Mavzu: O’zbekiston iqtisodiyotida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning huquqiy, uslubiy va meyoriy asoslari. Reja: Kirish



Download 46,54 Kb.
bet1/8
Sana01.03.2022
Hajmi46,54 Kb.
#476223
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O’zbekiston iqtisodiyotida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning huquqiy, uslubiy va meyoriy asoslari.


Mavzu: O’zbekiston iqtisodiyotida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning huquqiy, uslubiy va meyoriy asoslari.

Reja:
Kirish.
1. O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tartibga solish bo’yicha meyoriy huquqiy hujjatlar.
2. Respublika buxgalteriyasi hisobi va hisobot tizimini takomillashtirish.
3. Iqtisodiyot rivojiga mos buxgalteriya hisobini joriy etishning yangi usullari.
4. Buxgalteriya hisobini tashkil qilishda buxgalteriya usullari va elementlarining zarurligi.
Xulosa.
Foydanalingan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish.
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga oʻtishda birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan yaratilgan taraqqiyotning “O‘zbek modeli” tamoyillari va uning keyingi bosqichlarida Muxtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan «2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi»da barcha sohalarning ustuvor yo'nalishlari belgilanishi, ayniqsa ijtimoiy-siyosiy hayotni, jumladan iqtisodiyotni erkinlashtirish, mulkdorlar sinfini tashkil qilishdan kelib chiqqan holda bir qancha sohalarni, shuningdek, buxgalteriya hisobi tizimini ham isloh qilishni taqozo etdi.
Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib borishi, O'zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi oʻz navbatida mavjud qonunchilik asosini doimiy ravishda takomillashtirib uni xalqaro me'yorlar va standartlarga moslashtirib borish zarurligi tobora dolzarblashib bordi.
Mamlakatimiz faol ravishda jamiyatning to'laqonli a'zosiga aylanar ekan, jahon bozori xalqaro amaliyotga muvofiq ichki buxgalteriya hisobining rivojlanishiga ancha katta ta'sir ko'rsatib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasining o'tish davridagi bozor sharoitida buxgalteriya hisobini tartibga solishning ichki tizimini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini bashorat qilishga va unga bo'lgan ba'zi talablarni shakllantirishga imkon beradigan buxgalteriya islohotlarining asosiy yo'nalishlari aniqlab olingach oldiga bir qator vazifalarni qo’ydi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun buxgalteriya hisobini tashkil etishni qonuniy, me'yoriy va uslubiy ta'minoti ishlab chiqildi.
Buxgalteriya hisobi fan sifatida shakllanganida, barcha mustaqil fanlar kabi o’z usullariga ega bo’lgan. Buxgalteriya hisobining usuli - buxgalteriya hisobi ob‘ektlarini ya‘ni asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalarining faoliyatini boshqarish orqali amalga oshirish maqsadida yoppasiga, uzluksiz, o’zaro bog’langan va obyektiv aks ettirishni ta’minlaydigan usullar tizimidan iborat. Buxgalteriya hisobi usullarining elementlari uning ob‘ektlari hisoblanib, unga quyidagilar kiradi: hujjatlashtirish; inventarizatsiya; baholash; kalkulatsiya; buxgalteriya hisobi schyotlari; ikkiyoqlama yozuv; buxgalteriya balansi; hamda moliyaviy hisobot.
Buxgalteriya hisobi usullarining sub‘ektlari esa uning ob‘ektlarini boshqarib boruvchi, nazorat qiluvchi va xo’jalik yurutuvchi korxonada sodir bo’layotgan operatsialarni hujjatlashtirib, axborotlarni qayd etib boruvchi shaxslar ya’ni buxgalter va uning yordamchilari, baholovchi, omborchi, ish boshqaruvchi, rahbar va h.k. hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobi usullarining asosiy maqsadi foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashda, axborotlar tog’ri, aniq va ishonchliligini yanada takomillashtirish uchun kerak bo’ladigan shart-sharoitlarni ta’minlashdan iborat.
Shu maqsadlardan kelib chiqib buxgalteriya hisobi usullari o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:

  • Korxona xo’jalik mablag’lari va ularni tashkil topish manbalarini, ularni xo’jalik jarayonlari natijasida o’zgarib borishlarini yoppasiga, uzluksiz, qonun-qoidalarga asosan hujjatlashtirib borish ;

  • Takror ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va korporatsiyalarning samarali boshqarilishida mablag’lar holati va ulardan unumli foydalanish haqidagi hisobotlarni shakllantirib borish;

  • Xo’jalik jarayonlarida bevosita va bilvosita ishtirok etuvchi asosiy vositalarni hujjatlarda aks ettirish;

  • Korxonaning aktivlari va passivlari haqidagi ma’lumotlarni yig’ib, ikkiyoqlama yozuv asosida shakllantirib borib, oylik, choraklik, yillik buxgalteriya balansida aks ettirilib borishini ta’minlash.

Ushbu kurs ishida biz:
- O’zbekistonda buxgalteriya hisobining rivojlanish tarixi va uning iqtisodiyotda tutgan o’rni, hozirgi kunda qanday tartibda olib borilishi;
- buxgalteriya hisobini tashkil qilishda buxgalteriya usullari va uning elementlari zarurligi;
- hujjatlashtirish va ikki yoqlama yozuv usullarini amaliyotga tatbiq qilish jarayonlari, ularning buxgalteriya hisobini yurgazishda qay darajada ahamiyat kasb etishi;
- baholash va kalkulyatsiya nima va qanday hisoblanishi, inventarizatsiya o’tkazish tartibi va usullarining buxgalteriya hisobidagi o’rni va zarurligi;
- schyotlar rejasi, moliyaviy hisobot va buxgalteriya balansining ahamiyati va ularni amaliyotda qo’llash haqida kengroq to’xtalib o’tamiz.



Download 46,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish