Mavzu: Tabiatshunoslikdan zamonaviy dars
REJA
KIRISH
1.Ta’biyat fanidan davlat standarti
2. Tabiatshunoslik dasrlarida interfaol ta`lim metodlari.
3. 1 soatlik dars ishlanma
KIRISH
Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi fanining o’qitish maqsadi va vazifalari. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida yuksak, umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka ega pedagogik kadrlarning yangi avlodini shakllantirish vazifasi fanning asosiy maqsadi bo’lib, bo’lg`usi boshlang`ich sinf o’qituvchilariga tarbiyalovchi ta’lim sistemasini tushunib olish, tabiatshunoslikni o’qitish asoslarini, uning uchun xos bo’lgan shakl, metod va uslublarini, o’quvchilarning bilish faoliyatlariga rahbarlik qilishni o’rganib olishlariga yordam qilish kabi amaliy masalalarini o’z ichiga oladi. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasining vazifalari qatoriga: o’quv predmeti sifatida tabiatshunoslik mazmunini aniqlash; o’qitishning metod va uslublarini tadqiq qilish (zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalariga alohida e’tibor bergan xolda); zarur o’quv jihozlarini ishlab chiqish kiradi.
1.Ta’biatshunoslik fanidan davlat standarti
I. Boshlang‘ich ta’limda ta’biat fanining maqsad va vazifalari
Bolani tevarak – atrofdagi tabiat bilan tanishtirish, unda olam tuzilishi va tabiat hodisalari haqida boshlang‘ich tasavvur hosil qilish, ilmiy dunyoqarash kurtaklarini shakllantirish, tabiatga muhabbat uyg‘otish va undan oqilona foydalanishni o‘rgatish tabiat ta’limi sohasi orqali amalga oshiriladi.
Tabiat bo‘yicha standart ko‘rsatkichlari bolaning tabiat va undagi hodisalar haqidagi tasavvurga ega bo‘lish, ularni farqlay olish, qisqacha tavsiflab berish hamda amalda qo‘llay olishga o‘rgatish nuqtai nazaridan belgilanadi.
II. Ta’lim mazmunini belgilovchi ko‘rsatkichlar
Boshlang‘ich ta’limda tabiat ta’limi mazmunining negizi quyidagilarni o‘z ichiga oldi: bizning maktab, bizning mahalla, ko‘chada yurish va tabiatda o‘zini tutish qoidalari, kun tartibi, shaxsiy gigiyena qoidalari, jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalari, jism va moddalar, madaniy va yovvoyi o‘simliklar, o‘simliklarning organlari, xona o‘simliklari, o‘simliklardagi mavsumiy o‘zgarishlar, madaniy o‘simliklarni parvarish qilish va hosilini yig‘ish, dehqonlarning bahor, yoz va kuzdagi mehnati, hayvonot dunyosi, uy va yovvoyi hayvonlar, hasharotlar, qushlar, suvda yashovchi hayvonlar, hayvonlarning yashash sharoiti, odamning ichki va tashqi organlari, salomatlikni saqlash, suvning kuch holati, tabiatda suvning aylanishi, ob – havo, atmosferadagi hodisalar, bulut va yog‘inlarning hosil bo‘lishi, Koinot, yulduzlar, Quyosh - eng yaqin yulduz, Oyning Yer atrofida aylanishi, kun va tun, yil fasllarining davriy almashinishi, yarimsharlar xaritasi, tabiiy xarita, Yer yuzasining asosiy shakllari, Yer yuzasi tabiatining xilma-xilligi, o‘lkamiz tabiati: tog‘ va tekisliklari, cho‘llari, dashtlari, o‘rmonlari, asosiy qoidalari, ko‘llari va suv omborlari, yer osti boyliklari, mamlakatimiz poytaxti, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabiati, inson va tabiat orasidagi munosabat, tabiatni muhofaza qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |