Тадбиркорлик фаолияти ва уни ривожлантиришда иқтисодий таълимнинг ўрни


Tadbirkorlikka ta’sir etuvchi omillar



Download 8,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/35
Sana19.02.2022
Hajmi8,09 Mb.
#457940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
tadbirkorlik faoliyati va uni rivojlantirishda iqtisodiy talimning orni

1.2.Tadbirkorlikka ta’sir etuvchi omillar 
Bizning mamlakatimizda xorijiy mamlakatlar tajribalariga suyangan 
holda, tadbirkorlikni rivojlantirishga davlat tomonidan katta e’tibor berilmoqda. 
Bunda 1995 yilning 21 dekabrda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan “Kichik 
va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi qonunini misol qilib ko‘rsatsa bo‘ladi. Erkin 
raqobatga tobora keng imkon yaratish, turli mulkchilik shakllaridagi bozor 
sub’ektlar o‘rtasida bo‘ladigan iqtisodiy huquqiy munosabatlarni jahon 
andozalari darajasida tashkil etish borasida ushbu qonun muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Mazkur qonunning 2-moddasida kichik va xususiy tadbirkorlik 
sub’ektlarining miqyosi aniq belgilab berilgan. Jumladan, sanoat va qurilishda – 
50 kishigacha, qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarishning boshqa sohalarida – 25
kishigacha, fan va ilmiy xizmat ko‘rsatishda-10 kishigacha, chakana savdoda – 5
kishigacha bo‘lgan korxonalar kichik va xususiy tadbirkorlik doirasidagi 
korxonalar bo‘lib hisoblanadi. 
Bu qoidalarda tadbirkorlik faoliyatini olib borish yo‘lidagi barcha chegara 
yoki cheklovlar yaqqol ko‘rsatib berilishi kerak. Umuman, huquqiy omil – 
tadbirkorlik faoliyatini yuritish yo‘lidagi barcha qonunlar (soliq, er, mehnat 
munosabatlari) va yo‘riqnomalar majmui bo‘lib, tadbirkorlik faoliyatini tartibga 
soladi hamda tadbirkorning iqtisodiy jarayondagi boshqa sub’ektlar bilan 
munosabatini mujassamlantiradi. 
Demak, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlanishiga ta’sir 
etuvchi omillarni umumiylashtirsak, ular quyidagilardan iborat: 
v
Korxonalar yiriklashuvi tendensiyasining pasayishi: 
v
ayollar ish kuchining iqtisodiyotga kirib kelishi; 
v
yirik ishlab chiqarishda xodimlarning qisqarishi: 
v
yangi korxonalarni ochish sur’atining ortishi va boshqalardir. 
Tadbirkorlikning shakllanishi ijtimoiy va iqtisodiy sharoit bilan 
chambarchas bog‘liq. Tadbirkorlik shakllanishining iqtisodiy sharoitiga ijtimoiy 


24 
sharoit yaqin turadi. Ijtimoiy sharoit, avvalo, haridorlarning didi va modaga 
javob bera oladigan tovarlarni sotib olishga intilishi bilan belgilanadi. Turli 
bosqichlarda ushbu talab o‘zgarib turishi mumkin. Bunga ijtimoiy-madaniy muhitga 
bog‘liq ahloqiy va diniy me’yorlar jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu me’yorlar 
haridorlarning turmush tarziga va u orqali tovarlarga talabiga bevosita ta’sir etadi. 
Ijtimoiy sharoit shaxsning ishga munosabatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi, bu esa, 
o‘z navbatida, biznes taklif etayotgan maoshning miqdoriga, mehnat sharoitiga 
munosabatiga ta’sir etadi. 
Huquqiy bazaning to‘liq yoki bir me’yorda yuritilmasligi tadbirkorlik faolligi 
darajasiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Hozirgi kunda O‘zbekiston 
Respublikasida amaliyotda tatbiq etilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosini 
tashkil etayotgan bir butun huquqiy baza mavjuddir. 
Huquqiy omilning tavsifiga «huquqiy madaniyat» tushunchasi ham kiradi. 
Buning ostida millatning qonunlarga to‘liq rioya etishi, ya’ni insonlarning ongida 
qonunlar talabini bajarish kerak degan tushunchaning bo‘lishi tushuniladi. Agar, 
barcha zarur qonunlar qabul qilinsa-yu, lekin ular amalda ishlamasa yoki tatbiq 
etilmasa, bunday jamiyatni qonunlarga bo‘ysunuvchan deb bo‘lmaydi va buni 
tadbirkor o‘z faoliyatini yuritishda e’tiborga olishi shartdir. 
Siyosiy omil tadbirkorlik jarayonida bo‘layotgan barcha hodisalarga 
davlatning munosabati va ularga davlatning ta’sirini belgilab beradi. Davlatning 
tadbirkor faoliyatiga qay darajada ta’sir ko‘rsatishi yoki aralashishi kerakligi ham 
siyosiy omil tushunchasiga kiradi. Bunday aralashish oldindan belgilanmagan yoki 
belgilangan bo‘lishi mumkin. Umuman, tadbirkorlik faolligi darajasiga davlatning 
munosabati rag‘batlantirish yoki betaraflik ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 
Har bir mamlakatda tadbirkorlikning rivojlanishiga undagi siyosiy tizimning 
barqarorligi katta ta’sir ko‘rsatadi. Agar siyosiy tizim barqaror bo‘lmasa, 
tadbirkorlar katta investistiyalarni jalb etmasdan yuqori darajadagi foyda olish 
maqsadida kichik muddatga mo‘ljallangan turli operastiyalarni amalga oshirishga 
harakat qiladilar. Siyosiy ahvolning barqarorligi tadbirkorga o‘z faoliyatini strategik 


25 
jihatdan loyihalashtirish, ya’ni uzoq muddatga mo‘ljallangan ishlarni amalga 
oshirish imkonini beradi. 
Ijtimoiy omil boshqalarga nisbatan tarkibi jihatidan anchagina murakkab 
hisoblanadi. Shuning uchun ham uning tarkibi ko‘pgina elementlardan tashkil 
topadi. Agar tadbirkor ularni e’tiborga olmasa, bu salbiy natijalarga olib kelishi 
mumkin. Quyidagilar bu omilning asosiy elementlari hisoblanadi: 
- jamiyatda mafkuraning holati; 
- milliy urf-odatlar; 
- millatning madaniy va maishiy odatlari; 
- atrofdagi kishilarning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga munosabati; 
- davlatning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga munosabati. 
Iqtisodiy omil bozordagi raqobatni va narx-navo holatini o‘zida aks ettiradi. 
Narx-navo tizimi, o‘z navbatida, narxlarning darajasi, ishlab chiqarish 
jarayoniga tadbirkor tomonidan jalb etilayotgan ishlab chiqarish omillari, ishchi 
kuchi, kredit stavkasi miqdori hamda soliq va majburiy to‘lovlarni o‘z ichiga oladi. 
Bunda bozordagi raqobat shart-sharoitlari sifat va miqdor jihatdan tahlil qilib 
chiqiladi. 
Tadbirkorlikni davlat tomonidan ma’lum bir shart-sharoitlar yaratilgandagina 
amalga oshirish mumkin. Uning tarkib topishi avvalambor jamiyatdagi ma’lum 
bir vaziyatning vujudga kelishi bilan bog‘liq bo‘lib, undagi siyosiy va iqtisodiy 
vaziyat tadbirkorlik faoliyatini tarkib toptirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Shuning 
uchun ham O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Prezidentimiz I.A. Karimov tashabbusi bilan zarur 
qonunlar, qarorlar, farmonlar va shu kabi huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilingan 
bo‘lib, ular hayotga tatbiq etilmoqda. Shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini 
rag‘batlantirish maqsadida ikkita fond: tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik biznesni 
rivojlantirishga ko‘maklashish fondlari tashkil etilgan. 
Tadbirkorlik faoliyatining kelajagi tadbirkorlik muhiti bilan belgilanadi, u 
esa jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni aks ettiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy 
vaziyatga iqtisodiy mustaqillik, tadbirkorlar sinfi, iqtisodiy aloqalarda 


26 
bozorning ustuvorligi, tadbirkorlik kapitalini mujassamlantirish sharoitining 
mavjudligi va zarur resurslardan foydalanish kiradi. 
Tadbirkorlikning ijtimoiy mustaqallik darajasi bozorda vujudga kelayotgan 
mustaqil korxona va tashkilotlar soni bilan tavsiflanadi. Tadbirkorlik muhitini 
shakllantirish boshqariladigan jarayondir. Lekin boshqarish usullari ma’muriy 
yoki direktiv ko‘rinishda bo‘lishi mumkin emas. Ularning asosiy tadbirkorlik 
faoliyati sub’ektlariga ta’sir etiladigan choralardan emas, balki shunday 
sub’ektlarning tarkib topishi yo‘lida qulay shart-sharoitlarni yaratishdan iborat 
bo‘lishi kerak. 
Tadbirkorlik muhitini tarkib toptirish ko‘p jihatli jarayon bo‘lib, u o‘z ichiga 
quyidagilarni qamrab oladi: 
v
ijtimoiy, iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy falsafa hamda jamiyat a’zolari 
psixologiyasining ular bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishi; 
v
tadbirkorlikni rag‘batlantiruvchi milliy dastur qabul qilinishi. 
Tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy maqsadi mamlakat iqtisodiy 
o‘sishining qo‘shimcha manbai sifatida ijtimoiy muammolarni bartaraf etishda 
katta rol o‘ynaydi, bandlik muammolarini hal etish, milliy boylikni o‘stirish va 
millatning farovonligi uchun xizmat qiladi. (1-rasm.) 
Hozirgi sharoitlarda tadbirkorlik muhitini tarkib toptirish nafaqat milliy, balki 
xalqaro muammolardan hisoblanadi. Mavjud mamlakatlararo guruhlarda, masalan, 
Yevropa Ittifoqi miqyosida yagona tadbirkorlik muhiti vujudga kelmoqda. Bu 
tadbirkorlik faoliyatini yuritish Yevropa jamiyatiga kiruvchi barcha 
mamlakatlarda bir-biriga o‘xshab ketadi. 


27 
Zamonaviy ijtimoiy-
iqtisodiy falsafaning 
shakllanishi 
Tadbirkorlik muhitini 
shakllantirish 
Iqtisodiy faollikning 
alohida shakli sifatida 
tadbirkorlikni 
shakllantirish 
Ijtimoiy muhitni tarkib 
toptirish 
Tadbirkorlik 
infratuzilmasini 
shakllantirish 
Milliy boylik va 
milliy faravonlikning 
o‘sishi 

Download 8,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish