tadbirkor yollangan ishchilarning iqtisodiy manfaatlari va insoniy qadr-qiymatlariga nisbatan barcha masʼuliyatni oʼz zimmasiga oladi. U oʼz ishchilaridan qonunlarga amal qilishini talab etadi va oʼzi ham shunga rioya qiladi
muayyan huquq va majburiyatlar mavjud qonun doirasida mehnat shartnomalarini tuzish chogʼida aks ettiriladi
Tadbirkor va tadbirkorlar ittifoqining boshqa aʼzolari
tadbirkorlar ittifoqi aʼzolari uchun qonunga muvofiq raqobat majburiydir va axloqning muayyan tamoyillariga amal qilishni talab qiladi
raqobatchilik kurashida tadbirkor siyosiy mansubligi yoki jamiyatdagi egallagan mavqei va afzalliklaridan foydalanishga haqqi yoʼq. Tadbirkorlar raqobatchilarning mualliflik huquqi yoki patent huquqini tan olishi shart
kredit va nafaqalarga taalluqli takliflar tanlov asosida taqsimlanadi, natijalar zudlik bilan barcha manfaatdor tomonlarga yetkaziladi. Ittifoq aʼzolari oʼrtasida munozarali masalalar vujudga kelgan taqdirda, ular oʼzaro kelishuvga muvofiq bu masalani ittifoq nazorat kengashiga kiritishi mumkin. Qabul qilingan qaror ikkala tomon uchun ham bajarilishi majburiy hisoblanadi
teng huquqli boʼlmagan sharoitdagi har qanday bozor faoliyati (raqobat) qabul qilingan meʼyorlarga zid hisoblanadi. Oʼz xususiy mahsuloti yoki xizmatlarini raqobatchilar zaifligi hisobiga reklama qilish axloqsizlikka kiradi
6. Javobgarlik va taʼqiqlar
tadbirkorlar ittifoqiga aʼzolik, har bir tadbirkordan mazkur axloq kodeksiga rioya etilishini talab qiladi
axloq kodeksiga amal qilmaslik va uning har qanday tamoyillarini buzish, ittifoqdagi muayyan aʼzoning aʼzoligini toʼxtatish uchun asos boʼladi
qaror ustidan shikoyat qilishga faqat tadbirkorlar ittifoqi sʼezdi oldidan imkoniyat mavjud boʼlib, uni bekor qilish yoki kuchda qoldirish masalasi koʼrilishi mumkin
Tadbirkor madaniyati deganda tadbirkor odobi va iqtidori oʼrtasidagi dialektik bogʼlanish tushuniladi. Bu bogʼlanish quyidagi fazilatlar majmuasida oʼz aksini topadi:
Odob aqlning suyanchigʼi, barcha fazilatlarning mezoni. Bejiz xalqimizda: "Аql bilan odob - egizak", deyishmaydi. Odob yaxshilik bilan yomonlikning farqini bilish, foyda bilan zarar orasidagi tafovutni anglashdir. Odob vositasida kishi oʼz jonini yomon xislatlardan davolaydi, yoqimsiz ayblardan poklaydi, chiroyli fazilatlar bilan bezaydi.
Odob tadbirkorni eng chiroyli xulq bilan qurollantiradi. Natijada aql egalari bunday tadbirkordan har ishda rozi boʼlishadi. Odobli tadbirkor esa kundan kunga obroʼ topadi, nufuzi oshadi, ishlari ravnaq topadi.
Baʼzi hakimlar odobni eng masʼum va koʼrkam feʼlga ega boʼlish desalar, baʼzilari nafsni barcha qabih odatlardan tozalash deb taʼrif berishadi. Demak, tadbirkordagi odobning mavjudligi, bu noyob neʼmatning mavjudligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |