayotgan korxona haqida borayotganligiga bog„liq bo„ladi. Agar gap
barcha tashvishlar o„z ishini boshlash va buning uchun zarur bo„lgan
boshlang„ich kapitalni, jumladan, bank kerditlari hisobiga shakllantirish
bilan bog„liq bo„lgan tadbirkorlik haqida borsa, biznes-rejaning mazmuni
va uni tayyorlash bosqichlari ma‟lum bir (umumiy) ko„rinishga ega
bo„lishi, yangiliklar kiritish yoki bankrotlik yoqasida turgan korxona
haqida boradigan bo„lsa boshqa ko„rinishga ega bo„ladi. Shunday bo„lsada,
har qanday biznes-rejada tanlangan biznes konsepsiyasi ochib beriluvchi,
taklif qilinayotgan mahsulot, ish yoki xizmatlarnig o„ziga xosligini
tavsiflovchi, shuningdek, istiqbolda olinishi lozim bo„lgan foyda
(daromad) va biznesni kengaytirish aks ettiriluvchi bo„limlar mavjud
bo„ladi.
Xo„jalik amaliyotining dalolat berishicha, umuman rejalashtirish, va
xususan biznesni rejalashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi
bosqichda biznes-rejaning loyiha varianti ishlab chiqilib, unda o„tgan yilda
erishilgan natijalar tahlili va kelgusi yillar uchun o„z imkoniyatlarini
baholash hisobiga dastlabki hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Biznes-reja
barcha hisob-kitoblarda belgilangan texnologik jarayonlarga, ichki
zahiralardan to„liq foydalanishga asoslanishi hamda zarur hollarda
tashkiliy va texnik-iqtisodiy tadbirlar bilan mustahkamlanishi lozim.
Ushbu bosqichda chiqariladigan mahsulotga jamiyat ehtiyojlari va
bozor talabini aniqlash katta ahamiyatga ega. Gap shundaki, jamiyatning
~ 82 ~
aniqlangan ehtiyojlaridan tashqari, iste‟molchilar mahsulotni xarid qilish
uchun sarflaydigan va korxona ushbu ehtiyojlarni qondirish uchun
mahsulot ishlab chiqarishga sarflovchi resurslarning cheklanganligi ham
mavjud. Shuning uchun «ehtiyoj - resurslar» bog„liqligi biznes-rejaning
asosiy bo„g„ini hisoblanadi. Ehtiyojlarni aniqlash korxonani iste‟molchilik
talabiga ega bo„lmagan mahsulot chiqarish uchun xarajatlar sarflashining
oldini oladi, talab qilinuvchi resurslar hisob-kitobi esa xato va
kamchiliklarga yo„l qo„ymaydi.
Ikkinchi bosqich bu biznes-rejani yakuniy ishlab chiqish va uni
korxonaning rasmiy hujjati sifatida tasdiqlashdir. Aynan shu sifatda
biznes-reja huquqiy kuchga ega bo„lib, turli idora va muassasalarga,
xususan, banklardan moliyaviy resurslar olish uchun taqdim etilishi
mumkin. Agar uni ishlab chiqish o„z navbatida korxonaning ishlab
chiqarish va iqtisodiy (moliyaviy) strategiyasini ishlab chiqishga imkon
beruvchi marketing tadqiqotlari va bozor tahliliga asoslansa to„g„ri bo„lur
edi.
Ayrim mutaxassislar bitta biznes-rejaning ikki xil ko„rinishga ega
bo„lishini – hamkorlar, investorlar, aksiyadorlarga taqdim etiluvchi rasmiy
biznes-reja va korxona rahbariyati va uning komandasi uchun tuzilgan
ishchi biznes-rejani tavsiya qiladilar.
Ishchi biznes-reja xuddi rasmiy biznes-reja kabi tartibda va xuddi shu
bo„lim va nomlardan iborat bo„lib, tavsiya qiluvchilarning fikricha,
quyidagi vazifalarni bajarishga xizmat qilishi lozim:
Rasmiy biznes-rejaning muhimligini tushunish.
Yangi tadbirkorlik ishini boshlashdan ancha avval bajariluvchi
hatti-harakatlar dasturini aniqlash.
Yuzaga kelishi mumkin bo„lgan muammolar variantlarini detalli
ko„rib chiqish.
Ichki va tashqi tavakkalchiliklarni baholash.
Bozor muhitidagi doimiy o„zgarishlarni hisobga olgan holda ish
holati nazoratini amalga oshirish.
Har qanday istiqbolli hujjat kabi, biznes-reja ham iste‟mol bozorida va
umuman iqtisodiyotda ro„y berayotgan o„zgarishlarni hisobga olgan holda
vaziyatga ko„ra qayta ko„rib chiqilishi, zarur hollarda o„zgartirishlar
kiritilishi mumkin. Eng asosiysi u korxonaning bozordagi ulushini saqlab
qolishga ko„maklashishi, kelgusida ishlab chiqarish va sotish biznes-
rejaning asosiy qismidan o„rin egallovchi mahsulotning hayotiylik davrini
uzaytirishga xizmat qilishi lozim. Biznes-rejani ishlab chiqishning
~ 83 ~
dastlabki bosqichi ham, yakuniy bosqichi ham «bir gap bo„lar» qabilida
bajarilishi mumkin emas. Bozor ishlab chiqarishni tashkil etish va
rejalashtirishda
xatolarni,
o„ylanmay
qilingan
hatti-harakatlarni
kechirmaydi.
To„liq biznes-rejaning kompyuterda terilgan matni ellik varaqdan
oshmasligi lozim. Biroq so„nggi yillarda, xususan, raqobat kuchli bo„lgan
soha va tarmoqlarda qisqartirilgan biznes-rejalar keng qo„llanayotgan
bo„lib, ularning hajmi 10-15 varaqdan ortmayapti. Shunday bo„lsada,
biznes-reja har qanday variantida korxona missiyasini bajarish va uning
pirovard maqsadlariga erishishni ta‟minlashga xizmat qilishi lozim.
Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda bevosita
biznes-rejani ishlab chiqish va rasmiylashtirish bosqichlariga mufassal
to„xtalib o„tamiz.
Biznes rejani shakllantirishni yangi korxonani tashkil etish yoki
korxona faoliyatiga muhim o„zgartirish kiritish g„oyasi bir necha
bosqichlarda amalga oshiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |