Ilmiy yangiligi.
Tadbirkorlik faoliyati va uni rivojlantirishda iqtisodiy
ta’limni o‘rni mavzusini yoritishda ta’lim jarayonida yangi pedagogik
texnologiyalarni qo‘llab o‘qitish. Kasb-hunar kollejlariga zamonaviy yangi
pedagogik texnologiyalar, axborot texnologiyalarini olib kirish interaktiv va
innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda har bir mavzuni yoritib berish.
Ahamiyati.
Bitiruv ishning mavzusini o‘qitishdagi mavjud kamchiliklar
va yutuqlar o‘rganiladi. Natijada mavzuni o‘qitish uslubiyati yangi pedagogik
texnalogiyalarni hamda ularning zamonaviy usullari va vositalarini joriy qilish
orqali samaradorlikka erishiladi. Tadqiqot materiallaridan tadbirkorlikning
mohiyati, tadbirkorlik faoliyati va uni rivojlantirish, tadbirkorlikni o‘qitishda
ta’limning o‘rniga doir ma’ruza matni tayyorlashda hamda akademik litsey va
kollejlarda metodik amaliy qo‘llanma sifatida foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi.
Bitiruv malakaviy ishi
kirish, 3 ta bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati,
ilovalardan tarkib topgan. Shuningdek jadvallar, ma’lumotlar, chizmalar va
diagrammalar keltirilgan, bitiruv malakaviy ishi 93 betdan iborat .
10
I bob. Tadbirkorlik va uni rivojlantirishning nazariy asoslari
1.1.Tadbirkorlikning mohiyati va uni rivojlantirishning ijtimoiy – iqtisodiy
ahamiyati
Tadbirkorlik
– (ingl. enterprise) shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan
fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o‘z nomidan, o‘z mulkiy mas’uliyati
va yuridik shaxsning yuridik mas’uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor (frn.
entrepreneur) qonun tomonidan ta’qiqlanmagan barcha xo‘jalik faoliyati, shu
jumladan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslahat berish, qimmatbaho qog‘ozlar
bilan ish olib borish bilan shug‘ullanishi mumkin.
Barcha yangi mustaqil davlatlarda islohotlardan oldingi davrda
mulkchilikning davlat shakli ustunlik qilgan. Xo‘jalikning davlat sektorida
mehnatkashlar umumiy sonining 4/5 qismi, kooperativlarda 14-15% (bulardan
yarimidan ko‘pi mahallalarga), xususiy sektorda 3% ga yaqini band bo‘lgan.
Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish iqtisodiy
islohotlarning yetakchi bo‘g‘inidir. Xususiylashtirish natijasida demokratik
jamiyatning ijtimoiy zaminini tashkil qiluvchi xususiy mulkchilik qatlami
shakllanib bordi.
Tadbirkorlik tushunchasining xozirgi ma’nosida XVII asr oxiri va
XVIII asr boshlarida ilk bor ingliz iqtisodchisi Richard Kantilon qo‘llagan
edi. Uning fikricha, tadbirkor tavakkalchilik sharoitida faoliyat yurituvchi
kishidir. Shu boisdan u er va mehnat omilini iqtisodiy farovonlikni belgilab
beruvchi boylik manbai deb bilgan. Keyinchalik, XVIII asrning oxiri va
XIX asrning boshida mashhur fransuz iqtisodchisi J.B. Sey (1767-1832)
«Siyosiy iqtisod risolasi» kitobida (1803y.) tadbirkorlik faoliyatini ishlab
chiqarishning uch mumtoz omillari – er, kapital, mehnatning yaxlitligi deb
ta’riflagan edi.
U Angliya sanoatining muvaffaqiyatini «ingliz tadbirkorlari iste’dodi»
ta’minlaganligini ta’kidlagan edi. J.B. Seyning asosiy tezisida mahsulot
ishlab chiqarishda tadbirkorlar asosiy faoliyat yuritadi deyiladi. J.B. Sey-
ning fikricha, tadbirkor olgan daromad uning mehnati, ishlab chiqarishni
11
tashkil etganligi, mahsulotni o‘z vaqtida sotganligi uchun berilgan
mukofotdir. Tadbirkor tavakkal qilib, biror-bir mahsulotni ishlab chiqarishni
o‘z bo‘yniga oladi.
Qayd etish lozimki, iqtisodiyot fanining asoschilari tadbirkorlik shakliga
kam e’tibor berganlar. Tadbirkorlik faoliyati ularning ilmiy - tadqiqot
ishlarining tahlil ob’ekti bo‘lmagan. Ingliz iqtisodchi olimlari A. Smit (1723-
1790) va D. Rikardo (1772-1823) iqtisodiyotni o‘z-o‘zini muvofiqlashtiruvchi
mexanizm deb qabul qilganlar. Ushbu mexanizmda ijodiy tadbirkorlikka
o‘rin yo‘q edi. «Xalqlar boyliklarining mohiyati va sabablarini tadqiq etish»
(1776 y.) kitobida A. Smit tadbirkor ta’rifiga alohida e’tibor bergan edi.
A. Smitning fikricha, tadbirkor – kapital egasi. U muayyan tijorat g‘oyasini
amalga oshirib, daromad olish uchun tavakkalchilik bilan ish boshlaydi, chunki
kapitalni biror-bir ishga sarflash doimo tavakkalchilik bilan bog‘liqdir.
Tadbirkorlikdan olingan daromad, A. Smitning fikricha, shaxsiy tavakkalchilik
uchun olingan mukofot. Tadbirkor ishlab chiqarishni o‘zi rejalashtiradi, tashkil
etadi, ishlab chiqarish faoliyati natijalariga egalik qiladi.
O‘zbekiston istiqlolning dastlabki kunlaridan barcha jabhalarda ijtimoiy
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega demokratik huquqiy davlatni barpo
etishga qaratilgan keng ko‘lamli kompleks islohotlarni amalga oshirish va
rivojlantirish bo‘yicha o‘z yo‘lini tanladi. Prezidentimiz Islom Karimov
tomonidan belgilab berilgan besh tamoyil va izchil islohotlar strategiyasiga
asoslangan mamlakatimizni isloh etish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha
“o‘zbek modeli” berayotgan yuksak samaralar bugun butun dunyoda e’tirof
etilgan. Davlatimiz rahbari yuritayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning puxta
o‘ylangani, islohotlarni amalga oshirishga tadrijiy yondashuvlar ushbu ijobiy
jarayonlarni ortga qaytarib bo‘lmasligining kafolatiga aylandi. Global
moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida o‘zining barqarorligini namoyon etayotgan
milliy iqtisodiyotimizning izchil rivojlanayotgani ham shundan dalolatdir.
Masalan, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sish
sur’atlari o‘rtacha kamida 8,2 foizni tashkil qilmoqda. Xalqaro valyuta
12
jamg‘armasining so‘nggi baholash missiyasining bayonotida O‘zbekiston jadal
rivojlanib, global moliyaviy inqirozni yengib o‘tgani qayd etilgan, shuningdek,
o‘rta muddatli istiqbolda mamlakatimizda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari
saqlanib qolishiga katta ishonch bildirilgan.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning bosh
maqsadi – kuchli, raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni yaratish va shuning
hisobidan aholi farovonligini muntazam oshirib borishdir. Shu sababli
davlatimiz rahbari zamonaviy bozor mexanizmlari, ularning samaradorligini
ta’minlash va shu asosda mamlakatimizda barqaror bozor iqtisodiyotini
shakllantirishning muhim shartiga aylangan kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Prezidentimiz Islom
Karimov ta’kidlaganidek, istiqlol yillarida kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar, imtiyoz va
preferensiyalar yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ustuvor
yo‘nalishga aylandi.
Milliy iqtisodiyotimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining
ortib borayotgani ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli tovarlar bilan to‘ldirish,
zamon talablarini inobatga olgan holda xizmatlar ko‘rsatish sohasini
kengaytirish, eksport tarkibida jahon bozorlarida haridorgir, yuqori qo‘shimcha
qiymatga ega mahsulotlarni ko‘paytirish, avvalo yoshlar uchun yangi ish
o‘rinlarini yaratish va shu asosda aholi daromadi hamda farovonligini
oshirishning muhim omillaridan biri bo‘ldi.
Prezidentimiz Islom Karimov Mamlakatimizda demokratik islohotlarni
yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida
tadbirkorlik faoliyati uchun yanada keng imkoniyat va erkinliklar yaratish
maqsadida qator muhim qonunchilik tashabbuslarini ilgari surdi. Jumladan,
yangi tahrirdagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi
qonun, “Raqobat to‘g‘risida”, “Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirishlar
qisqartirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun
13
hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar qabul
qilindi.
Shu o‘rinda Prezidentimiz tashabbusi bilan “Oilaviy tadbirkorlik
to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganini alohida ta’kidlash joiz. Bu qonun
biznesning yangi turi – oilaviy biznesning tashkiliy-huquqiy shaklini belgilab
berdi, ushbu turdagi faoliyatni davlat tomonidan rag‘batlantirishni
mustahkamladi, oilaviy korxona a’zolarining huquq va majburiyatlari, mehnat
munosabatlarini tartibga soldi. Milliy an’analarimiz va xo‘jalik faoliyatining
ob’ektiv voqeliklariga to‘liq mos keladigan ushbu biznes shakli bugun
mamlakatimizda keng quloch yoymoqda. Yangi ish o‘rinlari tashkil etilmoqda,
odamlar barqaror daromad olmoqda, oilalar, umuman, butun xalqimiz
farovonligi izchil yuksalmoqda.
Mamlakatimizda milliy iqtisodiyotimiz salohiyatini rivojlantirishda kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyatini izchil oshirishga doir
keng ko‘lamli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Chunonchi, 2011 yil O‘zbekistonda
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” yili deb e’lon qilingani, bu borada
tegishli davlat dasturi amalga oshirilgani ham shundan dalolatdir. Mazkur
dasturni samarali ro‘yobga chiqarish maqsadida davlatimiz rahbarining 2011 yil
24 avgustda qabul qilingan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada
rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga binoan soha sub’ektlari
uchun qator yangi imtiyoz va preferensiyalar joriy qilindi, ularning huquq va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlari kuchaytirildi.
Soha sub’ektlarini ro‘yxatga olish jarayonlari soddalashtirildi, ochiqlik va
oshkoralik tamoyillariga amal qilish ko‘lami kengaytirildi, “yagona oyna”
tamoyili joriy qilindi. Endi tadbirkor o‘z biznesini tashkil qilish uchun ikki kun
ichida ruxsat olishi mumkin. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga
ulanish, eksport tovarlarini bojxonada rasmiylashtirish tartib-taomillari sezilarli
darajada soddalashtirildi.
14
Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining vitse-prezidenti hamda
moliya va xususiy sektorni rivojlantirish masalalari departamenti rahbari
Djanamitra Devan kichik biznesni samarali qo‘llab-quvvatlash iqtisodiy
taraqqiyotni ta’minlashda muhim rol o‘ynashini ta’kidladi. O‘zbekistonda ushbu
soha rivoji yo‘lida yordam ko‘rsatish iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish
va uni diversifikatsiya qilishni ta’minlashning zarur sharti sifatida belgilab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 5 may kuni qabul
qilingan farmoniga muvofiq “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki
tashkil etildi va u bugun Markaziy Osiyo va Yevropa mamlakatlaridagi eng
yaxshi o‘nta mikromoliya banklari qatoridan joy oldi. Mazkur bank kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga, ayniqsa, qishloq joylarda faoliyat
ko‘rsatayotgan, dastlabki kapitalni shakllantirish, yangi korxonalar va ish
o‘rinlarini tashkil qilishda ko‘maklashmoqda, ularga faoliyatini rivojlantirish
uchun imtiyozli kredit resurslaridan keng foydalanish borasida samarali xizmat
ko‘rsatmoqda.
Islom taraqqiyot banki vitse-prezidenti Birama Sidibe O‘zbekistonda
kichik biznes milliy iqtisodiyot asosiga aylanganini ta’kidladi. Islom taraqqiyot
banki mamlakatimizda ushbu sektor uning raqobatbardoshligini oshirish
maqsadida qo‘llab-quvvatlanayotgani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, aholi
bandligi va farovonligini oshirish uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha eng
yaxshi strategiya ekanini e’tirof etdi. O‘zbekiston 2003 yilda Islom taraqqiyot
bankining a’zosi bo‘ldi. O‘tgan davr mobaynida bank mamlakatimizga ustuvor
yo‘nalishlarga oid 34 loyihani moliyalash, jumladan, xususiy sektorni
rivojlantirish uchun jami 923 million AQSH dollari ajratdi. Biz, deb ta’kidladi
Islom taraqqiyot banki vitse-prezidenti, bundan buyon ham bugungi barqaror
taraqqiyotning eng muhim harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda mamlakatingizni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlashga tayyormiz.
Ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga oid kompleks chora-tadbirlarning amalga
15
oshirilishi samarasida ushbu sektorning O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni
tobora oshib bormoqda, raqobatbardosh mahsulot turlari va ishlab chiqarish
hajmi ko‘paymoqda. 2012 yilning birinchi yarmida mamlakatimizda 13 mingta
yangi kichik biznes sub’ekti tashkil etildi. Ularning aksariyati ishlab chiqarish
tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu davrda bugun asosan elektron
savdolar orqali amalga oshirilayotgan davlat haridlari tizimiga 132 ming
nafardan ziyod tadbirkor jalb etildi.
Bozor munosabatlari va xususiy mulk huquqlari ustuvorligi e’tiborga
olingan holda, jahon bozorida munosib raqobatlasha oladigan milliy
iqtisodiyotni shakllantirish – muntazam rivojlanayotgan va yanada jadal tus
olayotgan jarayondir. Bugun O‘zbekistonda kichik va xususiy korxonalar
nafaqat savdo, xizmatlar ko‘rsatish va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta
ishlash sohalarida faoliyat yuritayotir, balki innovatsion, nano va
biotexnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan
holda sanoatda, ilmtalab yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishda
ham ularning ulushi ortib borayotir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda ishtirok etish, tashqi bozorlarga
mahsulot chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ham kengaymoqda.
Tadbirkor - bu doimo o‘z ishining fidoiysi, bilimdonidir. Tadbirkorlik
uchun o‘qish kerak, nafaqat dastlabki paytlarda, balki tadbirkor bir umr o‘qishi,
izlanishda bo‘lishi kerak. U eng avvalo, tadbirkorlik faoliyatini qanday amalga
oshirishni, qanday sharoitda amaliy harakat qilishni, tadbirkor oldida
uchraydigan to‘siqlarni hal qilish yo‘llarini va qanday yutuqlarga erishishni
bilishi kerak. Tadbirkor - ishlab chiqarishni tashkil etishni, hamda mahsulotni
sotishni bilishi kerak. U bozor munosabatlari sharoitida yuzaga keladigan aniq
sharoitlarni baholashni va to‘g‘ri yo‘l tanlashni bilishi kerak. Hech kim, hech
qachon tadbirkorga nima qilishni o‘rgatmay va og‘ir paytdlarda yordamga
kelmaydi. Har bir tadbirkor faqat o‘z kuchiga, bilimiga va zakovatiga ishonishi
va suyanishi lozim.
16
Tadbirkorlik faoliyatini aksiyadorlik mulki shaklida ham, jamoa mulki
shaklida ham, xususiy (yakka) mulk shaklida ham amalga oshirish mumkin.
Biroq aksiyadorlik mulki shakli va jamoa mulki shakli doirasida uni tashabbus
ko‘rsatish, qarorlar qabul qilish va o‘z faoliyati uchun javobgarlik masalalarida
xodimlar va menejerlarga xususiy mulk egasi imkoniyatlari qanchalik darajada
berilishiga bog‘liq ravishda amalga oshirish mumkin.
Savdo, maishiy xizmat, mahalliy sanoat, ijtimoiy sohalar korxonalarini
davlatnikidan xususiyga aylantirish jarayoni ancha qiyin o‘tdi. Bu yerda avval
xususiylashtirish yiriklashtirilgan ishlab chiqarish bo‘limlari bo‘yicha bajarildi,
ularning zaminida ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari tuzildi.
Ammo hayot bu jamiyatlarni kichiklashtirishni taqazo qiladi, shu
maqsadda unga kiruvchi ayrim tarkibiy birgaliklarga katta mustaqillik
berildi. Natijada O‘zbeksavdo, O‘zmaishiyittifoq, O‘zbekbirlashuv kabi
tarmoqlar bo‘yicha 13 mingga yaqin xususiy korxonalar tashkil etildi.
Keyingi yillarda kichik va xususiy korxonalar tashkil qilishga eng katta
ahamiyat berilmoqda. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davriga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganidek,
“...qishloq joylarida ixcham ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish, kichik va
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish hisobiga aholining ish
bilan bandligini ta’minlash siyosatini faol amalga oshirish maqsadga
muvofiqdir” .
Tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishi o‘z tarixiga ega. Har
qanday tadbirkorlik ma’lum bir hududda: mamlakat, viloyat, shahar yoki
qishloq miqyosida olib boriladi. Tadbirkorlik faoliyatini samarali olib borish
uchun ma’lum bir ishchi muhiti bo‘lishi kerak.
Bunday muhit ayrim hududlar miqyosida mujassamlanib, o‘zida
ishbilarmonlikni amalga oshirishni mujassamlantirgan. Umumiy holda
tadbirkorlik muhiti asosan quyidagi to‘rt omil: huquqiy, siyosiy, ijtimoiy va
iqtisodiy omillarning o‘zaro bog‘liqligi natijasida amalga oshiriladi.
17
Ular ijobiy yoki rag‘batlantirish ko‘rinishida ham shakllanishi mumkin.
Ushbu holda mamlakat yoki mintaqadagi mavjud shart-sharoitlar tadbirkorlik
faoliyatini olib borish uchun mos bo‘ladi. Chunki, bunday muhit tadbirkorga
amalga oshirayotgan ishlarining natijalari qanday bo‘lishini oldindan ko‘ra
bilishiga keng imkoniyat tug‘diradi. Tadbirkorning o‘z ishi natijalarini
oldindan ko‘ra bilishi tavakkallik tushunchasiga teskari holda ifoda etiladi.
Agar tadbirkor ma’lum bir muhitda tavakkalchilik asosida faoliyat
yuritayotgan bo‘lsa, u holda u o‘zgaruvchanlik, beqarorlik, tavakkalchilik
bilan tavsiflanadi.
Bunday muhit yuqorida keltirilgan ijobiy muhitga to‘g‘ri kelmaydi.
Amalda ko‘p hollarda tadbirkorlik muhitining ma’lum bir omili tadbirkorning
ish natijalariga asosiy ta’sir ko‘rsatadi, deb bo‘lmaydi. Chunki tadbirkorni
ko‘proq tadbirkorlik muhitini belgilovchi omillarning o‘zaro bog‘liqligi
qiziqtiradi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan omillardan huquqiy omillar asosiy omil
hisoblanadi, chunki tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun tadbirkorlik
muhitida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan o‘yinlar qoidasini ko‘rsatib
beradi. O‘yinlar qoidasi tushunchasi ruxsat etilgan va amalga oshirilayotgan
ish (harakat)larni o‘z ichiga oladi. Ruxsat etilgan ish (harakat)larga nisbatan
o‘yin qoidalari turli shaklda namoyon bo‘ladi. O‘yin qoidalari nima qilish
mumkin-u nima qilish mumkin emas tamoyili asosida ishlab chiqilishi mumkin.
Odatda kichik korxonalarning qariyib 80-90 foizi o‘ta kichik bo‘lib, ular
o‘sish uchun cheklangan imkoniyatlarga ega. Bunday korxonalar hayotni
ta’minlovchi korxonalar deb yuritiladi. Ushbu turdagi korxonalarga
konsultatsion xizmat ko‘rsatuvchi firmalar, tor doirada ixtisoslashgan dukonlar,
kafe va shu kabilar kiradi. Ulardagi xodimlar to‘liq bo‘lmagan ish kuniga ega
bo‘lib, firma manzillari sifatida tadbirkorlar o‘z uylaridan foydalanadilar.
Hayotni ta’minlovchi korxonalar kichik biznes korxonasi bo‘lib, uning egasi
yetarli turmush darajasini ta’minlash maqsadida tashkil etadi.
18
Ikkinchi turdagi korxonalar tez o‘suvchi korxonalar deb nomlanadi.
Ularning bunday nomlanishiga sabab, ularning maqsadi tezroq kichik biznes
chegarasidan chiqib rivojlanishdir. Tez o‘suvchi korxonalar kichik biznes
korxonasi bo‘lib, ular tezkor o‘sish tendensiyasiga va qo`yilgan sarmoyaning
yuqori qaytimligiga hisoblanadi. Odatda, bunday turkum korxonalarga bir necha
kishi rahbarlik qiladi. Tez o‘suvchi korxonalar yirik investitsiya manbalariga tez
yaqinlasha oladilar va buning natijasini keng bozorda yangi tovarlar va
xizmatlarini kiritish imkoniga ega bo‘ladilar.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o‘z ko‘lami jihatdan iqtisodiyotni
uzluksizligini va barqarorligini ta’minlashda katta o‘rin egallaydi. Kichik biznes
va tadbirkorlikning iqtisodiyotga ta’sir ko‘lami bir qator iqtisodiy, ijtimoiy,
madaniy, ma’rifiy va jihatlarni o‘z ichiga oladi. Biz faqatgina iqtisodiy jihatdan
muhim bo‘lgan xususiyatlar xususida to‘xtalamiz. Bular quyidagilardir:
a) ish joylarini tashkil etishdagi mavqening yuksalishi. O‘tgan 10 yil
mobaynida kichik biznes bo‘yicha yangi ish joylarining yarmidan ko‘pi 100
kishidan kam xodim ishlayotgan korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Tez
o‘suvchi firmalar yangi firmalarning 27 foizini tashkil etib, ular 60 foiz yangi
ish joylarini hosil qilishda qatnashmoqdalar. Shu bilan birga kichik biznes hosil
qilingan ish joylarining:
v
ish haqiga qo‘shimcha to‘lovlar, imtiyozlarning bir muncha pastligi;
v
ish joylarini qariyib 25 foizi noto‘liq ish kuni tartibida shakllanadi;
v
ularda ishlovchilar tarkibining turli-tumanligi ya’ni ma’lumot dastlab
ishlamaganlar, yosh jihatdan o‘rta yoshlar va o‘rta yoshdan o‘tganlar
salmog‘ini ko‘pligi bilan ajralib turadi.
b) yangi tovarlar va xizmatlarni tadbiq qilish. Eng yirik kashfiyotlar:
havfsiz ustaralar, elektron soatlar, vertalyotlar, zanglamas pulat va boshqa
tovarlar ko‘lami bevosita kichik biznesda yaratilgan.
v) yirik koorporatsiyalar ehtiyojini qondirish. Yirik kompaniyalar
mahsulotini sotish, uni bozor talablari asosida shakllanishiga ko‘mak berishda
kichik korxonalarning roli yuqoridir. O‘z navbatida yirik rivojlanuvchi firmalar
19
o‘z iqtisodiy strategiyalarida mayda ta’minotchilar bilan aloqa o‘rnatishni
samarali hisoblaydilar. Chunki ular moslashuvchanlik xususiyatiga egadir.
g) maxsus tovarlar va xizmatlar bilan taminlash vazifasi. Kichik
korxonalar mijozlarning o‘zgacha maxsus ehtiyojlarini qondirishga yetakchi
o‘rin egalaydilar. Chunki 1-dan, maxsus talabning ommaviy tusga ega emasligi
va uning yirik ishlab chiqarishda tashkil etish samarali bo‘lmasligi sabab bo‘lsa,
2-dan esa, boy haridorlarning “o‘ziga xos” istaklarini mavjudligidir.
Kichik biznesni tashkil etishda muhim o‘rinni firmani barpo etish va uni
samarali sohasini aniq belgilash egalaydi. Shu bilan birga statistika yangi ishni
boshlashdagi ko‘p omadsizlikdan dalolat beradi. Ko‘pchilik uni 30% miqdorda
deydi, chunki 85% yangi korxonalar 10 yilik dastlabki ishlash davridayoq
inqirozga uchraydilar. Shu bilan birga qayd etilgan kichik firmalarning 40% 5
yildan so‘ng o‘z ishlarini davom ettirmoqdalar.
Tadbirkorlikni iqtisodiyotda tutgan o‘rnini birinchi jadval
ma’lumotlaridan ko‘rish mumkin.
1-jadval
Rivojlangan mamlakatlarda turli mulk shaklidagi korxonalarda sanoat
mahsulotlari hajmining taqsimlanishi (ja’miga nisbatan %)
AQSH
Fransiya
Yaponiya
Korxonalar shakli
Ko‘rsatkichlar
yirik o‘rta
kichik yirik o‘rta kichik
yirik o‘rta kichik
Korxonalarining
umumiy soni
0,5
7,9 91,6
0,1
1,5 98,4
1,4 21,6 77,0
Sanoat mahsulotlari
hajmi hissasi, %
35,0 28,4 36,6 42,1 19,1 38,8 34,4 30,1 35,4
Kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishiga bir kator omillar ta’sir
ko‘rsatadi. Bular quyidagilardir.
Korxonalarni yiriklashuvi tendensiyasining pasayishi. Hozirgi paytda
xizmat ko‘rsatish sohasidagi kichik korxonalar yirik raqobatchilarga nisbatan
20
ayrim yumushlarini samarali tashkil qila olmoqdalar. Bu birinchi navbatda
boshqarish tizimining soddaligi va ixchamligi bilan bog‘liqdir.
0,5
35
7,9
28,4
91,6
36,6
0,1
42,1
1,5
19,1
98,4
38,8
1,4
34,4
21,6
30,1
77
35,4
0
10
20
30
40
50
60
70
80
90
100
1
2
3
4
5
6
7
8
9
Корхоналарининг умумий сони
Саноат маҳсулотлари ҳажми ҳиссаси, %
1. Ayollar ish kuchining iqtisodga kirib kelishi.
2. Yirik ishlab chiqarishda xodimlarni qisqarishi.
Bu ayrim jihatdan demografik omillar bilan bog‘liq. Jumladan “demografik
portlash” davrida tug‘ilganlar hozirgi 30-40 yoshga, ya’ni o‘z ishini mustaqil
boshlash vaqtiga yetdilar. Bundan tashqari, yirik korxonalarda ish o‘rni uchun
kurash, o‘rta butun xodimlarning qisqarilishi bevosita kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
4) Yangi korxonalar ochish sur’atining ortishi. Har yili o‘rtacha 200 mingga
yaqin aholi o‘zining firmasini ochadi. Ularning yarmidan ko‘pi 20 ming
dollardan kam oborot bilan o‘z faoliyatilarini boshlaydilar. Ularning qariyib 75
foizini o‘z firmalarida 50 soat ishlaydilar, 25 foizi esa, 70 soat va undan ortiq
ishlaydilar. Qariyib 2/3 qismi yangi biznesni boshlovchilar yangi yoki
boshlayotgan kompaniyalar hisoblanadilar. Ya’ni, ular amalda ishlayotgan
korxonalarni sotib olmaganligidan o‘zlari xususiy biznesni boshlaydilar.
Ularning 80 foizidan ortig‘i o‘z ishlarini o‘ta samarali g‘oyani emas, balki oddiy
ishlarni tartibli hal qilish bilan boshlaydilar.
Tadbirkorlik faoliyatining shakllanishida ishbilarmon xodimlarni tayyorlash,
qayta tayyorlash, malakasini oshirish masalalarini hal etish muhim ahamiyatga ega.
Buning uchun tadbirkorlik faoliyatini yuritishning zamonaviy uslublarini
21
o‘rganishni tashkil etish, xodimlarni o‘qitish va qayta o‘qitish, ularni rivojlangan
mamlakatlarga malaka oshirish uchun yuborish, ishbilarmonlarni o‘qitish uchun
o‘qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini tashkil etish, tadbirkorlik
sektori uchun xodimlarni tanlash bo‘yicha maslahat markazlarini ochish kerak.
Har bir tadbirkorlik faoliyati tegishli huquqiy muhitda kechadi. Shuning
uchun kerakli huquqiy sharoit yaratish katta ahamiyatga ega. Bu birinchi
navbatda tadbirkorlik faoliyatini tartibga keltiruvchi farmonlar va
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratib beruvchi
qonunlarning mavjudligi, ya’ni korxonalarni ro‘yxatdan o‘tish jarayonining
qisqa va oddiy bo‘lishi; tadbirkorlikni davlat byurokratizmidan himoya qilish;
soliq qonunchiligini takomillashtirish; O‘zbekiston va chet el
ishbilarmonlarining hamkorlik faoliyatini rivojlantirishdan iboratdir. Shu bilan
birga bunga kichik tadbirkorlik ishlariga ko‘maklashish hududiy markazlarini
tashkillashtirish, statistika shakli va hisob-kitobini takomillashtirish kiradi.
Tadbirkorlik faoliyatining huquqiy kafolati masalasi bilan bog‘liq masalalarni hal
etish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlatnin ishbilarmonlik faoliyatini tartibga solish kerakligini asoslab
berar ekan, F. Kotler ushbu qonunlar paydo bo‘lishining uch asosiy
sababini ko‘rsatib berdi:
- firmalarni bir-biridan himoya qilish zarurligi. «Tadbirkorlar bir
ovozdan raqobatni maqtaydilar, lekin ularning manfaati raqobat bilan
to‘qnash kelganda uni bartaraf etishga harakat qiladilar».
Shundan kelib chiqib, «g‘irrom raqobat» ning oldini olish bo‘yicha
qonunlar paydo bo‘ldi:
- nohaq amaliyotdan iste’molchilarni himoyalash zarurligi.
Shundan kelib chiqib, nazoratiz qolib, sifatsiz tovar chiqarayotgan,
reklamada yolg‘on axborot berayotgan, o‘rash va narx yordamida aldayotgan
firmalarga qarshi qaratilgan qonunlar joriy etildi.
22
Ish boshlagan dastlabki ikki yil ichida xususiy korxonalar mulkga
solinadigan soliqlardan, 1995 yildan boshlab esa, barcha korxonalar 20 % lik
ammortizatsiya ajratmalari to‘lashdan ozod qilindilar.
Xususiy mulk shaklida xususiylashtirilgan korxonalar (Mahalliy sanoat,
maishiy xizmat, davlat savdosi, umumiy ovakatlanish, matlubot korporatsiyasi,
“O‘zmevasabzavotuzumsanoat”) order olgan vaqtlaridan boshlab dastlab 2 yil
ichida mulk solig‘i, resurs to‘lovlari, 20 foizli amortizatsiya ajratmalarini
to‘lashdan ozod qilinganlar.
Xalq iste’moli buyumlari va qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab
chiqarish bo‘yicha yangidan tashkil etilayotgan xususiy korxonalar ko‘pgina
soliqlardan ozod etilgan, boshqa chet el davlatlari bilan qiyoslansa, ularning
soliq yuki ancha yengil. Chunonchi, Germaniya, Fransiya, AQSH va bozor
iqtisodiyoti rivojlangan boshqa mamlakatlarda Turkiya va hatto o‘sha Rossiyada
ham xususiy korxonalar uchun soliq yukining tushumining 40 foizidan 60
foizgacha bo‘lgan qismini tashkil etadi.
23
Do'stlaringiz bilan baham: |