Sharkiy yevropadagi slavyan bulmagan xalqlar



Download 22,18 Kb.
Sana11.01.2017
Hajmi22,18 Kb.
#143

Aim.uz

Sharkiy yevropadagi slavyan bulmagan xalqlar
R e j a:

1.Boltik buyi xalklari.

2.Shimoliy xudud xalklari.

3.Volga-Kama buyi xalklari.

4.Janubi – garbiy va sharkiy ulka xalklari.
Tayanch suzlar:
Millatlar va elatlar. Lingvistik va antropologik tasnifi. Tarixiy-etnografik viloyatlar. Boltikbuyi, Volga-Kama buyi xalklari. Janubiy Uralbuyi xalklari.Moldavaliklar, yaxudiylar, gagauzlar, koreyslar, lulilar.

Xujalik-madaniy tiplar. Xujalik moddiy va ma'naviy madaniya an'anaviy kurinishlari. Dexkonchilik va chorvachilik. Shimolda ovchilik va dexkonchilik zonalari.


ADABIYOTLAR:
1. Baltiyskiy etnografichеskiy sbornik. M. 1956.

2. Voprosi etnichеskiy istorii estonskogo naroda. Tallin, 1956.

3. Jabborov I.M. Jahon xalqlari etnografiyasi. 1995.

4.O`zbеkiston Milliy entsiklopеdiyasi. T., «Qomuslar», 2001-2003. 1-2-3-4-5-jildlar.

5..Jabborov I., Jabborov S. Jahon dinlari tarixi. Toshkеnt, 2001
Sharkiy Yevropada slavyanlardan tashkari uziga xos moddiy va ma'naviy madaniyat yaratgan turli xalk va elatlar yashaydi. Ular asosan chekka xududlarda joylashgan: Boltikbuyi, shimoliy viloyatlarning bir kismi, Urta Povoljye, Prikamye va janubi-garbiy rayonlarda. Kupchilik xalklar sharkiy slavyanlar bilan kushni bulganligi tufayli ularga uzaro ta'sir kilib turganlar va kup tomondan umumiy belgilarga egadirlar. Antropologik jixatdan slavyan bulmagan xalklar asosan katta yevropoid irkining turli tiplariga oid. Ammo Volga buyi xalklari -–mariylar, udmurtlar, chuvashlar ayniksa boshkirdlar orasida kisman shimoldagi loparlarda mongoloid belgilari seziladi.

Til jixatdan slavyan bulmagan xalklar bir necha turkumga bulinadli. Eng kupi finno-ugor turkumiga tegishli fin tilida gapiradigan estonlar, karellar, livlar, saamlar, udmurtlar, mordvalar, komi-ziryan va komi-permyaklar. Litva, latish xalklarining tillari xindevropa til oilasining maxsus letto-litta shoxobchasiga, moldavyanlar esa roman turkumiga tegishli. Bu yerda turkiy tilida gapiradigan xalklar chuvashlar, tatarlar, boshkirdlar, gagauz vpa karaimlar yashaydi. Kalmiklar esa oltoy til oilasining mugul shoxobchasiga kiradi.

Mazkur xalk va elatlarning etnogeneyezi va etnik tarixi xam turlicha. Shuning uchun tarixiy madaniy jixatdan ular bir necha viloyatlarga bulinib urganiladi. Shularning ichida tarixiy, etnik va madaniy jixatdan ancha umumiy belgilarga ega bulgan Boltikbuyi xalklari ajralib turadi.

Boltikbuyida asosan uchta xalk yashaydi: litvaliklar (uz nomi “listuvyan”), latishlar (latviyeshi”) va estonlar ( uz nomi “eyestlased”). Litvaliklar uz respublikasidan tashkari kushni Latviya, Belorussiya va Rossiyaning shimoli-garbiy kismida, chet ellarda AKSH, Kanada, Urugvay, Argentina, Avstraliya va Polshada yashaydi. Latishlar xam kisman kushni rayonlardajoylashgan. 60 mingga yakinlatishlar AKSH, Kanada va Avstraliyada yashaydi. Estonlar esa asosan uz respublikasida va ozgina kismi tashkarida (Sankt-Peterburg, Pskov va Omsk viloyatlarida, Latviya,Ukraina va Abxaziyada) joylashgan.

Boltik buyiga odam eng kadimiy davrlardan kelib joylashgan. Bronza davridayok xozirgi Latviya xududiga janubdan kadimgi ajdodlari – letgollar, sellar, zemgallar va kursheylar kelib tarixiy jixatdan xali aniklanmagan maxalliy elatlar bilan aralashib ketgan. Latish xalkining shakllanishi XII-XIII asr boshlaridagi nemis salbchilari istilosi tufayli tuxtab kolgan va fakat XU1 asr boshlariga yetib tugallangan. Kadimiy etnik guruxlardan latgallar bir oz madaniy-maishiy xususiyatlarini saklab kolganlar. Latishlar bilan tuslik aralashib ketgan mayda etnik gurux- livlar kundalik maishiy xayotida ba'zi eski tilidan foydalanadilar.

Litva xalkining kadimiy ajdodlari xam Nyamunas va Daugava daryolari xavzasiga eramizdan avvalgi 11 ming yillikning boshlarida kirib kelgan turli boltik kabilalaridan iborat bulgan. Aslilitva etnosi 1X-XII asrlarda shakllana boshlagan va uning shakllanishida mazkur kabilalardan tashkari litva yoki aukshtayt elati, jmud yoki jemayte, skalva, nadrava, kisman yatvyaglar, kursheylar va zemgallar ishtirok etgan. Etnik konsolidasiyaning paydo bulishiga XIII asrning birinchi yarmida tuzilgan Litva davlati va Tovton ordeni bilan olib borilgan kup asrlik kurash muxim rol uynagan edi. 1795 va 1815 yillar Litva tuprogining asosiy kismi Rossiyaga kushilgan.

Latviyaning shimolida kadimiy dpavrlardan eston xalkining ajdodlaridan rus solnomalarida tilga olingan chud fin tilida gapiradigan kabilalar yashagan. Ular xozirgi Estoniya xududida eramizdan avvalgi 111 ming yillikda paydo bulganlar: keyinrok boltik, skandinav kabilalari, 1ming oixirlaridan sharkiy slavyan elementlari kelib aralashib ketgan va eston xalkning negizini tashkil kilgan.

Eston xalkining etnik jarayonida ishtirok kilgan setu yoki setikez nomli etnografik gurux xozirgacha ajralib turadi. XIII asrlardagi nemis istilochilariga karshi ozodlik kurashi milliy jipslashish jarayonida kuchaytirgan. 1710 yilgi Shimoliy urushdan keyin Estoniya Rossiyaga kushilib olingan.

Boltik buyi xalklari maishiy turmushi, moddiy va ma'naviy madaniyatining shakllanishida bir tomondan sharkiy slavyan xalklarining, ikkinchi tomondan garbdagi kushnilari – nemis, shved kabi xalklarnineg ta'siri utgan. Ayniksa sharkiy slavyan xalklari bilan uzok davrlar davomida boltik buyi xalklari yakin munosabatda bulganligi tufayli uzaro madaniy ta'sirlar kuchli bulgan. XII asrda Litva buyuk knyazligining pado bulishi va unga sharkiy slavyan yerlari bir kismining utishi natijasida xatto uch asr davomida rus tilini davlat tiliga aylantirgan edi. Keyin Litvaning Polshaga kushilishi natijasida bu yerda polyaklarning ta'siri kuchayadi va katolik dini tarkaladi.

Eng kadimiy davrlardan Boltik buyi axolisi dexklnchilik va chorvachilik bilan shugullanib kelgan. Boltik soxillarida va orollarda balikchilik muxim soxa xisoblangan. Sanoat asosan krepostnoy xukuk ta'kiklangandan sung rivojlana boshlagan.

Sanoatning gurkirab usishi shaxar axolisining kuapyishiga olib keldi. Boltik buyi shaxarlarining kupchimligi kup asrlik tarixga ega. Feodalizm davrida , ayniksa Latviya va Estoniyada, shaxarlarda asosan nemislar yashagan va ularning kulida xunarmandchilik xam savdo markazlashgan. Yillar utishi bilan shaxarlar maxalliy tub axoli xisobiga usa boshlaydi. Xozir shaxar axolisi kishlokka nisbatan ancha kup.

Kishloklarda kushni slavyanlarnikiga uxshash zich uylar yoki xutor (kurgon) tipidagi xovlilardan iborat. Kurgonlar ayniksa Estoniya va Latviyada nemislarning ta'sirida zurlik bilan tarkok xolda kurilgan, chunki tarkok dexkonlarni buysundirish kulay bulgan. Uylari asosan yogochdan ikki xonali va daxlizlik kilib kurilgan.Estoniya va Shimoliy Latviyada uziga xos sosmon tomli va pechkali baland yogoch uylar – bostirma keng tarkalgan. Uning xususiyati uyga kushilgan maxsus somon kuritadigan va xujalik xonalari kompleksining mavjudligidir.

Boltikbuyi xalklarining an'anaviy milliy kiyimlari feodalizm davrida paydo bulgan. Ular fakat uyda tukilgan matodan tikilgan. Erkaklar kiyimining shakllanishida kushni nemislarning shaxar madaniyati zur ta'sir kursatgan. Rang-barang va turli-tuman ayol kiyimlari asosan turli yubka, kofta, rumol,etakcha va bezaklardan iborat. Butun Boltikbuyi axolisida bir necha xildagi an'anaviy kompleks kiyimlar mavjud bulgan.

Butun xalkning ma'naviy madaniyatiga xristian dinining xams ta'siri utgan. Boltikbuyi axolisi uchta diniy yunalishga itoat kilgan. Katoliklar ilgari Polshada uzok vakt xukmronlik kilgan rayonlarda, Litva xamda sharkiy Latviyada latgallarda tarkalgan. Lyuteranlik XU1 asrdan boshlab nemis ruxoniylari tomonidan estonlar va garbiy latishlar orasida zurlik bilan urnatilgan. Rus vilotyalariga yakin joylashgan axoli pravoslav diniga utgan.

Keng xalk ommasi milliy madaniy an'analarning kup tomonlarini saklab, rivojlantirib kelgan. Ayniksa, xozirgacha yetib kelgan amaliy san'at namunalari dikkatga sazovor. Professional kasb bilan chatishib ketgan, masalan, yogoch xaykaltaroshligi, kaxrabo maxsulotlari ishlab chikarish, badiiy tukimachilik va kashtachilik, teri va sopodl buyular ishlab chikarish kabi amaliy xalk ijodi keyingi davrlarda yana xam ravnak topdi. X1X asrda tashkil bulgan ashula bayramlari, an'anaviy tusga kirgan xor san'ati xozirgi vaktda eng ommaviy va keng tarkalgan xalk ijodi namunalariga aylandi.

Yevropaning shimoliy kismidagi ruslardan tashkari korellar, vepsalar, saamlar, komi-ziryanlar, komi-permyaklar va neneslar yashaydi. Shularning ichida antropologik jixatdan saam (lopar)lar aralash mongoloid va mongoloid irkiga, kolgan barcha etnoslar yevropoid belgilari bilan ajralib turadi. Neneslar esa sof katta yevropoid irkining vakillari.

Kareliya va Kalinin viloyatlarida 150 mingdan ortik karellar yashaydi. Rus solnomalarida korela nomi bilan tilga oligan karellarning ajdodlari 1X asrlarda Ladoga kulining garbiy soxillarida joylashgan. Ular X1-XII asrlarda xozirgi Kareliyaning garbiy kismini egallab keyin shimoliy va sharkiy tomonga tarkalgan va maxalliy vepsalar bilan aralashib ketgan. XII asrda karellar rus davlatiga kushilib ketgan. XII asrda karellar rus davlatiga kushilib ruslarning ta'siriga utgan.

Tili va madaniyat jixatdan karellarga yakin vepsa xalki kadimgi ves nomli fin kabilasining ajdodlaridir. Saamilarning sharkdan kelgan dastlabki mongoloid tipidagi ajdodlari extimol ural tilida suzlashganlar. Ular bu yerda neolit davridan keng territoriyaga tarkalgan maxalliy fin kabilalari bilan aralashib lopar tili va uziga xos mongoloid antropologik tipini yaratganlar. Xozir Shimoliy Yevropaning Kolbsk yarim orolida dastlab kuchmanchi bulgan (ularning asosiy kismi Shimoliy Skanedinaviyada) ikki mingga yakin loparlar yashaydi.

Fin til turkumiga kirgan udmurt, komi, mordva va mariylarning kadimgi ajdodlari eramizdagn avvalgi 111-11 ming yilliklarda sharkdan Volga-Kama soxillariga kelib joylashgan. Ularning bir kismi eramizdan avvalgi 11-1 ming yilliklarda Boltikbuyi va Kareliya tomonga utib urnashganlar. Eramizning boshlariga kelib mazkur xalklar etnik gurux sifatida shakllana boshlaydi. Vyatka va Kama daryolari oraligida joylashgan kabilalar udmurt xalkiga asos bulgan. Eramizdan avvalgi 1 ming yillikda yukori Kama va Vichegda voxasidagi finno-ugor kabilalardan komi-ziryan etnosi tashkil topadi. Usha davrlardayok Pechora va Vichegdla voxasidagi maxalliy kabilalar bilan aralashib ketgan perm kabila birikmasi asosida komi-permyaklar paydo bulgan. Ularning joylashgan xududi Buyuk Perm deb atalgan. X1U-XU asrlarda komi-ziryan va komi-permyaklar Moskva davlatiga kushiladi. Usha davrdan boshlab mazkur etnoslar ruslar bilan yakin alokada bulib, ularning orasida rus madaniyati keng tarkaladi.

Shimoliy xalklar ilk davrlardan (loparlardan tashkari) dexkonchilik va chorvachilik bilan shugullana boshlaganlar. Ularning xujaligiga kushimcha urmon ovchiligi, balikchilik, asalarichilik muxim rol uynagan. Ijma daryosi buyidagi komiziryanlar neneslarning ta'sirida kisman buguchilik bilan shugullanganlar.

Loparlarning xujaligi kompleks xarakterda bulib buguchilik, balikchilik va ovchilik birga kushib olib borilgan. Ilgari, yil buyi bir necha marta oila bulib kuchib yurgan loparlar utgan asr oxirlaridan boshlab fakat erkaklar kuchmanchilik kilib, ayollar boshka oila a'zolari bilan birga kishloklarda kolgan.

Karel, veps, komi-ziryan va komi-permyaklarning moddiy madaniyatida umumiy belgilar saklangan. Ularning uylari tarkok uya shaklida bosh kishlok tevaragida joylashgan. Yogochdan tiklangan uylar xujalik xujaralari bilan birga kurilgan. An'anaviy kiyimlar xam umumiy xarakterda: uzun yengli kuylak, sarafan,boshida duppi va kalpok, ayollarda xar xil rumol va shol rumollar bulgan. Umuman kiyimlari kushni ruslarnikiga uxshagan.

Loparlarning uylari ilgari murili yarim yertuladan iborat bulgan, yozda ular kuchishga kulay bulish uchun chukkaygan daraxt kobigi bilan yopilgan chaylalar kurganlar. XU-XVII asrlarda ruslarning ta'sirida oynali yogoch uylar tiklaganlar.

Yevropaning Shimolidagi xalklarning kupchiligi yozuvni xam bilmaganlar. Ularning ma'naviy madaniyatida asosiy urinni xalk ogzakti ijod va amaliy san'at egallagan. Xar xil epos, rivoyatlar, masalalar, ashula va ertaklar keng tarkalgan. Ayniksa, ajoyib xalk eposi “Kalevala” mashxur bulgan. Kashtachilik, nakshli tikuv, yogoch uymakorligi nixoyatda rivojlangan.

Provoslav dini utmishda xukmron bulganligi sababli xozirgacha ibtidoiy diniy tasavvurlar saklangan. Masalan, loparlar xar xil kasb-xunar, “xujayin” xomiylariga siginganlar, mukaddas toshlarga itoat kilganlar, shomonizm saklangan.

MDXning Yevropa kismidagi slavyan bulmagan xalklardan Urta Povoljyeda va Kama buyida joylashgan udmurdlar, mariylar, mordvalar, chuvashlar, tatar va boshkardlar uziga xos tarixiy-etnografik rayonni tashkil kiladilar. Tarixiy-etnografik jixatdan mazkur komi-permyak va komiziryanlar yakin turadi.

Pantropologik jixatdan bu xalklar katta yevropoid irkining turli tiplariga oiddir. Ammo kupchiligi yevropoid irki bilan kisman mongoloid belgilarini uzida mujassamlashtirgan tiplardir. Til jixatdan butun Volga-Kama xalklari ikki guruxga bulingan: udmurt, mariy va mordvalar finno-ugor til guruxiga, chuvash, tatar va boshkirdlar oltoy oilasining turk guruxiga kiradi.

Vyatka-Kama soxillarida kadimiy davrlarda joylashgan kabilalarning avlodlari xisoblangan udmurtlar xozir 800 ming kishidan ortik. Ular asosan Udmurtistonda, kisman kushni Mariy, Tatriston va Boshkirdistonda , Perm, Sverlovsk va Kirov viloyatlarida yashaydilar.

Eramizning 1 ming yilligi oxirlarida va 11 ming yilligi boshlarida kadimiy udmurtlarning etnik tuzilishiga Volga-kama bulgorlari ma'lum ravishda ta'sir kilgan. 1236 yildan keyin ular mugul-tatar istilosiga uchraydi va XU1 asr urtalariga kelib shimoliy kismi Rossiyaga, janubiy yerlari Kozon xonligiga utadi. 1558 yilda udmurt eli butunlay Rus davlatiga kushilib, usha davrda udmurt xalki shakllana boshlaydi.

Ilgari cherimislar deb atalgan mariy xalki bizning eramizning boshlarida dastlab Urta Volganing sul soxillarida, Vetluga va Vyatka daryolarining oraligida yashagan kabilalardan kelib chikkan. Ular asta-sekin sharkiy rayonlarga siljib xozirgi territoriyani egallab olganlar. Keyingi etnik jarayonda mariylar uch guruxga bulinadi. Volganing baland kirgoklarida joylashgan toglik mariylar, chap kirgokdagi tekis utloklarda urnashgan yaylov mariylari va shark tomondagi tekis utloklarda urnashgan yaylov mariylari va shark tomondagi kushni ulkalarda joylashgan mariylar.

Mordva xalki nisbatan mayda guruxlarga bulinib juda keng xududda joylashgan. Ular Mordvadan tashkari Kuybishnv, Penza, Orenburg, Gorkiy, Ulyanovsk viloyatlarida, Volga buyi respublikalarida, kisman Urta Osiyo, Sibir va Uzok Sharkda yashaydilar. Mordva kabilalari asli Oka, Sura va Urta Volga daryolari oraligida joylashgan. Ular XII asrdan ruslar bilan yakin munosabat urnatganlar. Xozirgi mordva xalki esa eramizning boshlarida ikkita yirik kabila ittifoki xisoblangan garbdagi moksha va sharkdagi erzya etnik guruxlari birikmasidan tashkil topgan va feodalizm davriga kelib etnik jarayon tugallanib xalk shakllangan. Ular shu kungacha uzlarining an'anaviy madaniyatida ba'zi xususiyatlarni saklab kelganlar.

Volgabuyidagi turkiy xalklarning etnogenezi ancha murakkab. Urta Volgabuyi va ayniksa uning janubiy rayonlari uzok davr ichida bir necha marta fin tillaridagi kabilalar bilan kelgindi xindevropa tilidagi skiflar, alanlar va boshka kabilalar, keyinchalik turkiy elatlari bilan aralashib ketgan. Dastlab turkiy kabilalar eramizning 111-1U asrlaridan kela boshlagan va Sharkiy Yevropaga gunnlarning istilosi bilan boglik bulgan. Volga buyi va Ural etaklarida joylashgan turklar maxalliy finno-ugor xalklarining madaniyatini kabul kilgan va ular bilan aralashib ketgan. Eng katta turkiy okimlar bulgan Truk xokonligi U-VII asrlarda Shimoliy Kavkazdan kelgan bulgorlar bostirib kirganlar. Ular Volganing chap va kisman ung kirgoklarini Kama buylarigacha xududni egallab maxalliy turk va finno-ugor kabilalari bilan aralashib X asrda Volga Bulgoriyasi nomli ilk feodal davlatini yaratganlar.

Atrofdagi kushni elatlarga siyosiy – iktisodiy va madaniy jixatdan zur ta'msir utkazgan Volga Bulgoriyasi XIII asrda tatar-mugullari tomonidan tor-mor kilinadi. Kuvginlikka uchragan bulgorlarning ancha kismi Volga buylab shimolga kuchishga majbur buladilar. Ular toglik mariylar va boshka maxalliy kabilalar bilan aralashib chuvash ( uz nomi chavash) xalkiga asos soladilar. Chuvash etnonimi xam bulgorlarning kabilaviy ittifoklaridan biri bulgan suvarlar yoki suvazlar nomi bilan boglikdir. XU asrning ikkinchi choragida chuvash yerlari Kozon xonligiga kushilgan. Chuvash xalkining etnik shakllanishi jarayoni ulkaning 1551 yili Rus davlatiga kushilganidan keyin kuchayadi.

Volgabuyi tatarlarining kelib chikishida xam bulgorlar va maxalliy mariy, mordva, udmurtlarning ajdodlari muxim rol uynagan. XU asrda Oltin Urda yemirilib Kozon xonligi paydo bulgandan keyin uning etnik turkumida kipchoklar xukmronlik kila boshlaydi.Aslida Tatar suzi dastlab U1-1X asrlarda paydo bulib, Baykalning sharkida joylashgan mugullarning eng katta kabilalaridan birining nomi bilan boglik. Chingizxon va uning merosxurlaridavridagi boskinchilik yurishlar vaktida tatar nomi bilan Kora dengiz soxillari ava Kaspiy dashtlaridagi elat va kabilalarni ataganlar, bu nom keyin butun Oltin Urdaga tarkalgan.

Xozir tatarlar eng yirik millatlardan xisoblanadi. Ular Tatristondan tashkari Boshkirdistonda, Chelyabinsk, Perm, Sverlovsk, Orenburg va Astraxan viloyatlarida, Janubiy Sibir va Uzok Sharkda, Kozogiston va Urta Osiyoda kuprok joylashgan.

Xozirgacha bir oz fakr kiladigan tatar guruxlari XU-XU1 asrlarda tashkil topgan tatar xonliklari davrida shakllangan edi. Hshu asosda Urta Volgabuyi va Ural buyi kozon tatarlari va misharlari, pastki Volgabuyida astraxan tatarlari. Sibirda kosim va boshka tatarlar etnografik gurux sifatida uzaro bir oz fark kiladi. Etnografik eixatdan extimol kadimiy finno-ugor kabilalaridan biri xisoblangan mesheralarni turklashtirish natijasida yuzaga kelgan misharlar yoki zurlik bilan xristian diniga utkazilgan kozon tatarlarining bir kismi kryashenlar va ugoyboklar dikkatga sazovor.

Boshkirdlarning kelib chikishi masalasi xali tulik xal bulmagan. Ba'zi olimlarning ta'rificha boshkird xalkining etnogenezida asosiy roni 1U asrlardan boshlangan “buyuk kuchish” davrida kelgan turkiy kabilalar uynagan. Ayrim tadkikotchilarning fikricha boshkirdlarning shakllanishida asosiy birlikni maxalliy finno-ugor kabilalari tashkil etgan. Ularning antropologik, urug-kabilaviy tuzilishi va madaniyati xam boshkird etnik tarixining murakkabligidan dalolat beradi.

Shubxasiz boshkird xalkining shakllanishida tub maxalliy eroniy tillardagi sarmatlar va xar xil finno-ugor kabilalari bilan bir katorda Ural etaklarida eramizning 1 ming yilliklarda kuplab kelgan kuchmanchi turklar muxim urinni egallaydi. Ularning etnogenezida bir oz keyinrok paydo bulgan uguz-pachanak kabilalari, volga-kama bulgorlari, kipchoklar va ayrim mugul kabilalari ishtirok kilgan. Oltin Urda yemirilgandan keyin boshkirdlar Kozon, Nugoy, Sibbirt xonliklarining xukmronligiga utadi.

Volga – Kama buyidagi xalklarning kadimiy davrlarda asosiy mashguloti dexkonchilik va chorvachilik bilan birga kushimcha ovchilik va balikchilikdan iborat bulgan. Ular utgan asrda uch paykalli almashlab ekish tizimiga utganlar. Dexkonchilik kurollaridan eng muximi bir necha xildagi omoch va ogir yogoch plug bulgan. XVII asrlargacha boshkirdlar kuchmanchi va yarim kuchmanchi tarzida turmush kechirib asosan chorvachilik bilan shugullanganlar. Yaylovlarning kamayishi bilan utrok xolatga utib asalarichilik xam saklangan.

Ularning moddiy madaniyatida urmon xujaligining ta'siri juda sezilarli. Uy-joy kurilishidan to ruzgor buyumlarigacha urmon maxsulotlari ishlatilgan. Volga-Kamabuyi xalklarining uylari ruslarnikiga uxshash, yogochdan, urmonni kesib xodalardan ustma-ust terib kurilgan, ammo fakat uyni jixozlashda uziga xos xususiyat kashf etganlar. Yarim kuchmanchi boshkirdlar kora uy xam tiklaganlar. Kolgan barcha etnoslarning uylarideyarli bir tipda yogochdan kurilibi, oynali va polli, shipsiz, tuynukli va urtada uchogi bulgan. Uy rejasi oila a'zolarining soni va boyligiga karab bir-ikki xonali va xujalik xujrasi bilan kushib kurilgan. Tatar va boshkirdlarda yogoch supa bulgan.



Milliy kiyimlari nixoyatda boy va rang-barang bulib, xar bir etnosni ajratuvchi asosiy belgisi xisoblangana. Zigirpoya, kandirpoya va jundan tikilgan turli kiyimlar ajoyib kashta bilan bezatilgan. Lekin Volgabuyi fin xalklarining kiyim-kechaklari ancha ajralib turadi va uzok utmishga xos xususiyatlarini saklab kolganlar.

Region xaolisi diniy jixatdan ikki guruxga bulingan: musulmonlar va xristianlar. Islom dini tatar va boshkirdlar orasida tarkalgan, xristianlik Volga buyi Bulgoriyasining davlat dini xisoblangan va Volgabuyi Rossiyaga kushilgandan keyin keng tarkalgan. Ammo maxalliy kadimiy dinlarga siginish davom ettirganlar, shomonizm va sexrgarlik tasavvurlari saklangan.
Download 22,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish