Тадбиркорлик фаолияти ва уни ривожлантиришда иқтисодий таълимнинг ўрни


Iqtisodiy bilimlar tadbirkorlikni rivojlantirishning muhim omili



Download 8,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/35
Sana19.02.2022
Hajmi8,09 Mb.
#457940
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
Bog'liq
tadbirkorlik faoliyati va uni rivojlantirishda iqtisodiy talimning orni

1.3. Iqtisodiy bilimlar tadbirkorlikni rivojlantirishning muhim omili 
sifatida
O‘zbekistonda shaxsning asosiy haq-huquqlaridan biri iqtisodiy ta’lim 
olishdan iborat. Bu mas’uliyatli vazifalarni hayotga tatbiq etish maktablardagi 
ta’lim jarayonini isloh qilishni taqozo etadi: 
v
umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyat asoslarini e’tiborda tutgan 
iqtisodiy holda ta’lim-tarbiya mazmunini milliy mafkura, mustaqil Vatan 
tuyg‘usi asosida boyitish va ta’komillashtirish; 
v
iqtisodiy ta’lim samaradorligini oshira borib jahon talablari darajasiga 
olib chiqish; 
v
iqtisodiy ta’lim-tarbiya bo‘yicha muqobil o‘quv rejalari, dasturlar, 
darsliklar yaratish; 
v
iste’dodli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish; 
v
ilg‘or ijodkor tajribalarga tayanish; 
v
iqtisodiy ta’lim-tarbiya tizimida ilm-fan, texnika yutuqlariga asoslangan 
holda tajriba-sinov ishlarini olib borish va natijalarini pedagogik amaliyotga 
tatbiq etish; 
v
o‘qituvchilarning yangi avlodini tayyorlashga kiritish; 
v
ta’lim muassasalarining moddiy-texnika negizini mustahkamlash, ta’limni 
kompyuterlashtirish, o‘quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyani olib 
kirish. 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim o‘quv dasturlarining tahliliy natijalari shuni 
ko‘rsatdiki, talabalarda tadbirkorlik va iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish 
bir necha bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan, jumladan, Pedagogika, 
Pedagogik mahorat, Pedagogik etika, Kasbiy mahorat, Tadbirkorlik asoslari, 
Mikro va makro iqtisodiyot va boshqa darslarda talabalarda mustaqillik tufayli 
jamiyatimiz hayotida tub o‘zgarishlar sodir bo‘lganligi taraqqiyot bilan birga 
mamlakatda, o‘ziga xos milliy o‘zgarishlar paydo bo‘lib rivoj topayotganligini, 
iqtisodiy islohatlar amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida o‘quv materiallarida 
ma’lumot taqdim qilinishi belgilangan. 


31 
Tahlillarda aniq bo‘ldiki DTS va dasturlarda talabalarda iqtisodiy 
tushunchalar bilan bir qatorda tadbirkorlikka doir tushunchalarni ham 
shakllantirish talablari o‘z aksini topgan. Biz o‘z izlanishlarimizda barcha fan 
turkumlari va sinflar bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim bilan bir qatorda oliy 
ta’limning davlat ta’lim standartlari, dasturlarini tahlil etdik. Fanlar bo‘yicha 
DTS va dasturlar asosida bilim va tushunchalarni shakllantirish usullari xilma-
xil bo‘lib, ulardan keng tarqalganlari: 
- Test usulida tekshirish 
- Og‘zaki so‘rash. 
- Yozma ishlar o‘tkazish. 
- Amaliy ishlarni bajarish. 
- Vaziyatli o‘yinlar o‘tkazish. 
- Sayohatlar uyushtirish. 
Tahlillardan ko‘rinib turibdiki, talabalarda iqtisodiy bilimlarni 
shakllantirish, tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishlarni turli-tuman uslublar orqali 
amalga oshirish mumkinligi dasturlarda belgilangan. 
“O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim konsepsiyasi”da turli 
turkumdagi fanlardan (integrativ) o‘quv fani yaratish g‘oyasi ilgari surilgan. Bu 
g‘oya bugungi kunda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. 
O‘zbekistonda iqtisodiy bilimlarni, tadbirkorlikni rivojlantirishning muhim 
omili sifatida o‘qitiladigan kurslar tashkil etilsa, O‘zbekiston iqtisodiy 
taraqqiyotda bozor yo‘lini tanlaganligi va faqat inson manfaatiga mos mehnatni 
rag‘batlantiruvchi mexanizmga ega bo‘lgani, jahon hamjamiyati rivojlanishining 
hozirgi bosqichiga mosligi, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantira 
olishi, ishlab chiqarishni iste’molchilar manfaatiga bo‘ysundirilishi, tejamli 
xo‘jalik yuritishning kuchli, oqilona jihatlarini yaratish, yangiliklarga 
(innovatsiyalarga) sezgirlikni oshirishi va fan-texnika yutuqlarini joriy etish 
sharoitlariga ega bo‘lishi kabilar e’tiborga olingan taqdirda ko‘zlangan 
maqsadlarga erishish mumkin deb o`ylaymiz.


32 
O‘zbekiston davlatining moddiy va ma’naviy o‘sishi borasidagi iqtisodiy 
qonuniyati bilan talabalar tabiiy va ilmiy fanlar mazmunida tanishadilar. 
Ma’lumki, talabalarning iqtisodiy ta’limni dastlab oilada, maktabda, 
o‘quv-tarbiya ishining butun tizimida, bolalarning ommaviy tashkilotlari 
faoliyatida, ishlab chiqarish jamoalari mehnatida ishtirok etishlari orqali amalga 
oshiriladi. 
Oila muntazam ravishda shu oila a’zolari tomonidan ishlab topilgan pul 
mablag‘larini taqsimlashni amalga oshiradi, turli moddiy boyliklarni sotib olish, 
ma’naviy ehtiyojlarni qondirish uchun ularni sarflaydi. Oilada daromad va sarf-
harajatlarning barcha turlarini hisobga olishni, aniq tashkil qilishni, mehnat 
evaziga topilgan har bir so‘mdan to‘g‘ri va tejamkorlikda foydalanish, narsalar, 
uy-ro‘zg‘or buyumlariga, oziq-ovqat mahsulotlariga, elektr-energiyasiga, gazga, 
suvga, oqilona munosabatda bo‘lish bularning hammasi oilada bolalar bilan 
iqtisodiy tarbiya olib borilgandagina ijobiy natija beradi. 
O‘quv yurtlari va oilaning barcha harakatlari va kuchi talabalar iqtisodiy 
ta’lim jarayonini tashkil qilish va olib borish uchun qulay bo‘lgan pedagogik-
psixologik sharoitlarni yaratishga qaratiladi. 
Talabalarda iqtisodiy tayyorlanadigan mahsulot sifati uchun mas’uliyat 
hissi, vaqtdan samarali foydalanish, asboblarni ehtiyotkorlik bilan ishlatish va 
materiallarni tejamli sarflash malakalari maktabdayoq hosil bo‘la boshlaydi. 
Mana shular maktab o‘quvchisidan alohida e’tiborni, iqtisodiy ta’limning xilma-
xil omillaridan samarali foydalanishni taqozo etadi. 
Talabalarda tadbirkorlik va iqtisodiy tushunchalar shakllantirar ekanmiz, 
ularda avvalombor iqtisodiyotning o‘zi nima, uning vazifalari nimalardan iborat 
ekanligini tushuntirib berishimiz lozim. 
Iqtisodiy ta’lim masalalari va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq qilish 
muammolariga bag‘ishlab ilmiy izlanish olib borgan olimlar: A.Abduvohidov, 
T.Shodiyev, T.Jumaqulov, B.Ataniyazov, T.Axmedov, S.Saidov, N.Xo‘jayev, 
Z.Sariqov, M.Mamatovlar o‘zlarining ilmiy qarashlari bilan o‘qitish uslubiyati 
va pedagogika faniga yangilik kiritishga muvaffaq bo‘ldilar.


33 
Oliy o‘quv yurtlari va kasb – xunar kollejlarida iqtisodiy bilim berishda 
o‘qitishning turli tuman metodlaridan foydalaniladi. Bu o‘rinda I.Ya. Lerner, 
M.N.Skatkin, M.A.Danilov, B.P.Yesipovning tavsiya qilinadigan metodlaridan 
foydalanish ijobiy natijalarni beradi. 
Ular qo‘yidagilar: 
- tushuntirish metodi 
- reprodiktiv metod 
- muammoli bayon qilish metodi – qisman izlanish metodi 
- tadqiqot metodi. 
Talabalarga iqtisodiy ta’lim berishda muammoli o‘qitish metodlari ham 
samarali natijalarni beradi, chunki ta’limda muammoli yondoshish o‘quv 
dasturlarida ham, o‘qituvchi bilimlarini bayon qilishda ham, talabalarning 
mustaqil ishlarida ham o‘z ifodasini topadi. 
Muammoli topshiriqlar talabalarni darsda egallagan bilimlarini to‘liq idrok 
etishga o‘quv materiali ustida keng mushohada yuritishga undaydi. Ularda 
mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini hosil qiladi va eng asosiysi iqtisodiy 
munosabatlar va tadbirkorlik tizimida faol ishtirokchi sifatida shakillanishga 
zamin yaratadi. Bularning barchasiga albatta o‘qituvchining mahorati orqali 
erishiladi. 
Maktab o‘quvchilarida iqtisodiy va tadbirkorlik tushunchalarini 
shakillantirishda turli – tuman muammoli ta’lim usullaridan foydalanish ijobiy 
natijalarni beradi va iqtisodiy tarbiya masalalarining yechimida qo‘l keladi. 
Iqtisodiy tayyorgarlik, iqtisodiy fikrga egalik, iqtisodiy bilimdonlik kabi 
hislatlarni shakillantirish, talabaning ob’ektiv va hissiy bilishlarini rivojlantirish 
uchun maxsus metodika, iqtisodiy topshiriqlar majmui, pedagogik ta’sir 
o‘tkazish mexanizmlari orqali erishish mumkin. 
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillari, bozor va uning 
turlari, ijtimoiy foydali va unumli mehnat, tadbirkorlik va raqobat to‘g‘risida bir 
qancha keng tushuncha berilgan. Shu bilan bir qatorda pul, narx, moliya, davlat 
byudjeti va bank faoliyati haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. Biroq dastur


34 
talablarida qo‘yilgan marketing va menejment faoliyatini bilish, bozor 
sharoitida oilalarning iqtisodiy aloqalarni taqqoslay olish, iste’mol tovarlari 
reklamasi tahlilini bilish, soliq tizimi haqida tasavvurga ega bo‘lish, oila 
byudjetini shakillantirishda foyda, chiqim va ularning manbalarini bilish kabi 
ko‘nikma va malakalarni tarkib toptiruvchi yaxlit iqtisodiy topshiriqlar mavjud 
emas. Zero, talabalarning iqtisodiy bilimlarini amalda qo‘llay olish ko‘nikma va 
malakalarini kamol toptirish ko‘p jihatdan taqdim qilinayotgan o‘quv 
materialiga bog‘liqligi bilan belgilanadi. 
Bugungi kunda tadbirkorlik nazariyasini rivojlantirishning to‘rt bosqichi 
mavjud. XVIII asrdayoq vujudga kelgan birinchi bosqich – tadbirkorlik havf-
xatarini o‘ziga olish, boshqacha qilib aytganda, tavakkalchilik bilan bog‘liq. 
Tadbirkorlikning ikkinchi bosqichi esa innovatsiya jarayoni bilan bog‘liqdir. 
Amerikalik iqtisodchi olim Y. Shumpeterning fikriga ko‘ra, tadbirkorlikning 
novatorlik harakteri quyidagilarda aks ettiriladi: 
- bozor uchun yangi tovar ishlab chiqarish; 
- ishlab chiqarish jarayoniga yangi texnologiyalarni tatbiq etish; 
- yangi sotish bozorlarini o‘zlashtirish; 
- xomashyoning yangi turlari va manbalarini topish. 
Tadbirkorlik vujudga kelishining uchinchi bosqichi tadbirkorlikning alohida 
shaxsiy sifatlari: ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatning o‘zgarishida to‘g‘ri yo‘l topa 
bilish qobiliyati, boshqaruv qarorlarini tanlash va qabul qilishda mustaqillik, 
boshqaruv qobiliyatlarining to‘la namoyon bo‘lishi bilan ta’riflanadi. 
Tadbirkorlik nazariyasining rivojlanishidagi hozirgi bosqichni to‘rtinchi 
bosqichga kiritish mumkin. Uning paydo bo‘lishini tadbirkor harakatini tahlil 
qilishdagi boshqaruv aspektiga ko‘chirish bilan bog‘laydilar. Bu hozirgi vaqtda 
nazariyada tadbirkorlik muammolari tahlili ko‘plab o‘zaro bog‘liq fanlar 
doirasida olib borilishini anglatadi. 
Hozirgi zamon nazariy tadqiqotlarida nafaqat tadbirkorlikka ishlarni mustaqil 
olib borish usuli sifatida, balki firma ichidagi tadbirkorlikka yoki intraprenerlikka 


35 
e’tibor qaratiladi. «Intra-prener» atamasi amaliyotga amerikalik olim G. Pinsho 
tomonidan kiritilgan. 
Intraprenerlikning paydo bo‘lishi ko‘pgina yirik ishlab chiqarish tuzilmalari
ularda ishlab chiqarishni tashkil etishning tadbirkorlik shakliga o‘tishi bilan bog‘liq. 
Tadbirkorlik ishi ijod erkinligining mavjud bo‘lishini ko‘zda tutganligi sababli 
yaxlit ishlab chiqarish birikmalari bo‘linmalari harakat qilish erkinligini oladilar, bu 
tadbirkorlikning asosida yotuvchi g‘oyalarni amalga oshirish uchun zarur 
intrakapitalning mavjudligini nazarda tutadi. 
Taniqli olimlarning olib borgan tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, 
tadbirkorning o‘z faoliyati sohasida olib boradigan ishlari ko‘p qirralidir. Bu bozor 
siyosatining o‘zgarishi bilan yoki korxonaning ichki va tashqi omillari ta’sirida 
aniqlanadi. Lekin tadbirkorning asosiy maqsadi manfaat (foyda) ko‘rish bilan 
bir qatorda, bozorda samarali faoliyat yuritishni ta’minlaydigan ishlarni amalga 
oshirishdir. Buning uchun tadbirkorlikni boshqarish va unga ko‘mak beruvchi 
zamonaviy menejment usullariga asoslangan mexanizmni yaratish va undan 
unumli foydalanishni ta’minlash zarurdir.
 
Bozor sharoitida tadbirkorlikni 
boshqarishda uning quyidagi xususiyatlarini e’tiborga olish kerak: 
v
tadbirkor har doim bozordagi talab va taklifni e’tiborga olib ish ko‘radi; 
v
tadbirkor samaradorlikni ta’minlovchi sa’y-harakatlar qilib, ishlab chiqarish 
harajatlarini kamaytirish yo‘llarini qidiradi; 
v
biznesning pirovard natijalariga javob beradigan shaxslar, o‘z 
bizneslarini erkin shart-sharoitlarda olib borishiga etarli imkoniyatlar 
yaratadilar; 
v
kichik korxonaning pirovard natijalari, ya’ni uning oladigan foyda yoki 
zarari faqat bozordagi oldi-sotdi jarayonida ma’lum bo‘ladi; 
v
kichik biznes bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor o‘z mablag‘larini harakatga 
solib, bozorda qanday xavf-xatarga duch kelishi yoki yakuniy natija 
qanday bo‘lishini aniq bilmaydi. 


36 
Shunday qilib, tadbirkorlik – iqtisodiy faoliyatning alohida turi bo‘lib, uning 
zamirida mustaqil tashabbus, javobgarlik, tadbirkorlik g‘oyasiga asoslangan, foyda 
olishga yo‘naltirilgan, maqsadga muvofiq faoliyat yotadi. 
Tadbirkorlik iqtisodiy faollikning alohida turi bo‘lib, uning boshlang‘ich 
bosqichi, odatda, fikrlash faoliyati yoki uning natijasi bilan bog‘langan bo‘ladi, 
faqat u keyin moddiy shaklni oladi. 
Tadbirkorlik yangilik kiritish, tovar ishlab chiqarish faoliyatini o‘zgartirish 
yoki korxonani (shu jumladan, kichik korxonani) tashkil qilish sohasida 
ijodkorlikning mavjudligi bilan ta’riflanadi. Tadbirkorlik faoliyatining ijodkorlik 
jihatlari boshqaruvning yangi tizimida ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi 
usullari yoki yangi texnologiyalarini tatbiq etishda o‘z ifodasini topadi. 


37 

Download 8,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish