IX. Uyga vazifa: Yozuvsiz xaritaga iqtisodiy rayonni tushiring va mavzuga oid krossvord tuzing.
O`z o`rtog’ining fikrini sabot va chidam bilan tinglash, bilimini nazorat qilish va uni baholash ko`nikmalari hosil qilinadi, o`quvchilar o`rtasida o`zaro hamkorlik va yordam vujudga keladi.
Agar geografiyada о‘tilayotgan har bir darsda о‘rganilayotgan mavzu faqat darslikdagi ma’lumotlar asosida tushuntirib qolinmasdan ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, radio, televideniye)da shu mavzuga doir berib borilayotgan yangiliklardan ham foydalanib borilsa, bu narsa, birinchidan, о‘quvchilarning о‘tilayotgan mavzuni chuqur va puxta о‘zlashtirishlariga; ikiinchidan, ularning shu fanga qiziqishlarining ortishiga; uchinchidan, kundalik voqea va hodisalarga nisbatan kuzatuvchanligining oshishiga yordam beradi. Har bir darsda о‘qituvchining ishini yengillatish, vaqtdan unumli foydalanishni ta’minlash, о‘quvchilarni darsga tо‘laroq jalb qilish maqsadida sinflarda geografiyadan о‘tilayotgan mavzularga doir ommaviy axborot vositalarida berib borilayotgan ma’lumotlarni tо‘plab boradigan «Axborot guruhlari»ni tashkil qilish juda foydalidir.
XULOSA
O’rganishlardan xulosa qilish mumkinki, tadqiqot ob’ektining demografik jarayonlarini ifodalovchi ko’rsatkichlar tobora kamayib, sondan sifat tomonga burilish davriga kira boshladi. Biroq, mintaqaning ekologik vaziyati mahalliy va xorij investitsiyalarini jalb etish, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ekologik muammolarni hal etish yo’llarini takomillashtirishni talab etadi. Chunki, o’sib borayotgan aholining sog’lom turmush tarzini vujudga keltirish, sog’lom, yetuk insonlarni shakllantirish har qanday hududning ustivor yo’nalishlaridan biridir.
Mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi darajasini aniqlab beruvchi yalpi milliy mahsulot, sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlarining umumiy hajmi, kapital qo’yilmalar, aholiga pullik hizmat, investitsiya, eksport va import miqdori kabi ko’rsatkichlar tumanlar bo’yicha taqlil qilinganda hududiy tafovutlar mavjud ekanligi aniqlandi. Iqtisodiy hamda transport geografik o’rni qulay tumanlarda yuqorida qayd etilgan ko’rsatkichlar yuqori, maydoni kichik, asosiy transport yo’nalishlaridan chekkaroqda bo’lgan tumanlarda esa past darajaga ega bo’lgan. Sanoat ob’ektlarini mamlakat hududida oqilona joylashtirish – jamiyat taraqqiyotining eng muhim vazifalaridan biri bo’lib, mamlakat va har bir mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishning zaruriy shartidir. Sanoat ishlab chiqarishini joylashtirish uning hududiy tashkil etish shakllarini ifodalaydi va korxona (firma) larni ma’muriy va iqtisodiy rayonlarda joylashtirishda namoyon bo’ladi.
Istiqlol davrida mintaqalar iqtisodiy rivojlanish darajasidagi tafovutlarni kamaytirish, birinchi navbatda boy tabiiy-iqtisodiy salohiyatga ega hududlar va shaharlarni rivojlantirishga e’tibor qaratildi. Ayrim mintaqalarda sanoat ishlab chiqarishning kontsentratsiya darajasi susaydi, rivojlanishi zaif mintaqalarda esa bu ko’rsatkich birmuncha oshdi.
Toshkent viloyati O’zbekistonda qishloq xo’jaligi yuqori darajada rivojlangan hudud hisoblanadi. Bunday holat ko’p jihatdan Toshkent viloyati mehnat resurslari soni va sifat ko’rsatkichlari bilan aloqadordir. Mehnat resurslari sifat ko’rsatkichlari va ularning soni viloyat ishchi kuchini ko’p talab qiluvchi qishloq xo’jalik tarmoqlarini rivojlantirishga imkon bermoqda.
Toshkent viloyati, respublikada aholi turmush darajasining yuqoriligi va ijtimoiy infrastrukturaning nisbatan rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Viloyatda gaz bilan deyarli yahshi ta’minlangan, ammo ulardan foydalanishni to’g’ri yo’lga quyish dolzarb muammo hisoblanadi. Shuningdek aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash muammosini ham hal etish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |