Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish” kafedrasi


Tukli trikotaj to’qimalari



Download 17,19 Mb.
bet35/72
Sana13.09.2021
Hajmi17,19 Mb.
#173536
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72
Bog'liq
UMK-TMTJ 3-kurs

Tukli trikotaj to’qimalari. Platina yoylari yoki protyajkalarining o’lchamini uzaytirish hisobiga asos va yopqich iplarining uzunliklari turlicha bo’lgan yopqichli to’qimalar tukli to’qima deb ataladi. Tukli to’qimalarda halqa asosi tuzilishi o’zgarmaydi, uzaytirilgan protyajka yoki platina yoylari to’qimaning orqa tarafida joylashadi va tuk hosil qiladi.

Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, issiqlik saqlash xususiyatlari yuqori bo’lgan to’qimalar, ayniqsa, tukli to’qima tuzilishi, xususiyatlari va ishlab ciqarish usullari bo’yicha TTYeSI “To’qimachilik matolari texnologiyasi” kafedrasi professori M.M.Muqimov juda ko’plab chuqur ilmiy izlanishlar olib borgan va bu to’qimalarning ko’plab yangi turlarini yaratib, ishlab chiqarishga tavsiya etgan. Ushbu yo’nalishda ilmiy izlanishlar olib borib, yanada yangidan-yangi xususiyatlarga ega bo’lgan to’qima turlarini yaratish maqsadida magistr talabalarga va aspirantlarga bunday to’qima turlarini chuqurroq o’rganish uchun professor M.M.Muqimov tomonidan bajarilgan nomzodlik va doktorlik ishlari hamda chop etilgan monografiya bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

7.1-rasmda tukli to’qima tuzilishlari keltirilgan: a – bo’ylama; b, v, g – ko’ndalang. Tukli to’qimani ixtiyoriy bosh to’qimalar asosida olish mumkin, lekin uni bir qavatli to’qimalar asosida olish maqsadga muvofiq.

Uzaytirilgan protyajka yoki yoyni tashkil qiluvchi ip tukli ip deb ataladi. To’qimaning asosini to’qish uchun ishlatilgan ip asos ipi deb ataladi.



7.1-rasm. Tukli to’qima tuzilishlari.


To’qimada tukli qatlamning mavjudligi tukli to’qimaning issiqlik o’tkazuvchanlik koeffisientini sezilarli kamaytiradi; bu ko’rsatkich tukli to’qimalardan foydalanishning asosiy yo’nalishini ko’rsatib beradi. Tukli to’qimalar issiq kiyimlar tayyorlash uchun qo’llaniladi. Paypoq mahsulotlarini ham to’liq yoki qisman tovon, uch va kaft qismlarini tukli to’qimadan to’qish mumkin.

Tukli ipdan hosil qilingan protyajkalar yoki platina yoylari qirqilishi mumkin; keyinchalik bu to’qimalar tarash operatsiyasidan o’tadi va bunda qirqilgan tukli ipning elementar tolalari taraladi. Agar uzaytirilgan platina yoylari igna oralab hosil qilingan bo’lsa (10.1-rasm, g), tukli ip to’qimada mustahkamroqjoylashadi. Ipning AVSDE qismi asosning ikkita halqasiga qo’shib to’qilgan bo’ladi. Tukli halqalar shaxmat tarzida joylashib, tekis yuza hosil qiladi. Bunday to’qima igna oralab hosil qilingan tukli to’qima deb ataladi.

Tukli to’qima asosida sun’iy mex mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Tukli halqa olishning asosiy qoidasi quyidagidan iborat.

Tukli halqaning uzaytirilgan platina yoylari yoki protyajkalari asos va tukli iplarning turli egish chuqurligida egilishi hisobiga hosil qilinadi. Otboy tekisligining doimiy bir xil holatida tukli ip uchun egish chuqurligi asos ipi uchun egish chuqurligiga qaraganda katta bo’lishi kerak.

hk.p>hk.g

Bu qoidani bajarish uchun mashinada quyidagilar bo’lishi kerak: a)tukli ipni egish uchun qo’shimcha tekislik hosil qiluvchi maxsus platinalar, ilgaklar yoki boshqa moslamalar bo’lishi kerak; b) asos va tukli iplar ignaga alohida qo’yilishini ta’minlash kerak.


Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish