Tadbirkorlik faoliyatini yuritishning huquqiy va meyoriy asoslari
Ushbu mavzuda odamlar nima uchun va qanday qilib o‘z korxonalarini tashkil qilish va uni boshqarish to‘g‘risida qaror qabul qilishlari to‘g‘risida mulohaza yuritiladi
Odamlar o‘z shaxsiy korxonalarini tashkil qilishga ko‘maklashadigan omillarni aniqlash bu muhim savolga javob berishi (yoki ko‘p odamlarning qiziqishini qondirishi) va, ayni paytda, ular qay darajada bu omillarni nazorat qilishga qodirligini aniqlash uchun, o‘zlarini sinovdan o‘tkazish va o‘z atrofdagilarini o‘rganishga yordam berishi lozim. Sinovni o‘tkazish uchun darslikni Amaliy mashg‘ulotlar bo‘limida berilgan blis-so‘rov o‘tkaziladi. Bunda o‘quvchilar o‘zlarini o‘zlari baholashadi va yig‘ilgan ballarining ahamiyatini tushuntirib berishadi.
Tadbirkor bo‘lishga qaror qilishda bir qator ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatlar sabab bo‘lishi mumkin, xususan:
1. Mavjud vaziyatdan qutulish harakati
a) ishdan bo‘shatilish masalan,
• shtatlar qisqarishi
• korxonaning tugatilishi
• ish haqining pastligi
• immigrantlar yoki qochoqlar toifasiga o‘tish
• hozirgi ishdan ko‘ngilning sovushi
• oiladagi inqiroz va boshqa sabablar
2. E’tiborda ishonchli namunalarning mavjudligi
• madaniy saviyadan kelib chiqqan
• oiladan olingan
• tengdosh va do‘stlardan (taqlid qilishga namuna bo‘ladigan)
3. Qulay shart-sharoit
• hukumatning rag‘batlantiruvchi siyosati
• maqbul infratuzilma
masalan,
• rivojlangan moliyalashtirish tizimi
• kommunal xizmatlar mavjudligi (elektr quvvati, suv, aloqa va boshqalar)
• tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
Ushbu shart-sharoitlardan tashqari odamlar o‘z shaxsiy korxonalarini tashkil qilish qarorini berishlari uchun, albatta, o‘tgan mavzularda keltirib o‘tilgan tadbirkorlik sifatlari ham mavjud bo‘lishi lozim, ya’ni:
Tadbirkor tavsiflari (tadbirkor xarakterining 14 qirrasi);
Bilimlar; Ko‘nikmalar; ish muhitini bilish, masalan, kasbiy tajriba borligi.
Tadbirkorlik fenomenini tadqiq qilishda ko‘pincha bir muhim savol tug‘iladi, odam o‘z shaxsiy korxonasini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga sabab bo‘ladigan vaziyatga qanday qilib tushib qoladi. Boshqacha qilib aytganda, kishini tadbirkorlik olamiga kirishga undaydigan kuchlar yoki omillar qanday paydo bo‘ladi.
Tadqiqotlar va manbalarga ko‘ra, bu sabablarni uchta asosiy toifaga ajratish mumkin, ya’ni: mavjud (unchalik yaxshi bo‘lmagan) vaziyatdan qutulish harakati, ishonchli namuna ta’siri va qulay shart-sharoit. Quyida ularni izo.lab beramiz.
Mavjud vaziyatdan qutulish harakati
Ko‘p kishilar ishdan bo‘shatilgandan keyinoq o‘z korxonasini barpo etishga karor qiladilar. Ko‘plar professional faoliyatning o‘zlariga oldingi ishidan tanish bo‘lgan sohalarida korxona barpo etishga moyil bo‘ladilar.
Ishdan bo‘shatilish
Bo‘lg‘usi tadbirkorlarning ishdan bo‘shatilishi oxir-oqibat unda o‘z korxonasini barpo etish xohishini yoki ehtiyojini uyg‘otadigan hodisalar silsilasiga sabab bo‘ladi. Bunday zarurat bevosita quyidagi:
ish o‘rinlarining qisqarishi, ish haqining pastligi sababli ishdan ketish, korxonaning bankrotligi sababli tugatilish yoki boshqa sabablarga ko‘ra ishdan bo‘shatilishi;
mamlakatga yangi ko‘chib kelganligi yoki milliy ozchilikka mansubligi oqibatida til bilmasligi yoxud irqiy mutaassiblik sababli o‘ziga to‘g‘ri keladigan ish topolmasligi;
mamlakatga qochoq sifatida kelib, o‘zi uchun yangi muhitga tushishi oqibatida hayotni yangidan boshlashga majbur bo‘lishi ko‘rinishlarida sodir bo‘lishi mumkin. Bundan oldin chet ellarda ishlab, so‘ng o‘z vataniga qaytgan hamda o‘z mamlakatidagidan ko‘ra ko‘proq maosh olgan va mavqei yuqori bo‘lgan kishilar, shuningdek, (yana-da muhimroq misol) yirik korxonalar va tashkilotlarda ma’mur bo‘lib ishlagan, lekin o‘z ishidan ko‘ngli qolgan kishilar ham shunday misollar tariqasiga kiradi.
Ish muhiti
Ko‘p kishilarning amalda oldingi ishidagi ish muhitiga mos sohalarda o‘z korxonasini tashkil etishining hech qanday ajablanarli joyi yo‘q. Chunki ayni shu sohada ularning tajribasi, bilimi va tanish-bilishlari bor va (yoki) ular ayni shu sohada o‘z imkoniyatlarimni ro‘yobga chiqarishim mumkin deb o‘ylaydilar. Tadqiqotlar va izlanishlar, marketing – mana bular, ko‘pgina yangi korxonalarni barpo bo‘lishiga olib kelgan ikki soha misoli.
Ishonchli namuna ta’siri
Ishonchli namuna ta’siri ota-onalarning kasbiy faoliyati ish boshlayotgan tadbirkorlarning u yoki bu sohani tanlashlariga ta’sir o‘tkazishida ko‘zga yaqqol tashlanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tadbirkorlarning 25-34 foizining ota-onasi (xususan, otasi) kichik korxona egasi bo‘lgan; buning ustiga, agar fermerlar va mustaqil professionallarni ham kichik korxona egasi deb hisoblasak, u holda bu raqam 54 foizga yetadi. Harakat boshlashga sabab bo‘luvchi ishonchli namuna ta’siri faqat oila doirasi bilangina cheklanib qolmaydi, u tadbirkorning tengdoshlari va do‘stlariga ham ta’sir o‘tkazadi. Masalan, manbalarda ishlab turgan yirik tashkilotlarini tashlab ketib, o‘z korxonalarini tashkil qilgan injenerlar AQSHdagi «kremniy vodiysi»ning rivojlanib ketishiga sabab bo‘lgan, deb ko‘rsatiladi.
Ishonchli namuna ta’siri, shuningdek, nima uchun tadbirkorlikning bir xil turlarini ayrim etnik yoki milliy guruhlar (masalan, Qo‘shma Shtatlarda yashaydigan yahudiylar, livanliklar, koreyslar, Buyuk Britaniyada yashovchi ko‘pgina osiyolik guruhlar hamda Hindistonning Gujarot shtatining aholisi) bilan bog‘lanishini tushuntira oladi.
Qulay shart-sharoit
Garchi yuqorida bayon etilgan omillarning barchasi, ya’ni ishdan bo‘shatilish, ish muhiti, muvaffaqiyatli misolga ishonch mavjud bo‘lganda ham, maqbul infratuzilma, asosan moliyalashtirish tizimi, elektr quvvati, yo‘llar, xom ashyo, jihozlar va axborot bo‘lmagan taqdirda, o‘z korxonasini barpo etish qarorini qabul qilish uchun ular hali yetarli bo‘lmaydi.
Malakali mehnat resurslari, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi tuzilmalar va hukumat tomonidan ijobiy yodashuvning yo‘qligi hamda tadbirkorlikka qarshilik qiladigan davlat siyosati kichik korxonalar, ayniqsa, o‘sish potensialiga ega bo‘lganlarining, rivojlanishini ko‘proq susaytiradi. Bozor talabini bilish va xaridorlar xohishlari va ehtiyojlarini qondirish uchun marketing texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari, korxonani tashkil qilishda juda muhim rol o‘ynaydi va uni faoliyat yuritish ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Xuddi shunday, tadbirkorlikka ko‘maklashuvchi muhim omil, bu butun jamiyat uchun, ayniqsa yoshlarimiz uchun zarur bo‘lgan, taqlid qilishga namunalar mavjudligidir
Do'stlaringiz bilan baham: |