Tadbirkorlik asoslari ц


BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!



Download 0,82 Mb.
bet70/107
Sana20.09.2022
Hajmi0,82 Mb.
#849421
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   107
Bog'liq
tadbirkorlik asoslari 11 2uzb www.ilmlar.uz

BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!

  1. Tannarx nima? Uni to‘g‘ri hisoblash qanday ahamiyatga ega?

  2. Tannarxning qanday turlari mavjud?

  3. Ishlab chiqarish tannarxi o‘z ichiga qanday xarajatlarni oladi?

  4. To‘la tannarx qanday xarajatlardan tarkib topadi?

  5. Chegaraviy tannarx nimani anglatadi? Uni bilish tadbirkorga nima uchun zarur deb o‘ylaysiz?

  6. Mahsulot tannarxini hisoblash qanday amalga oshiriladi?

  7. Kalkulatsiya so‘zining ma’nosi nima?

SMAVZU YUZASIDAN AMALIY TOPSHIRIQ VA MASHQLAR

  1. Quyidagi jadvalda keltirilgan mebel ishlab chiqarish jarayonida mah- sulot tannarxini kalkulatsiya qilish ma’lumotlari asosida to‘la tannarxni aniqlang!

T/r

Xarajatlar tarkibi

Mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi xarajatlar, so‘m

1

Xomashyo va materiallar

1 000 000

2

Qaytarilgan chiqindilar

100 000

3

Yarim tayyor mahsulotlar va sotib olina- digan buyumlar

100 000

4

Yonilg’i va energiya

30 000

5

Asosiy vositalar amortizatsiyasi

20 000

6

Ish haqi va sug‘urta ajratmalari

200 000

7

Mahsulot sotish xarajatlari

50 000



  1. Quyidagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida bo‘sh kataklarni to‘ldiring.

Q

FC

VC

TC

AC

Chegaraviy tannarx

10

100 000




180 000







11




87 000










12










16 500




20-MAVZU KORXONANING MOLIYAVIY NATIJALARI
YALPI DAROMAD VA FOYDA
Tadbirkorni harakatga undovchi sabablardan biri - bu foyda olishga intilishdir. Foyda hajmi qanchalik katta bo‘lsa, bu tadbirkor uchun o‘z ehtiyojlarini to‘laroq qondirish va faoliyatini yanada kengaytirishga imkon yaratadi.
Tadbirkorlik foydasini aniqlash uchun yalpi daromad tushunchasini ham farqlash kerak.
Yalpi daromad - mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish natijasida olingan pul mablag‘lari miqdori.
Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan yalpi daromad yalpi tushum deb ham ataladi. Yalpi daromad (tushum)ni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
TR=P x Q
Bu yerda:
TR (total revenue) - mahsulotni sotishdan olingan yalpi daromad (tu- shum);
P (price) - mahsulot narxi;
Q (quantity) - mahsulot miqdori.
Aytaylik, siz korxonangizda bir oy davomida 100 ming dona daftar ishlab chiqardingiz. Har bir daftarning narxi 1 000 so‘m. Agar barcha daf- tarlar sotilgan taqdirda, korxonangizning bir oylik pul tushumi 100 mln. so‘m (100 000 x 1000) ga teng bo‘ladi.
Biroq korxonaning pul tushumlari uning faoliyatining samaradorligiga baho bera olmaydi. Chunki bu pul tushumlari qanday xarajatlar evaziga olinganligini aks ettirmaydi. Shunga ko‘ra, pul tushumlarining xarajatlardan ajratib olingan qismi - foyda muhim o‘rin tutadi. U quyidagicha aniqlanadi.
Pr = TR - TC
Bu yerda:
Pr (profit) - foyda;
TR (total revenue) - mahsulotni sotishdan olingan yalpi daromad (tu- shum);
TC (total cost) - umumiy xarajatlar.
Foyda - korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib Л Jushlangandan keyin qolgan musbat farq.
Yuqoridagi misolda ko‘rsatib o‘tilganidek, sizning korxonangizda daf- tar ishlab chiqarishning bir oylik xarajatlari 60 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsin. U holda, korxonangizning bir oylik foydasi 40 mln. so‘m (100 mln. - 60 mln.) ga teng bo‘ladi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, foydaga erishish uchun pul daromadlari xarajatlardan ko‘p bo‘lishi, ya’ni ular o‘rtasidagi farq ijobiy ahamiyatga ega bo‘lishi lozim. Chunki ayrim holatlarda xarajatlar pul daromadlaridan oshib ketib, natija manfiy ko‘rsatkichga ega bo‘lishi ham mumkin. Ushbu holat zarar deb ataladi. Masalan, korxonangizning bir oylik pul tushumi 100 mln. so‘m bo‘lgani holda, xarajatlaringiz 110 mln. so‘mni tashkil etsa, siz foyda o‘rniga 10 mln. so‘mlik zarar ko‘rgan bo‘lasiz. Shuning uchun kor- xona xarajatlarini doimiy ravishda nazorat qilib borish muhim hisoblanadi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish